“So’z ustasi” texnikasi bilan tanishing
Mustaqil ta’lim
Istalgan biror badiiy asarni mutolaa qilish.
Istalgan she’rni ifodali yodlash.
“So’z ustasi” o’yini
Unda talaba yoki guruhlar bir-birlari bilan kim 5 daqiqa ichida nechta so’z
topa olishi bo’yicha musobaqalashadilar. Ajratilgan vaqtda eng ko’p so’z
topa olgan guruh yoki talaba g’olib hisoblanadi. Lekin birorta so’z qaytarib
yozilmasligi kerak. O’yin oxirida eng ko’p so’z topa olgan “So’z ustasi”
nomini oladi.
75
13-MAVZU. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
Ommaviy axborot vositalari
Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan demokratik huquqiy davlat qurish
va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, ushbu sohani
liberallashtirish O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik
jamiyatini barpo etishning muhim ustuvor yo’nalishi sifatida belgilandi. 1991 yili
O’zbekistonda 395 ta OAV faoliyat yuritgan bo’lsa, bugun ularning soni 1437 taga
etdi. Ayni vaqtda, mavjud nodavlat bosma
OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini
tashkil etmoqda. 1990-yilda 9 nashriyot bor
edi, bugun ularning umumiy soni 112 ta.
Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli matbaa
korxonalarining soni ham yil sayin ortib
bormoqda:
1990-2016
yillardagi
bosmaxonalar soni 149 tadan 1719 taga
yetdi.
Bugungi kunda ommaviy axborot
vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga
qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011 yil 30 dekabrda
qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun
qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to’g’risida”gi qaror buning yorqin
isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ta’minlash bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mus-
tahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot
vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga
ega.
YuNISEF bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish
borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar ommaviy
axborot vositalarida har tomonlama va sifatli yoritib borilmokda. «Sog’lom bola
yili» va Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning 25 yilligi munosabati bilan
bola huquqlari muhofazasiga bog’liq masalalarni yoritishda ommaviy axborot
vositalari salohiyatini kuchaytirish loyihasi amalga oshirildi. Mazkur loyiha
doirasida o’tgan yilda 1400 dan ortiq hududiy jurnalistlar ishtirokida 70 seminar-
trening va davra suhbatlari tashkil etildi. Umuman, xorijiy ekspertlar ishtirokida 30
dan ziyod seminar-treninglar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etilib, ularda
76
besh yuzdan ortiq axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etdi.
2015 yilda “O’zbekistonda Internet jurnalistikasini rivojlantirishning dolzarb
masalalari”
mavzusida
respublika
konferentsiyasi o’tkazilgani ayni muddao
bo’ldi. Buning natijasida fond yuqori
malakali
jurnalist,
tahlilchi
va
sharhlovchilar tayyorlash, nufuzli xalqaro
media kompaniyalar, xorijiy hamkasblar
bilan samarali ijodiy aloqalar o’rnatish,
yosh mutaxassislarning kasb mahorati va
tajribasini oshirish borasida izchil ishlarni
amalga oshirdi.
Ko’z o’ngimizda yangi axborot jamiyati shakllanmoqda. Axborot strategik va
iqtisodiy resursga aylanmoqda. Axborot jamiyatining taraqqiyoti davlatlarning
barqaror iqtisodiy rivojini ta’minlash, fuqarolarning turmush darajasini oshirish,
mamlakatlar va mintaqaviy birlashmalar taraqqiyotining muhim va ustuvor sharti
sifatida belgilanmoqda. Bugun media-makonda axborot jurnalistik faoliyatning
yangi turi – onlayn jurnalistikasining rivojlanib borayotganini inkor etib bo’lmaydi.
Uning
kelajakdagi
istiqboli
mamlakatdagi
demokratik
islohotlar,
bozor
munosabatlari va ta’lim sohasidagi islohotlarga bevosita bog’liq. Internet
jurnalistikasi bugun o’zining ilk taraqqiyot bosqichlarini boshidan o’tkazmoqda. Bu
jurnalistlarga taklif etilayotgan cheksiz imkoniyatlar beruvchi texnologiyalar orqali
namoyon bo’layotir.
Bugun hayotning o’zi OAV oldiga fikrlar xilma-xilligi, mamlakatimiz va xorijda
ro’y berayotgan voqea-hodisalarni hisobga olgan holda, xalqimiz tomonidan amalga
oshirilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini yanada to’liq ta’minlash,
O’zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashqi hamda ichki siyosatni yanada faol
yoritish vazifasini qo’ymoqda. Buning
uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit
yaratilgan. Bunday keng imkoniyatlarga ega
bo’lgan va fuqarolik jamiyatining muhim
institutlaridan biri hisoblangan O’zbekiston
ommaviy axborot vositalari bugungi kunda
jamoatchilik
fikrini
ifoda
etadigan,
hayotimizning barcha jabhalarini yanada
demokratlashtirish
yo’lida
harakatga
keltiruvchi kuch bo’lishi, mamlakatimizning
har bir fuqarosi Vatanimiz taqdiri uchun o’z mas’ulligini his etgan holda el-
77
yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissasini qo’shishga intilishiga
ko’maklashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |