VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o'g'ullar bosqini davrida
301
yaqinida bir yerga jam qilib, dushmanni sahro jangiga tashlash kerak,
ammo Xorazmshoh Muhammadning qulog‘iga bu gaplar kirmas
edi. U yosh o ‘g ‘lining keksalardek mulohazali takliflarini dabdurust
eshitgani ham y o ‘q. M o‘gullaming kichkina bir guruh lashkari bilan
bo‘lgan dastlabki to ‘qnashuvlardan so‘ng Muhammadni dahshat va
qo‘rquv kemiradi. Shu boisdan u hamma vazir-u vuzarolar, amir-u
umarolaming fikr-mulohazalarini tinglab b o igach, o ‘zboshimchalik
bilan o ‘z bilganini qilib, har bir shahar, qal’a, har bir qishloq o ‘zini
o ‘zi himoya qilsin, dushman mamlakat ichkarisiga kiritilmasin,
degan mantiqsiz qaror qabul qiladi. Bu amalda mamlakatni katta
va dahshatli kuch b o ‘lgan dushman kuchi oldida o ‘z holiga tashlab
qo‘yishdan boshqa narsa emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: