direktori, filologiya fanlari doktori, professor Saidbek Hasanovning
"Sab’ai
sayyor"da ranglar jilosi maqolasini ham misol ta’riqasida ko‘rsatishimiz
mumkin
1
:
.
"Sab’ai sayyor"da ranglar jilosi
So‘z san’atida turli ranglarni estetik maqsadlarda ifoda qilish shoirdan alohida
iste’dod va katta mahorat talab qiladi. Shu jihatdan Alisher Navoiyning she’riyati,
xususan, uning «Sab’ai sayyor» dostoni o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin egallaydi.
«Sab’ai sayyor» dostonida ranglar timsoli Barhrom, Dilorom va yetti
hikoyaga kirgan obrazlarni yaratishda muhim badiiy vositalardan biri vazifasini
bajargan va asar mazmunini yanada chuqurroq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Ranglarning rang-barang jilolari, ayniqsa, dostonga kirgan yetti hikoyada o‘zining
sezilarli o‘rnini egallagan.
"Sab’ai sayyor"ning hikoyalar qismida birinchi iqlimdan kelgan darvesh Qora
qasrda shanba kuni Bahromga Ahiy bilan Farruh haqidagi afsonani gapirib beradi.
Qora rang bilan shanba kuni va Zuhal (yoki Kayvon, Saturn) sayyorasi bog‘lanib,
kasrning rangi, Bahromning yurish-turishi va o‘sha kungi barcha voqealar qora
rang bilan tasvirlanadi.
Bu hikoyada shoir chuqur qayg‘udagi Bahromning ruhiy holatini tasvirlash
uchun hamma voqea va hodisalarni qora rangga bo‘yaydi....
Hatto she’riyatda ijobiy ma’noda qo‘llanib kelinadigan "Qora gesu" (qora
soch) kabi so‘z birikmalari ham salbiy mazmunda ishlatiladi.
Boshiga solib ul qora gesu,
Har tuki soyu bir qora qaygu.
1
Adabiyot gulshani “Sharq” nashriyoti –matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent, 2013.
58
Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonida yakshanba kun voqealari
bayon qilinadi.
Bu sarlavhada hammayoq sariq libosga burkanganligi ta’kidlanmoqda. Sariq
rangning oltin bilan hamohang bo‘lib tovlanishi bir necha marta alohida qayd
etilgan. Buning asosiy sababi Bahromga so‘zlangan ikkinchi hikoyaning mazmuni
oltin bilan bog‘liqdir. Unda bosh qahramon Zayd Zahhob qalbaki taxt yasab, shoh
oltinidan bir qismini o‘marib qoladi.
Oltin rang Navoiy talqinida taniqlik, xursandchilik va olijanoblik ramzidir.
Oltin rangining bir oz bo‘lsada o‘zgarishi uning olijanoblik mazmunini buzadi,
sharmandalik va nafrat uyg‘otuvchi rangga ay
lantiradi. Oltinning shunday
mazmunda ishlatilganligini Zayd Zahhobning firibgarliklaridan yaqqol ko‘ramiz.
"Sab’ai sayyor" dostonining uchinchi kuni, ya’ni dushanba kuni.
Bu yerda endi hamma narsa yashil rangda ifodalangan. Bahromning qadam
ranjida qilgan joyi Yashil qasr. Uchinchi iqlim shohi tomonidan qurilgan. Bu iqlim
xomiysi yashil rang nur taratuvchi oydir. Dushanba kuni ham uning nomi bilan
bog‘liq. Qasrdagi malikaning ko‘rinishi, kiygan liboslari yashildir. Uning qomati
ham sarv daraxti singari yashil.
Bahrom ham yashil rangga kirgan. Sharob badiiy vosita orqali yashil rangga
o‘xshatilgan. U yashil rang bilan jilolanadigan zilol suvi bilan qiyoslanadi. Jom
ham yashil, zumrad rangida. U Xizr ichgan hayot bulog‘iga o‘xshatiladi. Xizr
so‘zining o‘zi ham arabcha bo‘lib «yashil», «yashil bo‘lish» ma’nolarini anglatadi.
Alisher Navoiyda Bahrom seshanba kuni to‘rtinchi kasrda vaqtini o‘tkazadi.
Bu yerda hamma narsa qizil rang orqali ifodalangan, qizil rangga xos
bo‘lmagan so‘zlar ham qizilga moslab tasvirlangan. Bahrom dam oladigan joy -
qizil qasr. To‘rtinchi iqlim shohi tomonidan qurilgan. Bu iklim qizil rangli sayyora
Bahromga mansub. Mars seshanba kunning homiysi hisoblanadi. Bahrom bilan
vaqtni xushchaqchaqlik bilan o‘tkazayotgan go‘zal qizning liboslari va umuman
qiyofasi qizil rang bilan bezangan. Uning go‘zalligi hatto quyosh bilan
qiyoslanmoqda, liboslar esa quyosh botayotganidagi shafaqqa o‘xshatilgan.
59
Jomning rangi ham qizil, undagi sharob ham qizg‘ish. Bahromning kiyimlari ham
qizil, ko‘zlari esa maydan qizargan.
Ye. E. Bertelsning ta’kidlashicha, Nizomiy o‘z dostonida qizil rang orqali rus
malikasini nazarda tutgan, chunki, Nizomiyning «Hamsa»ga kirgan so‘nggi
«Iskandarnoma» dostonida bu haqda ancha batafsil ma’lumotlar keltirilib, ular
qizil rang bilan bog‘lanadi.
Alisher Navoiy «Sab’ai sayyor» dostonining keyingi hikoyasi chorshanba
kuni bilan bog‘langan.
Bu o‘rinda shoir hamma voqea va hodisalarni ko‘k rang bilan bezaydi. Qasr
ko‘k, uning gumbazi ham moviy. Beshinchi iklimning homiysi Merkuriy sayyorasi
bo‘lganligi uchun u ham ko‘k. Chorshanba kunining ramziy rangi ko‘k. Bahrom
ko‘k qasrga moviy rang libos kiyib kiradi. Uning atrofidagi hamma narsalar ham
ko‘k rangda.
Keyingi kun hikoyasini Navoiy sandal qasrida gapiradi:
«Payshanba kuni Bahromning sandaloso xil’at bila gulshani sandalbo‘yda
orom tutub sarvi sandal nasim bilan bodai sandal shamim ichmak va ul sandallar
laxlaxasidan dimog‘i muattar bulub ko‘zi uyqu mayli qilmoq».
Sandal xidi taralib turuvchi gulshan oltinchi iqlim shohi tomonidan qurilgan
Sandal qasrdir. Bu iqlimning homiysi Yupiter sayyorasidir. U payshanba kuni
bilan bog‘langan. Bahrom ham mana shu sandal rangiga moslashib kiyingan.
Uning bilan vaqtni xushchog‘likda o‘tkazayotgan malika ham sandal libosda.
Undan sandal xidi ufurib turipti. Sharob ta’midan ham sandal mazasi kelmoqda.
Xatgo Bahromning ruhiy holati va voqealarning kechishi ham sandal rangiga
hamohangdir.
Yettinchi oq rangga bag‘ishlangan bobning sarlavhasi q uyidagicha
ifodalangan:
«Odina kuni Bahromning kofuriy asvob bila mushkin zulfi kofuriy libos bila
taxti oj uzra jomi billuridan boday kofur mizoj oshom qilg‘oni va ul kofur
korlikdin hijroni o‘ti taskin topib o‘
Z G
‘azoli mushkbo‘sidin xabar topqoni».
60
Alisher Navoiy oq rang orqali Diloromning Bahromga bo‘lgan pok sevgisini
tasvirlaydi.
Xulosa qilib aytganda, ranglar timsoli asarnint boshlanishidan to oxirigacha
ma’lum estetik tartibda bayon etilib, maqsad badiiy vositalar orqali yanada chuqur
qilib o‘quvchiga taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |