Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


  A M IR   T E M U R   SALT AN A T IN IN  G  PA R C H A L A N ISH I



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

7.  A M IR   T E M U R   SALT AN A T IN IN  G  PA R C H A L A N ISH I. 

SH O H R U H   V A   U L U G ‘B EK   H U K M R O N L IG I

Amir  Temurdan  vorislariga  ulkan  va  yirik  saltanat  meros  b o iib  

qoladi.  «Zafarnoma»da  yozilishicha,  ulug‘  Amirdan  2  o ‘g ‘il  va 

bir  qiz,  29  nevara,  5  chevara,  jam i  36  shahzoda  (qizdan  tashqari) 

qolgan  edi.  Bundan  tashqari,  yana  bir  nabirasi  bo‘lib,  bu  qizi  O g‘a 

begimning  o ‘g ‘li  —   Sulton  Husayn  Mirzo  edi.  Aslida  Temuming 

ikki  qizi  va  to‘rt  o ‘g ‘li  b o ‘lgan.  Katta  o ‘g ‘Ii  Jahongir  Mirzo  (1356­

1376)  1376-yilda  20  yoshida  kasallanib  vafot  etadi.  Ikkinchi  o ‘g ‘li 

Umarshayx  Mirzo  (1356  1394)  1394-yilda  Qurdistonda  Harmatu 

qal’asi yonida o ‘q tegib,  38 yoshida halok bo‘ladi.

Sohibqironning  vasiyatiga  sodiq  qolishga  qasamyod  qilgan 

shahzodalar  hali  ulug‘  Amiming  jasadi  sovimasdanoq  vasiyatdan 

yuz  o ‘girib,  toj-u  taxt  uchun  kurash  boshlab  yuboradilar,  harbiy 

va  m a’muriy  boshliqlar  esa  guruhbozlikni  avjiga  chiqaradilar. 

Natijada  ne-ne  zahmatlar  ila  Amir  Temur  tomonidan  barpo  etilgan 

buyuk  saltanat  chok-chokidan  yemirilish  tomon  yo‘l  tutadi.  Toj-u 

taxt  talashish  kurashini  Mironshoh  Mirzoning  22  yoshli  o ‘g ‘li  Xalil 

Sulton  Mirzo  (1384-1411)  boshlab  beradi.  Sohibqiron  Amir  Temur 

tomonidan taxt vorisi  deb  e ’lon qilingan Pirmuhammad Mirzo bobosi 

vafot  etgan  paytda  Qandahor  viloyati  (Afg‘oniston)da  bo‘lib,  u 

hali  Samarqandga  yetib  kelishga  ulgurmasdan  Xalil  Sulton  Mirzo

1405-yil  18-martda  Samarqand  taxtini  egallaydi.  Toju  taxt  uchun 

temuriy  shahzodalar  o ‘rtasidagi  kurash  1409-yilga  qadar  Shohruh 

Mirzo  Samarqand  taxtini  egallagunga  qadar  davom  etadi.  Xalil 

Sulton  bilan  Shohmh  Mirzo  o ‘rtasida  Shayx Nuriddin vositachiligida 

bitim  imzolanadi.  Bitimga  ko‘ra  Xalil  Sulton  Movarounnahr  taxtiga 

da’vogarlikdan  voz  kechadi,  evaziga  Ray  viloyatiga  hokim  qilib 

tayinlanadi.  Oradan  ikki  yil  o ‘tgach,  u  1411-yil  4-noyabrda  kasal 

bo‘lib  vafot  etadi,  boshqa  m a’lumotlarga  qaraganda  uni  zaharlab 

o ‘ldiradilar.

Shohmh  Mirzo  mamlakatni  boshqarishda  temurzoda  va  nufuzli 

amirlardan  iborat  hokimlaming  aksariyatini  o ‘zi  uchun  ishonchsiz 

deb  hisoblaydi.  Ulaming  o ‘miga  deyarli  barcha  viloyatlarda  o ‘z 

o‘g‘illari,  nabiralari  va  o ‘ziga  yaqin  tutgan  qon-qarindoshlarini 

qo‘yadi.  Movarounnahr  hukmronligini  katta  o ‘g ‘li  Ulug‘bek  Mir- 

zoga  (1394-1449)  beradi.  Balx  bilan  Badaxshon  viloyatlarini 

ikkinchi  o‘g ‘li  Ibrohim  Mirzoga  (1394—1435),  Hisor  hukmronligini



392

VATAN  TARIXI

Muhammad  Sulton  Mirzoning  o ‘g ‘li  Muhammad  Jahongir  Mirzoga 

(1396-1433),  Farg‘onani  esa  Umarshayx  Mirzoning  22  yoshli  o ‘g ‘li 

Ahmad  Mirzoga (1383-1425)  suyurg‘ol  tariqasida  in ’om  qiladi.  0 ‘zi 

Hirotda turib  otasidan qolgan buyuk  saltanatini  tiklashga kirishadi.  U 

shu maqsad y o ‘lida asta-sekin o ‘z akalari Jahongir Mirzo, Umarshayx 

Mirzo  va  Mironshoh  Mirzo  (1408-yil  21-aprelda  Ozarbayjonning 

Sardrud  mavzesida  turkman  Qora  Yusuf bilan  b o ig a n  jangda  halok 

b o ig an )  avlodlariga  g ‘am xo‘rlik  k o ‘rsatadi,  ularni  o ‘z  q o i   ostida 

birlashtirib,  Ozarbayjon,  Movarounnahr,  Xuroson  va  Shimoliy 

A fg‘onistondan  iborat  katta  bir  davlat  jilovini  q o ig a   oladi.  Kobul, 

Qandahor,  G ‘aznadan  tortib  Shimoliy  A fg‘onistondagi  barcha 

viloyatlar  Pirmuhammad  Mirzoga  suyurg‘ol  tarzida  berilgan  edi. 

Pirmuhammad  Mirzo  vafoti  (1407-yil  22-fevralda  o ‘z  amiri  Pir  Ali 

Toz  tomonidan  bo ‘g ‘ib  oidirilgan)dan  so‘ng  mazkur  viloyatlar 

uning  katta  o ‘g i i   Qaydu Mirzoga beriladi.  Qaydu Mirzo  keyinchalik 

Shohruh  Mirzoning  farmoniga  bo‘ysunmay,  mustaqil  hukmronlik 

kayfiyatiga  beriladi.  1417-yilda  Qaydu  Mirzo  q o ig a   olinadi  va 

Hirotga keltiriladi.  Shohruh uning aybini kechiradi va Qaydu Mirzoni 

Hirotda  saqlashga  farmon  beradi.  Ammo  Qaydu  Mirzo  1418-yil 

22-avgustda  ba’zi  bir  beklaming  qutqusi  va  yordamida  Hirotdan 

qochadi.  Biroq  u  tezda  q o ig a   olinib,  Ixtiyoriddin  qal’asidagi 

zindonga tashlanadi va shu yerda vafot etadi.  Qaydu Mirzoga qarashli 

viloyatlarga  Shohruh  o ‘z  o ‘g ‘li  Jaloliddin  Suyurg‘atmish  Mirzoni 

(1398 -1427)  hokim etib tayinlaydi.

Shohruh  Mirzo  (1377-1447)  tabiatan  oliyjanob  hukmdor,  ilm- 

fanga  moyil  m a’rifatparvar  davlat  arbobi  edi.  U  hokimiyat  tepasiga 

kelgach,  Eronda ham,  Turonda ham  bir  necha  o ‘n yilliklar davomida 

nisbatan  tinchlik  va  osoyishtalik  hukm  suradi.  Uning  davrida  Hirot 

Sharqning eng ko‘rkam, obod va madaniyati rivoj topgan shaharlaridan 

biriga  aylanadi.  Shohruh  Mirzo  inson  sifatida  yumshoq  tabiatli 

boiganligidan  saltanat  ishlarini  boshqarishda  o‘ktam  xarakterli  va 

tadbirkor  xotini  Gavharshod  begimning  aralashuvi  ijobiy  natijalar 

bilan  bir  qatorda  salbiy  oqibatlarga  ham  olib  keladi.  Shu  sababdan 

b o is a   kerak  Shohruh  Mirzo  umrining  oxiriga  qadar  ham  o ‘z  o ‘miga 

valiahd tayinlash masalasida muayyan bir qarorga kela olmaydi.

