Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Boshlang'ich  chiziq  —  qirg'oqning  yuridik  chegarasi.  U  dengiz  qir- 
g'oqbo'yi  mansub  (qirg'oqbo'yi  davlati  deb  ataluvchi)  davlat  tom oni­
dan  suv  quyilishi  chizig'i  bo'yicha  o'tkaziladi  yoki  burunlar  yoxud 
qirg'oqbo'yiga orollarining chekka nuqtalarini  tutashtiruvchi to 'g 'ri  chi- 
ziqlardan  tashkil  topadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 -§.  Davlatlar  suvereniteti  ostidagi  dengiz  hududlari
Ichki suvlar  —  boshlanish  chizig'idan  qirg'oqqacha  bo'lgan  suvlar, 
shuningdek,  portlar va reydlar suvlaridan iborat.  Bunga «tarixiy» qo'ltiqlar 
va dengizlar, ya’ni uzoq davrlardan buyon shu qirg‘oqbo‘yi davlati ahol- 
isigina  foydalanib  kelgan  va  bu  holni  boshqa  davlatlar  (sukut  saqlash 
yo'li  bilan  bo'lsa-da)  tan  olgan  qo'ltiqlar  va  dengizlar suvi  kiradi.  Ros­
siyaning  qirg'oqbo'ylarida  ikkita  yirik  «tarixiy  suvlik»  —  Uzoq  Sharq- 
dagi  Buyuk  Pyotr qo'ltig'i va Yevropa qismining shimolidagi  Oq dengiz 
mavjud.
Ichki suvlar davlat hududining tarkibiy qismini tashkil etadi va  uning 
uzil-kesil  suvereniteti  ostida  bo'ladi.  Ichki  suvlarda  har  qanday  xorijiy 
faoliyat  qirg'oqbo'yi  davlatining  ruxsati  bilangina  amalga  oshirilishi 
mumkin. Chet elning tijorat maqsadlarida foydalanilayotgan (ya’ni, savdo 
va baliqchilik) kemalari belgilangan yo'nalish bo'yicha portlarga borishda 
ichki suvlardan  o'tish huquqiga  ega va ular portda to'xtab turish davrida 
ichki  qonunchilikka  amal  qilishga  majburdirlar.
Davlatlarning  notijorat  maqsadlarida ishlatiladigan kemalari  (ilmiy- 
tadqiqot,  pochta,  harbiy kemalar)  faqat  suveren  davlatning  har bir  alo­
hida  holat  bo'yicha yoki  uzoq  m uddatga beriladigan  ruxsati  asosidagina 
ichki  suvlarga  kirishi  mumkin.
Davlatlarning  m a’muriy  va jinoiy  yurisdiksiyasi  ichki  suvlarda  to 'la 
miqyosda amal qiladi.  Fuqarolik yurisdiksiyasi,  odatda, qirg'oqbo'yi dav­
latiga  daxldor  ishlar  bilan  cheklanadi.
Hududiy dengiz (hududiy suvlar, deb ham ataladi) — dengiz hududi­
ning  qirg'oqbo'yi  davlati  tom onidan  boshlanish  chizig'idan  boshlab 
o 'lchangan  muayyan kenglikdagi qismi.  U davlat  hududiga tegishli qism 
hisoblanadi.
BMTning  1982-yildagi Dengiz huquqi bo'yicha konvensiyasida dengiz 
hududini  12 dengiz mili (qariyb 20 kilometr)dan iborat kenglikda o'rnatish 
mumkinligi belgilangan. Aksariyat  davlatlar ana shu kenglikni to'laligicha 
qabul  qilgan.  Shu  bilan  birga,  32  davlat,  asosan,  dengiz  bo'yidagi  dav­
latlar  ilgari  mavjud  bo'lgan  o'lchov  —  3  mil  ko'lamidagi  kenglik  bilan 
kifoyalanib  turgani  holda,  o'n d an   ortiq  davlat  200  mildan  ziyod  keng­
likdagi  suvlarga  da’vogarlik  qilayotir.  Rossiya  Federatsiyasining  1993- 
yildagi  «Rossiya  Federatsiyasining  Davlat  chegarasi  to'g'risida»gi qonu- 
nida  12  mildan  iborat  kenglik  tasdiqlangan  (5-m oddaning  3-qismi).
Q irg'oqbo'yi  davlatining  hududiy  dengizdagi  suvereniteti  barcha 
davlatlar kemalariga tinch-osoyishta o'tish uchun yo'l berish bilan chek- 
langandir.  O 'tish  uzluksiz  va  tezkor  ham da  qirg'oqbo'yi  davlatining 
xalqaro  huquqqa  muvofiq  ravishda  belgilagan  qoidalarga  amal  qilgan 
holda  aniq  yo'nalish  bo'yicha  amalga  oshiriladi.  Harbiy kemalarga  nis­
batan  oldindan  xabardor  etish  to'g'risidagi  qoida  o'rnatilgan  bo'lishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


mumkin.  Suvosti  kemalari  suv  yuzasiga chiqadi  va  bayrog'ini  ko'taradi. 
«Alohida mazmundagi»  kemalarga, ya’ni yadroviy dvigatelli yoki zaharli 
yoxud  xavfli  yuklarni  tashib  o'tayotgan  kemalarga,  shuningdek,  yirik 
tonnajli tankerlarga nisbatan qo'shim cha xavfsizlik choralari havola etili- 
shi  mumkin.
Agar chet  el  kemasi  hududiy dengiz  orqali  davlatning  ichki  suvlari­
dan  chiqqanidan  keyin  o'tsa,  u  holda  mazkur  davlat  hibsga  olish  yoki 
kema  bortida  tekshiruv  o'tkazish  bilan  bog'liq  har  qanday  chorani 
qo'llashi  mumkin.  Boshqa  hollarda  davlatga  tegishli  hududiy  dengiz 
bo'ylab  o'tadigan  chet  el  kemasi  bortida  sodir etilgan jinoyat  shu  davlat 
manfaatlariga  daxldor  bo'lgan  hollardagina  uning  jinoiy  yurisdiksiyasi 
ushbu  kemaga  nisbatan  ta ’sir kuchiga  ega  bo'ladi.  Bunga,  shuningdek, 
kem a  kapitani,  diplomatik  vakil  yoki  konsulning  yordam   so'rab  m uro­
jaat  etishi  asos  bo'lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Giyohvand  m oddalar bi­
lan  savdo-sotiqqa  chek  qo'yish  bilan  bog'liq  harakatlar  alohida  asos- 
lardan  hisoblanadi.
Fuqarolik  yurisdiksiyasiga  kelsak,  agar  qirg'oqbo'yi  davlati  suvlari 
bo'ylab  o'tish  bilan  bog'liq  majburiyat  yoki  mas’uliyat  haqida  gap  bor­
gan  hollarda  bunday  yurisdiksiya  ta ’sir  kuchiga  ega  bo'lishi  mumkin.
Davlatlarning notijorat  maqsadlarida ishlatilayotgan kemalari  m uay­
yan  immunitetga  ega bo'ladi.  Ular yetkazgan  zarar  uchun  bayroq  egasi 
bo'lgan  davlat  mas’ul  hisoblanadi.  Harbiy  kema,  m asalan,  qirg'oqbo'yi 
davlatining milliy qonunlarini buzgan taqdirda, shu davlat undan hududiy 
dengizni  zudlik  bilan  tark  etishini  talab  qilishi  mumkin.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish