Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnga munosabat bildirib so’zlash.
Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq:
Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida fikr bildirish. Teleko’rsatuvlar va
radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi materiallar, reklama matnlarini tahlil
qilish.
“XXI asrda axborotning o’rni” mavzusida esse yozish.
GRAMMATIKA.
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini
o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye
orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan
voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat
qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy
majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik
uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl;
2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar,
felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik
uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy
sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy
masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega.
Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq
qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu
uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan
iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi.
Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
«muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz
voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir
xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu
78
hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat
va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq
so`ysa ham qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik
hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub
bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir.
Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar
bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy
kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy
axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va
Do'stlaringiz bilan baham: |