402
VATAN TARIXI
Movarounnahrga bostirib kiradi, undagi shahar va qishloqlami
vayron qiladi, aholini talaydi va Samarqandgacha yetib keladi. Bu
xabami eshitgan Ulug‘bek shoshilinch suratda Hirotni Abdullatifga
topshirib, o ‘zi Samarqand sari otlanadi. U o ‘zi bilan birga Shohruh
Mirzoning hoki solingan tobutni va Shohruhning Gavharshod begim
madrasasida berkitib qo'yilgan bir b o ‘lak xazinasini ham olib,
Amudaryo — K alif kechuvi sari yuzlanadi. Abulqosim Bobur bu
paytda Saraxsda edi. U Ulug‘bekning yo‘lga chiqqanligidan xabar
topib, amir Hindukani katta qo‘shin bilan o ‘z amakisi orqasidan
jo ‘natadi. Amir Hinduka yarim kechada kutilmaganda U lug‘bek
qarorgohiga hujum qiladi. U lug‘bek bu jangda juda ko‘p askarlaridan
va boyligidan mahrum bo'ladi. Bu ham yetmaganday, ertasi kuni
U lug‘bek K alif kechuvidan o ‘tish chog‘ida ko‘chmanchi o ‘zbeklar
hujumiga uchraydi. U lug‘bek qishni kichkina qo‘shin bilan Buxoroda
o ‘tkazishga majbur bo‘ladi. U Shohruh Mirzoning hoki solingan
tobutni singlisi Poyanda Sulton begim bilan birga Samarqandga
j o ‘natadi. Jasad Go‘ri Amir maqbarasida dafn etiladi.
Abulqosim Bobur Hirotda Abdullatifning yolg'iz qolganligidan
foydalanib, unga qarshi
Saraxsdan katta qo‘shin jo'natadi.
A bdullatif shahami tashlab qochadi va Balx tomon ketadi. Balx bir
necha mayda viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib, Abdullatif Mirzoning
mulki edi. U bu yerda turib ochiqdan ochiq otasi U lug‘bekka
qarshi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. U U lug‘bekka qarshi
b o ‘lgan savdogarlami o ‘z tomoniga og‘dirib olish maqsadida «tam-
g ‘a», y a ’ni savdo solig‘ini bekor qiladi. U lug‘bek bu soliqqa katta
e ’tibor berar edi. Chunki «Buyuk ipak yo‘li» Hindistonga Balx
orqali о ‘tar edi va u davlat xazinasiga katta daromad keltirardi.
Nobakor o ‘g ‘lining xatti-harakatidan g ‘azablangan Mirzo U lug‘bek
Abdullatifning tanobini tortib qo‘yish uchun tayyorgarlik ko‘ra
boshlaydi.
Xondamirning yozishicha, A bdullatif 1449-yilning bahorida
o ‘z mulkida unga qarshi qo‘zg ‘olon k o ‘targan Mironshoh ismli
bir temuriy isyonini bostiradi, shahzoda qatl etiladi. Qatl etilgan
shahzodaning cho‘ntagidan bir maktub topiladi. Maktub U lug‘bek
Mirzo qo‘li bilan yozilgan b o ‘lib, unda go‘yo shahzodani
Abdullatifga qarshi isyon qilishga da’vat etilgan edi. Bu voqeadan
so‘ng A bdullatif o ‘z otasiga nisbatan ishonchini batamom y o ‘qotadi
va battol dushmanga aylanadi. U hatto Abulqosim Bobur Mirzo
bilan ham otasiga qarshi harbiy ittifoq tuzadi va 1449-yilning
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
403
bahorida A bdullatif Ulug‘bekka qarshi ochiq jang harakatlarini
boshlab yuboradi. Ulug‘bek Mirzo isyonkor o‘g i i Abdullatifga
qarshi lashkar tortishga majbur bo‘ladi. U Samarqandni kichik
o ‘g ‘li Abdulaziz Mirzoga topshirib, jiyani va kuyovi Abdullo
Mirzo (marhum Ibrahim Mirzoning o ‘g ‘li)ni o ‘zi bilan birga olib,
Amudaryo sohillarida turgan Abdullatif qo‘shinlariga ro ‘baro‘
keladi. Davlatshoh Samarqandiy m aium otlariga qaraganda, ota-
bola qo‘shinlari uch oy mobaynida bir-birlariga qarama-qarshi
turganlar. Har ikkala tomondan kichik-kichik guruhlar daryodan
o ‘tib, to ‘qnashib jang harakatlar olib borganlar. Bu janglarda
Abdullatif lashkarlarining qo‘li sezilarli darajada ustun mavqega
ega b o ‘lgan. Hatto ular Abdullo Mirzoni asirga ham olganlar.
Ayni zamonda Mirzo U lug‘bek lashkarlari orasida isyon xavfi
pay do bo‘ladi. Buning asosiy sababchisi Samarqandda hokim
qilib qoldirilgan Ulug‘bekning kenja erkatoyi Abdulaziz edi. U
Samarqand taxtini egallagach, beibolarcha axloqiy buzuq ishlami
amalga oshirishga kirishadi. Abdulaziz otasi Ulug‘bek bilan birga
jangga ketgan Samarqand shahrining kazo-kazo bek va amirlarining
go‘zal qizlari, kanizak-juvonlarini majburan saroyga oldirib, aysh-
ishrat bilan m ashg‘ul bo iad i. Albatta, bu hoi bek va amirlaming
Ulug‘bek Mirzodan noroziligining kuchayishiga sabab bo iad i. Bu
narsa Ulug‘bekning keyingi faoliyatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatmay
qolmaydi, albatta. Ulug‘bek Mirzo darhol bek va amirlar bilan
o ‘zaro muloqotda b o iib , tang vaziyatni tinchitishga harakat qiladi
va o ‘g i i Abdulazizni pand-nasihat bilan to ‘g ‘ri y o ig a soladi.
Shunday o g ir bir vaziyatda turkmanlaming arg‘un qabilasi
25 yoshli Abu Sayyid Mirzoni o ‘zlariga bosh qilib ko‘taradilar va
Samarqandni qamal qiladilar. Abdurazzoq Samarqandiy bergan
m aium otlarga qaraganda, bu qabila vakillari Mirzo Ulug‘bek bilan
birga harbiy yurishda b oigan. Ular Amudaryo sohiliga kelgach,
Ulug‘bek lashkarlaridan ajralib chiqib, Samarqand sari yuradi.
Bu voqeadan xabar topgan Ulug‘bek Samarqandga qaytishdan
boshqa y o ‘1 topa olmaydi. U Samarqand tomon yurib Abu Sayyid
Mirzoni bartaraf etadi va shaharda osoyishtalik o ‘matadi. Ulug‘bek
Samarqand hokimligiga qovchin uru gidan b o ig a n Mironshohni
ko‘tarib, o‘zi Abdulazizni yoniga olib, yana Abdullatifga qarshi
qo‘shin tortib ketadi. Ammo bu paytda Abdullatif Amudaryodan
o ‘tib Termiz, Huzor (G ‘uzor) va Keshni egallab, Samarqand sari
404
VATAN TARIXI
kelayotgan edi. Nihoyat 1449-yil oktabr oyida Samarqandga yaqin
Damashq qishlog‘i yonida ota-bola o ‘rtasida qattiq jang bo‘ladi.
Bu jangda U lug‘bek Mirzo qo‘shinlari yengiladi. Chorasiz qolgan
Ulug‘bek Samarqandga chekinadi.
Biroq Samarqand hokimi
Mironshoh qovchin uni Samarqandga kiritmaydi. Ulug‘bek noiloj
Shohruhiyaga keladi. Lekin Shohruhiya hokimi Ibrohim ibn Po‘lod
U lug‘bek Mirzodan yuz o‘giradi. U hatto U lug‘bekni Abdullatifga
tutib berish choralarini ham ko‘radi. Mana shunday og‘ir bir
vaziyatda U lug‘bek Mirzo «egilgan boshni qilich kesmas» qabilida
ish tutadi. U o ‘z xohishicha hokimiyatni Abdullatif Mirzoga
topshirib, umrining qolgan qismini ilm-ma’rifatga bag‘ishlamoqchi
bo‘ladi. U lug‘bek ana shu ezgu niyatlar bilan o ‘g ‘li Abdullatifning
huzuriga bosh egib boradi. Biroq A bdullatif Mirzo otasi Ulug‘bekni
K a’batulloh ziyoratiga jo ‘natish xususida farmon beradi.
U lug‘bek Mirzoning fojiali o ‘limi tafsiloti haqida tarixchi
Mirxond batafsil m a’lumot bergan: «K a’batullohni bir necha marta
ziyorat qilgan Hoji Muhammad Xusravning rahnamoligida U lug‘bek
Mirzo kechqurun Samarqanddan otliq y o ‘lga chiqqan. Uning vaqti
chog‘ turli mavzularda so‘zlashib borardi. K o‘p o ‘tmay, orqadan bir
chopar yetib kelib (sulduz urug‘idan) sobiq hukmdomi K a’batullohga
kuzatish marosimini shohona tarzda o ‘tkazish lozimligi va bunga
tayyorgarlik tugallangunga qadar qo‘shni qishloqda dam olishlari
haqida farmoni oliyni eshittiradi. Mazkur farmondan dovdirab qolgan
U lug‘bek Mirzo qo‘shni qishloqdagi uylardan biriga kirib tunashga
majbur b o ‘ladi. Havo ancha sovuq edi. Ulug‘bek Mirzo olov
yoqib, go‘sht pishirishga amr qiladi. Olov yoqiladi, gulxan yonida
chordana qurib, isinib o ‘tirgan Ulug‘bek Mirzoning tizzasiga uchqun
sachrab, chakmonini kuydiradi. Shunda u olovga qarab: «Sen ham
bilding»,— deydi-yu uning kayfiyati buziladi, hoji esa U lug‘bekka
tasalli berishga behuda urinadi. Shu asnoda uy eshigi ochilib, xonaga
Abbos ismli shaxs o ‘z navkari bilan kirib keladi. Ulug‘bek Mirzo
Abbosni ko‘rgan hamono o ‘midan turib, unga tashlanadi va ko‘ksiga
musht tushiradi. Navkar U lug‘bekni ushlab, uning yelkasidan «oltoy
p o ‘stin»ni yechib oladi. Abbos arg‘amchi keltirish uchun tashqariga
chiqadi. U lug‘bek Mirzo o ‘limi oldidan so‘nggi tahoratni qilib
olishi uchun hoji darhol eshikni ichidan zanjirlab oladi. So‘ngra
Abbos kirib, sobiq hukmdoming qo‘llarini bog‘lab, tashqariga olib
chiqadi. Ariq b o ‘yiga cho‘kkalatib, fonus yorug‘ida qilichning bir
IX bob. Amir Tem ur va tem uriylar davri
405
zarbi bilan boshini tanasidan judo qiladi»1. Bu fojiali halokat hijriy
853-yil 8-ramazon (1449-yil 27-oktabr) da sodir b o ‘ladi. Shunday
qilib, Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim,
davlat arbobi va m a’rifatparvar inson Ulug‘bek Mirzo 56 yoshida
fojiali suratda shahid bo‘ladi.
Samarqand taxtini egallagan Abdullatif mamlakatda zulm-
adovatni avjiga mindiradi. U ota qotili — padarkush sifatida
tarixda nom qoldiradi. U lug‘bekning shahid bo‘lgan qonlari hali
sovimasdan turib, bir necha kundan so‘ng Abdullatif taxt vorislaridan
qutilish niyatida o‘z ukasi Abdulaziz Mirzoni ham o ‘ldirtiradi.
Movarounnahrdagi har qanday itoatsizlik va isyonni shafqatsizlik
bilan bostiradi. Abdurazzoq Samarqandiy iboralari bilan aytganda,
unda «kattaga hurmat, kichikka shafqat» degan tushunchaning
o ‘zi yo‘q edi. Uning siyosatidan norozi bo‘lgan kishilar hatto ovoz
ham chiqara olmasdilar. Movarounnahrdagi nisbatan osoyishtalik
Abdullatif tomonidan amalga oshirilgan g‘oyatda qattiqqo‘llik
siyosati tufayli edi. Ammo bu osoyishtalik tagida Abdullatifga
nisbatan zimdan norozilik va xalq nafrati kuchayib borardi. Darvoqe,
unga qarshi suiqasd uyushtirilmoqda edi. Bu suiqasdga U lug‘bek
Mirzo va Abdulaziz Mirzoga sodiq kishilar boshchilik qiladilar.
M as’ud ibn Usmon Al-Ko‘histoniyning m a’lumotlariga qara-
ganda, Abdullatif Samarqand shahri chetidagi «Bog‘i maydon»da,
Mirxondning yozishicha, «Bog‘i chinor»da aysh-u ishratga muk-
kasidan ketib uxlab qoladi va tush ko‘radi. Tushida nom a’lum
bir kimsa qo‘lidagi usti yopilgan laganni uning yoniga qo‘yadi.
Abdullatif lagan ustidagi ro ‘molni ohista ko‘targanda, unda o ‘zining
kesilgan boshini ko ‘radi. U dahshatdan qichqirib uyg‘onib ketadi.
Bu dahshatli tush ta ’birini izlab Nizomiy Ganjaviyning «Hamsa»
kitobini javonidan olib to ‘g ‘ri kelgan varag‘ini ochib o ‘qiydi. Unda
quyidagi jum lalar yozilgandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |