Juma uchun uning homiysi Zuhra (Venera) rangiga mos oq qasr barpo
qilingan edi. Nihoyat, muborak juma (odina) kuni Bahrom oppoq - kofuriy
kiyimda oq qasr ichida fil suyagidan ya-salgan taxt ustida o'tirib oq kiyimli go'zal
bilan billur jomda oq may ichadi va Chin go'zali qoshida xorazmlik musofirning
hikoyasini tinglaydi. Musofir o'zining Xorazmdan ekanligini, soz chalishini,
iqlimdagi barcha ustozlar uning shogirdlari ekanligini, kutilmagan-da bir chinlik
savdogaming go'zal kanizagi Xorazmga kelgach, uning ishi kasodga uchraganini,
kanizak huzuriga borib arz qil-ganini, uning sozini tinglab, uning tarixi bilan
qiziqqanini va kanizak unga boshidan o'tganlarni so'zlab berganini aytadi. Shoh
Bahrom aytilganlardan bu kanizak Dilorom ekanligini bilib uni olib kelish uchun
Xorazmga sipohlarini jo'natadi.
Ko'ringanidek, Bahrom birinchi hikoyani o'z ruhiy holati kabi qora qasrda,
qora libosda tinglagan edi, chunki u o'z Diloromidan ayrilgan, hijron zulmatiga
giriftor bo'lgandi. Yettinchi hikoyani esa oq qasrda oq libosda tinglaydi va bu
hikoyat unga visol umididan darak beradi, uning qalbiga yorug'lik olib kiradi.
Lekin Bahrom Diloromni topgach yana ovga, aysh-ishratga beriladi. Bir kuni u
saroy ahli, sonsiz qo'shin va Dilorom bilan katta ovga chiqqanida, yomg'ir yog'adi
va eski botqoqning og'zi ochilib, Bahromni Dilorom va butun arkoni davlati bilan
birga yer yutadi.
48
Bahrom bo'lib o'tgan voqealardan va tinglagan hikoyatlaridan xulosa
chiqarmaydi: oshiqlik va shohlikni bir qiyofada olib bor-moqchi bo'ladi, aslida,
chin oshiqlik toj-u taxt va boylik bilan mu-vofiq kelmaydi:
Ishq ila shohlig' muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.
Shu bilan birga, Shoh Bahromning halokatini, tasavvuf ta'limo-tiga ko'ra,
yana shunday izohlash mumkin: butun johzotlar, tabiat, hayvonotva nabotot olami
Allohning zuhuridir. Ularning barchasini Alloh yaratgan ekan, ularga zarar
yetkazish Yaratgan irodasiga qarshi borish bilan tengdir. Shu ma'noda shoh
Bahromning tabiat-ga yetkazgan jabr-zulmi uning halokatiga olib keldi.
Shoir Bahrom timsoli munosabati bilan o'z davridagi ba'zi dolzarb
masalalarga ham ishora qilib o'tgan. Xususan, haqiqiy hukmdor har qanday
illatlardan xoli bo'lishi zarurligi, xalq ahvolidan g'ofillik va aysh-ishratga berilish
oxir-oqibat shohni va mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir
aytmoqchi bo'lgan muhim g'oyalardan biridir.
Shu ma'noda Navoiy dostonning o'ttizinchi bobida tush ko'rganligini aytadi.
Tushida shoirni Shoh Bahrom yo'qlab, uni nazm mulkida sohibqiron deb atab
yozgan dostoniga yuqori baho beradi va farzandi qatorida sanalmish Sulton
Husayn Boyqaroni ogohlantirishini iltimos qiladi va unga quyidagi so'zlarni
yetkazish-ni aytadi:
Kijahon kimsaga vafo qilmas,
Shohlig' tarkiga kiro qilmas.
Shahki, ming yil oning hayotidur,
G'araz - o'lganda yaxshi otidur.
49
«Sab'ayi sayyor»da Navoiy dahosining qudrati shoirning o'z tilidan aytilgan
o'rinlarda ham namoyon bo'ladi. Jumladan, dos-ton yakuniga yaqinlashganda shoir
asarning yozilish muddatiga to'xtalib deydi:
Manga ayyomi garchi yod ermas,
Lek to'rt oydin ziyod ermas.
Bo'lsam o'zga umurdin emin,
Bor edi to'rt hafta ham mumkin..
50
Nihoyat, Juma kuni Oq qasrda Bahrom o‘z Diloromi daragini eshitadi.
Ushbu rang hamma vaqt yuqorida ta’kidlaganimizdek ko‘p belgililikni ifoda
etsada, uning bosh maqsadi yorug‘likdir. Najmiddin Kubroning ta’rificha ushbu
rang islomni ifodalaydi. Navoiy asarida ushbu rang ikki xil holatni bildirgan. Biri
poklik ma’nosida ikkinchisi motam libosi sifatida:
Yuzi sajjoda uzra matlai nur,
Mushkining charx aylabon kofur
1
.
ya’ni yuzi joynamoz ustida nur sochuvchi, salak mushkini kofurga aylantirgan,
qora sochi oqargan.
yoki:
Mohi kofurgun qabo payvast,
Bo‘lub ul hujrada hudoyparast.
Bari kiygan hariri subh nishon,
Ko‘zi tang otqucha sitorafishon
2
.
ya’ni: U go‘zal oq kiyimga o‘ralib, o‘sha hujrada ibodat qilardi. Barcha kiygan
kiyimi tongdan nishona beradi, ko‘zi esa, tong otguncha yulduz sochadi, yosh
to‘kadi.
1
Хамса. Тошкент. Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1986. 279-б.
2
Ўша китоб 280-б.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |