Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquqning  barcha  subyektlari  tomonidan



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

6-§.  Xalqaro  huquqning  barcha  subyektlari  tomonidan 
umumiy  tarzda  foydalanadigan  hududlar
Ochiq dengiz dengizning davlat  hududiga  kirmaydigan jam i  qismini 
tashkil  etadi.
Ochiq  dengiz  barcha  m am lakatlar  uchun  ochiqdir.  Biror-bir davlat 
uning  qaysidir  qismini  o 'z   suverenitetiga  bo'ysundirishga  da’vo  qilishi 
mumkin  emas.
Ochiq  dengiz  huquqiy  rejimining  asosi  ochiq  dengiz  erkinligidan 
iborat  bo'lib,  u  quyidagilardan  tashkil  topadi:
—  kema  qatnovi  erkinligi;
—  baliq  ovlash  erkinligi;
—  ilmiy  tadqiqotlar o'tkazish  erkinligi;
—  ochiq  dengiz  ustida  parvozlar  erkinligi;
—  kabellar va  trubaprovodlar  yotqizish  erkinligi.
H ozir  ana  shu  barcha  erkinliklar  q at’iy  tartibga  solib  turilishini 
ta ’kidlash  joiz  va  bunda  BMTning  ixtisoslashgan  muassasasi  maqomiga 
ega xalqaro tashkilotlar alohida o'rin  tutadi.  Ochiq dengizda baliq ovlash 
uchun baliq ovida muhim ahamiyat kasb etuvchi hududlar ajratilgan bo'lib, 
bu  yerda  BMTning  oziq-ovqat  va  qishloq  xo'jaligi  tashkiloti  shafe’ligi 
ostida  ishlovchi  mintaqaviy  baliq  ovlash  tashkilotlari  faoliyat  yuritadi. 
Ular mavjud  baliq zaxiralari tahlilini  amalga oshiradi,  yillik yo‘I  qo'yilishi 
mumkin  bo'lgan  ov  miqyosini  belgilaydi,  ov  kvotalarini  tayinladi  va  har 
bir  hududda  ov  qilish  istagini  bildirgan  davlatlarga  litsenziyalar beradi.
Kema qatnovi sohasida Xalqaro dengiz tashkilotining roli  katta bo'lib, 
u foydali va bexatar hisoblangan qatnov yo'llarini  aniqlash va bu yo'llarda 
harakatni  tartibga  solib  turish  yuzasidan  tavsiyalar  ishlab  chiqish  bilan 
shug'ullanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


O chiq  dengiz  ustida  parvozlar  erkinligi  masalasida  Xalqaro  fuqaro 
aviatsiyasi  tashkilotining  o ‘rni  beqiyosdir.  M azkur  tashkilot  va  uning 
shafe’Iigi  ostida  ishlaydigan  mintaqaviy  aviatsiya  organlari  xavfsiz  par- 
voz  yo'llarini  belgilaydi,  eng  foydali  yo'nalishlarni  tavsiya  etadi.
Ochiq  dengizda  hech  bir  davlatning  hududiy  yurisdiksiyasi  amal 
qilmaydi.  Savdo  kemalari,  harbiy  kemalar,  sun’iy  orollar  va  inshootlar 
bayroq  egasi  bo'lgan  davlatning  qat’iy  yurisdiksiyasiga  bo'ysunadi.  Bu 
b a’zan chalkash  muammoga aylanib ketadigan fuqarolik-huquqiy javob­
garlik masalalarini hal  etishda qo‘1 keladi.  Masalan,  1996-yilning boshida 
Buyuk  Britaniya yaqinidagi sohilda «Si  Empress» tankeri qumloqqa botib 
qoladi.  U ndan  qariyb  70  ming  tonna  neft  suvga  to ‘kiladi.  0 ‘z -o ‘zidan 
javobgarlik  masalasi  ko'tariladi.  M a’lum  bo'lishicha,  tankerdagi  neft 
Angliyaga tegishli  bo'lib,  kema esa  Ispaniyada  qurilgan,  Norvegiyaning 
bir kompaniyasiga  qarashli  bo'lgan,  Kiprda  ro'yxatga olingan,  Fransiya 
firmasi  bilan  kelishuvga  muvofiq  Shotlandiya  kompaniyasi  boshqaruvi- 
da  bo'lgan,  Rossiya  ekipaji  bilan  ta ’minlangan  va  Liberiya  bayrog'i  os­
tida  suzib  yurgan  ekan.
H ar  qaysi  davlat  o 'z  bayrog'i  ostida  suzib  yurgan  kemalar  ustidan 
o 'z  yurisdiksiyasini  amalga  oshirishi  va  nazoratni  yo'lga  qo'yishi  zarur. 
Shuningdek,  u  um um   qabul  qilingan  xalqaro  qoidalar  va  amaliyotga 
amal  qilinishini  ta ’minlash  borasida barcha choralarni  ko'rm og'i  lozim.
K em alar  to'qnashuvi  yoki  kema  bilan  bog'liq  va  kapitan  yo  ekipaj 
a ’zolarini  jinoiy  yoki  m a ’m uriy  javobgarlikka  to rtish   uchun  sabab 
bo'ladigan  boshqa  biror-bir  hodisa  sodir  bo'lgan  taqdirda  tergov  ishi 
faqat  bayroq  egasi  bo'lgan  davlatning  yoxud  tegishli  shaxs  fuqarosi 
hisoblangan  davlatning  m a ’muriy  yoki  sudlov  organi  huzuridagina 
q o'zg'atilishi  mumkin.  Ochiq  dengizda  bayroq  egasi  bo'lgan  davlat 
m a’m urlarining  farmoyishi  asosidagina  kema  hibsga  olinishi  yoki  ush­
lab  qolinishi  mumkin.
Harbiy va  notijorat  davlat  xizmatida bo'lgan  kem alar ochiq  dengiz­
da  to 'la   ravishda  im m unitetdan  foydalanadi.
Xalqaro  huquqda  q

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish