Адабий сах,ифалар. ~ Т.: «Укитувчи», 1985, 20-бет.
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o ‘g‘ullar bosqini davrida
313
gizxon qo‘shinlariga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar. Shahar o ‘n bir
kun deganda bosqinchilar tomonidan egallanadi va harobazorga
aylantiriladi. Shunday qilib, Chingizxon boshliq m o‘g ‘ullar Sir
daryo havzasi, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari,
Amudaryo o ‘rta oqimining o ‘ng sohil hududlarini egallab, endi
o‘zlarining bosh nigohlarini Xorazmshohlar davlatining asosiy
markazi b o ig a n Urganj shahrini egallashga qaratadilar.
5. URGANJ FOJIASI
Xorazmshoh Muhammaddan taxt vorisligi va valiahdlikni
olgan sulton Jaloliddin ukalari va yigitlari bilan Kaspiy dengizi
va Bolxon ko‘rfazi orqali Xorazmga yetib keladi. Ular tez orada
dushmanga qarshi kurashmoq maqsadida va Urganj himoyasi
uchun 70 ming askar to‘playdilar. Lekin shu orada Turkon xotun
urugiaridan b o ig a n lashkar boshliqlarining Jaloliddinga qarshi
fitna tayyorlayotganliklari oshkor b oiad i. Fitnaga sobiq Jand noibi,
qochqin qipchoq lashkarboshisi Qutlug‘xon boshchilik qiladi.
Jaloliddin 1221-yil 10-fevralda X o‘jand hokimi Temur Malik
maslahati bo ‘yicha 300 nafar sinalgan suvoriylar bilan Urganjni tark
etadi va Niso shahrigacha b o ig a n masofani 16 kunda bosib o ‘tadi.
Shu orada Chingizxon Muhammadning o ‘g ‘illari Xorazmga
kelib, u yerda kattagina kuch to ‘plaganliklaridan xabar topadi. U
darhol Jo‘chi, Chig‘atoy va 0 ‘qtoy boshchiligida katta qo‘shinni
Xorazmga jo ‘natadi. 0 ‘z raqiblarining Xurosonga chekinishiga
y o i bermaslik uchun Xorazm choilarining janubiy hududlariga
m o‘g ‘ul kuchlarini joylashtiradi. Urganjdan Nisoga yetgan Jalo
liddin va Temur Malik dushmanning 700 kishilik qismiga to ‘g ‘ri
keladi. Kuchlar teng boim asa-da, Jaloliddin m o‘g ‘ullami yakson
qiladi. Nisodan Nishopurga va u yerdan G ‘aznaga yetib boradi.
G ‘aznada Jaloliddin dushmanga qarshi kurashmoq maqsadida kuch
to ‘plashga kirishadi. Urganjga m o‘g ‘ullaming katta lashkari bostirib
kelayotganligi xabarini eshitgan Xorazmshoh Muhammadning
o ‘g ‘illari 0 ‘zloqshoh va Oqshohlar shahami tashlab qochadilar.
Ammo ular Niso yaqinida m o‘g ‘ullar bilan b o ig a n jangda halok
boiadilar. Bu baxtsiz shahzodalaming kallalarini m o‘g ‘ullar o ‘z
nayzalariga ilib k o ‘tarib yuradilar.
Xorazmshohlar davlatining markazi, o ‘zining go‘zalligi bilan
go‘shadagi kelinchak kabi ta’rifli jannatmakon shahar hamla qilib
turgan dushman qarshisida o ‘z holiga tashlab qo‘yiladi, chorasiz
314
V A T A N T A R IX I
va himoyasiz qoladi. Shahami himoya qilish o ‘lguday qo‘rqoq va
amalparast, o ‘zini sulton deb e io n qilgan Xumortakindek bir kimsaga
tegadi. Shahami himoya qilishni u o ‘z zimmasiga oladi. Oradan ko‘p
vaqt o ‘tmay m o‘g ‘ullaming 50 ming kishilik lashkari Urganj shahrini
qamal qiladi. 1221-yilning qishida boshlangan bu hujum har qancha
dahshatli b oim asin , vatanparvar xorazmliklaming m og‘ul qaddini
buka olmaydi, ular o ‘z ona shaharlarini mardonavor himoya qilib,
dushmanga arslonlardek tashlanar edilar. Biroq kutilmaganda o ‘zini
sulton deb e ’lon qilgan va shahar mudofaasini o ‘z q o iig a olgan
Xumortakin Urganj darvozasini ochib berib, askarlari bilan dushmanga
taslim bo ‘ladi. M o‘g ‘ullar shaharga yopirilib kiradilar, har bir xona,
har bir qarich yer uchun mislsiz jang qizib ketadi. Urganjliklaming
mhi tushmaydi, ular qahramonlik m o‘jizalarini namoyish qiladilar.
Ayniqsa, bu borada Urganj shahri himoyasiga mana shunday og‘ir
bir asnoda boshchilik qilgan, zamonasining buyuk allomasi Shayx
Najmiddin Kubro nomi bilan tarixga kirgan 76 yoshli Ahmad ibn
Umar Xivakining jasorati tillarda doston boiad i.
Chingizxon shayx Najmiddin Kubroni yaxshi bilar edi. U
Urganjga hujum qilganda shayxga xabar yuborib: «Maslahatim shuki,
siz u yerdan tashqari chiqsangiz darveshlaringizga ziyon-zahmat
yetkazilmagay», deydi. Najmiddin Kubro shunday javob qiladilar:
«Mana, yetmish yildirki, Xorazm xalqi bilan yashab kelmoqdaman.
Bugungi kunda qazoyi ilohiy balo jazosini yubordi. Ulaming kallasida
m u ru w at degan narsa boim aydiki, orasidan qochib o ‘zimni bir
chekkaga olsam. Balki, ular bilan birga beg‘amona yag‘moga duchor
b o ig an im tuzukroq b o ia r. Balolarga ham ular bilan yor boisam ».
Mirzo Ulug‘bek Shayx Najmiddin Kubroning javoblarini
sharhlab bunday deb yozadi: «Bir keksa umri oxirlashib qolgandi.
Shu sababdan unga so‘z kor qilmadi. Quyidagicha javob berdi:
«Yetmish yildirki, Xorazmda xushhol yashayman. Taqdir muruvvati
shuni taqozo qiladiki, kelgan baloga tan bergum goho. Qonimni shu
yerda to ‘kadigan boiish sa, Tangri farmonidan qochmagum. Qiyna
olovi yongan ekan, Urganjda x o iu qurug' yondi. Shoh lashkari o ‘qu
tig ‘ bilan band, dono-yu nodon holi bilan ishi y o ‘q. Uning boshini
kesmasang yaxshi b o iard i, degan pandni m o‘g ‘ulning eshitgisi y o ‘q.
Qazo t i g i taqdir tufayli o ‘tkirlashgan ekan, keksa-yu yoshning boshi
kesilgusi»1. Najmiddin Kubro shahar himoyachilariga qarata iltijo
bilan «Yo Vatan, yo sharafli o iim !» deb xitob qiladi. M o‘g ‘ullar
1
Do'stlaringiz bilan baham: