Bog'liq Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)
Xalqaro dengiz kanallari — muayyan davlat hududidan o'tadigan va
xalqaro kema qatnovida foydalaniladigan sun ’iy barpo etilgan dengiz
yo'llari. Ulardan eng muhimlari Suets, Panama, Kill kanallaridir. Kanal
lar murakkab gidrotexnik inshootlar bo'lib, ularni yaroqli holda m unta
zam ravishda saqlab turish uchun kattagina miqdorda sarf-xarajatni ta
lab etadi. Dengiz kanallari o'z hududidan o'tadigan davlatning to'liq
suvereniteti ostida bo'ladi. Kema qatnovi har bir kanalga tegishli xalqaro
bitim asosida amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qoidaga ko'ra, xalqaro dengiz kanallari, suveren davlat belgilay
digan qoidalarga amal qilingan taqdirda, barcha kemalam ing erkin qat
novi uchun ochiq hisoblanadi. Kanaldan o'tish uchun, odatda, to'lov
olinadi.