3. MO‘G‘ULLAR BOSQINI ARAFASIDA XORAZM
DAVLATIDA SIYOSIY VAZIYAT
M o‘g ‘ullar bosqini arafasida Xorazmshoh Muhammad davlati
o ‘z boshidan g ‘oyatda og‘ir, musibatli va tang siyosiy vaziyatni
kechirayotgan edi. Bu vaziyat « 0 ‘tror voqeasi»dan so‘ng yana ham
keskin tus oladi. Xorazmshoh Muhammad o ‘zi boshlagan qaltis
o ‘yindan talvasaga tushib, boshiga urgan ilondek gangib qoladi va
qimmatga tushadigan juda katta xatolarga yo ‘l qo‘ya boshlaydi.
Bu xatolaming hammasiga asosiy xamirturush uning o ‘z onasi
1 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. 134-бет.
2 Иванин М. Икки буюк саркарда. 50-бет.
298
V A TA N T A R IX I
Turkon xotun b o ia d i. Xorazm saltanatining turli urugiardan tashkil
topganligi va hokimiyatning Muhammad hamda uning onasi Turkon
xotun orasida boiinganligi, y a’ni qo‘shhokimiyatchilik tashqaridan
qaraganda juda qudratli b o iib ko‘ringan bu hokimiyatni amalda juda
b o ‘shashtirib yuborgan edi. Xorazmshohlar davlati amalda bamisoli
bo‘sh asosga o ‘matilgan koshonaga o ‘xshardi. Chunki, bu davlat
turli qabilalaming zo‘rlik asosida tashkil etilgan qurama ittifoqidan
shakllangan edi. Ular tillari, urf-odatlari va tushunchalariga ko‘ra
bir-birlaridan yiroq b o iib , diniy jihatdan ham farqlanar edilar.
Ulami k o ‘proq shaxsiy manfaat, boylik, aysh-ishrat qiziqtirardi.
Aytmoqchimizki, ularda vatanparvarlik, diniy mutanosiblik kabi
ulug‘vor axloqiy fazilatlar yetakchi g ‘oya boim agan.
Xorazmshoh Muhammadning qo‘shinlari asosan qangiilar,
qipchoqlar va turkmanlardan tashkil topgan edi. Turkon xotun tufayli
Dashti Qipchoq va Kaspiy dengizining shimoliy hududlarida yashab
yurgan va madaniy jihatdan orqada b o ig a n qabilalar Xorazmshoh
Muhammad qo‘shinida lashkarboshilik va viloyatlar hokimligi
lavozimlarini egallab olgan b o iib , ular faqat Turkon xotun b uyrugiga
quloq solar edilar. U asosiy masalalarda o ‘zini Muhammaddan ustun
qo‘yar va uning k o ‘plab buyruqlarini bekor qilar edi. Turkon xotun
o ‘ziga-o‘zi «dunyo malikasi» unvonini berib, buymqlariga «Tinchlik
va din homiysi, koinot ayollari malikasi Turkon» deb imzo chekar
ekan. Uning davlatga keltirgan zararlari to ‘g ‘risida o ‘z vaqtida juda
k o ‘plab latifalar to ‘qilgan. Ana shunday latifalardan birida hikoya
qilinishicha, Turkon xotun himoyasida uning avvalgi qaroli Nosiriddin
vazir darajasiga k o ‘tarilgan. Muhammad onasining bu erkatoyini
yoqtirmas ekan, chunki u bu vazifaga noloyiq, poraxo‘r b o iib , mansab
sotish bilan shug‘ullanarkan. Bir kuni Muhammad Nishopurga kelib,
shahar qoziligiga Jand shahridan b o ig a n Sadriddin degan kishini
tayinlaydi va vazirga sovg‘a-salom berib yurmang, deb uqtiradi.
Chunki, bu lavozimni sizga vazir emas, men berdim, deydi. Lekin
vaziming malaylari qoziga, agar bosh vazirga iltifot k o ‘rsatilmasa,
uni ko‘ngilsiz voqealar kutayotganligini aytadilar. Vahimaga tush-
gan qozi mingta oltin solingan hamyonni bosh vazirga topshirishga
oshiqadi. Bu voqeani kuzatib yurgan Muhammad qozini mansabidan
chetlashtiradi, vazimi esa o ‘z homiysi huzuriga jo ‘natadi.
Nosiriddin Xorazmga jo ‘nab ketadi. Turkon xotun uni Xo-
razmni ulush sifatida olgan nabiralarining birini vazir sifatida
tayinlaydi. Poraxo‘rlikka o ‘rganib qolgan Nosiriddin bu yerda ham
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
299
xazinachilardan birini o ‘z qarmog‘iga ilintiradi va uni pora berishga
majbur qiladi. Bundan g ‘azablangan Muhammad o ‘zining bir zobitiga
Nosiriddinning boshini olib kelishini buyuradi. Bu buyruqdan xabar
topgan Turkon xotun o ‘sha zobitga Nosiriddin boshchilik qilayotgan
devon majlisiga yetib kelishni va uni quyidagi so‘zlar bilan qutlashni
buyuradi. «Mening sendan boshqa vazirim y o ‘q, o ‘z vazifangni ado
etishni davom ettiraver, saltanatda hech kim senga quloq solmaslikka
va sening hokimiyatingni tan olmaslikka botina olmaydi». Shu tariqa
Nosiriddin ilgarigidek o ‘z faoliyatini davom ettiravergan. Qanchadan
qancha mamlakatlami bosib olgan, shohlar va sultonlaming boshini
tanasidan judo qilgan sho‘rlik Xorazmshoh Muhammad o ‘z qo‘li
ostidagi qulini jazolashga ojiz edi. Biz bu bilan qayd etmoqchimizki,
Xorazmshoh Muhammad o ‘ziga-o‘zi xo‘jayin, shoh emasdi, u onasi
Turkon xotunga qaram bo‘lib, undan qo‘rqardi. Shu boisdan ham
« 0 ‘tror voqeasi»da Muhammadning hech qanday q o ii b o ‘lmasa-
da, Inalxon bu qotillikni sodir etgach, elchilami qatl etish va
karvonni talash to ‘g ‘risidagi buyruqni men berganman, chunki
elchilar ayg‘oqchilik bilan shug‘ullanganlar, degan javobdan nariga
o ‘ta olmaydi. Uning bundan boshqa iloji ham y o ‘q, edi. Aks holda
Xorazmshoh Muhammadning Turkon xotun boshchiligida unga raqib
b o ‘lgan kuchlar zarbasiga mubtalo bo‘lishi turgan gap edi.
Xorazmshoh Muhammad islom olamida ham o ‘z obro‘-e’tibori
va puturini ketkazib bo‘lgan edi. U jahongashtalik da’vo qilib,
abbosiy xalifa Nosirga qarshi urushlar olib bordi, xalifalikka qarashli
k o ‘plab mamlakatlami bosib oldi va hatto abbosiylik xalifaligini
tugatib, termizlik Sayyid Aloul-mulk Termiziyni xalifalikka nomzod
etib tayinladi. Bu bilan u nafaqat xalifa Nosimi, balki barcha islom
dunyosi mamlakatlarini o ‘ziga qarshi oyoqqa turg‘izdi. Yozma
manbalaming guvohlik berishicha, bezib qolgan xalifa Nosir turli
vosita va imkoniyatlardan foydalanib, Chingizxonga noma yozib, uni
Xorazmshoh Muhammadga qarshi umshga da’vat etgan.
Xorazmshoh Muhammad mamlakat ichkarisida ham islom
dini g ‘oyasi tarafdorlari bilan o ‘zi o ‘rtasida o ‘tib b o ‘lmas «Xitoy
devori» hosil qilgan edi. U onasi Turkon xotunning so‘zlariga
kirib, mast holda islom dunyosida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan
Shayx Najmiddin Kubroning muridi Majididdin Bag‘dodiyni qatl
ettirish to‘g ‘risidagi farmonga imzo chekadi. Mirzo Ulug‘bekning
yozishicha, hushiga kelgan Xorazmshoh Muhammad qilgan ishidan
pushaymon b o ‘lib, tong saharlab: «Javohir to ‘la bir taboq va oltin
300
VA TA N T A R IX I
to ‘da toshni Hazrati Shayx Najmiddin Kubro, qaddasa sirruhu
xonaqohi darveshlari jamoasi huzuriga jo ‘natib «buni darveshlar
sufra qilsunlar. Beixtiyor yuz bergan bu gunoh uchun afv etsunlar»,
deydi. Shayx dedilar: «Uning hun bahosi zar-u javohir emas, balki
uning kallasidir, y a’ni Sulton va bir necha ming xaloyiq»1, degan.
Chingizxon b o ia ja k urushga puxta va atroflicha tayyorgarlik
ko‘radi, ayg‘oqchilar yuborib o‘z raqibining kuchli va kuchsiz
tomonlarini o ‘rganadi, lashkari harakatini belgilovchi geografik va
harbiy m a’lumotlar to ‘playdi. Xorazmshoh Muhammad saroyidan
o ‘ziga juda k o ‘plab homiylar orttiradi. Xorazmshoh esa mamlakat
mudofaasini mustahkamlash o ‘miga tantana-yu dabdababozlik,
manmanlik, aysh-u ishratga mukkasidan ketadi, har qanday zafarlami
o ‘z shaxsiyatiga bog iay d i, raqibining kuch va qudratiga yetarli baho
bera olmaydi, elchilar makrini fahmlamaydi, laqmalik qiladi. U
o ‘zini qo‘yarga joy topolmay, ismini «Aleksandri soniy», «Sulton
Sanjar monand..., «'Yaratganning yerdagi soyasi...» deb xutbaga solib
o ‘qittiradi. Xorazmshoh borgan sayin taltayib ketadi, maddohlar
va ig‘vogarlar so‘ziga kirib, o ‘z mustaqilligini yo‘qotadi, irodasiz
bo‘lib qoladi va aqliy ojizligi tufayli davlat ishlarini izdan chiqaradi.
Xorazmshohlar mamlakatiga Chingizxon boshchiligida qo‘shin
hujum boshlashi aniq bo‘lib, kun tartibiga qo‘yilgan va mamlakat
siyosiy jihatdan boshi berk k o ‘chaga kirib qolgan. Xorazmshoh
Muhammad va uning saroyi atrofini xavfli va shubhali odamlar
o ‘rab olgan bir paytda — 1218-yilda Xorazmshoh saroyida ulkan
anjuman — Harbiy mashvarat chaqiriladi. Unda Chingizxonning
hujumiga nisbatan ko‘rilajak chora masalalari muhokama qilindi.
Xorazmshohlar saroyining eng o b ro ii va e ’tiborli oqsoqollari bu
asnoda o ‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Jumladan, saroyning
nufuzli arboblaridan biri Shahobiddin al-Xivaqiy mamlakatning
barcha 400 ming kishilik lashkarlarini Sayhun yaqinida to ‘plab,
holdan toygan m o‘gul lashkarlariga favqulodda hujum uyushtirishni
taklif qiladi. Jaloliddin umuman boshlanajak urushning oldini
olishni taklif qiladi. Buning uchun urushning kelib chiqishiga asosiy
sababchi bo‘lgan Inalxonni Chingizxonga topshirish birdan bir
to ‘g ‘ri choradir, deydi u. Xorazmshoh bu taklifga rozi boim aydi.
Shunda Jaloliddin boshqa yangi bir taklifni kiritadi: Movarounnahr,
Xuroson, Eron va Arab yurtlarining barcha lashkar kuchlarini Buxoro
1
Do'stlaringiz bilan baham: |