IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
363
biriga o ‘zaro zarba berayotgan, Temur qo‘shini b o ‘lak-bo‘lak
bo‘lib, markazdan uzilib qolgan paytda Sayyid Baraka may donga
tushdi. Tang ahvolda qolgan Temur: «...Pirim Sayyid Baraka,
qo‘shinim qochishga tushmoqda», deb unga murojaat qildi. Sayyid:
«Cho‘chima!» — dedi. U otdan tushib, bir siqim tuproqni oldi
da, o ‘zning bo‘z otiga qayta minib, jon-jahdi bilan savashayotgan
dushman tomonga qarata: «Yov qochdi!» deya sepib yubordi.
Shunda qanotlar birlashib, jasorat namunalari ko‘rsatib, inoqlik bilan
yog‘iyga hujum boshladilar. Dushman sarosimada qolib, orqa o ‘girib
qochishga tushdi».
Boshqa
tarixchilar
ham
Qunduzchadagi
jangda
Sayyid
Barakaning o ‘m iga katta baho berganlar. Jumladan, Shomiy
asarida o ‘qiymiz: «Temur o ‘ziga yo idoshlik qilgan Sayyid Baraka
kabi saidlar etagida panoh topdi». Yazdiy esa bunday deb yozadi:
«Temuming kundan kunga oshib borayotgan qudratini targ‘ib
etuvchilardan biri b o ig a n Sayyid Baraka mudom unga Xudodan
zafar tilardi. «Yog‘iyning yuzi qora b o isin » , deb g ‘animlar tomon
bir siqim tuproqni sochib yuboradi-da, Temurga: «Istagan yeringga
tap tortmay oyoq bosaver, g ‘alaba sen tomonda!» — deydi. Ana
shu tariqa Temur T o‘xtamishga qarshi ikkinchi yurishda ham zafar
quchadi va 2 oylik safardan so‘ng o ‘z poytaxti Samarqandga qaytadi.
Temur qaytib ketgach, To‘xtamish yangi ittifoqchilar: Polsha
va Litva hukmdorlari madadiga tayanib, yana Oltin 0 ‘rda taxtini
egallaydi. U tez orada kuchli qo‘shin tuzadi va yana Amir Temur
yerlariga tahdid sola boshlaydi. T o‘xtamishxon ustidan g ‘alaba
qozongach, Amir Temur keyingi yili yana Eron tomon qo‘shin
tortadi. 1392—1393-yillari Eron hukmdori Ahmad Jaloyir bilan
Temur o ‘rtasida janglar boshlanib ketadi. Bu galgi umshning g ‘a-
laba bilan yakunlanishiga yana To‘xtamishning Darband dovonidan
o ‘tib Sohibqironga qaram b o ig a n ozor yurti Shirvonga bostirib
kirganligi xalaqit beradi. Bu yurtning hukmdori Shayx Ibrohim
Darbandiy (1382 1417) b o iib u 1386—1387-yillardagi voqealardan
so‘ng Temur hukmronligini tan oladi.
Amir Temur uchinchi marta T o‘xtamishga qarshi jang bosh-
lashga majbur bo iad i. Bu jang 1395-yil 15-aprelda Terek daryosi
b o ‘yida boshlanadi va Sohibqironning yorqin g ‘alabasi bilan
yakunlanadi. B o iib o ‘tgan jangda jasorat va mardlik namunalarini
ko‘rsatgan amir va amirzodalar, no‘yonlar va jangchilarga sovg‘a
va mukofotlar ulashiladi. Xususan, alohida mardligi va jasurligi
364
VATAN TARIXI
hamda shaxsan og‘ir jang qurshovida Amir Temuming jonini
saqlab qolishdagi xizmatlari uchun amir Shayx Nuriddin Bahodimi
Sohibqironning o‘zi zarchopon (zar ip bilan tikilgan), qimmatbaho
toshlar bilan ziynatlangan belbog‘, 100 ming kepakiy tanga va
yaxshi ot bilan siylaydi. Amir Temur jangda q o ig a kiritgan o ija
va boyliklami Mirzo Mironshoh, amir Yodgor barlos, amir Hoji
Sayfiddinlar ixtiyorida qoldirib, o ‘zi T o‘xtamish orqasidan ot
suradi. U Itil daryosi b o ‘yidagi Turatur kechuviga yetib keladi va
bu yerda hozir b o ig a n 0 ‘rusxonning o ‘g i i Qayrichak o ‘g ‘longa
zarhal chopon va zarhal belbog1 hadya qiladi. Amir Temur unga Itil
daryosining narigi tarafidagi Jo ‘chi ulusi xonligini tortiq qiladi.
Sohibqiron T o‘xtamishxonni ta ’qib qilishda davom etadi. Uning
lashkarlariga bir necha zarbalar berib, Oltin 0 ‘rdaning markazi Saroy
Berkani egallaydi, uning boyliklarini o ‘zlashtiradi. Bu Temuming
Zanjirsaroy uchun To‘xtamishdan olgan o ‘ziga xos intiqomi edi.
Ana shu tariqa T o‘xtamish uchinchi marta m agiubyatga uchraydi.
Ammo T o‘xtamish bu safar shu darajada yanchib tashlanadiki,
qanchalik harakat qilmasin, endi o ‘zini o ‘nglab ola olmaydi. Yozma
manbalarda qayd qilinishicha, T o‘xtamishni 1406-yilda amir Ediqut
0 ‘zbek q o ig a tushirib qatl etadi.
Shunday qilib, Amir Temuming T o‘xtamish ustidan qozongan
tarixiy g ‘alabasi tufayli Oltin 0 ‘rda xonligiga qarashli to Moskvaga
qadar barcha yerlar Temur saltanatiga b o ‘ysundiriladi. Rus tarixchi
olimlari B.L.Grekov, A.Y.Yakubovskiy, M.Ivanin va boshqalar
Temuming bu g ‘alabasiga yuksak baho berganlar va uning faqat
Temur saltanati uchungina emas, eng avvalo, Sharqiy Yevropa
va birinchi navbatda Rossiya uchun ham katta ahamiyatga ega
boiganligini ta ’kidlaganlar. M.Ivanin «...bu islom himoyachisi,
xristianlaming bu dahshatli dushmani, Muhammad payg‘ambami
chin yurakdan e ’zozlovchi b o ig a n zot Oltin 0 ‘rdaning butkul
kuchsizlanishi va yiqilishining asosiy sababchisi b o ig a n va bu bilan
Rossiyani uning zulmidan xalos b o iish in i hamda bu qudratli xristian
davlatining yuksalishini tezlashtirdi»1, degan edi.
1
Иванин М.
Икки буюк саркарда, 178-бет.