2. 0 ‘RTA VA YANGI TOSH DAVRI
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti da mezolit deb atalmish davr o ‘ziga
xos bir davr hisoblanadi. «Mezolit» yunoncha so‘z bo‘lib, «mezos» —
«o‘rta», «litos» — «tosh» birikmalaridan tashkil topgan va «o‘rta
tosh» davri m a’nosini anglatadi. Bu davr olimlaming xulosalariga
ko‘ra bundan 12-7 ming yillar ilgari boshlanib, 7 mingyillikkacha
davom etgan, mezolit davrida 0 ‘rta Osiyo iqlimi issiqlasha borgan,
yog‘ingarchilik ko‘p b o ig an , daryo b o ‘ylari va botqoqliklarida
to ‘qay va o ‘rmonlar vujudga kelib, o ‘simliklar va hayvonot dunyosi
asta-sekin hozirgi zamon hayvonlari va o ‘simliklari ko‘rinishiga
kela boshlagan. 0 ‘rmonlarda bug‘ular, ayiq, to ‘ng‘iz, cho‘1 va
adirlarda esa sayg‘oq, qulon, ot, ho‘kiz to ‘dalari yurardi. Bu davrda
ovchilik hayot manbayi hisoblanar edi. Bu borada o ‘q-yoyning kashf
etilishi katta ahamiyat kasb etdi. 0 ‘q-yoy inson kashf etgan birinchi
mexanizmdir. 0 ‘q-yoy odamning tabiat kuchlariga qarshi kurashda
buyuk burilish bosqichi b o id i, ovchilik endi yangicha mazmun kasb
etdi va uning yangi usullari paydo b o id i. Ovdan keladigan daromad
manbayi ko‘paydi, ovda q o ig a kiritilgan hayvonlaming iste’moldan
ortiqchasi q o ig a o ‘rgatila boshlandi. Inson q o iig a o ‘rgangan va u
bilan do‘stlashgan dastlabki hayvon itdir. It bilan bir vaqtda odamlar
bug‘uni ham q o ig a o ‘rgatganliklari arxeologiyaga oid manbalarda
qayd etiladi.
Mezolit davrining o ‘ziga xos yana bir xususiyati shuki, bu davrda
ovchilikning ahamiyati oshishi bilan birga termachilikning o ‘mi
ham ortdi. Bu davr termachiligi, qadimgi tosh davri termachiligidan
keskin farq qilardi. Bu davrda endi odamlar o ‘simliklami ildizi
bilan birga iste’mol qilmasdan, balki ulami saralab, shirin va mazali
o ‘simliklami iste’mol qilishni o ‘rgandilar. Bu hoi odam tanasining
sifat jihatidan tozalanishi va kamol topishiga, inson aqli va
tafakkurining o ‘sib rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Termachilik
bilan asosan ayollar shug‘ullanardilar.
Mezolit davrida 0 ‘rta Osiyoning deyarli barcha tumanlari, xu
susan, ikki daryo Amudaryo va Sirdaryo o ralig i aholisi yashashi
uchun juda qulay imkoniyatlarga ega joylar b o ig an . Farg‘ona
vodiysining to g ii va tog‘ oldi tumanlarida, Markaziy Farg‘onada
vujudga kelgan katta va kichik k o ila r b o ‘ylarida mezolit davri
ajdodlarining juda ko‘plab manzilgohlari topildi. Olim OMslomov va
uning hamkasblari bu hududda 1970 1980-yillarda keng miqyosda
arxeologiyaga oid qidimv ishlarini olib bordilar va So‘x yaqinida
20
VATAN TARIXI
Obishir nomi bilan aholi o ‘rtasida m a’lum bo‘lgan ungurlarda mezolit
davri jamoalarining qarorgohlarini kashf etdilar. Bu joylar hozir tarix
fanimizda Obishir 1 va Obishir-5 nomlari bilan ataladi. Ayniqsa,
Markaziy Farg‘onada 100 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari
topildi. Ulaming asosiy qismi qadimgi ko‘l yoqalarida joylashgandir.
Mezolit asriga oid boshqa guruh yodgorliklar Toshkentning
Sariqamish tumanidagi qadimgi B o‘zsuv havzasida ham topildi.
Bunda ham arxeolog olim OMslomov olib borgan ilmiy qidimv
ishlari o ‘z natijalarini berdi. Bulardan tashqari, 0 ‘zbekistonning
Surxondaryo viloyati Zaranchukg‘ut, Dukanxona, Podaxona, Oqtosh,
K o‘hitongning Machay soyi ustida qad ko‘targan qoya ostidagi
g ‘orda ham mezolit davriga oid arxeologiyaga doir m a’lumotlar topib
o ‘rganildi.
1970-1971-yillarda Machay g ‘orini tekshirgan OMslomov-
ning fikricha, machayliklar shoxli va mayda hayvonlami xonaki-
lashtirganlar. Bu g ‘ordan topilgan m a’lumotlar ushbu yodgorlikning
mezolit davrining eng so‘nggi bosqichi va ilk neolit (yangi tosh)
davriga tegishli ekanligini tasdiqlamoqda.
Mezolit davri odamlarining diniy tasavvurlari haqida 0 ‘rta
Osiyodagi Qayla, Tutkaul va Machay qabristonlaridan topilgan
yodgorliklar m a’lumot beradi. Har uchala qabriston ham mezolit
davrining so‘nggi bosqichi — ilk neolit davriga to ‘gri keladi. Qayla
g ‘ori yaqinidagi qabristonda mayyit tana suyaklari chalqanchasiga
yotqizilgan bo ‘lib, oyoqlari biroz bukilgan. Dafina ustiga qizil
rang (oxra) sepilgan. Ulaming yon-verida dengiz chig‘anoqlaridan
qilingan taqinchoqlar, bosh tomonda esa mayda toshmunchoqlar
terib qo‘yilgan. Tutkaulda 4 ta, Machayda 7 ta qabr qoldiqlari
ochilganda ularda ham xuddi shu holat kuzatildi.
Mezolit davri odamlari tasavvurida «narigi» dunyoga isho-
nish, olovga talpinish alohida ahamiyat kasb etgan. Buni Qayla
qabristonidan topilgan mayyitga sepilgan qizil rang bo‘yog‘i
isbotlaydi.
Ibtidoiy rassomlar odamlaming tabiat kuchlariga munosabat-
larini, dunyoqarashlarini qoyalarga chizilgan rangli suratlari orqali
ifodalaganlar. Shu xildagi manzilgohlardan biri Surxondaryoning
Zarautsoy darasi qoyalariga solingan suratlar hisoblanadi. Bu
suratlar orasida «Y ow oyi hayvonlami ov qilish» deb nomlangan
manzara diqqatga loyiqdir. Unda bir poda yirik shoxli hayvonlar
orqasidan ovchilaming o ‘z itlari bilan quvib ketayotgan manzarasi
I bob. 0 ‘rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari.
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish
21
tasvirlangan. Ovchilar ustiga chaylasimon yopinchiq yopib olib, o ‘q-
yoy, palaxmon toshlari bilan qurollanganlar. Yana bir qoyada esa
ikki guruh ovchilaming yovvoyi buqani o ‘rab olish manzarasi aks
ettirilgan. Arxeolog olimlar bu topilmalami mezolit davrining so‘nggi
bosqichi va ilk neolit davriga oid ekanligiga ishonch hosil qilib,
ulaming Qayla, Tutkaul va Machay yodgorliklari bilan tengdosh
ekanligini asosladilar.
Xullas, Zarautsoy qoya suratlari mezolit davri rassomlarining
dunyoqarash doirasini, ulaming diniy tasavvurlarini, o ‘sha davr
mafkurasi darajasini tasviriy san’atda qay darajada aks ettira
olganliklari haqida fikr yuritish uchun asos bo‘ladi.
Insoniyat o ‘z taraqqiyot y o ‘lida mezolit davridan so‘ng neolit
(miloddan avval 6 -4 ming yillik) deb atalmish davmi ham o ‘tkazdi.
«Neolit» yunoncha s o ‘z b o ‘lib, «neos» — yangi va «litos» tosh,
Do'stlaringiz bilan baham: |