2. CHINGIZXONNING XORAZMSHOH MUHAMMAD
BILAN MUNOSABATLARI
Chingizxon Xitoyni zabt etgach, uning saltanati Yapon va
Sariq dengizlaridan Irtish daryosigacha, Sibir yerlaridan Xitoygacha
b o ig a n katta hududlarga cho‘ziladi. Endi uning nigohi g ‘arbiy
hududlar tomon qaratiladi. M o‘g ‘ullaming g ‘arbiy chegaralardagi
qo‘shnisi Xorazmshohlar davlati b o iib , Alovuddin Muhammad
boshchiligida yangi-yangi hududlami bosib olib, o ‘z chegaralari
maydonini tobora kengaytirib bormoqda edi. Z.Buniyotovning
ishonarli va asl manbalarga asoslanib bergan m aium otlariga qaragan
da, Chingizxon davlati Xitoyini bosib olishidan avval Xorazmshoh
Muhammadning ham xuddi shunday niyati b oigan. Xorazmshohning
kotibi (dobiri) Imod al-mulk Tojiddin Jomiyning tarixchi Jurjoniyga
aytishicha, 1214-yoki 1215-yilda Alovuddin Muhammad savdogar-
lardan Xitoyning g ‘aroyib boyliklari to ‘g ‘risida eshitib, uni bosib
olishni niyat qilgan ekan. Chingizxonning Xitoyni bosib olganligi
to ‘g ‘risidagi xabami eshitgan Xorazmshoh bu voqeaning to ‘g ‘ri
yoki noto‘g ‘ri ekanligini bilib kelish uchun Chingizxon huzuriga
o ‘zining mashhur elchisi Sayid Bahovuddin Roziyni yuboradi. Ana
shu davrdan e ’tiboran Chingizxon bilan Xorazmshoh Muhammad
o ‘rtasida faol muloqot boshlanadi. Har ikkala hukmdor davlatlari
o ‘rtasida elchilik munosabatlari o ‘rnatiladi. Elchilardan aksariyat
hollarda ayg‘oqchilik maqsadlarida foydalanilgan.
1216-yilda Chingizxon Xorazmshoh Muhammadning elchisi
Bahovuddin Roziyni izzat-ikrom, hurmat va tavoze bilan kutib olgan.
Elchilar Xorazmga qaytayotganda Chingizxon Xorazmshoh uchun
juda ko‘p noyob sovg‘a-salomlar berib, elchiga: «Xorazmshohga
aytgin, men — Mashriq hukmdori, sen — M ag‘rib hukmdori. Kel,
oramizda do‘stlik va tinchlik haqida qat’iy ahdnoma b o isin! Ikkala
tarafning savdogarlari bordi-keldi qilishsin. Mening yerlarimdagi
noyob va oddiy mol-buyumlar sen tomonga, sening mollaring men
tomonga kelib tursin»1, — degan.
1
Ахмедов Б., Махмудов M.
Hyp ва зулмат кураши. «Ёш ленинчи», 1990. 3 март.
292
VATAN TARIXI
0 ‘z navbatida, Chingizxon ham javob tashrifi bilan o ‘z savdo
karvonlarini elchilar bilan xorazmshohlar yurtiga yuborgan. Bu
elchilarga Mahmud Yalavoch al-Xorazmiy, Aliakbar Xoja al-
Buxoriy va Yusuf Kenka al-04roriylar boshchilik qilgan edilar
(Mahmud Yalavoch asli xorazmlik bo‘lib, Chingizxon hukurnatidagi
Xorazm elchisi vazifasidan voz kechib, m o‘g ‘ullarga sotilib, o ‘z ona
vataniga xiyonat yo‘liga kirgan bir shaxs edi). Tarixchi Shahobiddin
an-Nasaviy bergan m a’lumotlarga qaraganda, Xorazmga yuborilgan
savdo karvonida Chingizxon Xorazmshoh Muhammad uchun
amaliy turkiy odatga ko‘ra tuya o ‘rkachi barobar Chirimochin
togiaridan keltirilgan quyma oltin, qimmatbaho m a’danlar, nusub
al-xutuvv (morj tishlari), qop-qop mushk (xushbo‘y moddalar —
R.Sh. Sh.K), yoqut va tarqu deb ataladigan oq tuya yungidan
to ‘qilgan kiyimlar b o ig an . Elchilar Xorazmshohga Chingizxonning
nomasini ham keltirgan edilar. Xorazmshoh Muhammad elchilami
1218-yilning bahorida Buxoroda kutib oladi. Elchilar Xorazmshohga
Chingizxonning xatini topshiradilar. Xorazmshohning elchilami
qabul qilish marosimida vaziri a ’zam Nizom ul-mulk o ‘qib eshittirgan
Chingizxon nomasida jumladan bunday deyilgan edi: «Senga o ‘z
salomimni yoilaym an. Men sening podshohligingning kengligi va
qudratini yaxshi bilaman. Sen ko‘plab xalqlar ustidan hukmronlik
qilasan, shuning uchun sen bilan tinchlikda yashashni istardim. Men
seni o ‘zimning eng suyukli o ‘g iim deb hisoblaguchiman. Mening
Xitoyni zabt etganim va undan shimolda yashovchi hamma xalqlami
b o ‘ysundirganim senga m aiu m . Shuni bilginki, mening saltanatim
chumoli uyasidek jangchilar uyasi hamda kumush konidir va menda
birovning mulkiga egalik qilishni istash ehtiyoji y o ‘q. 0 ‘ylaymanki,
fuqarolarimizning savdo munosabatlarini rivojlantirishdan ikkimiz
ham manfaatdor b o ia m iz » 1.
Chingizxon Muhammad bilan ilk munosabatlami o ‘matishdanoq
diplomatik mahoratini ishga solib, uni «o‘g iim » deb ustunlikka
erishmoqchi bo iad i. Xorazmshoh Muhammadga ham Chingizxon
xatining ana shu «eng yaxshi o ‘g iim » degan qismi yoqmaydi.
Albatta, o ‘zini «Aleksandri Soniy» (Ikkinchi Aleksandr), «Sulton
Sanjar, Monand...», «Yaratganning yerdagi soyasi» deb yer-u ko‘kka
qo‘yarga joy topmay yurgan Xorazmshoh Alovuddin Muhammad
yana kimsan bir sahroyi, g ‘ayridin Chingizxonga o ‘g ‘il boisa-ya!
1
Do'stlaringiz bilan baham: |