3. Q A N G ‘ D A V L A T I
Vatan tarixining miloddan aw alg i III—I asrlari va milodning IV
asrlarigacha bo'lgan hujjatli m a’lumotlar asosan Xitoy manbalariga
aloqadordir. Shu bois, 0 ‘rta Osiyoda bu davrda qanday davlatlar
boiganligi, qanday qavm va qabilalar yashaganligi, shahar, daryo,
joy nomlari qanday atalganligi Xitoy manbalarida, xitoy tilida
qanday yozilgan bo‘Isa, hech qanday o ‘zgarishsiz manbadagidek
70
V A TA N T A R IX I
atalgan. Chunki bu nomlaming mahalliy tilda o ‘sha paytda qanday
atalganligi m a’lum emas. Jumladan, Xitoy tarixchisi Sima Zyan
miloddan aw alg i II asming so‘nggi choragida 0 ‘rta Osiyoda bo‘lgan
bir Xitoy elchisi va sayyohining so‘zlariga asoslanib, bu yerda aholisi
yuechjiga o ‘xshash Q ang‘yuy nomli katta k o ‘chmanchilar davlati
b o ‘lganligini xabar qiladi. «Avesto» va «Maxabxorat»da ham sak
(shak)lar, toharlar va qang‘arlar yashagan Q ang‘ davlati haqida
eslatib o ‘tiladi. Q ang‘arlar va Q ang‘ davlati tarixi ustida olimlardan
Y .F.G ‘ulomov, S.G. Klyashtomiy, B.A. Litvinskiy, Y.F. Buryakov,
Q.Sh. Shoniyozov va boshqalar katta ilmiy-tadqiqot ihlari olib
bordilar va Q ang‘ davlati to ‘g ‘risida qimmatli asarlar yaratdilar.
Xitoy manbalarida qang‘arlarda davlat bo‘lganligi to ‘g'risidagi
m a’lumotlar miloddan aw alg i III asr oxiri va II asr boshlariga to ‘g ‘ri
keladi. Tarixchi olim Karim Shoniyozovning fikricha: «Qang' davlati
solnomalarda aytilgan davrdan ancha oldinroq mavjud boTgan...
So‘zsiz Q ang‘ davlati 0 ‘rta Osiyoga bosib kelgan makedoniyalik
Aleksandr qo‘shinlari bilan yunon-makedoniyaliklardan tashkil
topgan salavkiylar sulolasi (miloddan aw alg i 3 12-250-yillar)
bilan uzluksiz ravishda olib borilgan kurashlar natijasida taxminan
miloddan aw alg i III asr boshida vujudga kelgan»1.
Qang‘ davlatining chegarasi manbalarda aniq ko‘rsatilmagan.
Lekin Karim Shoniyozovning m a’lumotlariga qaraganda q an g iilar
sharqda Farg'ona vodiysi, shimoli-sharqda usunlar, shimoli-g‘arbda
Sarisu daryosi va g ‘arbda Sirdaryoning o ‘rta oqimi bilan chegaradosh
boTgan. Bu chegarada qang'arlarga qarashli bir necha viloyat va
ularga tobe bo ‘lgan qabilalar joylashgan. Q ang‘arlar hukmron
bo‘lgan hududda miloddan aw algi I va milodiy I—II asrlarda 120000
oila — 600000 kishi yashagan.
0 ‘rta Osiyo xalqlari tarixida, shu jumladan. o ‘zbek xalqining
tarixida Qang‘ davlatinig o ‘mi benihoya kattadir. Bu davlat hududida
yashovchi qadimgi eroniy tillarga yaqin tilda so‘zlashuvchi tub
yerli xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, Sharqiy Turkiston va Yettisuv
viloyatlarida yashovchi turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar bilan
o ‘zaro yaqinlashadi. Oqibatda miloddan aw alg i II I asrlarda
Sirdaryoning o ‘rta oqimlari tumanlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi
yangi etnos — xalq birligi vujudga kela boshlaydi. Bu yangi
xalq — etnos sekin-asta son jihatdan ko‘payib, mazkur hududdagi
1 Шониёзов К. К,анг давлати ва кднглилар. - Т.: «Фан», 1990, 27-бет.
I l l bob. 0 ‘rta Osiyodagi qadim gi davlatlar
71
viloyatlarda o ‘z ustun mavqeyiga ega bo‘la bordi. Natijada ular
alohida q an g iar elati nomi bilan shakllanadi. Ana shu elat birligi
asosida tashkil topgan Qang‘ davlati yetti asr yashadi. Milodning
V asri o ‘rtalariga kelib, Qang‘ davlatining yemirilishi bilan uning
tarkibidagi elat va qabilalar ham tarqalib ketdi, o ‘mida yangi siyosiy
uyushmalar va etnik birliklar qaror topdi. Q ang‘ so‘zining kelib
chiqishi to ‘grisida fanda har xil fikr va qarashlar bor. Sirdaryoning
o‘rta oqimida miloddan aw algi III asrdan milodiy V asrgacha
yashagan xalqlar Xitoy solnomalarida qang'uylar va kansuylar
deb atalgan. Vizantiya imperatori Konstatin VII Bagryanorodniy
(945-959) «Imperiyani idora qilish haqida» asarida «qang‘ar»
so‘zining m a’nosi — «mardonavorlik, jasurlik demakdir», deydi.
S.P. Tolstov esa Qang‘ni Xorazm deb hisoblaydi. «Qang‘li»
so‘zining kelib chiqishi haqida xalq rivoyatlari ham bor. Jumladan,
Rashididdin (XIII asrning ikkinchi yarmi) «qang‘li» so‘zining kelib
chiqishini afsonaviy shaxs bo'lgan O ‘g ‘uzxon bilan bog‘laydi.
Rivoyatlarga ko‘ra, 0 ‘g ‘uzxon o ‘z urug‘-aymoqlari bilan urushib
yurgan kezlarda q o ig a kirgizgan boyliklami tashish uchun arava
yasatibdi. Arava turkiy tilda «Q angil» deyilgan ekan. Shuning
uchun ham 0 ‘g ‘uzhon va unga qarashli kishilar q a n g li nomi
bilan atalganlar. Q angiilam ing barchasi ulaming avlodlari emish.
Abulg‘ozi Bahodirxon ham taxminan shunga yaqin fikmi ilgari
suradi. Ammo bu atamalar Karim Shoniyozovning fikricha, ilmiy
haqiqatga to ‘g ‘ri kelmaydi. Uning yozishicha, «qang‘», «qanxa»,
«qangii» so'zlarining negizi Eron, umuman, Hind-Yevropa tillari
bilan b o g iiq b o iish i ehtimoldan uzoq b o im asa kerak. M aium ki,
«кап» o ‘zbek va tojik tilida kanal m a’nosida ishlatiladi. U so‘zini
davom ettirib, yozadi: «Sirdaryoning quyi va o ‘rta oqimlarining
Qang‘ deb atalganligini yuqorida eslatib o ‘tgan edik. Agar turkiy
va tungus-manjur tillarida saqlanib qolgan «qang‘» so‘zini qadimgi
hind-yevropa tillarida «daryo» yoki «suv»ni ifodalaganini tan
olganimizda Sirdaryo (Qang‘) nomining m a’nosi ham «daryo»,
«suv» boiganligi ehtimolga yaqin. Q ang‘ar qabilasining nomi
bu azim daryo bilan uzviy b o g iiq boig an . Bizni qiziqtirayotgan
etnonimning (qang‘ar, qang‘aris, xangakishi, q an g ii) oxirgi b o ‘g ‘ini
«аг», «ег» (qang‘ erlari, odamlari), kishi (qang‘ kishilar), «Н»
(q an g ii) ham bu xalqning Sirdaryoning o ‘rta asrlardagi nomi bilan
yaqinligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, Qang‘ —
72
V A TA N TA R IX I
daryo nomi b o is a , «аг», «kishi», «li» m a’lum bir xalqning shu
daryo bo‘ylarida yashab kelganligidan dalolat beradi»1.
Manbalarda Q ang‘ davlatining idora-tartib usuli haqida hech
qanday m a’lumotlar yo‘q. Biroq to‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida
(miloddan aw alg i II—I asrlar) Q ang'uy podshosi o ‘z oqsoqollari bilan
bamaslahat ish tutishi haqida bir marta eslab o ‘tiladi. Bu davlatda
oliy kengash katta o ‘rin tutgan. Oliy kengashda qabila boshliqlari,
harbiy sarkardalar faol qatnashganlar va muhim davlat ahamiyatiga
ega bo'lgan muammolami hal qilganlar. Podsho maslahat majlisi
bilan hamnafaslikda ish olib borgan. Bu narsa Qang‘ davlati harbiy
demokratik prinsiplar asosida ish yurituvchi davlat boiganligini
ko isatad i. Mamlakat viloyatlarga b o iib idora qilingan. Viloyat
boshliqlari jobu yoki yobular deb atalganlar. Xoqonlar ana shu jobu
yoki yobularga tayanib mamlakatni boshqarganlar. Shu boisdan
bunday hokimlar xoqonlarga yaqin kishilar, yoki ulaming qarindosh-
urugiaridan tayinlangan. Q ang‘ davlatiga tobe b o ig a n viloyatlami
boshqarish mahalliy hokimlar q o iid a b o iib , ular markaziy
hokimiyatga boj to ia b turar e ’dilar. Bunday tobe viloyatlar jumlasiga
qadimgi Xorazm, Sug‘d hududlari va 0 ‘rololdi tumanlari (alan va
yan qabilalari) kirgan. Tarixchi olim Karim Shoniyozov bergan
m aium otlarga qaraganda Q ang‘ davlatining ikkita markazi b o ig an.
Ulardan biri (Qang‘diz) b o iib , u Toshkent vohasida, Sirdaryoga
yaqin yerda joylashgan. Bu shahar miloddan aw alg i III asrda bunyod
etilgan b o iib , u Q ang‘ podsholarining doimiy qarorgohi b o ig an .
Aris daryosining quyi oqimida joylashgan 0 ‘tror (Tarband) esa
Qang‘ davlati xoqonlarining yozgi qarorgohi bo ig an .
Manbalarda Q ang‘uy davlati miloddan aw alg i II asming oxiri va
I asming boshlarida buyuk davlat b o iganligi va u Xitoyga nisbatan
mustaqil siyosat yurgizganligi qayd etiladi. Qang‘uy, hatto X itoy—
Farg‘ona mojarolariga aralashadi.
Xitoy bilan Q ang‘uy (Qang‘) o ‘rtasidagi adovat miloddan
aw alg i II—I asr boshlarida boshlangan edi. Xitoy m a’murlari
qang'uylam ing (qang‘arlaming) ashaddiy dushmanlari — usunlar
bilan do‘stona aloqa o ‘matib, g'arbda miloddan aw alg i 104-yili
Davanga birinchi bor harbiy yurish boshlaydilar. Ammo bu yurish
uncha muvaffaqqiyatli chiqmaydi. Ular hozirgi 0 ‘zgan shahrini
egallagach, juda ko‘p jangjilardan ajralib orqaga chekinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |