Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

Grammatika:  
Til va terminologiya. 
      Hozirgi  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  ilmiy-texnik  tub  o‘zgarishlar  davrida  yangi-
yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi 
terminlar  paydo  bo‘lmoqda,  ilgaridan  ishlatib  kelingan  qator  leksemalar  yangi 
ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida 
qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. 
         Bugungi  kunda  terminologiyaning  amaliy  va  nazariy  masalalarini  yanada 
chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida 
tartibga  solish  davlat  ahamiyatiga  molik  muammoga  aylandi.  Shuning  uchun  ona 
tilimizning  turli  terminologik  tizimlarini  yanada  teranroq  tadqiq  etish,  ularni 
terminologiyaning  xilma-xil  masalalari  bo‘yicha  atroflicha  tadqiq  qilish,  bugungi 
kunning dolzarb masalalaridan biridir. 
        Respublikamiz  mustaqil  deb  e’lon  qilingandan  keyin,  bu  sohadagi  ahvol 
butunlay  o‘zgardi.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  yanada  rivojlanib  ketdi.  Dunyoning 
juda  ko‘p  mamlakatlari  bilan  xilma-xil  aloqalarga  keng  yo‘l  ochildi.  Bu  omillar 
o‘zbek  tilida  yangi-yangi  terminlarning  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ldi.  Bu  yangi 
terminlar  sirasida  iqtisodiy  terminologik  tizim  ham  o‘ziga  xos  o‘rinni  egallab 
kelmoqda. Shu  boisdan  fan va  texnika  taraqqiyotining  hozirgi bosqichida iqtisodiy 
terminlarni  ham  tilshunoslik  nuqtai  nazaridan  tadqiq  etish  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.   
      “Termin” 
tushunchasiga  yuklangan  mazmun  quyidagicha  belgilarga 
asoslanadiki,  bular  terminlarni  umumiste’moldagi  so‘zdan  farqlash  uchun  yetarli 
deb o‘ylaymiz: 
1)  termin  –  umumadabiy  tilning  maxsus  vazifa  bajaruvchi  bir  turi  bo‘lmish  ishlab 
chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir; 
2)  termin  –  konkret  narsa-predmet,  ashyo,  mavhum  tushunchalarning 
maxsuslashtirilgan nomidir; 
3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli 
tushuncha  mazmunini  aniqroq  ifodalash,  tushunchaning  birini  ikkinchisidan 
chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan 
tasnifiy  qatorga  joylashtirishga  yo‘l  qo‘yuvchi,  farqlovchi  belgilarni  ravshanroq 
ko‘rsatish mumkin. 


59 
 
           Demak,  terminologiya  muayyan  fanning  tushunchalar  tizimi  bilan  o‘zaro 
munosabatda  bo‘lgan  terminlar  jami  sifatida  ta’riflanadi.  Har  qanday  tushunchalar 
tizimiga  muayyan  terminlar  tizimi  to‘g‘ri  keladi.  Terminologik  tizimlar  fan 
taraqqiyoti  bilan  birgalikda  rivojlanib  boradi.  Terminlar  umumiste’moldagi 
so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat 
ostida  bo‘ladi.  “Terminlar  paydo  bo‘lib  qolmaydi”,  aksincha,  ularning  zaruriyati 
anglangan  holda  “o‘ylab  topiladi”,  “ijod  qilinadi”.  Masalan,  bo‘lajak 
iqtisodchilarning yozma  yoki og‘zaki nutqida  kartelkliringtovar oborotimayda 
mulkchilik,  mablag‘  ajratish,  renta  kabi  tor  doiradagina  qo‘llaniladigan  terminlar 
ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan 
uzoqroq  biror  kasb  egasining  nutqida  ishlatilmaydi.  Shu  bilan  birga,  iqtisodiyot 
sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi 
nutqida  bab-baravar  ishlatilaveradi:  Bozor,  mol,  savdo,  savdo-sotiq,  pul,  haridor, 
bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir. 
      Ta’kidlash  lozimki,  nafaqat  iqtisodiyot  balki  fan-texnika,  ishlab  chiqarishning 
xilma-xil  soha  va  terminlar  majmui,  ya’ni  yig‘indisi  terminologiya  deb  ataladi. 
Masalan,  matematika  terminologiyasi,  tibbiyot  terminologiyasi,  iqtisodiyot 
terminologiyasi va boshqalar.  

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish