I B O B
0 ‘RTA OSIYO IBTIDOIY TARIXINING BOSQICHLARI.
IBTIDOIY TARIXNI DAVRLASHTIRISH
1. O Z BE K IST O N HUDUDIDA ENG QADIMGI
ODAMLARNING IZLARI
O ita Osiyo hududi dunyoning eng qadimgi odamlari yashagan
makon b o ‘lganligi yuqorida ta ’kidlandi. Ammo bu hududda odam-
zodning dastlabki avlodlarining paydo bo‘lganligiga necha yil b o id i,
degan savolga olimlar turli xil javob berib keldilar. B a’zi manbalarda
dastlabki odam izlari bundan 500 ming yil ilgari topilgan deyilsa,
boshqalarida 800 ming yil sanasi tilga olinadi. Arxeologlaming eng
so‘nggi xulosasiga ko‘ra, eng qadimgi odam ajdodi hisoblangan
zinjantroplardan keyin paydo b o ig a n pitekantroplar bundan
1 million yil ilgari yashaganlar. Biroq na zinjantroplaming va na
pitekantroplaming izlari 0 ‘zbekiston hududida shu paytga qadar
uchramagan. Bundan 500-600 ming yillar burun yashagan odam
ajdodining izlari Xitoydan topilgan. Olimlar uni sinantroplar deb
ataganlar. Ular asosan g ‘orlarda yashaganlar. Sinantrop davridan
boshlab odam birinchi marta olovni kashf etdi va undan o ‘z hayotida
foydalana boshladi. Olimlaming fikricha, ana shu «sinantroplarga
zamondosh ibtidoiy odam izlari» 0 ‘rta Osiyoning bir necha joy larida
uchraydi. Bu davrda odamlar hali to ‘da-to‘da b o iib yashar edilar.
Ulaming kundalik tirikchiliklari asosan daraxtlaming mevalari,
o ‘simlik ildizlari, qurt-qumursqa, mayda jonivorlardan iborat b o igan.
Odamlar birgalashib yirik hayvonlami ham ov qilganlar. Ammo bu
ish o ‘ta xavfli b o iib , k o ‘p hollarda fojiali oqibatlarga olib kelardi.
Bu davrda odamlar hali metalldan foydalanishni bilmaganlar,
ular oddiy maxsus toshlardan, yirik hayvonlaming suyaklaridan,
shoxlaridan va daraxtlaming qattiq shoxlaridan mehnat quroli sifatida
foydalanganlar. Shu sababdan ham bu davmi «Qadimgi tosh davri»,
ya’ni paleolit davri deb yuritiladi. Paleolit davri uch bosqichdan
iborat: ilk paleolit, o ‘rta paleolit va so‘nggi paleolit.
Ilk paleolit davrining diqqatga sazovorligi shundaki, bu davrda
odamlar va ulaming dastlabki mehnat qurollari paydo b o id i. Tosh
I bob. O 'rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari.
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish
15
qurollaridan boshqa mehnat qurollari bizgacha yetib kelmagan.
Bu davming tosh qurollari arxeolog olimlar tomonidan yetarli
darajada o ‘rganilgan. Bu mehnat qurollari dastlabki mehnat quroli
topilgan makon — joy nomi bilan «ashel» qurollari deb nom olgan.
Olimlaming xulosalariga qaraganda ashel davri bundan bir million
yil burun boshlangan va miloddan aw alg i 200 100 minginchi
yillargacha davom etgan. Bu davrda Yer kurrasida bir qator tabiiy
geografik o ‘zgarishlar yuz berdi. Himolay, Tibet, Pomir va Tyanshan
singari baland va osmono‘par to g ia r qad ko‘tardi. Geologlaming
hisobiga ko‘ra, tabiatning yozi issiq, quruq va qishi sovuq,
yog‘ingarchilik kam bo igan. Natijada 0 ‘rta Osiyoning hozirgi c h o i
va dashtlari shakllangan, shu sharoitga moslashgan hayvonot dunyosi
vujudga kelgan, o ‘simliklar olami qaror topgan.
Ashel davrining oxirlarida havo keskin soviy boshlagan,
to g iard a yirik muzliklar vujudga kelgan, ular vaqti-vaqti bilan
goh ko‘payib, goh kamayib turgan. Yangi-yangi daryolar vujudga
kelib, Chu, Sarisuv, Qashqadaryo va Zarafshon daryolarida suv ko‘p
b o igan. Chu bilan Sarisuv Sirdaryoga, Qashqadaryo bilan Zarafshon
Amudaryoga quyilgan. Pasttekisliklarda esa uzluksiz y o m g ir yog‘ib
turgan. Havo goh sovib, goh isigan. Natijada o ‘simliklar dunyosida
ham o ‘zgarishlar yuz bergan. C h o i mintaqasiga xos o ‘simliklar
16
VATAN TARIXI
katta-katta maydonlami egallaydi. 0 ‘rta Osiyo mintaqasida bu davrda
mastodont o ‘rmon fili, ibtidoiy ot, qadimgi tuya, bizon, qoplon,
kiyik, g ‘orda yashovchi sirtlon va mamont kabi hayvonlar yashagan.
Tabiatdagi bunday o ‘zgarishlar mintaqaning ayrim tumanlarida ilk
ajdodlarimizning makon topishiga imkon bergan. Vatanimiz hududida
yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg‘ona vodiysining
So‘x tumanidagi Selung‘ur g ‘oridan va Toshkent viloyatining
Angren shahri yaqinidagi K.o‘lbuloq makonida topib o ‘rganildi. Bu
borada arxeolog olimlar A.P.Okladnikov, OMslomov, M.R.Qosimov,
V.P.Alekseyev, T.K.Xo‘jayevlam ing xizmatlari kattadir. OMslomov
Selung‘ur g ‘orida arxeologiyaga oid takroriy ishlar olib borib
(birinchi marta bu ishni 1958-yilda A.P.Okladnikov boshlagan),
yangi kashfiyotlar qildi. U g ‘ordan topilgan tosh qurollari va hayvon
suyaklarini chuqur o ‘rganib, Selung‘urda yashagan odamlar g ‘omi
ashel davrining birinchi bosqichida o ‘zlashtirganliklarini isbotladi.
OMslomov o ‘zi ochgan kashfiyotga suyanib, Selung‘ur g ‘orida
yashagan odamlaming yoshi yaqin bir million yil atrofida degan
xulosaga keldi. Selung‘ur odamining qoldiqlari Farg‘ona vodiysi
hududidan topilganligi sababli unga shartli suratda «Fergantrop»,
y a’ni «Farg‘ona odami» degan nom qo‘yildi.
Qadimgi tosh davri (paleolit)ning o ‘rta bosqichi (bundan
qariyb 100-40 ming yil avval) arxeologiya fanida Muste davri
deb ataladi. Bu davrda muzlanish keng tarqala boshlagan, iqlim
sharoiti ancha yomonlashgan. Bu hoi ibtidoiy odamlami tabiat
kuchlariga qarshi kurashga va himoyalanishga majbur qilgan. Ular
ilgarigidek yirik hayvonlami ovlaganlar, olov chiqarishning turli
y o ‘llarini ixtiro qilganlar; turli sharoitlarda yashash uchun o ‘zlariga
boshpanalar izlaganlar. Bu davrda yangi mehnat qurollaridan qo‘1
cho‘qmori paydo bo‘lgan. T o‘da-to‘da bo‘lib yurish bu davrda
ham davom etgan. Insoniyat tarixi shajarasida bu davming odami
neandertal odam nomi bilan yuritiladi. Neandertal odamlar yashagan
makonlari 0 ‘rta Osiyo hududining 50 dan ortiq joyida topilgan.
Surxondaryo (Teshiktosh), Samarqand (Omonqo‘ton, Q o‘tirbuloq,
Zirabuloq, X o‘jamazgil deb nomlangan buloq yoqalari), Toshkent
(Obirahmat, X o‘jakent, Paltov nomli ungur va g ‘orlarida K o‘lbu‘loq
yoqasi), Navoiy (Uchtut) hududlari, qo‘shni Tojikiston (Qorabura,
Jarqo‘rg‘on) va Q irg‘iziston (Tossar va Georgiy do‘ngligi)
hududlarida muste davriga oid yodgorliklar juda ko‘plab topilgan.
Xususan, 1938-yilda Boysun tog‘ining Teshiktosh deb atalgan
g ‘oridan topilgan yodgorliklar alohida qimmatga egadir.
I bob. 0 ‘rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari.
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish
17
Bu yerda o ‘tkazilgan arxeologiyaga oid izlanish natijasida
ko‘pgina ashyoviy dalillar bilan bir qatorda g ‘or devorining ostidan
9 yashar bolaning qabri topilgan. Undagi suyak qoldiqlari mayyitning
chalqanchasiga yotqizilgani va qabr atrofi hayvon shoxlari bilan
o ‘ralganligidan dalolat beradi. Bundan shu narsa m a’lum bo‘ladiki,
neandertal odamlaming asosiy m ashg‘uloti hayvon ovi bo‘lgan.
Shu sababdan bo‘lsa kerak teshiktoshliklar o ‘zlari uchun muqaddas
hisoblangan hayvon shoxlari bilan bolalarini o ‘rab, «narigi dunyoga»
jo ‘natganlar. Bu hoi neandertal odamlar yashagan zamonda asta-
sekinlik bilan diniy tasavvurlaming dastlabki belgilari paydo bo‘la
boshlaganligini ko‘rsatadi.
Teshiktosh g ‘oridan topilgan arxeologiyaga oid m a’lumotlami
chuqur o ‘rganish asosida uning yoshi aniqlandi va olimlar bu
ashyolar muste davrining ilk bosqichiga tegishlidir, deb xulosa
chiqardilar.
Qadimgi tosh davrining so‘nggi bosqichi bundan 4 0 -3 5 ming yil
ilgari boshlangan va milodimizdan ilgarigi, 12-10 mingyillikkacha
davom etgan. Bu davr tarixda so‘nggi paleolit nomi bilan ataladi.
So‘nggi paleolit davrida 0 ‘rta Osiyo hududida iqlim quruq va
m o‘tadil bo ig an . Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar —
serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar paydo bo‘lgan.
So‘nggi paleolit bosqichiga kelib, ibtidoiy to ‘da davrining
vayronalarida kishilik jamiyatining dastlabki b o ‘g ‘ini — ibtidoiy
jam oa davri tarkib topdi. Bu davrda toshdan mehnat qurollari yasash
uslubida, ibtidoiy xo‘jalik shakllarida, ibtidoiy odamning turmush
tarzida, ulaming ijtimoiy munosabatlarida, odamlar dunyoqarashida,
hatto uning jismoniy tuzilishida ham keskin va jiddiy o ‘zgarishlar yuz
beradi. Bu davr odamlarining suyaklari neandertal davri odamlariniki
singari yirik emas, oyoq, qo‘l harakatlarida ham chaqqonlik paydo
bo‘ladi, hozirgi zamon odamlariga xos jism oniy xususiyatlari
vujudga keladi. Olimlar bu davr odamini zamonaviy qiyofadagi odam
deb atadilar. Antropolog olimlaming ilmiy kuzatuv va xulosalariga
ko‘ra keyingi 35^10 ming yillar davomida odamzodning biologik
va jismoniy tuzilishida aytarli katta o ‘zgarishlar boim agan. Xuddi
shu davrda dunyoning barcha qit’alarida b o ig a n i singari 0 ‘rta
Osiyo hududida ham hozirgi zamon ko‘rinishidagi avlod shakllandi.
Bu irqqa mansub vakillar Shimoliy, Markaziy va Sharqiy'O siyo
hududlarida yashaganlar. Ulaming b o ‘ylari past, bosh suyaklari
dumaloq, qosh-ko‘zlari, sochlari qora, yuzlari va peshanalari keng,
Do'stlaringiz bilan baham: |