Amir  Temur  davlatining  asosiy  qismi  uzoq  vaqt  davomida 

Shohruh  Mirzo  tomonidan  idora  qilingan  boisa-da,  amalda bu  ulkan 

mamlakat  mustaqil  ikkita  davlatdan  iborat  edi.  Biri  poytaxti  Hirot 

shahri  b o ig a n   Shohruh  Mirzo  davlati  b o isa ,  ikkinchisi  markazi



IX  bob.  A mir Tem ur va tem uriylar davri

393


Samarqand  shahri  bo‘lgan  Mirzo  U lug‘bek 

davlati  edi.

Ulug‘bek  Mirzo  1394-yil  22-mart  kuni 

Iraqi  Ajamning  Sultoniya  shahri da  dun- 

yoga  kelgan.  Bu  voqea  Sohibqiron  Amir 

Temuming  Eron  va  Yaqin  Sharqqa  qil- 

gan  «besh  yillik»  yurishi  paytiga  to ‘g ‘ri 

keladi.  Chopar  yangi  mehmonning  dunyoga 

kelganligi  haqidagi  xabami  buyuk  Amirga 

yetkazganida  Temur  askarlari 

Iroqning 

shimolidagi 

Mordin 

shahrini 

egallash 

uchun  jang  olib  borar  edi.  Amir  Temur  bu 

xushxabami  eshitib,  Sharafiddin  Ali  Yazdiy 

bergan  m a’lumotlarga  qaraganda,  Mordin 

shahri  aholisiga  omonlik  beradi,  fiiqarolar 

to‘lashi  lozim  bo‘lgan  xirojdan  voz  kechib,  shahaming  hokimlik 

mansabini  sobiq  hokim  amir  Sulton  Isoning  ukasi  amir  Sulton 

Solihga in’om etadi va o‘zi  orqaga qaytadi.

Yangi  to ‘g ‘ilgan  chaqaloqqa  bobosi  Amir  Temuming  taklifi 

bilan  Muhammad  Tarag‘ay  deb  ism  qo‘yadilar.  Bu  nom  Temuming 

otasi  hurmatiga  nisbat  qilib  berilgan  edi.  Ammo  tarixda  u  ko‘proq 

Muhammad  Tarag‘ay  nomi  bilan  emas,  balki  Ulug‘bek  nomi  bilan 

mashhurdir.  Manbalarda  bu  haqda  hech  qanday  izoh  berilmagan 

bo‘lsada,  sababi  tushunarlidir.  Chunki,  Sharq  xalqlari  an’analariga 

ko‘ra  bobosi  yoki  buvisining  nomi  berilgan  farzandni  boboning  yoki 

buvining  hurmati  evaziga  ularga  berilgan  nom  bilan  chaqirmasdan, 

«Otabek»,  «Ulug‘bek»,  «Onajon»,  «Onam»  deb  erkalab  chaqiradilar. 

Shu  m a’noda  Muhammad  Tarag‘ayni  beklaming  ulug‘iga  qiyoslab 

Ulug‘bek ataganlariga ajablanishga asos yo‘q.  Ulug‘bekning tarbiyasi 

bilan  Temuming  xotini  Saroymulkxonim  (Bibixonim)  shug‘ullanadi. 

Davlatshoh  Samarqandiy  Ulug‘bekning  yoshlik  chog‘idanoq  niho- 

yatda  o ‘tkir  zehnli  bo‘lganligini  ta ’kidlaydi  va  bir  ibratli  hikoya 

keltiradi.  Ulug‘bek  endi  besh  yoshga  kirganida  bobosi  Amir  Temur 

1398-yilda  saroy  qissaxonining  jiyani  Shayx  O rif  Ozariyni  unga 

murabbiylikka tayinlaydi.  U U lug‘bekka 4 yil saboq beradi.  Ulug‘bek 

ustozini g ‘oyatda qadrlar va hurmatlar edi.  Ustoz va shogird 46 yildan 

so‘ng uchrashganlar.  1447-yilda  Shayx O rif Ozariy darvesh kiyimida 

Isfaroyin  shahrida U lug‘bekga ro‘baro keladi.  U bir qarashidayoq o ‘z 

ustozini taniydi va uning bilan samimiy suhbatlashadi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish