196
Kiyim – odam tanasini butunlay yoki qisman o‘rab
turuvchi
buyumlar yig‘indisi.
Kiyimni konstruksiyalash – tuzilmasini qurish – yassi
materialdan odam gavdasini qoplab turuvchi hajmiy qobiq
yaratish jarayoni.
Kiyimni modellashtirish – kiyim shakllarini hosil qilish
jarayoni.
Kimeshek – qozoq ayollarining bosh kiyimi.
Kimono – yapon erkak va ayollarining milliy kiyimi.
Klassik uslub (mumtoz uslub, mumtoz kostum,
mumtoz
moda) – shunday kiyimlar borki, insonning didi, talablari,
qiziqishlari, odatlarining o‘zgarishiga qaramay, ular ma’lum
ma’noda o‘zgarishsiz qolaveradi. Mumtoz modaga taalluqli
va hatto, ba’zan mumtoz moda deb ataluvchi ingliz kostumi
ana shunday kiyimlardandir. Umumjamoatchilik uni
hamisha
ajoyib, zo‘r, o‘rnak bo‘ladigan deb hisoblayveradi. Fransuz
modelyeri Gabriel Shanel taklif etgan ayollar kostumi va
«kichkina qora ko‘ylak» ham shunday kiyim qatoriga kiradi.
Mumtoz kiyim pishiqlik, estetik tarafdan to‘kis, ko‘rkam va
mukammal bo‘lgani uchun kiyim modasida uzoq yashaydi.
Kolet – tik yoqali, tor va kalta, belgacha yoki bo‘ksagacha
tushib
turuvchi, old qismida tugma yoki tasma bilan qadaladigan
uyg‘onish davri Italiya erkaklar ustki kiyimi. Kolet ko‘krak,
bel, bo‘ksaga yopishib turadigan kiyim turi bo‘lib u beldan
ajratilgan. Bo‘yin o‘mizi turlicha bezaklangan. Yoqasi tik, chuqur
o‘mizli, oval vstavkasi bilan. Uning yengi o‘mizga tikilmagan,
balki alohida o‘rinlarda (o‘mizning
tagi yelka qismi, yonidan).
Bu holat harakatlar erkinligini ta’minlashda yordam bergan.
Yengning yelka va tirsaklar qismi kesilib, yoriqlar qilingan.
Barcha yoriqlarning ichki sorochkaning matolari, keyinchalik
197
dekorativ matolardan qilingan bezaklar (shishib turadigan buflar)
qilinib, chiqarib qo‘yilgan. Paypoqli
ishton elastik matodan
bo‘lib, oyoqqa yopishib turgan. XV asrda uning har ikki bo‘lagi
yuqori qismidan va yonidan tugmalar bilan qadaladigan yoki
shnur bilan tortib qo‘yiladigan gulfik bilan qadalgan. Paypoqli
ishton koletga maxsus teshiklar orqali shnurlar yordamida
mahkamlangan. Paypoqli ishton orasida ichki ko‘ylak ko‘rinib
turgan. Uzoq vaqt davomida miparti modasi saqlanib qoldi:
ishtonning bir oyog‘i sidirg‘a, ikkinchisi yo‘l-yo‘l.
Kolleksiya (lot. yig‘ilish, yig‘ma, terma) – uslubi,
konstruksiyasi, shakli, materiallarning o‘xshashligi asosida
terilgan yoki ma’lum bir badiiy obrazni
ifoda etishga xizmat
qiladigan kiyim modellari termasi.
Kolombium – keng bo‘lmagan, belidan bog‘lanadigan,
yengi kalta tunika. Kolombiumni Qadimgi Rimda erkaklar
kiygan.
Klopos – Qadimgi Yunonistonda enli belbog‘ bo‘lib, uni
odatda tugun qilib bog‘langach, qolgan qismi uzun qilib tashlab
qo‘yilgan. Kloposlarni, odatda, belga bog‘lansa-da, uni ko‘krak
pastidan yoki bo‘ksadan bog‘lash keng tarqalgan. Kloposlar
nafaqat belda, shuningdek, bo‘ksadan yoki ko‘krak
qismida
xochsimon (krestsimon) shaklda bog‘lanib, ular yeng shaklini
bera boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: