Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnga munosabat bildirib so’zlash.
Yozma nutq:
Universitet kutubxonasi haqida matn tuzish.
Elektron kutubxona bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar yozish.
67
Badiiy asarlarga bag’ishlangan internet saytlarining ro’yxatini tuzish.
GRAMMATIKA. Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari.
Til fanining iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya deyiladi. Ikki va
undan ortiq mustaqil so‘zlar yoki gaplar bir ko‘chma ma’noni ifodalaydi. Shunday
ibora va gaplar barqaror bo‘ladi. Ular obrazliligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Masalan: yuragi qon bo‘ldi, ko‘ngliga qil sig‘maydi.
Frazeologik ibora va gaplar so‘zlarning ko‘p ma’noli (polisemiya) bo‘lishiga
asoslanadi, shuningdek, ikki va undan ortiq mazmunni ifodalaydi: o‘zini qayerga
qo‘yishni bilmadi - sevinchdan hayajonlanmoq, zerikib yoki bekorchilikdan
toqatsizlanmoq va boshqalar. Mazasi qochdi - sog‘ligi yomonlashdi,ishi inqirozga
uchradi. Frazeologiyaning tarkibida idiomalar ham bo‘lib, ular ma’lum tilgagina
xos bo‘ladi va boshqa tillarga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi: Ammamning
buzog‘i. Yuragi shuv etib ketdi. Gapning po‘st kallasi. Oyoqni qo‘lga olib chopmoq
va h.k. Idiomalarda shakllangan mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan fikr, voqea, hodisa
ifodalanadi.
Nutqiy ta’sirchanlik frazeologizmlarni qo’llash bilan ham vujudga keladi.
Oddiy so’zga nisbatan frazeologizmlar (iboralar)da ta’sirchanlik kuchli bo’ladi.
Masalan, Boya qishloqdan dadasi keldi. Dadasi nimadandir asabi buzilib,
qovog’idan qor yog’ib keldi-yu, o’g’li bilan ko’rishib bo’lmasdanoq Vohid
Mirobidov qo’ng’iroq qildi (O. Yoqubov). Bu gapdagi xafa ma’nosini ifodalovchi
qovog’idan qor yog’ib frazeologizmi fikrning ta’sirchanligini oshirgan.
Frazeologizmlar zaminida uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar,
turmush haqiqati inson ongida mujassamlashgan, sayqallashgan obrazlarning
tasavvurlari siqiq, sintaktik qoliplashgan bo’lib, avloddan-avlodga meros bo’lib
kelgan. Fikrimizning isboti uchun misollarga murojaat etaylik: bir yoqadan bosh
chiqardi, shaytonga dars beradi, chuchvarani xom sanama, temirni qizig’ida bos,
suvga olib borib sug’ormay keladi, beli og’rimaganning non eyishini qara,
tegirmonga tushsa butun chiqadi, otdan tushsa ham egardan tushmaydi, to’ydan
oldin nog’ora chalma, tepa sochi tika bo’ldi, ko’zi to’rt bo’ldi va h.k.
Frazeologizmlarning maqolga aylangan qismi xalq aql-idrokining mahsuli,
uning hukmi, ko’p asrlik tajribalari, turmushdagi turli voqea-hodisalarga aqliy
munosabati natijasidir. Donishmandlarning ta’kidlashlaricha, "Xalq maqoli-
xalqning mulkidir. Maqol qayg’usi - xalq qayg’usi, maqol g’azabi - xalq g’azabi,
maqol kulgusi - xalq kulgusi va maqol kinoyasi - xalq kinoyasi demakdir".
Hayotda insonlar goho sevinadi, quvonadi, goho qayg’u, alamli
kechinmalarga duchor bo’ladi. Ana shunday turli-tuman ruhiy holatlarga, tevarak-
atrofdagi voqea-hodisalarga munosabatda kishilar o’z nutqlarida tayyor holdagi
68
qoliplashgan iboralarga murojaat etadilar. Chunonchi, o’tirsa o’poq, tursa so’poq
deydi (biror ayb topib kamsitish), o’l desang o’ladi, tiril desang tiriladi (gapga
kiradigan kishi haqida), burnidan buloq bo’ldi (zoe ketdi, tatimadi ), ona suti
og’zidan ketmagan (hali yosh, tajribasiz), peshonasi taq etib devorga tegdi (o’z
bilganidan qolmay, oxiri holi tang bo’ldi), o’z yog’iga o’zi qovurildi (ruhiy azob
chekdi), baland oxurdan em egan (dimog’dor), arqonni uzun tashladi (biror yomon,
noo’rin ishning oqibatini kutish), tarvuzi qo’ltig’idan tushdi (maqsadi puchga
chiqdi), qulog’idan kun ko’rinadi (juda ozg’in, betob odam haqida) va h.k.
1-topshiriq. Berilgan iboralarning ma’nolarini izohlang va gaplar tuzing.
Otni qamchilamoq, otning qashqasiday, oshig‘i olchi, og‘ir tabiatli, popugi
pasaymoq, pushaymon yemoq, rangida qon qolmadi, yuzi yorug‘bo‘ldi, to‘ydan
oldin nog‘ora chalmoq, tuyaning dumi yerga tekkanda, tuyaning ustida ham it
qopadi, to‘nini teskari kiyib olmoq, to‘rt tarafi qibla.
Do'stlaringiz bilan baham: |