Letuva va natti – burunga taqiladigan ziraklar (Surxon-
daryo).
Lorum – Vizantiyada qimmatbaho toshlar bilan bezalgan
oltinrang parchadan qilingan keng uzun sharf. Sharfning
kengligi, odatda, 15–35 sm, uzunligi esa – 4–5 m bo‘lgan.
Lorum Rim togasi kabi turli usulda o‘ralgan. Lorum amaldorlar
libosining muhim elementlaridan biri sifatida asosiy bezak
vositasi ham edi. Shuningdek, keng doirasimon oltin va
qimmatbaho toshlar bilan dabdabali bezalgan yelka-yoqa ham
muhim bezak vositalaridan bir edi. Keyinchalik lorum va yoqa
bo‘yindan kiyiladigan orqasi uzun, old tomoni biroz kalta
(boldirga qadar) yopinchiq shaklini oldi.
Mantilya – yupqa qora yoki oq mato, yoki to‘rdan qilingan
yopinchiq. Ispaniya ayollar va erkaklar kostumida osma
taqinchoqlardan keng qo‘llanilgan. Ular orasida durli marjonlar,
200
zargarlik belbog‘lari, ziraklar, uzuklar, zanjirlar, kameyalar
keng urf bo‘lgan.