Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


QADIMGI RIMDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
QADIMGI RIMDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Fetsiallar Kengashi. 
2. Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari. 
3. Rimning Karfagen, Makedoniya va Ellin davlatlari bilan xalqaro aloqalari. 
 
Tayanch
 
so’z  va
 
iboralar:  Fetsial.  Magistr  fetsialum.  Pater  patrius, 
Fetsiallar  kengashi.  Nominatsio.  Kooptatsio.  Innaguratsio.  Legadiya.  Legatlar. 
Puni urushlari. Makedoniya urushlari. 
 
Fetsiallar kengashi. Rim kuchli quldorlik davlatiga aylanishida uzoq yo’lni 
bosib  o’tdi.  Miloddan  avvalgi  VI  asrda  faqatgina  qo’shni  qabilalar  bilangina 


23 
aloqalar  olib  borgan  Rim,  qabilaviy  munosabatlar  yemirilishi  natijasida,  o’z 
ta’sirini asta-sekin kengaytirib borgan. Eng dastlabki davrlardan to Rim qulagunga 
qadar  qabilalararo  hamda  xalqaro  munosabatlarda  oqsoqollar  kengashi  (Senat) 
muhim rol o’ynagan. 
Fetsiallar  –  qadimgi  Rimda  ruhoniylar  kengashi  bo’lib,  qabilalararo  va 
xalqaro  shartnomalarni  tuzishda  ishtirok  etganlar.  Ular  urush  e’lon  qilish  va  sulh 
tuzish huquqiga ham ega bo’lganlar. 
Fetsial  so’zining  aniq  lug’aviy  ma’nosi  hozirgacha  aniqlanmagan.  Varron 
(mil.  avv.  I  asrda  Rimda  yashagan  ensiklopedist  olim  va  yozuvchi)  tomonidan 
ilgari surilgan taxminga ko’ra, ushbu termin lotincha “ferire yoki foedus” so’zidan 
olingan va “orator” ma’nosiga sinonim hisoblanadi. Ayrim yevropalik olimlarning 
fikriga  ko’ra,  ushbu  termin  “Yupiter  fretrius”  so’zi  bilan  bevosita  bog’liq  deb 
hisoblashadi. 
“Fetsiallar instituti” faqat Rimgagina aloqador emas, balki albanlar, ardeylar, 
semnitlarda  ham  xuddi  shunday  tashkilot  mavjud  edi.  Biroq,  qadimgi 
Rimliklarning  yuksak  madaniyati  unga  huquqiy  va  siyosiy  maqomi  berilishiga 
sabab bo’lgan.  
Fetsiallar  20  kishidan  iborat  bo’lib,  kelib  chiqishi  patritsiy  bo’lgan  oliy 
ruhoniylar orasidan umrbodlikka saylangan.  
Fetsiallikka o’tish 3 bosqichda amalga oshirilgan: 
1)  Nominatsio  –  ko’rsatilgan  nomzod  qasamyod  qabul  qilgan  va  o’z 
qasamida fetsiallar kengashiga munosib bo’lishga va’da bergan. 
2)  Kooptatsio  –  nomzodlar  orasidan  munosibi  Senat  tomonidan  tanlab 
olingan. 
3)  Innaguratsio  –  fetsiallikka  saylangan  ruhoniy  alohida  qasamyod  qabul 
qilgan. 
Fetsiallar  kengashi  boshlig’i  “magistr  fetsialum”  (fetsiallar  boshlig’i)  deb 
nomlangan. Keyinchalik “Pater Patratus” (ulug’ otaxon) deb nomlash urf bo’lgan. 
Pater Patratus nafaqat fetsiallar, shu bilan birga butun Rim xalqi nomidan ish olib 
borishga haqli hisoblangan. 


24 
Fetsiallar turlicha vazifalarni bajarganlar: 
1)  Qabilalararo  munosabatlardagi  ruhoniylik,  ya’ni  diniy  vazifasi  shundan 
iborat  ediki,  urush  e’lon  qilinganda  yoki  sulh  tuzilganda  duolar  o’qiganlar, 
shartnomalar tuzish jarayonida qurbonliklar keltirganlar. Odatda, qurbonlik sifatida 
cho’chqa bolasini “muqaddas tosh” bilan urib o’ldirganlar.  
Biror qabila yoki shaharga urush e’lon qilishdan avval fetsiallar ushbu davlat 
chegarasiga  kelib  faqat  o’zlarigagina  ma’lum  bo’lgan  so’zlar  bilan  tavqi-la’nat 
o’qiganlar.  Shu  bilan  birga  ularga  o’z  talablarini  ham  yetkazganlar.  Agar  33  kun 
ichida  talablar  bajarilmasa,  fetsiallar  yana  o’sha  qabila  chegarasiga  kelib,  ular 
hududiga kuygan to’nka uloqtirganlar. Bu odat urush e’lon qilinganligini bildilgan. 
2. Elchilik sohasida esa ularga katta  imtiyozlar berilgan. Urush e’lon qilish, 
sulh  tuzishdan  tashqari,  Senat  va  Rim  xalqining  xohish-istagi,  talabini  boshqa 
xalqlarga yetkazganlar, shartnomalarni bajarilishini nazorat qilganlar. 
3. Sudya sifatida esa boshqa davlatlardan Rim jinoyatchilarini tutib berishni 
talab  qilganlar  yoki  boshqa  davlat  jinoyatchilari  Rimda  yashiringan  bo’lsa,  ularni 
tutib, tegishli davlatga jo’natilishini nazorat qilganlar. Shuningdek, shartnomalarni 
buzganlarni,  elchilarni  haqorat  qilgan  yoki  tajovuz  qilganlarni  ham  jazolash  ular 
vakolati ostida bo’lgan. 
Bunday  huquq  va  vakolatlar  Rimda  imperiya  o’rnatilgunga  qadar  davom 
etgan. Biroq imperiya davrida ham, garchi vakolatlar ancha cheklangan bo’lishiga 
qaramay,  fetsiallar  shartomalar  imzolashda  ishtirok  etganlar.  Ayrim  imperatorlar 
esa fetsiallar vazifalarini shaxsan o’zlari ado etganlar. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish