Bog'liq Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)
4-§. Qirg'oqbo'yi davlati alohida nazorat etish huquqiga ega boMgan dengiz hududi Yon-atrofdagi zona — ochiq dengizning qirg'oqbo'yi davlati hududiy
dengiziga tutash bo'lgan va shu davlat o'z hududi doirasida tegishli
bojxona, moliyaviy, immigratsiya va sanitariya qoidalarining buzilishiga
barham berish maqsadida alohida nazorat etish huquqiga ega bo'lgan
qismi. Qirg'oqbo'yi davlati bu hududda tegishli tartibda bojxona, moli-
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaviy, immigratsiya va sanitariya qoidalarini o ‘rnatadi. Yon-atrofdagi
zonaning kengligini davlatning o ‘zi belgilaydi, am m o u boshlanish
chizig'idan hisoblaganda 24 dengiz milidan ortiq b o‘lmasligi kerak.