Kandis – Fors shohining ustki kiyimi – plash.
Kantri-luk – («vatanga qarash, sog‘inish, vatanni ko‘rish»
ma’nosida). Qishloq uslubidagi kiyim. Unda xalq uslublari
ustun. Ko‘pincha bu libos dam olishda, uyda, bo‘sh vaqtda
kiyiladi.
Kan szyan – xitoy ayollari ichki nimchasi.
Kan szyar – ayollar ichki yelka kiyimi.
Kaptama chapan – qirg‘iz erkaklari ustki kiyimi, yeng
o‘mizi yumaloq shakldagi o‘tkazma yengli, to‘g‘ri bichimli,
etagining ikki yon tomoni qirqimli, tor chopon.
Karmanola – erkaklar kostumi, oq ko‘ylak ustiga
kiyilgan kalta kurtka. Qizil tasma bilan bezalgan uzun ko‘k
pantalon va milliy kokardali qizil frigik qalpoqdan iborat.
Bo‘yinga rangli sharf-galstuk bo‘sh qilib bog‘langan.
Karmanola tagidan kalta jilet kiyilgan. Uni XVII asrda
G‘arbiy Yevropada kiyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |