Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Klassik  davrda  xalqaro  munosabatlar



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Klassik  davrda  xalqaro  munosabatlar.  Xalqaro  munosabatlardagi  muhim 
voqealaridan  biri  Yunoniston–Eron  urushlaridir.  Ushbu  urushdan  Eronning 
ko’zlagan asosiy maqsadi aholisi ko’p va iqtisodiy jihatdan rivojlangan boy yunon 
polislarini zabt etishdan iborat bo’lgan. 
Yunoniston–Eron  urushlarida  yunonlarning  vatanparvarligi  va  jasorati 
yorqin  namoyon  bo’ldi  va  polislar  birlashish  zarurligi  anglab  yetganlar.  Shu 
maqsadda  miloddan avvalgi  481-  yilda “Panellin  ittifoqi”, keyinroq  uning o’rnida 
miloddan  avvalgi  478-  yilda  “I  Afina  dengiz  ittifoqi”  (Delos  ittifoqi)  vujudga 
kelgan  edi.  Ushbu  jarayonlar  natijasida  yunonlar  qadimgi  dunyoning  eng  yirik 
davlati sifatida namoyon bo’lgan Ahmoniylar saltanati bilan bo’lgan to’qnashuvda 
g’alabaga erishganlar. 


20 
Miloddan  avalgi  449-  yilda  “Kalliy  sulhi”  (Afina  elchisining  ismi  Kalliy 
bo’lganligi  sababli  ushbu  bitim  shunday  nomlanadi)  tuzilgan  bo’lib,  unga  ko’ra, 
Eron  shohi  yunonlarning  Kichik  Osiyodagi  barcha  polislari  mustaqilligini  tan 
olgan hamda yunonlarga qarshi harbiy harakatlar olib bormaslik  majburiyatini o’z 
zimmasiga  olgan.  Eron  harbiy  kemalariga  Egey  dengizida  harakat  qilish 
ta’qiqlangan.  Yunon  polislari  Sharqiy  O’rta  Yer  dengizi  mintaqasiga  daxl 
qilmaslik  va  Misrga  oid  masalalarga  aralashmaslik  majburiyatini  o’z  zimmasiga 
olganlar. 
Delos simmaxiyasi (ittifoqi) yunon shaharlarining mustahkam birlashmasiga 
aylangan.  Ittifoqda  Afinaning  ustunligi  ko’zga  tashlanib  turgan.  U  yirik  boy  polis 
bo’lib,  eronliklarga  qarshi  urushning  asosiy  og’irligini  o’z  gardaniga  olganligi 
sababli  ham  boshqa  polislardan  o’zini  ustun  qo’yishi  uchun  asos  bo’lib  xizmat 
qilgan.  Miloddan  avvalgi  454-  yilda  ittifoqi  xazinasining  Delos  orolidan  Afinaga 
ko’chirilishi ushbu ustunlikning yanada yaqqol ko’rinishi bo’lgan.  
Afina  butun  Yunonistonda  gegemonlik  qilishga  intilishi  Sparta  bilan 
munosabatlarning 
yomonlashishiga 
sabab 
bo’lgan. 
Bu 
qarama-qarshilik 
Peloponnes  urushiga  (mil.  avv.  431–404-  yy.)  olib  kelgan.  Urush  Spartaning 
g’alabasi  bilan  yakunlangach,  I  Afina  dengiz  ittifoqi  tarqatib  yuborilgan.  Polislar 
o’rtasidagi  doimiy  urushlar  ularning  shundoq  ham  tang  ahvolini  yanada 
zaiflashtirgan. 
Miloddan  avvalgi  399-  yilda  Eron  va  Sparta  o’rtasida  urush  boshlangan. 
Ahamoniylar  orasidagi  sulolaviy  kurashga  Spartaning  aralashuvi  ushbu  urushni 
keltirib  chiqargan.  Biroq,  miloddan  avvalgi  395-  yilda  Ahamoniylar  yordamida 
tuzilgan  ittifoq  Spartaga  qarshi  urush  boshlagan.  Ushbu  ittifoqqa  Afina,  Korinf, 
Fiva kirgan. Eronning kuchli ta’siri ostida tinchlik sulhi imzolangan (mil. avv. 387-
y.  “Antalkid”  sulhi).  Unga  ko’ra,  Eron  davlati  Kichik  Osiyo  shaharlari  ustidan 
nazoratni  qayta  qo’lga  kiritgan,  eronliklar  flotiga  Egey  dengizida  suzishga  ruxsat 
berilgan, yunon polislari ustidan nazorat qilish Spartaga topshirilgan.  
Miloddan  avvalgi  378–377-  yillarda  Sparta  bilan  kurashish  uchun  Ikkinchi 
Afina  dengiz  ittifoqi  tuzilgan.  Levktra  shahri  yonidagi  jangda  (mil.  avv.  371-  y.) 


21 
fivaliklar  Sparta  qo’shinlarini  mag’lubiyatga  uchratishgan  va  ushbu  voqea 
Spartaning  yengilmasligi  to’g’risidagi  afsonani  yo’qqa  chiqargan.  Mantiney 
yonidagi jangda (mil. avv. 362- y.) fivaliklar sarkardasi Epaminondning o’limidan 
so’ng  Fiva  shahrining  qisqa  muddatli  yuksalishi  yakunlangan.  Bunga  Fivaning 
kuchayishidan qo’rqib qolgan  Afinaning  fivaliklarga  nisbatan  g’arazli  munosabati 
sabab bo’lgan. Biroq,  Afinaning Ikkinchi  Afina dengiz  ittifoqida o’z ustuvorligini 
o’rnatishga  qaratilgan  urinishlari  ittifoqchilarning  qarshiligiga  uchragan  va 
"Ittifoqchilar  urushi”ga  olib  kelgan  (mil.  avv.  357–355-  yy.).  Ushbu  urush 
ittifoqning tarqalib ketishi bilan yakunlangan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish