Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

 
 
2-topshiriq. Erkin va barqaror birikmalar haqidagi nazariy bilimlarni 
o’zlashtirib barqaror birikmalarga misol topib daftaringizga yozing. 
 
3-topshiriq
.
  Venn  diagrammasi  asosida  erkin  va  turg’un  birikmalarni 
taqqoslang va tahlil qiling.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mustaqil ta’lim 
 
“Temur tuzuklari” mavzusi  bo’yicha referat tayyorlash.   
Turg’un 
birikmalarning 
o`ziga xos 
xususiyatlari
 
 
Erkin va turg’un 
birikmalarning farqli 
jihatlari 
 
VENN DIAGRAMMASI 
 

                             

Erkin birikmalarning 
o`ziga xos xususiyatlari 
 


64 
 
11-MAVZU. ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 
KUTUBXONASI 
 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi 
    
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-
ma’rifiy  muassasa  bo’lib,  kutubxonachilik,  bibliografik,  ilmiy  tadqiqot,  ilmiy-
metodik  va  axborot  faoliyatini  olib  boradi.  Kutubxona  fondi  mazmunan  universal 
milliy  va  xorijiy  matbuotning  noyob  to’plamidir.  Kutubxona  faoliyatining  bosh 
maqsadi  butun  insoniyat  bilimini  aks  ettirgan,  avvalo,  O’zbekistonga  va  uning 
milliy  manfaat-  lariga  taalluqli  hujjatlarning  universal  fondini  yig’ish,  saqlash 
hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir. 
    Noyob 
va 
nodir 
nashrlar 
fondi 
kutubxona  kitob  kollektsiyasining  faxridir. 
U  250  mingdan  ortiq  nashrdan  iborat. 
Ularning  15  mingdan  ortig’i  nodir  kitoblar 
hamda qo’lyozmalardir. Kutubxonaning o’ta 
noyob  to’plamida  O’rta  Osiyoning  1917- 
yilgacha  bo’lgan  tarixi,  etnografiyasi, 
madaniyati va geografiyasiga oid o’ziga xos 
entsiklopediya  bo’lgan  594  tomlik  noyob 
«Turkiston  to’plami»  hamda  A.P.Kun 
tuzgan  4  qismdan  iborat  10  tomlik  1200  noyob  fotosuratlarni  o’z  ichiga  olgan 
Turkiston  o’lkasi  aholisining  turmush  tarzi,  urf-odatlari  to’g’risidagi  «Turkiston 
albomi» alohida o’rin egallaydi. 
   Respublika  tarixi  bo’yicha  XIX  asrning  oxiri  XX  asrning  birinchi  choragidagi 
o’lkashunoslik  mavzusidagi  adabiyotlar,  birinchi  Turkiston  vaqtli  nashrlari, 
qo’lyozma  kitoblar  kollektsiyasi,  muqaddas  kitob  –  Qur’onning  turli  nashrlari 
tadqiqotchilarda  katta  qiziqish  uyg’otadi.  Buyuk  ajdodlarimiz  Al-Buxoriy,  At-
Termiziy,  Ahmad  Yassaviy,  Bahouddin  Naqshbandiy,  Al-Xorazmiy,  Al-Beruniy, 
Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur asarlari kutubxona 
fondida  ko’z  qorachig’idek  saqlanmoqda.  Cho’lpon,  Fitrat,  U.Nosir,  Hamza, 
G’.G’ulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlarning hayotligida chop etilgan asarlarning 
ilk nashrlari xam shular jumlasidandir.                      
   Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa san’ati yodgorligi, Ivan 
Fedorov  tomonidan  1581-yilda  Ostrog  shahrida  bosilgan  «Ostrojskaya  bibliya» 
kitobi,  1647-yilda  Moskvada  cherkov-slavyan  shrifti  bilan  bosilgan  dunyoviy 
mazmundagi  «Uchenie  i  xitrost  ratnogo  stroeniya  pexotnix  lyudey»  birinchi  rus 
kitobi,  Petr  davri  kitoblari–Leontiy  Magnitskiyning  «Arifmetika»si  (1703),  Buyuk 
Petr  davri  «Xmochnovskaya  rukopis»  va  boshqalar  mavjud.  Rus  adiblaridan 


65 
 
A.S.Pushkin, 
L.N.Tolstoy, 
A.P.Chexov, 
A.N.Tolstoylarning  asarlari  ham  kutubxonaning  
bebaho boyligidir. 
G’arbiy 
Evropa 
kitoblarining 
nodir 
kollektsiyasida 
1489 
yilda 
Nyurnbergda 
bosilgan  «Devyataya  Nemetskaya  bibliya» 
inkunabuli,  B.Erbeloning  1697  yilda  Parijda 
nashr  qilingan  «Vostochnaya  biblioteka»si 
mavjud.    Xorijiy  tillardagi  adabiyotlar  fondi 
75dan  ziyod  tillardagi  ijtimoiy-siyosiy,  gumanitar,  tabiiy-ilmiy  va  texnika 
masalalariga  oid  nashrlar  bo’lib,  bugungi  kunda  ularning  soni  350  mingdan  ortiq 
nusxani tashkil etadi. 
Kutubxonaning San’at bo’limi o’ziga xos notali-musiqaviy asarlar to’plamini, 
o’zbek  klassik  va  jahon  musiqasi  gramplastinka  yozuvlarini,  150  mingdan  ortiq 
tasviriy va amaliy san’at nashrlarini uzida jamlagan. 
Texnikaga  doir  adabiyotlar  (2  mln.dan  ortiq  nusxada)  ham  mazmuniga  ko’ra 
o’ziga xos bo’lib, me’moriy-texnik hujjatlar, sanoat kataloglari (qog’ozda) to’plami 
33700 nusxadan ortiqdir.
 
 
Avtomatlashtirish 
yangi 
axborot 
texnologiyalari 
bo’limi 
yagona 
avtomatlashgan  kutubxona  tizimini  qo’llaydi  va  rivojlantiradi,  elektron  katalog 
hamda  elektron  ma’lumotlar  bazasini  yaratishda  metodik  yordam  beradi.  1988 
yildan  kutubxonachilik  jarayonini  avtomatlashtirishga,  1999-yildan  Rossiya  Davlat 
Ilmiy  texnika  kutubxonasining  IRBIS  avtomatlashtirilgan  axborot  dasturidan 
foydalangan  holda  vatanimiz  va  chet  el  yangi  nashrlarining  elektron  katalogini 
yaratishga  kirishildi.  Kutubxonaning  elektron  katalogi  bugungi  kunda  25  mingdan 
ortiq  yangi  adabiyotlarning  bibliografik  yozuvlari  va  davriy  nashrlarning  analitik 
yozuvlarini  saqlaydi.  Kutubxona  o’z  ma’lumotlar  bazasini  yaratmoqda  va  “Curret 
Content”,  “MicroMedex”,  “Medine”, 
EBSCO  va  ma’lumot  bazalari  bilan 
ishlash 
imkoniyatidan 
unumli 
foydalanmoqda. 
 Kutubxona 
o’z 
nashriyot 
va 
bosmaxonasiga  ega  bo’lib,  noshirlik 
hamda 
matbaa 
faoliyati 
bilan 
shug’ullanadi.  Kutubxona  1923-yildan 
boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa 
ola  boshlagan.  1948-yilda  kutubxonaga 
Alisher Navoiy nomi berilgan. Kutubxona 
1956-yildan  buyon  xalqaro  kitob  almashuvini  amalga  oshirib,  uning  sheriklari 


66 
 
jahonning  24  mamlakatidan  30  dan  ortiq  tashkilotlardir.  Kutubxona  yirik  xalqaro 
kutubxonachilik  tashkilotlari:  IFLA,  Evro  Osiyo  kutubxonalar  Assotsiatsiyasi, 
elektron  kutubxonalar  va  yangi  axborot  texnologiyalarini  ishlab  chiqaruvchilar 
hamda foydalanuvchilar xalqaro Assotsiatsiyasining a’zosi. 
Kutubxona  ko’plab  xalqaro  tashkilotlar  va  jamg’armalar  bilan,  shuningdek, 
O’zbekistonda  akkreditatsiya  qilingan  chet  mamlakatlarning  elchixonalari  bilan 
mustahkam ijodiy aloqalar o’rnatgan bo’lib, madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy 
ildizlari turlicha bo’lgan xalqlarning yaqinlashishiga o’zining hissasini qo’shmoqda. 
Hozirgi  kunda  kutubxona  fondi  jahonning  75  tillarida  deyarli  10  mln.  nusxaga 
etgan. 
Alisher  Navoiy  nomidagi  O’zbekiston  Milliy  kutubxonasi  respublikamizdagi 
barcha 
kutubxonalarga 
kutubxonashunoslik, 
bibliografiyashunoslik 
va 
kitobshunoslik sohalari bo’yicha metodik rahbarlik qiladi. 
 

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish