Бартольд В.В.
Улугбек и его время. Сочинения, т. И, ч.2. М., «Наука». 1964, стр.113.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
399
qilib, Ulug‘bek Mirzo ichki va tashqi siyosatda ayrim hollardagina
mustaqil harakat qilgan bo‘lsa-da, asosan otasi Shohruh Mirzoga
vassal edi va uning roziligisiz o ‘zi mustaqil bir ish qila olmasdi.
Shohruh 1447-yil 12-martda nevarasi Sulton Muhammad
isyonini bostirish vaqtida Ray shahrida vafot etadi. Shu daqiqadan
e ’tiboran temuriy shahzodalar o ‘rtasida toj-u taxt uchun kurash
yangi kuch bilan avj olib ketadi. Ayniqsa, Shohruh Mirzoning
xotini Gavharshod begimning davlat ishlariga hadeb aralashaverishi
tugunlar chigalini yana ham chalkashtirib yuboradi. Shohruh Mirzo
vafotidan so‘ng odatga ko‘ra uning katta o ‘g ‘li U lug'bek Mirzo
valiahd sifatida ota taxtini egallashi kerak edi. Ammo Gavharshod
begim Shohruhning uchinchi o ‘g ‘li Boysung‘ur Mirzoning o ‘g ‘li va
sevikli nabirasi Alouddavlaning valiahd b o ‘lishiga tarafdorlik qiladi.
Natijada Boysung‘ur Mirzoning o ‘g ‘illari Alouddavla va Abulqosim
Bobur Mirzoga qarshi harakat boshlaydilar. Xuroson bilan Hirotni
Alouddavla, Mozandaron va Jurjonni Abulqosim Bobur egallaydi.
G ‘arbiy Eron bilan Forsni Boysung‘uming yana bir o ‘g ‘li Sulton
Muhammad q o ig a kiritadi. Shohruhning o‘zi hayotlik chog‘ida
hech kimga aytmagan bo‘lsa-da, biroq o ‘g ‘li Muhammad Jo ‘kini
o ‘z o‘miga valiahd hisoblardi. Ammo u 1444-yilda to ‘satdan vafot
etadi. Jo‘kining o ‘g ‘li Abu Bakr Mirzo o ‘z og‘asi Muhammad
Qosimga qarshi bosh ko‘taradi va undan Balx, Shibirgo‘n, Qunduz
va B ag‘lon viloyatlarini tortib oladi. Ana shunday boshboshdoqlik
va o ‘zboshimchaliklar avj olib ketgan bir sharoitda Ulug‘bek qo‘shin
tortib chiqishga va temuriy shahzodalar bilan muzokaralar boshlashga
majbur bo‘ladi.
Ulug‘bekning qo‘shin bilan Samarqanddan chiqishiga yana
boshqa eng muhim sabab ham bor edi. Shohruh Mirzo o ‘z nabirasi
Sulton Muhammad isyonini bostirishga kelib, Ray shahrida vafot
etgan paytda Gavharshod begim Ulug‘bekning o ‘g ‘li Abdullatif
bilan birga bo ia d i. Alouddavla esa Hirotda qoldirilgan edi. Gav
harshod begimning maslahati bilan A bdullatif Shohruh qo‘shiniga
boshchilik qiladi. Ayni paytda Gavharshod begim b o ig a n voqea
xususida Alouddavlaga maxfiy xabar yuboradi. Abdullatif Shoh
ruh lashkarining amiri bo‘lgandan so‘ng unga boysunmagan
va isyon ko‘targan o'zining lashkarboshilari va qarindoshlari
b o ‘lmish Boysung‘urning o ‘g ‘li Abulqosim Bobur va Muhammad
Jahongiming o ‘g ‘li Xalil Sultonga qarshi keskin choralar k o ‘radi.
Abdullatif bu isyonda Gavharshod begimning qo‘li borligidan
400
VATAN TARIXI
shubhalanadi va uni hibsga oladi. 0 ‘zi esa lashkar bilan sharqqa
tomon yurib Nishopurga keladi. Gavharshod begim tomonidan ogoh
etilgan Alouddavla Shohruhning xazinasini askarlarga b o ‘lib beradi
va Nishopurga yetib keladi. Bu yerda u kutilmaganda, qo‘qqisdan
1447-yil aprelda Abdullatif qo‘shinlariga hujum qiladi va uni tor-mor
qilib, Abdullatifni q o ig a oladi. Alouddavla Abdullatifni Hirotdagi
Ixtiyoriddin qal’asiga zindonga tashlab, o ‘zi U lug‘bek Mirzoga
qarshi Balx sari lashkar tortadi.
Bu paytda Ulug‘bek Mirzo Amudaryodan o ‘tib, Balxni ishg‘ol
qilgan edi. U Balx va uning atrofidagi yerlar hokimi Jo^kining
o ‘g i i Abu Bakmi xibsga oladi va Samarqandga jo ‘natadi. U shu
yerda Ulug‘bekning b u y ru g i bilan qatl etiladi. U lug‘bek o ‘g i i
Abdullatifning
qurbon
bo iish in i
istamay,
Alouddavla
bilan
sulh bitimi tuzishga majbur b o iad i. Bu bitimga ko‘ra Abdullatif
zindondan ozod qilindi va Ulug‘bek uni Balx va Amudaryo ikki
sohilidagi yerlaming hokimi etib tayinlaydi. Buning evaziga
U lug‘bek Hirot va Xurosonga b o ig a n da’vosidan voz kechadi.
Ikki o ‘rtadagi chegara M urg‘ob daryosi vodiysi bo‘ylab o ‘tgadigan
b o iad i. Alouddavla Abulqosim Bobur bilan ham bitim tuzadi.
Bitimga ko‘ra ulaming mulklari o‘rtasidagi chegara Xurosonning
shimolidagi Kuchan shahri deb belgilanadi. Ana shu tariqa Amir
Temur tomonidan ne-ne mashaqqatlar bilan barpo etilgan buyuk
saltanat bir necha boiak larg a b o iin ib ketadi.
Oradan ko‘p vaqt o ‘tmasdan Alouddavla bilan Abdulla
tif o‘rtasidagi munosabatlar yangi kuch bilan yanada ziddiyatli tus
oladi. Alouddavla ikki o ‘rtadagi bitim shartlarini to ia bajarmaydi,
y a’ni Abdullatifning o ‘zini zindondan ozod qilgan boisa-da, uning
asir olingan askarlarini ozod qilmaydi. Buning ustiga chegaradagi
Chechaktu degan joyga Abdullatifning dushmani Mirzo Solihni amir
etib tayinlaydi. Shu boisdan 1447-yilning oxirlaridayoq Abdullatif
Mirzo Solihga qarshi yurib, uni m a g iu b etadi, Mirzo Solih Hirotga
qochadi. Alouddavla Balxga yurishga majbur b o iad i. Ammo
1448-yilning boshida Chechaktuga yetganda qattiq sovuq boiganligi
tufayli yurishni to‘xtatishdan boshqa chora topa olmaydi. 0 ‘sha
yilning bahorida Ulug‘bek va Abdullatifning 90 ming kishilik lashkari
Alouddavlaga qarshi Hirotga yurish boshlaydi. Movarounnahr va
Xuroson lashkarlari o ‘rtasidagi jang Hirotdan bir necha chaqirim
naridagi Tamob yaqinida b o ia d i. Bu jangda Alouddavla batamom
m agiubiyatga uchraydi va u Kuchanga, birodari Abulqosim Bobur
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
401
huzuriga qochib boradi. Hirot Ulug‘bek va Abdullatiflar tomonidan
batamom egallanadi. Alouddavla m ag‘lubiyatini eshitgan saroy
a ’yonlari Gavharshod begim bilan poytaxtni tashlab qochadilar.
Ulug‘bek va Abdullatif g ‘arbga tomon hujumni davom ettiradilar
va Mashhadni ham egallaydilar. Radkonda Ulug‘bekning huzuriga
Abulqosim Bobuming elchilari kelib, U lug‘bekni o ‘z podshohi deb
tan olishini va uning ismini xutbaga kiritib, uning nomi bilan tanga
zarb qilishga hozir ekanligini bildiradilar. Ammo Ulug‘bek yurishni
davom ettiradi va Isfaroingacha yetib, u yerda uch kun turadi. Bu
o ‘rtada Abdullatifni Biston bilan Astrobodga jo ‘natadi. Shundan
so‘ng Ulug‘bek o ‘z yurishini davom ettirib, Ibrisham daryosidagi
ko‘prikka yetadi. Bobur esa, undan ham nariroqqa, Domg‘onga
qochadi. Ulug‘bek daryo ko‘prigidan nariga o ‘tishga botinolmaydi
va orqaga, Mashhadga qaytadi. Bu albatta Ulug‘bekning harbiy va
taktik xatosi edi. U holdan toygan o ‘z raqibini nafas olishga imkon
bermasdan quvib borishi va batamom yanchib tashlashi mumkin
edi. Ulug‘bekning raqiblari uning orqaga qaytishini chekinish deb
baholaydilar va bu ularga quvvat bahshida etadi.
Alouddavla ustidan qozonilgan g ‘alaba U lug‘bekka shuhratdan
ko‘ra ko‘proq tashvish va alam keltiradi. Uning hayotda yo‘l qo‘ygan
xatosi tufayli o ‘z o ‘g ‘li Abdullatif bilan orasi buzilib, borgan sayin
dushmanlik alomatlari kuchayib boradi. Chunki Hirotdan 14 farsax
narida bo‘lgan Tamob jangida qo‘shinning chap qanoti Abdullatifga,
o ‘ng qanoti esa nomigagina Abdulaziz Mirzoga topshirilgan edi.
Binobarin, erishilgan g ‘alabada Abdullatifning hissasi va jasorati
alohida tahsinga loyiq edi. Ammo negadir U lug‘bek Mirzo jangdan
so‘ng barcha viloyat amirlariga y o ‘llagan yorlig‘ida Abdullatif
chetda qolib, g ‘alaba sha’nini suyukli o ‘g ‘li Abdulaziz Mirzo nomiga
yozdiradi. Bu ham yetmaganday Hirot qo‘lga olingach, Ulug‘bek
Abdullatif Mirzoni shahardagi Ixtiyoriddin qal’asiga kiritmaydi.
Xolbuki, bu qal’ani Shohruh Mirzo hayotlik chog‘ida nabirasi
Abdullatifga in’om qilgan edi. Abdullatif hali 1446-yilda bobosi
Shohruh Mirzo bilan Isfaxon yurishiga tayyorlanar ekan, o ‘ziga
tegishli bo‘lgan barcha boyliklami, chunonchi, bir necha ming misqol
oltin, kumush buyumlar va 200 tuman pulni mana shu Ixtiyoriddin
qal’asida berkitib qo‘ygan edi. Ulug‘bek Mirzoning Abdullatifga
nisbatan adolatsizligi boylik, davlat va shuhratga o ‘ch b o ig an o ‘g ‘il
qalbida o ‘chmas iz qoldiradi. Bu davrda ko‘chmanchi o ‘zbeklar xoni
Abulxayrxon U lug‘bek Mirzoning Xurosonda ekanligidan foydalanib,
Do'stlaringiz bilan baham: |