qasrda Shoh Bahrom Muqbil va Mudbir haqidagi qissani tinglaydi. Unga ko'ra,
Muqbil va Mudbir Boxtar degan joydan Xovarga yo'l oladilar. Muqbil ibodatli,
rostgo'y bo'lib, Mudbir kazzob va pastkash edi. Ular qaynoq vodiyi hamimdan
birga o'ta-dilar. Mudbirning ahmoqona gaplaridan Muqbil ko'p ozor chekib, undan
voz kechmoqchi bo'lsa, Mudbir yalinib tavba qiladi. Ular shu tariqa safarda davom
etadilar. Dengiz sohiliga borib bir ke-maga chiqadilar. Muqbil, odatdagidek, ibodat
45
qilib, tasbeh o'girib o'tirsa, Mudbir Xudoga shirk keltirib valdiray boshlaydi.
Shunda to'fon kelib ularning kemasini g'arq qiladi. Bu ikkisi taqdir taqozosi bilan
qutulib qirg'oqqa chiqib, o'rmonga duch keladilar. Shu yer-dagi bir daraxt
kovagida buloq bo'lib, u yerda buning suvini ich-gan odam mutlaqo ochiqmasligi,
suvsamasligi va yolg'on gapirsa yorilib o'lishi yozilgan bo'ladi. Muqbil va Mudbir
bu suvdan to'yib ichib olganlari uchun yozuvni o'qisalar, buloq suvida boshi bilan
sho'ng'ib cho'milgan odam g'aroyib voqealarni ko'rishi aytilgan ekan. Faqat
rostgo'y odam cho'milishi mumkin, yolg'onchi esa kuyar ekan. Natijada suvga
Mudbir tusholmaydi, Muqbil buloqqa sho'ng'ib bir qasrga duch keladi, u yerda bir
mahvashga oshiq bo'lib qoladi... O'ziga kelib, suvdan chiqqanida esa oshiq bo'lgan
go'zal ishqida o'zini yo'qotib bexud bo'ladi. Muqbil va Mudbir qirg'oqqa
yaqinlashib bir kemaga duch keladilar. Bu kema sandal daraxti yog'ochi bilan to'la
bo'lib, odamlari o'lib yotardilar. Gap shundaki, Xovar mamlakati shohi qizi kasalga
chalingan bo'lib, tabiblar unga sandal daraxtidan yasalgan qasrda yashash davo
degani uchun, ko'plab savdogarlar shu daraxt yog'ochlarini olib kelayotganlarida
dengizda po'rtanaga tushib, chiqolmay ochdan o'lgan edilar. Ular qirg'oqqa
borganlarida Xovar shohiga duch keladilar. Mudbir o'zini savdogar, kema egasi,
Muqbilni qulim deb tanishtiradi va shu zahoti yorilib o'ladi. Muqbil esa bor gapni
ya-shirmay aytib beradi. Shoh uni o'ziga kuyov qilishni xohlab to'y beradi.
Malikaning qasriga borgan Muqbil xuddi buloqda ko'rgan holatiga duch keladi:
sandal qasr, go'zal qizlar va... o'sha u sevib qolgan mahvash. Keyin ma'lum
bo'ladiki, bu go'zal Xovar shohining qizi bo'lib, unga jinlar shohi oshiq bo'lgan
ekan. Lekin qizga yetisholmagan jinlar shohi o'sha oroldagi daraxtdagi kovakdagi
buloqda qizning suvratini, lining qasrining nusxasini paydo qilib, o'zini ovutib
o'tirarkan. Muqbil shunga duch kelgan ekan. Shu tariqa Xovar shohining go'zal
qizi va rostgo'y Muqbil vaslga erishadilar.
Hikoya yakunlangach, xushnud bo'lgan shoh Bahrom uyquga ketadi.
46
Payshanba kungi sandal rang (jigarrang) bo‘lgan ushbu kunda barcha
qasrning qismlari ushbu rangdan tashkil topadi. Ushbu kuni “Qissasi Rabg‘uziyda”
keltirilishicha Hudo jannat va do‘zaxni, rahmat va azob farishtalarini hamda
hurlarni yaratdi. Ushbu rangli qasrda Muqbil va Mudbir hikoyalari tinglanar ekan,
ularning ikki xil dunyosi beriladi. Hikoyada tinmay noshukrlik qilib noliyotgan
Mudbirga, Muqbilning nasihatlari kor qilmay, natijada Mudbir o‘z boshini o‘zi
yeydi. “Qur’on” ning87-a’lo surasida shunday deyiladi: “1 (Ey Muhammad),
eng oliy zot bo‘lmish Parvardigoringgizning nomini poklang! 2. U (barcha narsani)
yaratib, raso qilib qo‘ygan zotdir. 3. U (har bir narsa uchun munosib yo‘lni)
47
belgilab, (U narsani o‘sha yo‘lga) hidoyat qilib qo‘ygan zotdir. 4-5. U o‘t-o‘lanni
undirib chiqarib, so‘ng uni qoramtir (jigarrang) xas - xashak” qilib qo‘ygan zotdir.
Ushbu kungi hikoya ham boshdan oyoq, oxirgi qismigacha sanda rangni
ifodalaydi. Ushbu rangning mohiyati esa qo‘rquv va hayajondir.
Kimda kim, haddini bilmasa, noshukrlik qilsa, albatta do‘zaxiy bo‘lishi, Hudo
tomonidan jazolanishi muqarrarligi shoh Bahromga ogohlantirish tarzida shu rangli
hikoya orqali uqtiriladi va keyingi kunda shoh baxtini topadi, lekin asar so‘nggida
bunday nasihatlar yodidan ko‘tarilganligi tufayli uning o‘zi ham, Hudo tomonidan
jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: