18
VATAN TARIXI
k o ‘zlari qisiq b o ‘lgan. Buning asosiy sababi avlod-ajdodlarimiz
yashagan m o‘tadil geografik iqlim sharoitining uzoq yillar davomida
ulaming tanasiga tabiiy ta ’sirining natijasidir. Yevropadagi oqtanli
odamlar va Afrika qit’asidagi qora tanli odamlar xususida ham xuddi
shu fikr va g ‘oya asoslidir.
So‘nggi paleolit davrida 0 ‘rta Osiyo hududida yashagan
odamlaming mehnat qurollari ham ancha takomillashdi, suyak
va shoxdan yasalgan buyumlar: igna, qarmoq, har xil bezaklar
shakllangan, tosh qurollar ancha ixchamlashgan. Parmalash asbobi
paydo b o ig a n , asosan bu davrda tosh va suyaklami parmalaganlar.
Bundan 2 5 -30 ming yillar burun insonlar kesuvchi, qirquvchi va
parmalovchi qurollami ixtiro qilganlar.
So‘nggi paleolit davrida tasviriy san’at rivoj topdi. Bu davrda
odamlar yashash uchun o ‘zlariga turar joylam i kashf etdilar,
toshlarga rasm solganlar, tosh va suyaklarga hayvonlar, baliqlar
va odamlaming qiyofalarini o ‘yganlar. Tosh va suyakdan yasalgan
haykalchalarda ona u ru g ig a e ’tiqod qilinganligi tasvirlanadi. Demak,
bu davrda jamiyatda «ibtidoiy to‘da» o ‘rnini matriarxat - ona urug‘i
jamiyati, y a’ni «urug‘chilik jamoasi» egallaganligini ko‘ramiz. Bu
davrga kelib ayollar jamiyatda yetakchi mavqeni egallaganlar. Jinslar
o ‘rtasida mehnat taqsimoti kelib chiqqan. Ayollar oziq-ovqatlami
saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur y o q ilg i bilan ta ’minlash,
bolani boqish va tarbiyalash ishlari bilan m ashg‘ul boiganlar.
Erkaklar esa asosan ovchilik bilan shug‘ullanganlar, mehnat qurollari
tayyorlaganlar. Bu davrda qarindosh-urugiar o ‘rtasidagi nikoh
taqiqlangan, y a’ni «ekzogamiya» paydo b o igan . Bu esa insonning
biologik jihatdan takomillashib borishini ta’minlagan.
Odamlar o ‘rtasida o ‘troq hayot kechirish tobora ustun mavqega
ega b o ia borgan. U m g‘chilik jamiyatida dastlabki diniy e ’tiqodlar
va marosimlar kelib chiqqan: Animizm (mhga sig‘inish), totemizm
(ajdodlar mhiga siginish), magiya (sehrgarlik) shular jumlasidandir.
0 ‘rta Osiyoda so‘nggi paleolit davriga mansub topilmalar,
yodgorliklar kam, albatta bu tarixiy o ‘tmishimizni yetarli darajada
o ‘rganilmaganligi oqibatidir. So‘nggi paleolit davrida odamlar
yashagan makonlar Samarqand shahar istirohat bog‘i hududida,
Buxoro viloyatidagi Qoratov to g in in g yon bag‘rida, Ohangaronda,
T o‘ytepadagi K o‘kbuloq makonlari va Oqtosh g ‘oridan topilgan.
0 ‘rta Osiyo hududida bugungi kunda so‘nggi paleolit davriga
oid 30 dan ortiq yodgorliklar topib o ‘rganildi.
I bob. 0 ‘rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari.
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish
19
Do'stlaringiz bilan baham: