Мирзо Улугбек.
Турт улус тарихи, 183-184-бет.
320
VATAN TARIXI
Hindiston shimolida katta davlat barpo etadi, o ‘z nomidan kumush va
mis tangalar zarb ettiradi, o ‘zi egallab turgan hududda soliq siyosatini
joriy qiladi. U o ‘z davlati chegaralarini kengaytirib kuch to ‘plab, so‘ng
m o‘g ‘ullar bilan hisob-kitobni bir yoqlik qilishni qalbining to ‘rida
tugib qo‘yadi. Jaloliddin Manguberdi ana shu maqsadda o ‘zining
dastlabki harbiy yurishlarini Iroqqa lashkar tortishdan boshlaydi. Tez
orada Iroq va Eronning o b ro ii xon va beklari Jaloliddin tomoniga
o ‘tadilar. Misr va Suriya davlatlari ham sultonga elchi yuborib, u bilan
birga qo‘shilish istagini bildiradi. 1226-yilgacha Jaloliddin Ozarbay-
jon va Gurjistonni jang bilan egallaydi.
M o‘g ‘ullar sulton Jaloliddinni ta’qib qilishda hamon davom etar
edilar. Shu maqsadda ular Ray shahriga hujum uyushtiradilar, 1227-
yil 5-sentabrda sulton Jaloliddin Isfahon yaqinida Eronni m o‘g ‘ul-
lardan himoya qilib jangga kiradi va ular ustidan tarixiy g ‘alabaga
erishadi. Bu jangda m agiubiyatga uchragan m o‘g ‘ullaming mashhur
lashkarboshilaridan biri sanalgan Taynal n o ‘yon Chingizxon o ‘rda-
siga qaytar ekan, Jaloliddinni o ‘z davrining chinakam pahlavoni,
podsho va lashkarboshilaming dohiysi deb baho bergan edi.
1227-yilda Chingizxon vafot etgandan so‘ng biroz muddat
chingiziylar o ‘z ichki ishlari bilan ovora b o iib qoladilar va hatto ular
Jaloliddin bilan yaqinlashishga qaror qiladilar.
1230-yilda sulton Jaloliddin Hilot shahrini qamal qilib turgan
kezlar (taxminan aprel oyi)da singlisi Xonsultondan (Jo‘chiga xotin
bo ig an , undan farzandi ham bor edi) xat oladi. Xatda quyidagilar
yozilgan edi: «Sizning kuchingiz, sizning qudratingiz va mulk-
laringizning kengligi to ‘g ‘risidagi xabar qoon q u lo gig a yetdi.
Shuning uchun u siz bilan qarindosh tutinishga hamda sizlaming
mulklaringiz Jayhun daryosi bilan chegaralanishi to ‘g ‘risida kelishib
olishga ahd qildi: daryogacha b o ig a n barcha mulklar sizniki,
daryo ortidagi mulklar uniki b o ia d i. Shuning uchun agar siz ularga
(m o‘g ‘ullarga) qarshi turish uchun kuch topsangiz, o‘ch oling, ularga
qarshi jang qiling, yengsangiz istaganingizni qilasiz. Yo‘qsa, agar ular
shuni istab turgan ekan, shundan foydalanib, ular bilan yarashing»1.
Jaloliddin bu xatni javobsiz qoldiradi. Ammo nachora, taqdir o ‘yini
Jaloliddinga kutilmaganda oyoqostidan yana bir dushmanni dunyoga
keltiradi. Kichik Osiyodagi Ani sultoni Alovuddin Qayqubod o ‘z
ixtiyori bilan Jaloliddinga kelib qo‘shilgan bo isa-da, u bilan o ‘zaro
1 Буниятов З.М. Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов, стр. 169.
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o 'g ‘ullar bosqini davrida
321
kelisha olmaydi va Jaloliddinga qarshi fitna tayyorlaydi. Bu fitnaga
Kichik Osiyodan tashqari Shorn (Suriya), Shimoliy Mesopatamiya
kabi davlatlar va boshqa bir qator shaharlaming hukmdor va beklari
ham qatnashadilar. Jaloliddin bu fitnani nazar-pisand qilmaydi va
e ’tibor bermaydi. Jaloliddin bilan fitnachilar qo‘shinlari o ‘rtasidagi
jang 1230-yil 10-avgustda b o iib o ‘tadi. Unda Jaloliddin qo‘shinlari
katta m agiubiyatga uchraydi va u kichik bir guruh qo‘shin bilan
Ozarbayjon hududlariga chekinadi. Kuchsizlanib qolgan Jaloliddinni
uning eski raqibi m o‘g ‘ullar q o ii bilan y o ‘q qilishga qaror qilgan
Ozarbayjondagi ismoiliylar hukmdori Alovuddin Muhammad III
m o‘g ‘ullarga yashirin maktub yoilaydi. Unda Jaloliddin tor-
mor qilinganligi va uning qo‘shinlari juda oz sonli ekanligi xabar
qilinadi. M o‘g ‘ullar Xorazm bahodirini q o ig a olish uchun maxsus
katta qo‘shin jo ‘natadilar. Jaloliddinning o ‘z a ’yonlari va yaqinlari
o‘rtasida ham e ’tibori keta boshlaydi. Hatto uning bosh vaziri Sharof
Al-Mulk ham unga qarshi fitna uyushtiradi. Uning xatlaridan biri
Jaloliddin q o iig a tasodifan tushib qoladi va u Sharof Al-Mulkni qatl
etadi. Xorazmshoh Jaloliddin asta-sekin o ‘zining barcha bor-u bisoti
va mulkidan ajraladi. Ular o ‘zlariga mustaqillik olib, Jaloliddinni
tark etadilar. Taqdir undan yuz o ‘girganligiga chiday olmagan sulton
maishatparastlik va ichkilikka beriladi.
1231-yilning avgustida tunda m o‘g ‘ullar Jaloliddin Manguberdi
qo‘rasiga hujum qiladilar va shirakayf holatda yotgan sultonni q o ig a
olib, otga b o g ia b olib qochadilar. Y o id a o ‘ziga kelgan Jaloliddin
q o iin i bo‘shatib, yonidagi m o‘g ‘ul askarining qilichini tortib olib,
ular bilan jang qiladi va ulardan o ‘zini ozod qiladi. Y o lg iz qolgan
Jaloliddin Manguberdini endi qurd qaroqchilari q o ig a oladilar. U
o ‘zini qarochilaming boshligiga tanishtirishga majbur boiadi:
«Meni shu yaqindagi bek q o iig a topshirsang, ayniqsa, Shahobiddin
G ‘ozi mulkiga eltsang, katta mukofot olasan, mening o ‘zim seni
mingboshi qilib qo‘yaman», deydi. Bu taklifga qaroqchilar b o sh lig i
rozi b o iib , Jaloliddinning q o iin i b o g iab , xotinini unga qorovul
sifatida qoldirib, ikkita ot olib kelish uchun qo‘shni qishloqqa ketadi.
Shu payt q o iid a nayza ushlagan bir qurd paydo b o iad i. U
q o ii b o g iiq asiming kimligini qorovul ayoldan so‘raydi. Ayol
uning sultonligini, eri q o ig a tushirganligini aytadi. Qurd esa bunga
ishonmaydi. Uning akasini xorazmiylar Xilot qamali ch og ida
o id irg an edilar. Shul bois akasining o ‘chini olish maqsadida q o ii
b o g iiq qurolsiz mahbusning ko‘kragiga nayza sanchadi va oidiradi.
11 — Vatan tarixi 1
322
VA TA N T A R IX I
Bu g'oyatda alamli dramatik fojia 1231-yil 17-20-avgustlar
orasida sodir bo'lgan. U lug‘ vatandoshimiz Jaloliddin Manguber-
dining ayanchli taqdiri ana shu tariqa o ‘z poyoniga yetadi. Uning
jasadi Mayafariqinga keltiriladi. Bu yerda uni Al-Malik va Al-
Muzaffar hukmdoming vaziri b o ‘lgan amakisi 0 ‘tirxon taniydi.
Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining jasadi tunda Maya
fariqinga yaqin joyda dafn etiladi. Uning qabrini hech kim haqorat
qilmasin degan maqsadda u yer tekislab yuboriladi.
Tarixiy manbalarda Jaloliddin Manguberdi to ‘g ‘risida ham
ijobiy, ham salbiy m a’lumot va xabarlami uchratish mumkin. Ammo
o ‘z davrining ulug‘ davlat arbobi, buyuk lashkarboshisi haqida kim
qanday va nima deb yozishdan qat’i nazar, Jaloliddin Manguberdini
hech kim An-Nasaviychalik yaxshi bilmagan va uning haqida
bundan ortiqroq narsa yoza olmas edi, yoza olgan ham emas. An-
Nasaviyning o ‘zi kim? Nasaviy Muhammad Ibn Ahmad Ibn Ali
(tug‘ilgan yili nom a’lum — 1249-yilda vafot etgan) tarixchi olim,
Xuroson qal’asi (Ashgabat yaqinida) hokimi (1219-1221) b o ‘lgan.
U m o‘g ‘ullarga qarshi faol kurash olib borgan. Nasaviy 1224-yildan
boshlab Jaloliddinning shaxsiy kotibi bo‘lgan, uning m o‘g ‘ullarga
qarshi va boshqa harbiy yurishlarida bevosita ishtirok etgan. Nasaviy
1241 -yilda arab tilida «Siyrat Us-Sulton Jaloliddin Manqbumi»
(«Sulton Jaloliddin Manguberdining hayot y o ‘li») asarini yozgan. Bu
asar XIII asrda fors tiliga tarjima qilingan, uning arabcha nusxasi
Parij, Qohirada va forscha nusxasi Tehronda, ruscha tarjimasi Bokuda
nashr etilgan. Ushbu asar asosida Z.M. Buniyotovning «Anushtegin —
Xorazmshohlar davlati» (1097-1231) asari dunyoga kelgan.
An-Nasaviy o ‘zining yuqorida nomi tilga olingan asarida
Jaloliddin Manguberdining haqqoniy qiyofasini, ichki kechinmalarini
atroflicha, to ‘laqonli tasvirlab beradi: «...Yomg‘ir maydalab urib
yog‘moqda. Sovuq yoqimsiz shamol esmoqda. Sulton o ‘z qo‘shini
bilan Hirot jangidan (1230) qaytmoqda. Oyning m o‘ralashida
k o ‘zim sultonga tushib qoldi. Sultonning ko‘zlaridan tinmay yoshlar
oqar, u bir nimalami pichirlar edi. Diqqat bilan quloq soldim.
Shunday so‘zlami eshitdim... «Е, yaratgan Alloh! Nega mem oddiy
cho'pon yoki dehqon qilib yaratmasdan sulton qilib yaratding. Ne
gunohim uchun menga tinchlik bermaysan. Ne qilmishlarim uchun
meni buncha quvg‘inlikka duchor qilgansan. Na turmushimda, na
yurishimda halovat bor»1.
1 Шахобиддин ан-Насавгш. Жизнеописание султана Джелад ад-дина Манбурны Б.,
«ФЭН», 1975, стр. 193.
VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
323
Shahobiddin an-Nasaviy o ‘z asarida Jaloliddin Manguberdining
shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oddiy va sodda ifodalay olgan:
«U turk b o iib , qora mag‘iz yuzli, bumi oldida qora xoli bor, o ‘rta
bo‘yli yigit edi. Fors tilida ham bemalol so‘zlasha olar edi. U
dovyuraklikda tengi y o ‘q, sherlar ichida sher edi. U kamtarin, jiddiy
odam bo‘lib, hech qachon baqirmas, so‘kinmas, o ‘z atrofidagilar
oldida o ‘zini juda yaxshi, sipo tutar edi. U ko‘p gapirmas, xaxolab
kulmas, ahyon-ahyonda jilmayar edi. U adolatni hurmat qilar, o ‘z
fuqarolariga nisbatan adolatli bo‘lishga intilar edi. U o ‘z xalqining
mushkul ahvolini yengillashtirishni yaxshi k o ‘rar edi. Biroq u
yashagan to ‘s-to‘polon davr unga bunday xayrli savob ishni amalga
oshirishga imkon bermadi. U hukmronlik qilgan davrdagi suronli
voqealar uni zo Lravonlik ishlatishga majbur etib, uning tabiatini
m a’lum darajada o ‘zgartirdi. Sulton Jaloliddin eng og‘ir, murakkab
sharoitlarda ham qat’iy tura oluvchi, eng qiyin sinovlardan ham sira
qo‘rqmaydigan, ularga befarq qarovchi odam edi»1.
Albatta, Muhammad an-Nasaviydan o ‘tkazib, ortiqroq bir gap
aytib Jaloliddin to ‘g ‘risida fikr yuritish mumkin emas. Biz shu
narsani ayta olamizki, xalqimiz ona Vatanni Jaloliddindek sevuvchi
farzandlari b o ‘lganligi bilan faxrlana di. Ammo biz qizil saltanat
davrida millatimizning g ‘ururi, erk, ozodlik va mustaqillik uchun
kurashda jonini tikkan Jaloliddin Manguberdi singari o ‘g ‘lonlarining
nomlarini tilga ololmas edik. Mashhur shoir va adib Maqsud
Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» pyesasini yozganligi uchun
ta ’qib ostiga olingan edi. Chunki zukko shoir Jaloliddin Manguberdi
tilidan o ‘z ona xalqiga quyidagicha murojaat qilgan edi-da!
Do'stlaringiz bilan baham: |