Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari. Miloddan avvalgi IV– 
III asrlarda Rim  uzoq qabilalar bilan o’zaro aloqalarni  mustahkamlashga  erishgan 
davrda haqiqiy elchilik munosabatlari shakllangan.  
Elchixona “legadiya”, elchilar “legat”lar deb atalgan. Elchilar Senat a’zolari 
orasidan  saylangan.  Ular  qat’iy  yo’riqnoma  asosida  ish  olib  borganlar.  Yunon 
manbalarida  aytilishicha,  rimlik  elchilar  qo’lida  oltindan  yasalgan  maxsus  uzuk–
muhri  bo’lgan.  Ushbu  uzuk  –  muhr  orqali  elchilar  xalqaro  shartnomalarga  imzo 
chekkanlar.  Rimga  qaytib  kelgan  legatlar  oqsoqollar  kengashi  (Senat)  huzurida 


25 
hisobot  berganlar.  Faqat  ayrim  xollardagina  xalq  yig’inida  (Forum)  ham  ularning 
hisobotlari tinglangan. 
Miloddan  avvalgi  III–II  asrlarda  boshqa  davlat  elchilarini  qabul  qilish 
bo’yicha  maxsus  tartib  joriy  etilgan.  Do’stona  aloqadagi  davlatlar  yoki 
dushmanlarcha munosabatdagi davlatlar elchilari turlicha kutib olingan. 
Do’stlik aloqalari mustahkam bo’lgan davlat elchilari Rimdan tashqaridayoq 
tantana  bilan  kutib  olingan.  Tantanali  ziyofatdan  so’ng  elchilar  Rimdagi  eng 
shohona  bezatilgan  binolardan  biriga  joylashtirilgan.  Rim  shahrida  kechqurunlari 
tashkil  etiladigan  turli  ko’ngilochar  bazmlar,  bayram  dasturxonlarida  elchilar 
senatorlar  va  boshqa  oliy  darajadagi  zodagonlar  bilan  yonma-yon  joylashganlar, 
ularga  qimmatbaho  in’omlar  berilgan.  Dabdabali  kutib  olingan  bu  elchilar  ertasi 
kuni  imzolanadigan  bitimlar  Rim  foydasiga  hal  etilishiga  jiddiy  qarshi  ko’rsata 
olmaganlar. 
G’anim  davlat  elchilari  ancha  sovuq  kutib  olingan.  Ularni  Rimdan 
tashqarida  joylashgan  oddiy  binolarga  joylashtirilgan.  Ular  umuman  shaharga 
kiritilmagan.  Ular  joylashgan  hudud  qat’iy  tarzda  qo’riqlangan.  Senat  a’zolari 
elchilarni  shahar  chetidagi  ibodatxonada  qabul  qilganlar.  Agar  muzokaralar  Rim 
uchun  muvaffaqiyatli  kechayotgan  bo’lsa,  muzokaraning  yakunlovchi  kuni  Rim 
shahriga  ko’chirilgan  hamda  elchilar  sharafiga  ziyofat  tashkil  etilgan.  Aksincha 
hollarda  esa  elchilarga  Rim  hududini  tark  etish  uchun  qisqa  muddat  belgilanib, 
kech  qolgan  elchi  shafqatsiz  jazolangan.  Dushman  elchilari  faqat  Rim 
hududidagina  qo’riqchilar  tomonidan  himoyalangan  bo’lsa,  do’st  davlat  elchilari 
o’z yurtlariga qadar kuzatib qo’yilgan. 
Imperiya  davrida  Rimda  diplomatik  aloqalar  shaxsan  imperator  va  uning 
konselariyasi  nazoratida  bo’lgan.  Klavdiy  imperatorligi  davrida  (41–54) 
o’tkazilgan  islohotlar  jarayonida  xalqaro  aloqalarni  tartibga  solishga  alohida 
e’tibor  qaratilgan.  Unga  ko’ra,  imperatorga  bo’ysunuvchi  maxsus  kotib  lavozimi 
joriy  etilib,  u  Rimning  xalqaro  munosabatlarida  asosiy  mas’ul  hisoblangan. 
Rimning  mashhur  advokatlaridan  biri  hisoblangan  Pamponiyning  yozib 


26 
qoldirishicha,  Klavdiy  davrida  elchilarning  xavfsizligini  ta’minlash  bo’yicha 
alohida chora-tadbirlar amalga oshirilgan. 
Imperiya davrida Rim diplomatiyasi ikki xil ko’rinishga ega bo’lgan: 
1)  Tashqi  diplomatik  aloqalar  –  Rim  hukmronligi  doirasidan  tashqaridagi 
davlatlar bilan xalqaro munosabatlar. 
2)  Ichki  diplomatik  aloqalar  –  Rim  ta’siri  ostidagi  davlatlar  bilan  xalqaro 
munosabatlar. 
Rim  ta’siri  ostidagi  davlatlar  avtonomiya  huquqiga  va  iqtisodiy,  siyosiy, 
diniy  jihatdan  ma’lum  vakolatlarga  ega  bo’lganlar.  Ular  Rimga  elchilar  jo’natib, 
o’z manfaatlarini Senatda himoya qila olganlar. 
Vispasian  davrida  qo’shni  davlatlarda  faoliyat  olib  borayotgan  elchixona 
vakillari  3  nafargacha  (ilgari  o’n  nafar  bo’lgan)  qisqartirilgan.  Asosiy  maqsad 
elchixonalar uchun ajratiladigan mablag’ni cheklash bo’lgan. 
Domitsian  davrida  (81–96)  elchixonalarni  mablag’  bilan  ta’minlash  deyarli 
to’xtatilgan.  Elchilik  mansabini  fahrli  deb  hisoblagan  aristokratiya  vakillaridan 
elchilar tayinlana boshlangan. 
Imperiya  davrida  patritsiylar  orasidan  yetuk  diplomatlarni  tayyorlash 
maqsadida  maxsus  maktablar  faoliyat  ko’rsatgan.  Ularga  huquq,  diplomatiya, 
ritorika, falsafa kabi fanlar chuqur o’rgatilgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish