Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


  Q A D IM G I  F A R G ‘O N A   D A V LA TI



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

4.  Q A D IM G I  F A R G ‘O N A   D A V LA TI 

(Parkana,  Davan)

Davlatchilik  tarixi  b o ‘yicha  hali  kashf  qilinmagan  masalalar 

anchagina.  Qadimgi  Farg‘ona  tarixida  (Xitoy  manbalarida  bu  o ik a  

Davan nomi bilan tilga olinadi, boshqa manbalarda Parkana deyilgan. 

(Bu  haqda  keyinroq  batafsil  to ‘xtalamiz  R.Sh,  Sh.K.)  Tarixchilar 

uchun  muhim  b o ig a n   uning  tashkil  topgan  va  inqirozga  yuz  tutish 

yillari  aniqlanmagan.  Bu  davlat,  taxminan  miloddan  aw alg i  III 

asrdan  to  milodiy  II  asrgacha  mavjud  b o iib ,  Farg‘ona  vodiysida 

joylashgan.

Bundan  ko‘rinib  turibdiki  Farg‘ona  vodiysining  qadimgi  davr 

tarixi  yetarli  darajada  o ‘rganilmagan.  Tarixiy  yozma  manbalarda 

ham  bu  haqda  deyarli  hech  qanday  m a’lumotlar  uchramaydi.  Xitoy 

manbalarida  b a’zi  bir  qisqa,  uzuq-yuluq  m aium otlar  uchrab  turadi. 

Buning  sababi  Farg‘ona  vodiysining  Xitoy  bilan  hududiy  jihatdan 

chegaradosh  va  qo‘shni  boiganligida  deb  tasaw u r  qilish  mumkin. 

Yuqoridagi sabablar taqozosi bilan darslik qo ilan m a va adabiyotlarda 

Farg‘ona  vodiysining  qadimgi  davri  tarixi  haqida  maxsus  so‘z 

yuritilmagan.  Akademik A.  Asqarov « 0 ‘zbekiston tarixi» kitobida bu 

kamchilikni tuzatish bo‘yicha dastlabki qadamni  qo‘ygan.

Qadimgi 


Farg‘onaning 

tarixi 


haqida 

Xitoy 


manbalarida 

Davan  davlati  boiganligi  tilga  olinadi.  Ammo  bu  davlatlar  qachon 

paydo  boiganligi  va  inqirozga  yuz  tutib,  qachon  tarix  sahnasidan



I l l  bob. O 'rta  Osiyodagi qadim gi davlatlar

79

tushganligi  masalasida  hech  narsa  deyilmagan.  Biz  bu  davlatning 



miloddan  aw alg i  II—1  asrlarda  qudratli  davlat  uyushmasi  bo‘l- 

ganligini bilamiz, xolos.

Akademik A.  Asqarov fikricha,  miloddan aw alg i VI  IV asrlarda 

0 ‘rta  Osiyoning  Baqtriya,  Parfiya,  M arg‘iyona,  Sug‘d,  Xorazm  kabi 

o ‘lkalari  Eron  ahamoniylari  tomonidan  bosib  olinganda  qadimgi 

Farg‘ona bunday tobelikdan  ozod bo‘lgan.  Bu  davlat Xorazm  davlati 

singari makedoniyalik Aleksandrga ham tobe boim agan.

Farg‘ona  vodiysining  qadimda  salavkiylar  davlati  tarkibida 

bo‘lganligi  haqida  ham  hech  qanday  m a’lumot  yo‘q.  Bundan 

chiqadiki,  Farg‘ona  qadimgi  davrda  ahamoniylar  va  yunonlar 

hukmronligi  davrida  siyosiy  erkini  o ‘z  qo‘lida  saqlab  qola  olgan. 

Yunon  manbalarida  salavkiylaming 

lashkarboshisi  Demodam 

miloddan  aw alg i  280-yilda  Yaksart  (Sirdaryo)dan  o ‘tib,  yunon 

xudosi  Appolon  shaniga  altar  (mehrob)  (olovxona)  o ‘matdi,  degan 

xabardan  bo‘lak  hech  narsani  qoldirmagan.  Bundan  tashqari,  antik 

tarixchilar  Yunon-Baqtriya  podsholaridan  biri  Sharqiy  Turkistonga 

Farg‘ona orqali bir marta qo‘shin tortib borganligini  qayd qilish bilan 

cheklanadi.  Bu  fikr-mulohazalar  asosida  xulosa  qiladigan  bo‘lsak 

qadimgi  Farg‘ona  davlati  —   Davan  miloddan  aw alg i  II  asrda 

emas,  balki  ancha  ilgariroq,  taxminan  IV  yoki  III  asrlardayoq  tarix 

sahnasida  bo ‘lganligi  m a’lum  bo‘ladi.  U  paytda  bu  davlat  Parkan 

deb  atalgan.  Davan nomi esa xitoyliklar tomonidan berilgan nomdir.

Ba’zi  bir  xitoy  yozma  manbalarining  guvohlik  berishicha, 

miloddan  aw alg i  II—I  asrlarda  Davan  aholisi  ko‘p,  dehqonchilik 

va  hunarmandchilik  xo‘jaliklari  yuksak  darajada  rivoj langan, 

shaharlarga boy  va  kuchli  qo‘shinga  ega bo‘lgan mamlakat edi.  Buni 

boy  arxeologiyaga  oid  topilmalar  ham  tasdiqlaydi.  Davan  tarixining 

bu  davri  Sho‘rabashad  bosqichi  deb  ham  ataladi.  Sho‘rabashad 

0 ‘zgan yaqinida joylashgan b o ‘lib,  vodiyning yirik shaharlaridan biri 

b o ig a n , uning yer maydoni  70 gektarga tengdir.

Davanda  miloddan  aw alg i  II  asrda  b o ig a n   Xitoy  eich isi 

Chjan  Syan  bergan  m aium otlarga  qaraganda  bu  davlat  kuchli 

siyosiy  tizimga  e ’ga  bo igan.  Davlat  tepasida  mahalliy  aholining 

aslzodalaridan  chiqqan  hukmdor  turgan.  Manbalarda  ulaming 

nomlari  xitoycha  Mugua,  Chan  Fin,  Yanlyu  deb  tilga  olinadi. 

Hukmdor  o ‘zining  yonida  eng  yaqin  ikkita  qarindoshini  yordamchi 

sifatida  tutib  davlatni  boshqargan.  U  davlat  ishlarini  olib  borishda 

oqsoqollar  kengashiga  suyangan.  Bu  kengash  hukmdor  bilan



80

VA TA N   T A R IX I

birgalikda  davlat  ahamiyatiga  molik  ijtimoiy,  siyosiy  va  diniy 

muammolar  bilan  shug‘ullangan  va  ulami  hal  etgan.  Ayni  paytda 

oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini b a’zi bir muhim masalalarda 

nazorat  ham  qilib  turgan.  Bu  oqsoqollar  kengashi  oldida  hukmdor 

huquqi  cheklanganligini ko‘rsatadi.  Xususan,  umsh,  tinchlik e ’lchilik 

masalalarida hal  e ’tuvchi  kuch  va huquq  bu kengash  qo‘lida b o ‘lgan. 

Oliy  kengash  zam r bo ‘lsa  hukmdomi  hokimyatdan  chetlatishi,  uning 

o ‘miga  yangisini  saylashi  ham  mumkin.  Hatto  o ‘zga  davlatlar  bilan 

b o ‘lgan janglarda  davanliklaming m ag‘lubiyati  uchun  oliy hokimiyat 

egasi  —   hukmdor  oqsoqollar  kengashi  qarori  bilan  o ‘lim  jazosiga 

tortilganligi ham manbalarda qayd etiladi.

Davan  davlatining  siyosiy  tuzumi  ilk  shahar-davlat  yoki 

voha-davlatlarining  e ’rkin  ittifoqiga  tayanardi.  Bunday  davlat 

tizimining  shakllanishida  ilk  temir  davrida  (miloddan  aw alg i 

XI— VIII  asrlarda)  qaror  topgan  dehqonchilik  vohalari  va  ular 

negizida  tashkil  topgan  qadimgi  shaharlar  asos  bo‘lgan  edi.  Bunday 

dehqonchilik  vohalarining  soni  arxeologiyaga  oid  izlanishlar 

m a’lumotlariga  qaraganda  10  dan  ortiq  bo‘lgan.  Bular  Aravonsoy, 

Akbura, 

Sultonobod, 

Q o‘rg‘ontepa, 

Andijonsoy, 

Qorabosh, 

Tentaksoy,  Maylisoy,  U lug‘nor,  Shahrixonsoy,  Akman,  Y ilg‘insoy 

va  boshqalardir.  Ulaming  har  birida  o ‘nlab  antik  davr  yodgorliklari 

mavjud.  Bu  vohalar  asosan  so‘nggi  bronza  davrida  o ‘zlashtirilgan, 

miloddan  aw alg i  IV -I  asrlarga  kelganda  esa  ular  zamirida  shaharlar 

qad rostlaganini ko‘ramiz.

Xitoy  sayyohi va elchisi  Chjan  Syanning ta’kidlashicha,  qadimgi 

Farg‘ona  bilan  Xitoy  o ‘rtasida  doimiy  suratda  siyosiy,  iqtisodiy, 

savdo  va  madaniy  aloqalar  b o ‘lib  kelgan.  Xitoy  hukmdorlari  doimo 

Farg‘ona  vodiysi  boyliklariga,  uning  samoviy  uchar  otlariga  hasad 

bilan  qaraganlar  va  shu  negizda  ikki  o ‘rtada  tez-tez  umshlar  ham 

kelib  chiqqan.  Ulaming  b a’zilari  haqida  yuqoridagi  mavzularda  fikr 

yuritilgan  edi.  Davanliklar  o ‘z  erki  va  ozodliklari  uchun  hamisha 

dushmanlarga qarshi  shafqatsiz kurashib kelganlar.

Xitoy  manbalarida  qoldirilgan  m a’lumotlarga  qaraganda  mi­

loddan  aw alg i  II—I  asrlarda  Davanda  dehqonchilik  madaniyati 

va  yilqichilik  yuksak  darajada  rivojlangan.  Chjan  Syan  bu  davrda 

hammasi bo ‘lib 70 ta obod shaharlar boiganligini, unda bir necha yuz 

ming  aholi  yashaganligini  yozadi.  Voha  aholisi  yerga  ishlov berishda 

o ‘ta  mirishkor  b o ig an .  Ular  sholi,  bug'doy  va  boshqa  ekinlami  ekib 

dehqonchilik  qilganlar.  Farg‘ona  vodiysida  qadimdan  uzumchilik



I l l bob.  0 ‘rta Osiyodagi qadim gi davlatlar

81

keng  rivoj  topgan,  undan  sharbat tayyorlash yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan. 



Boylaming  yertoialarida  o ‘n  yillab  saqlangan  sharoblar  b oigan. 

Ammo  bu yerda  Parfiya,  Baqtriya,  Xorazm,  Sug‘dda b o ig a n i  singari 

tanga  pullar  zarb  etilmagan.  Savdo  asosan  pulsiz  mol  ayiriboshlash 

y o ii bilan olib borilgan.  Antik Farg‘onada hunarmandchilkning qator 

tarmoqlari  keng  rivoj  topgan.  T o‘qimachilik  va  kulolchilik  sohalari 

bundan mustasno emas.

Qadimgi  Farg‘onaning  ijtimoiy  va  siyosiy  hayotida  ayollaming 

o ‘mi  salmoqli  edi.  Ayollarga nisbatan hurmat,  tavoze kuchli boigan. 

Yozma  manbalaming  guvohlik  berishicha,  agar  ayol  eriga  biror 

topshiriq  buyursa,  er  topshnriqni  so‘zsiz  bajarishi  lozim  b o igan. 

Antik  Farg‘ona  aholisinnig  tashqi  qiyofasi  qang‘arlarga  o ‘xshab 

ketishi  Xitoy  manbalarida  k o ‘rsatiladi.  Ular  chuqur  ko‘zli  va  qalin 

soqolli  boiganlar.  Chjan  Syan  Davandan  (Farg‘onadan)  to  Ansi 

(Parfiya)gacha  b o ig a n   hududlarda  yashovchi  aholi  til  jihatdan  har 

xil b o isada,  ular bir-birlarini  tushunganlar,  ulaming urf-odatlari ham 

bir-birlariga o ‘xshash b o ig an ,  deb ta ’kidlaydi.

Chjan  Syanning  Davan  davlatining  harbiy  qudrati  haqidagi 

m aium otlari  ham  e ’tiborlidir.  Bu  davlat  60  ming  qo'shinga  ega 

bo igan.  Piyoda  askarlar  oddiy  qurollar  bilan  qurollangan,  otliq 

qo‘shinning  harbiy  mahoratda  tengi  boim agan.  Davan  suvoriy- 

larining  chopar  ot  ustida  turib  orqaga  qayrilib  kamondan  uzgan 

o ‘qlari  har  qanday  dushmanni  ham  dog‘da  qoldirgan.  Vodiyning, 

hatto  ayollari  ham  kamondan  o ‘q  uzish  va  mohirlikda  erkaklardan 

qolishmagan.

Qadimgi  Davan  davlatini  milodning  dastlabki  yuz  yilliklari 

davomida  mahalliy  aslzodalar  sulolasi  boshqargan.  Buni  Xitoy 

manbalari  tasdiqlaydi.  Bu  manbalarda  ko‘rsatilishicha,  qadimgi 

Farg‘onani  419-yilgacha  bir  sulola  vakillari  uzluksiz  idora  qilganlar. 

0 ‘rta  Osiyo  hududlarida  eftaliylar  davlati  qaror  topgach,  qadimgi 

Farg‘ona  davlati  ham  o ‘z  mustaqilligini  y o ‘qotib,  ana  shu  eftaliylar 

davlati tarkibiga kirgan edi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish