To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

1992-yil,  m ay
115


Q I S H D A N   Q O L G A N   Q A R G ‘A L A R
N asib jo n   hovlisidan  ancha  berida  mashinadan  tushdi. 
Eshik  oldida  ikki  «Jiguli»  turibdi.  K im lar  keldi  ekan?  Uni 
y o ‘qlab  keladigan  yaqinlari  yo‘q  edi-ku.  Tinchlikmi  o ‘zi? 
Ishqilib  tinchlik  b o ‘lsin-da,  deya  ostona  hatladi.  Xotini 
chorpoyada  omonatgina  o ‘tirib,  guruch  tozalayapti.
Ayvonda  dasturxonga  tugilgan  uch-to‘rt  tog ‘ora.  Ularda 
somsa,  xasip,  varaqi  va  allaqanday  yoqim li  hidlar  keladi. 
Xotini  oyoq  sharpasidan  bosh  ko‘tardi.
-   Tinchlikmi,  nim a  gap  o ‘zi? -  dedi  Nasibjon  hayron 
bo‘lib.
-  Voy, 
urugTaringiz  kelishdi, -  dedi 
quvonch 
bilan 
Anzirat.  -   Qulluq  b o ‘lsinga  kelishipti.  X olangiz  bilan 
am m angiz  biram  dilbar  juvonlar  ekan.  Bir  gapirib,  o ‘n 
kulishadi-ya,  baraka  topkurlar!  Tog‘angizni  aytmaysizmi, 
biram  mehribon,  biram  dono...
Anziratning  gapi  o g ‘zida  qoldi.
-   Mening  ham  urug‘larim  bor  ekanmi!  Dadam  bilan 
ayam  oTgandan  keyin  bularni  qarg‘ish  tegib  qirilib  ketgan 
deb  yurgan  edim...
-  E-e,  gapingiz qursin!  Kiring,  ichkariga kiring,  anchadan 
beri  kutib  o ‘tirishipti.
Ayvon  peshida  sovun  qutisidek  radiopriyomnikni  qu- 
log‘iga  tutib,  o ‘n  ikki  yoshlardagi  bir  qiz  o ‘tirardi.  Uning 
quloqlarida  soMkavoydek  tilla  baldoq.  B o‘ynida  shoda-shoda 
marvarid.  Hamma  barm oqlarida  q o ‘sha-qo‘sha  tilla  uzuk.  U 
Nasibjonga  qarab,  tilla  tishga  to ‘la  og‘zini  ochgancha  radio 
eshitardi.
l i e


Nasibjon  xotiniga,  bu  kim,  degandek  qaradi.
-   Voy,  tanimasangiz,  tanib  oling.  Bu  kelinimiz.  Xolan- 
gizning  qizlari,  quda  boMamiz,  deb  atayin  ko‘rsatgani  olib 
keptilar.
-   Obbo,  bitta  shu  yetmay  turgandi.
Nasibjon  xotiniga  yomon  qarash  qildi.  Uning  bu  qara- 
shida,  ulam i  nega  uyga  kiritding,  degan  m a’no  bor  edi.
Nasibjon  bilan  Anziratning  turmush  qurganlariga  o ‘n 
to ‘q-qiz  yil  b o id i.  To‘ng‘ich  o ‘g ‘illari  institutda  o kqiydi. 
Nasibjon  biror  marta  b o ‘lsin,  xotinini  urug‘larinikiga  olib 
bormagan.  U lar  ham  jiyanim iz  bor  edi,  deb  aqalli  bir  marta 
qadam  izi  qilib  kelishmagan.  Oralaridan  nim a  gap  o ‘tgan, 
bilmasdi.  Eri  shundoq-shundoq  b o ‘lgan,  deb  aytmagan. 
Anzirat  o ‘zicha,  urug‘laridan  uylanmagani  uchun  yuz 
koTm as  b o ‘lib  ketishgan  b o ‘lsa  kerak,  deb  o ‘ylardi.
Nasibjon  qarindoshlari  yeb-ichib  o ‘tirgan  uyga  tomon 
yurarkan,  o ‘zi  ustidan  chiqarilgan  hukmni  eshitish  uchun  sud 
zaliga  kirayotgandek  bir  alpozda  edi.  U  kirishi  bilan  katta 
xolasi  sapchib  turdi-yu,  uni  bag‘riga  bosdi.
Voy,  sen  qanaqa  mehrsiz  bola  chiqding!  Axir  men 
onaginangni  singlisiman.  Xolaginam  o ‘likmi,  tirikmi,  deb 
biror  marta  xabar  olmaysan!  Sen  o ‘zi  kimga  tortganding?!
-   Ha,  bu  shunaqa!  -  deya  uni  opasining  bag‘ridan  tortib 
oldi  Robiya  xolasi.
U  qoshini  bir-biriga  ulab,  enlik  qilib  o ‘sma  q o ‘ygan 
semizgina,  so‘lqillama juvon  edi.
-   Sen  tug‘Uganda  opaginam,  o ‘g ‘il  ko‘rdim,  deb  qandoq 
suyungan  edi.!  Seni  yer-u  ko‘kka  ishonmasdim.  Erta-yu 
kech  opichlab  yurardim.  Shu  yelkaginam da  uxlab  qolarding, 
shiringina  b o ‘lib.
Nasibjon  shu  m ehribon  Robiya  xolasinikiga  oxirgi  marta 
borganida  in s titu tin g   ikkinchi  kursida  o ‘qirdi.  Tirikchiligi 
o g ‘ir 
b o ig a n id an  
durustroq 
o ‘qiyolmay, 
stipendiyaga 
ilinmay  qoldi.  Kiyim -boshi  to ‘zigan,  yeyish-ichishining
117


ham  mazasi  yo‘q  edi.  Biron  nim a  tamaddi  qilib  kelay,  deb 
shu  xolasinikiga  bordi.  Xolasi  osh  damlab  q o ‘ygan  ekan. 
Damlangan  oshning  hidi  dim og‘iga  urdi.
-   Ha,  yaxshi  yuribsanm i? -  dedi  xolasi  shu  paytda 
nim a  qilarding  kelib,  degandek  stolga  to ‘qillatib  choynakni 
q o ‘yarkan. -  A ksiga olib,  uyda  non  ham  qolmapti.  Jiyanlaring 
bir-biridan  quloqsiz.  Ertalabdan  javraym an,  magazindan  non 
opkelib,  keyin  ishingizga  ketinglar  deb,  qani  quloq  solsa! 
Shuncha  bola  o ‘stirib,  kunim  qotgan  nonga  qolib  o ‘tiribman!
0 ‘g ‘il-qizlar  birin-ketin  birovi  o ‘qishdan,  birovi  ishdan 
kelishdi.  Tog‘ajon-tog‘ajon,  deb  uning  bo‘yniga  osilishdi. 
Onasi  ulami  birin-ketin  imlab  chaqirib,  olib  chiqib  ketdi. 
Birozdan  keyin  ular  lablari  yog‘dan  yiltirab  kirishdi.
Xolasining  qilmishidan  N asibjonning  dili  vayron  bo‘ldi. 
Shu  uyga  ikkinchi  qadam  bosm aganim   bo‘lsin,  dedi-yu, 
chiqdi-ketdi.
-   Hoy,  shoshma,  hozir  ovqatga  unnayman!  Quruqdan- 
quruq  ketma, -  degancha  qoldi  xolasi.
M ana  yigirma  uch  yil  bo‘pti  uni  ko‘rmaganiga.  Bugun 
jiyanim   katta  lavozimga  o ‘tibdi,  deb  kelibdi.
-   Xolaginang  girgitton,  gap  mundoq.  Kimsan,  endi 
kattakon  ministrsan!  Yot  begonalar  yoningda  yeb-ichib 
yurmasin.  Bosh  yorilsa  bo‘rk  ichida,  degan  gap  bor. 
Jiyaningni  yoningga  ol.  Pomoshnik  qilib  ol.  Nima  qilasan 
begonalarga sir berib.  Iloji  b o ‘lsa, jiyanlaringdan yana bittasini 
o ‘zingga  shopir  qil.  Xudo  xohlasa,  ikkovimiz  quda  boMamiz. 
Kenja  qizim  oqi  oq,  qizili  qizil  bo‘lib  turibdi.  Eshigimdan 
sovchilaming  oyog‘i  uzilmay  qoldi.  Shu  qizim  o ‘g ‘lingga 
munosib.  Otingni  qamchila,  b o ‘lmasa  quruq  qolasan!
Gapirganda  yasama  tishi  shiq-shiq  qilib  turadigan  Nurmat 
tog‘asi  salmoqlab  gap  boshladi.
-   Xolang  savodsiz  bir  narsa,  ammo  yurt  ko‘rgan  xotin. 
Yetti  yil  poyezdlarda  provodnik  b o ‘lib,  bormagan  shahri 
qolmagan.  0 ‘zing  bilasan,  provodnik  ishi  o g ‘ir  ish,  bir  kunda
118


necha-necha  odam  bilan  gaplashadi.  X olang  o ‘rischalab 
so ‘kkanida  o ‘rislar  ham  qulog‘ini  bekitib,  qochib  qolardi. 
Topmadi  em as, topdi.  Topganini  bolalarini  o ‘qishga joylashga 
sarfladi.  0 ‘zing  yaxshi  bilasan,  hozirgi  dom lalam ing  nafsi 
hakalak  otib  ketgan.  Noinsoflar,  peshona  terini  to ‘kkandek, 
berganingni  barm og‘iga  tuflab  sanab  oladi.  X olang  bechora 
bolalam ing 
hammasini 
diplomli 
qildi. 
Uning 
gaplari 
qulog‘ingda  tursin,  pomoshnik  masalasi -  o ‘ylab  k o ‘rsa 
arziydigan  masala.  Endi  mening  gapimni  eshit.  Yoshim 
o ‘tib,  kuch-quvvatdan  qolyapman.  Qariganda  urug‘laringni 
qo‘msab  qolarkansan.  Ko‘rgim  keladi.  Endi  qariganimda 
bir  yaxshilik  qilib  ketay.  Hali  sen  kelguningcha  hovlingni 
aylanib  chiqdim.  Endi  sen  kim san,  ministrsan!  Bunaqa 
uy,  bunaqa  hovli  senga  yarashmaydi.  Oldingga  o ‘zingga 
o ‘xshagan  kazo-kazolar  keladi.  U lam i  manavi  chordevorga 
qanday  olib  kirasan?!  Endi  senga  obro‘yingga  yarasha  uy 
kerak.  0 ‘zim cha  cham alab  chiqdim.  Ikki  qavatli  uy  quramiz. 
0 ‘n  ikki  xona  boMadi.  Zal  uyga  eng  kam ida  oltmish  kishi 
sig‘adi.  Tagida  bilyardxona,  fin  hammomi,  sport  zali  boMadi. 
M enga  qara,  g ‘isht  zavodlari  ham  senga  qaraydi.  Taxminan 
yetm ishta  g ‘isht  zavoding  bor,  deb  eshitdim.  Taxta  iskalating 
ham  yuzdan  oshar  emish. 
H ar  qaysisidan  beshtadan 
taxta  olganingda  ham  butun  urug‘-aym og‘ingga  yetadi. 
Direktorlaringga  meni  ko‘rsatib,  shu  odam  mening  vakilim, 
deb  qo‘ysang,  tamom;  u  yog‘ini  o ‘zim  kelishtiraman...
M ehribon  to g‘asi  uni  ikkinchi  kursni  tugatib,  endi  ta ’tilga 
chiqaman,  deb  turganda  qidirib  borgandi.  Kimsan,  kattakon 
bazaning  mudiri  katta  boshini  kichik  qilib  kelibdi.
-   Hoy  sen  kim ga  o ‘xshagan  chiqding?  U rug‘imizda 
bunaqa  odam  b o ‘lmagandi-ku?  Tog‘am  bechora  uchastka 
quryapti,  qiynalib  ketgandir  deb  o ‘ylam adingm i?  Sendan 
osh-non  so ‘rayotganim   y o ‘q.  «Horma,  bor  bo‘l»ga  ham 
yaram aysanm i?  Ertaga  kanikulga  chiqasan.  Umringni  bekor 
o ‘tkazma.  Erta-indin  qilichini  ko‘tarib  qish  keladi,  ishlab.
119


besh-to‘rt  tangani  belingga  tugib  q o ‘ysang,  teshib  chiqmaydi. 
M ardikor bozoriga chiqib  bizni  uyatga q o ‘yma!  M enikiga kel. 
Bitta  student  o ‘rtog‘ingni  yoningga  olib,  g ‘isht  quyasan.  Har 
kuni  ovqatingdan  o ‘zim  xabar  olib  turaman.  Uch  oyda,  o ‘h- 
ho‘,  qancha  g ‘isht  quyish  mumkin!  Ertaga  borib,  mashinada 
olib  ketaman.  К о ‘rib  olasan,  keyin  o ‘zing  boraverasan.
Nasibjon 
qashqadaryolik  hamkursi 
bilan 
tog‘asining 
uchastkasida  uch  oyda  eh-he,  qancha  g ‘isht  quyib  tashladi! 
Sakson  mingdan  oshgan  chiqar...  Tog‘a  aytganini  qilib,  har 
kuni  tushlikka  ikkoviga  to‘rttadan  somsa  olib  kelib,  quyilgan 
g ‘ishtlami  ko‘zdan  kechirardi.  Va  albatta,  balli,  deb  qo‘yardi. 
G ‘irt  piyozdan 
iborat 
somsa 
shunchalik 
Nasibjonning 
m e’dasiga  tegdiki,  birov,  somsa,  desa,  ko‘ngli  ayniydigan 
bo‘lib  qoldi.
Tog‘aning  hisob-kitob  qiladigan  payti  ham  keldi.  Negadir 
u  shoshilmasdi.  Nasibjon  puldan  gap  ochgan  edi,  jerkib 
tashladi.
-   Uyalmaysanmi, begona emasman-ku!  Qochib ketayotga- 
nim  yo‘q.  Arzimagan  shu  xizmatingni  minnat  qilib,  haq 
so‘ragani  qandoq  tiling  bordi?  M anavi  bola,  mayli,  u 
begona.  U ch-to‘rt  so‘m  bersam  boMadi.  Ammo  sen  o ‘zimiz- 
nikisan, jiyan!  Hasharga  haq  so ‘rasa,  ayb  b o ‘ladi.  Unaqa  past 
bo‘lma,  jiyan.  Shu  gapni  sen  aytmading,  men  eshitmadim.
Uch  oylik  mehnati  kuygan  Nasibjon  ham kurs  o ‘rtog‘i 
oldida  yuzi  qora  b o ‘ldi.
Nasibjon  mehribon  tog‘asini  shundan  keyin  ko‘rmadi. 
K o‘rgani  toqati  y o ‘q  edi.  To‘g ‘ri,  bir  marta  k o ‘rdi.  0 ‘sha  yili 
qish  jud a  m ijg‘ov  b o ‘lgandi.  Q or  yog‘adi,  eriydi,  y o g ‘adi, 
eriydi.  Nasibjon  brezent  tuflida  shilt-shilt  h o ‘l  qor  kechib, 
poyabzal  d o ‘koniga  bordi.  Kecha  olgan  stipendiyasiga  tufli 
olmoqchi  b o ‘ldi.  Bir  tuflini  endi  q o ‘liga  olgan  edi,  tanish 
ovoz  eshitildi.  Peshtaxta  orqasida  shu  Nurmat  tog‘asi  turardi. 
Demak,  tog‘asi  bazani  silliqqina  topshirib,  shu  d o ‘konga 
o ‘tib  olibdi-da.
120


-   Stipendiya  tegibdi-da,  jiyan?  Diding  durust,  yaxshi 
tufli  tanlading.
Nasibjon  pulini  sanasa  uch  so‘m  yetmayapti.
-   Tog‘a,  uch  so ‘m  yetmayapti.  Yetmaganini  ertaga  tash­
lab  o ‘taman.
-   Unaqa  emas-da, jiyan!  Bu  hukumatning  moli.  Reviziya 
bossa,  shu  uch  so‘m  uchun  meni  nim a  qiladi,  bilasanmi? 
Q o‘y,  m enga  jab r  qilma.  Pulingni  butlab,  keyin  tuflini  olib 
ket.
Nasibjon  tog ‘asiga  «xayr»  ham  dem adi,  indamay  chiqib 
ketdi.  M ana,  shundan  beri  «mehribon»  tog‘asini  endi  ко‘rib 
turipti.
-   Endi  mundoq  qilsak, -  dedi  tog‘asi  yasam a  tishini 
shaqillatib.  -   Men  ham  qarib  qoldim.  K etadigan  vaqtim 
bo‘lib  qoldi,  shekilli.  Bittagina  o ‘g ‘limdan  k o ‘nglim  notinch. 
M endan  keyin  u  nim a  bo‘ladi,  bilmayman.  M ana,  baxtimizga 
sen  m inistr  bo‘lding.  Bu  ham  Xudoning  inoyati.  Sulton 
suyagini  xo‘rlam as,  deb  bekorga  aytmaganlar.  Shu  bolani 
yoningga  ol.  Eski  shahar  bozorini  olib  ber.  0 ‘zing  bilasan, 
bozorda  katta  bo‘lgan  bola,  eplab  ketadi.
U  yonida  o ‘tirgan  shirakayf yigitni  turtdi.
-   Tur  o ‘m ingdan,  m inistr  tog ‘angga  qulluq  qil!  Bozor 
seniki  b o ‘ldi,  nodon!  Endi  ko‘pam  ichaverma!  Bunaqa  ichish 
rahbar  odam ga  yarashmaydi!
K o‘kragiga  Brus  Lining  surati  tushirilgan  m ayka  kiygan, 
barzangi  yigit  o ‘m idan  turib,  q o ‘lini  ko‘ksiga  qo‘yib,  qulluq 
qildi.  Uning  o g ‘zi  to ‘la  tilla  tish.  B o‘yniga  har  donasi 
konfetdek  tilla  tross  osib  olgan.
Nasibjon  hayron.  Bu  tilla  trossning  bahosi  biron  ming 
dollar  tursa  kerak,  deb  ko‘nglidan  o ‘tkazdi.  UrugTarining 
hammasi 
tilla  tishli, 
go‘yo  topgan  boyligini 
og‘ziga 
joylaganday.  U lar  b o ‘lar-boTmasga  xandon  otib  kulishar, 
kulganlarida  o g ‘izlarida  chiroq  yonib  turgandek  boMardi. 
X otinlam ing  bo‘yni,  qulog‘i,  bilagi,  barmoqlari  «archa
121


bayrami»ni  eslatardi.  Bugun  N asibjonning  uyiga  u ru g iari 
emas,  «Yuvelirtorg»ning  ko‘chm a  do‘koni  kelgandek  edi.
Nasibjonning to g‘asi  bilan xolasi  shunchalik  ishonch bilan 
gapirdilarki,  nimaiki  so‘ragan  b o ‘lsalar  og‘izlaridan  chiqmay 
turib,  vazir jiyanlari  bajaradigandek  edi.  Ammo  Nasibjon  bu 
gaplarga  na  «ha»  dedi,  na  «yo‘q»  dedi.  Nimaiki  eshitgan 
bo‘lsa,  ichiga  yutib  o ‘tiraverdi.  Hukumat  unga  bu  lavozimni 
faqat  urug‘-aymoqlaringni  ta’minla,  deb  bergandek  edi.
Xolasi  iymanib,  qimtinib  o ‘tirgan  singlisiga  achitma  gap 
qildi:
-   Boshqa  k o ‘ylaging  yo‘qmi?!  M inistm ing  uyiga  shu 
alpozda  keldingmi?!  Bu  shtapel  o ‘lgurni  Achavotning  lo‘- 
lilari  ham  kiymaydi-ku!
-   Qandoq  qilay,  opa,  bir  etak  bola.  Erim  rabochiygina 
odam  b o ‘lsa!  Topganini  bolalam ing  boshiga  yetkazsam, 
egniga  yetkazolmayman!  -  dedi  Salima  o ‘ksib.
-   Ering  ham  o ‘zingga  o ‘xshagan  Xudo  urgan  qaysar! 
Provodnik  vaqtim da  ikki-uch  marta,  yur,  olib  ketay,  dedim. 
Ering 
ko‘nmadi. 
Hamma 
tishingni 
tilladan 
qo‘ydirib 
berardim.  Mana,  yuribsan,  itning  keyingi  oyog‘i  b o iib !
Tog‘asining  qudasi -  q o ‘ziqorindek  pak-pakana,  negadir 
bo‘yni  y o ‘q,  boshi  ikki  yelkasi  orasiga  chaplab  q o ‘yilgandek, 
yoniga  qarash  uchun  o ‘m idan  turib  buriladigan,  k o ‘sanamo 
bir  odam  gap  boshladi:
-   Hoy, 
insoflaring 
bormi?! 
Bola 
bechorani 
q o ‘y 
so ‘ygandek,  nim ta-nim ta  qilib  b o ‘lib  oldilaring-ku!  Menga 
nim a  qoldi?  Nuqul  shaqir-shuqur  suyagi  qoldi...  Endi 
gap  bundoq,  «Sabis»dagilar  nomardlik  qilib,  nafaqaning 
eng  pastini  berdilar.  Bergani  nos  pulim ga  ham  yetmaydi. 
«Sabis»  boshlig‘i  bir  gap  aytdi,  jon-jonim dan  o ‘tib  ketdi. 
«Senga  nafaqa  u  yoqda  tursin,  eski  paytava  ham  hayf», 
dedi.  «Hukum atga  sariq  chaqalik  foydang  tegmagan,  faqat 
zararing  tekkan!»,  deydi.  Qandoq  qilay,  bo‘yim  past, 
bo‘ynim   y o ‘q.  Yonimga  qarayman,  desam,  o ‘m im dan  turib
122


burilishim  kerak...  M enga  bittagina  «Trudovoy»  yozdirib 
ber!  Nafaqam ning  bo‘yini  ham  jichcha  cho‘zib  q o ‘y.  Sen 
eshitganm isan-yo‘qmi,  yaqinda  meni  mashina  urib  ketgan. 
Bo‘ynim  o ig u r   burilm ay  qoldi-yu,  mashina  shartta  urdi- 
ketdi!  Ikki  oy  kasalxonada  yotdim.  Hozir  o ‘sha  urib  ketgan 
shopirdan  oyiga  besh  yuz  so ik av o y d an   xonaki  nafaqa  olib 
turibman.
H ovlida  nim adir  taraqlab  ketdi.  Mast  odam ning  so‘- 
kingani  eshitildi.
—  Sharm andalam i  nega  uyga  kiritding,  kelin!  Hayda 
ulami!
X onadagilar  pildir-pis  b o iib   qolishdi.  Tog‘aning  rangi 
quv  o ‘chdi.  Robiya  xolaning  o ‘sma  tutashtirgan  qoshlari 
ulangan  joyidan  uzilib  kelgandek  b o id i.
-   Oshga  pashsha  tushdi,  a k a ! - d e d i  qo‘rqa-pisa...-  
«Devoriy  gazeta»  o ig u r   keldi.
«Devoriy  gazeta»  -   bu  Nasibjonning  o ‘rtancha  tog ‘asi 
Turg‘unboy.  Uning  shunaqa  ichadigan  odati  bor  edi.  Haftada 
bir  ichadi.  Ichganda  ham  birvarakay  ichadi.  K ayf  qilib, 
ham ma  aka-uka,  am m a-xolalarinikiga  boradi.  Navbati  bilan 
bo‘ralab  so ‘kadi.  Kayfi  tarqalguncha,  o ‘zi  charchaguncha 
so ‘kadi.  M ahalla  uni  haftada  bir  chiqadigan  «Devoriy  gaze­
ta»  deb  atardi.
T urg‘unboy avvallari  ichmasdi.  M o‘min-qobil, yuvoshgina 
odam  edi.  Q o ii  gul  ganchkor  usta  edi.  Shaham ing 
muhtasham  saroylari  u  chekkan  ajib,  chiroyli  naqshlari  bilan 
betakror  m o‘jizaga  o ‘xshardi.  R o‘zg ‘ori  tinch  shu  odamning 
xonadoni  birdan  ag ‘dar-to‘ntar  b o iib   ketdi.  Bittagina  o ‘g ‘il- 
larini  yalab-yulqab,  shamolni  ravo  k o ‘rmay,  puf-puflab, 
unga  oydin  istiqbol  tilab  yashardilar.  Er-xotin  shu  arzanda 
bolasini  A fg‘on  urushiga  kuzatar  ekan,  b ag irlarid an   bir nima 
uzilib  kelgandek  b o id i.  Tagli-taxtli  oilaning  eshigini  ochib, 
qiziga  non  sindirishgan  edi.  Kelinning  sarpolari  ham  taxt 
edi.  O ta-ona  orzusi  cheksiz  edi.  O lis d a - A f g ‘on  zam inida
123


portlayotgan  bom balar  ulaming  xonadonida  ham  portladi. 
Temir  tobutda  o ‘g iin in g  jasadi  keldi.
Eshikdan  soqchilar  qurshovida  tobutni  olib  kirishganda 
onasi  faryod  urib,  o ‘zini  tobutga  otdi.  U  qayta  o ‘midan 
turmadi.  Hovlida  qiyom at  q o ‘pdi.  0 ‘sha  kuni  eshikdan  qo‘sh 
tobut  chiqdi.
Kelin  tushadigan  yasatug‘li  uy  huvillab  qoldi.  Tur- 
g ‘unboyning  yorqin  orzulari  qora  yerga  ko‘mildi.  To‘yga 
atab  qazilgan  o ‘choqqa  o ‘t  yoqilmay  qoldi.  Yigirma  yetti 
yil  «sen»  demay,  sizlab  yashagan  xotinidan,  o ‘n  sakkiz  yil 
bagbriga,  mehriga  o ‘rab  o ‘stirgan  bolasidan  tumanga  qorishiq 
xotiralargina  qoldi.  U  ichdi,  ichaverdi.  Yor-birodarlarining 
nasihatini  olmadi.  Tani  b o s h q a -d a rd   bilmas,  o ‘zimdan 
o ‘tganini  o ‘zim  bilaman,  dedi-yu,  ichaverdi.
Bugun  dam  olish  kuni  emas.  Turg‘unboy  odati  bo‘yicha 
faqat  dam 
olish 
kunlarigina 
ichardi,  bugun 

ichdi. 
Ichmasa  boim asdi.  0 ‘g ‘liga  unashtirilgan  qizni  kecha  dan- 
g ‘illama  to‘y  qilib,  yor-yor  aytib  kuyovga  chiqarishdi.  Tur- 
g ‘unboy  kechasi  bilan  mijja  qoqmay,  tebranib-tebranib  o ‘tirdi. 
Sahar  payti  bir  dunyo  g ‘am  bilan,  sudralgandek  qabristonga 
bordi.  Q o‘shmozor  bo‘lib  yotgan  xotini  bilan  o‘g ‘li  poyiga  tiz 
cho‘kkanicha  ko‘z  yoshlarini  tiyolmay,  uzoq  tilovat  qildi.
G o‘rkov  kelib  qo‘ltig‘idan  ko‘tarm aganda  hali-beri  o ‘r- 
nidan  turmasdi.
-   Bolam,  o ‘zingizni  q o ‘lga  oling.  Axir  siz  er  kishisiz. 
Manavi  yotgan  yuzlab  m arhum lam ing  ham  ota-onasi, 
farzandlari  bor.  Qandoq  qilamiz,  bu  Xudoning  irodasi.
Turg‘unboy  bir  so‘z  demay,  boshini  eggancha  darvoza 
tomon  ketdi.
Qaytishda  u  ichdi.  To‘yib-to‘yib  ichdi.
Uning  dardini  aytadigan  odami  yo‘q  edi.  Aka-ukalariga 
yorilmasdi.  Umuman,  ulam i  ko‘rishga  toqati  y o ‘q.  Q ilayot­
gan  ishlarini  ko‘rib  bir  otadan,  bir  onadan  tu g‘ilganiga 
pushaymonlar  yerdi.
124


Bir  vaqtlar  akasi  Nurmat  tog‘aning  daranglagan  paytlari 
bo‘lgan.  Poyabzal  bazasida  mudir  paytlari da  aytgani-aytgan, 
degani-degan,  besh  ming,  o‘n ming so‘m  degan gaplar og‘zining 
yeli  edi.  Shaharda o‘nta «Pobeda» bo‘Isa, bittasi  shuniki  bo‘lgan.
Uzoq-yaqin  yurtlardan  keladigan  m ijozlar  shundoq  shahri 
azimdan  uning  uyini  topishi  ju d a  oson  edi.  X o‘roz  tam ovli 
oq  uy  qayerda,  desa  b o ‘ldi,  yosh  bola  ham  mana,  deb  ko‘r- 
satib  berardi.
U  qilgan  to ‘ylar  hali-hali  og‘izlarda  doston.  Uning 
to ‘yiga  bir  marta  kelgan  hofiz  qistir-qistirdan  tushgan  pulga 
bemalol  o ‘g ‘il  uylasa  bo‘lardi.  Otasiga,  onasiga  bag‘ishlab 
o ‘tkazgan  m a’rakalariga  ham  har  ehtimolga  qarshi  ikki 
guruh  hofiz  aytib  q o ‘yardi.  Ashula  aytsa  aytar,  aytmasa  osh 
yeb  ketaveradi,  derdi.
Uning  orqasida  qancha  ipirisqilar  ro ‘zg‘or  tebratishardi. 
Shaham ing  pastqam  mahallalarida  xufiya  «iskalat»lari  bo‘- 
lardi.  N urm at  tog ‘a  bu  joylarga  biron  marta  bormagan.  Bu 
ishlami  singlisi  Robiya  boshqarardi.  Chex  tufli lari  u  vaqt- 
larda  otliqqa  ham  y o ‘q,  piyodalarga  y o i   b o ‘lsin  paytlar 
edi.  N urm at  to g‘a  bazaga  kelgan  bu  xil  tuflilaming  hidini 
chiqazmay,  o ‘sha  birovning  nazari  tushmaydigan  xufiya 
«iskalat»larga jo ‘natar  edi.
Nima  b o ‘ldi-yu  mahallaning  «qitmirlari»  hid  olib,  xufiya 
om bor  to ‘g ‘risida  tegishli  joyga  xabar  qiladilar.  Kechasi 
melisa  bosadi.  Uyning  egasi  sakson  yoshlarga  borib,  hilvirab 
qolgan  kam pim i  so ‘roq  qiladilar.
Yer  tagida  ilon  qim irlasa  biladigan  Robiya  b o ‘lgan 
voqeani  o ‘sha  kechasiyoq  eshitadi.  M ahallaga  borm ay  q o ‘- 
yadi.  «O m bor»da  m ing  ju ft  tufli  bor  edi.  Yaxshiyam  uch 
kun  oldin  olti  yuz  juftini  olib  ketgani,  b o ‘lm asa  salkam 
m ingta  tufliga  kuyib  qolardi.
H ovlining  egasi  Robiya  qayerda  turadi,  ash  oti  nima,  bil­
masdi.  Ijara  pulini  vaqtida  to ‘lab  turganidan  keyin  surishtirib 
nim a  qilaman,  deb  o ‘ylardi.
125


Robiya u  yerga borganda  qora  xalat  kiyar,  oq  doka ro ‘mol 
o ‘rab  qari  xotinlarga  o ‘xshab  olardi.  K am pim ing  nurdan 
qolayozgan  ko‘zlari  uning  yuzlarini  durustgina  k o ‘rmagan. 
Shu  sabab  hovli  egasi  b o ‘lmish  bechora  kam pir  militsiya 
savollariga  tayinli  biron javob  berolmagandi.
Shundoq  shahri  azim da  Robiyani  qidirish  oson  gap 
em asdi.  Uni  izlash  qora  p o ‘stakdan  burga  qidirishdek  gap 
edi.  H ilvirab,  om onat  b o iib ,  ana  kctam an,  m ana  ketam an, 
deb  turgan  kam pir  uch  kundan  keyin  jo n   taslim   qildi. 
Sakson  yil  toat-ibodat  qilgan,  tong  saharlarda  Xudodan 
im onim ni  salom at  qil,  deb  iltijolar  qilgan  bir  m ushtipar 
kam pir  yuzi  qaro  b o ‘lib,  Alloh  dargohiga  k o ‘chdi.  M ilitsiya 
tintuv  paytida  olgan  tuflilam i  egasiz  mol  sifatida  davlat 
hisobiga  o ‘tkazdi.
0 ‘sha  kezlari  bayram   arafasida  militsionerlarga  yangi 
yozlik  forma  berishga  tayyorlanayotgan  edilar.  Faqat  qora 
tufli  topish  muammo  bo‘lib  turgan  edi.  Shahar militsiyasining 
boshlig‘i yuqori  idoraning ruxsati  bilan  pul  o ‘tkazib,  tuflilami 
o ‘zlariga  olib  qoldi.
Bayram  namoyishini  tartibga  solib  turgan  militsio- 
nerlam ing  oyog‘ida  qora  tufli  k o ‘rgan  Robiya,  «Qora  tufli 
kiygan  oyoqlaring  sinsin»,  deb  qarg‘ardi.
U  b o ‘ldi,  bu  b o ‘ldi,  aka-singil  bir  m o ‘min-musulmon, 
mushtipar  kam pim ing  fojiaviy  o ‘limiga  sabab  b o ‘ldi.
Bu  sir  sirligicha  qoldi  deb  o‘ylashadi.  Ammo  Turg‘unboy 
bu  gaplardan  xabardor.  Shuning  uchun  ham  aka-singillami 
ko‘rishga toqati  yo‘q.  Ko‘rdi,  so‘kaveradi.  Ayniqsa,  ichib  olgan- 
dan  keyin  ulami  charchaguncha,  kayfi  tarqaguncha  so‘kardi. 
Uning  bunaqa  chidab  boflmas  haqoratli  so‘zlariga  chidamay 
ilojlari  yo‘q  edi.  Bu  tentak  piyonista  ukamiz  simi  ochib 
qo‘yishdan  ham  toymaydi,  deb  mum  tishlab  o ‘tirishardi.
Avvallari  oilasi  jam ,  tinch  paytlarda  Turg‘unboy  jiyani 
Nasibjondan  xabar  olib  turardi.  Dam  olish  kunlari  o ‘g ‘lini 
yuborib,  uni  oldirib  kelardi.  Ichiga  issiq  kirsin,  deb  o ‘zi  osh
126


damlab  yedirardi.  K etayotganida  cho‘ntagiga  zo ‘rlab  pul 
solib  q o ‘yardi.
Birgina  Nasibjon  xotini  bilan  borib  uyini  yig ‘ishtirib, 
hovlisini  supurib  kelishardi.  U yda  biron  tansiqroq  ovqat 
qilsalar  nasiba  olib  borardilar.  Turmushi  tangroq  Salima 
degan  singlisi  ham  k o ‘p  kelardi.  U  serfarzand,  qurilishda 
betonchi  b o iib   ishlaydigan  erining  topganini  uchma-uch 
qilib  ro ‘zg ‘or  tebratadigan  m unglig‘gina  bir  xotin  edi.
U  tez-tez kelib, javrab-javrab  uyini  supurib-sidirib  kelardi.
-   A gar  shunaqa  ichaveradigan  b o is a n g iz ,  bilib  q o ‘- 
ying -   kelm ay  q o ‘yaman!  -  deb  tahdid  qilar,  baribir  akasi 
ichishni,  Salim a  esa  kelishni  q o ‘ymas  edi.
Turg‘unboy  b o is a ,  ichib  olib  akasinikiga,  opalarinikiga 
borib,  erinm ay  so ‘kib  kelishini  q o ‘ymasdi.  Shu  «vazifa»sini 
bajarib 
b o iib , 
N asibjonnikiga 
gandiraklab 
kelardi-yu, 
choф oyada  o y o g in i  osiltirib  uxlab  qolardi.  Nasibjon  uni 
to ‘shakka  yotqizib  qo‘yardi.
Ertalab  uyg‘onib jiyanidan,  kelinidan  uyalganidanm i,  ular 
turishguncha  ketib  qolardi.
A nzirat  uning  bu  xil  kelishlarini  malol  olmasdi.  Faqat, 
«Attang,  shunday  odam»,  deb  q o ‘yardi.
Turg‘unboy  u ru g ia ri  o iirg a n   xonaga  sherday  o ‘kirib 
kirdi.
-   N im a  qilib  oiiribsanlar?!  Bu  bolaga  yetti  yot  bego- 
na  edilaring-ku!  A m aldor  b o ig a n d an   keyin  g im irla b   qoldi- 
laringmi?  Qani,  jo ‘nalaring!
A ka-singillam ing  dami  ichiga  tushib  ketdi.  Suhbatning 
guli  b o iib   o iirg a n   N urm at  akasi  tilini  yutib  yuborgandek 
jim   edi.  H ar  haftada  uyiga  kelib,  aytadigan  sassiq  gaplari 
opasiga  yod  b o iib   ketgan:  «Chayqovchisan...  Puldan  boshqa 
darding  y o ‘q...  Harom  yemagan  kuning  uyqing  kelmaydi... 
Sen  o d am x o isan ,  ay lay mi,  qanaqa  odam x oiliging ni?  Mana- 
vi  sheriklaringga  aytaymi?  Q o‘rqasan-a!»
Turg‘unboy  m unkib-munkib  choy  x o ‘pladi.
127


-   Eshitdilaringmi,  tish  d o ‘xtirlam ing  omadi  kepti.
-   N im a  balo  b o ‘pti?!  -  dedi  tog‘asi,  gap  boshqa  yoqqa 
burilganidan  suyunib.
-   lya, 
hali 
xabarlaring 
y o ‘qmi?! 
Shaharda 
yangi 
toifa  y o it o ‘sar-qaroqchilar  paydo  b o ‘pti.  Tramvaydami, 
avtobusdami,  ko‘chadami -  tilla  tishli  odamni  ko‘rsa,  o g ‘ziga 
ombir  tiqib,  tishini  sug‘urib  olyatkanmish.  K o‘chada,  d o ‘x- 
tirxonada  lunjini  bog‘lab  olganlam ing  son-sanog‘i  y o ‘q!
-   G aping  o ‘lgur  o ‘zingdan  ham  sovuq!
Robiyaning  gapi  o g ‘zida  qoldi.
-   Itiga  tilla  tish  q o ‘ydirgan  otarchi  artist  bor  edi-ku,  shu 
bcchoraning  boshiga  qora  kun  tushib  qopti.  Itining  kallasini 
kesib,  olib  ketishipti.  Itning  kallasini  olgan  qaroqchilar  tilla 
tishli  odamni  tinch  q o ‘yarmidi!
-   Hoy,  yaramas,  topib  kelgan  gaping  shumi?
-   Gapning  kattasini  hozir  eshitasanlar.  Ketasanlarmi- 
y o ‘qmi? -  U  atrofga  alangladi.  Tokchadagi  dazmolni  k o ‘rib, 
chayqala,  chayqala  borib  q o ‘liga  oldi. -  Ketm asalaring,  shu 
bilan  urib,  dabdala  qilaman.
Q o‘ziqoringa  o ‘xshagan  m ehmon  birinchi  b o iib   o ‘zini 
eshikka  urdi.  Katta  xolasi  Robiya,  dod,  degancha  yugurib 
hovliga  chiqib  ketdi.  Birpasda  uy  b o ‘shab  qoldi.  Q o iid a  
dazmol  bilan  hovliga  chiqqan  Turg‘unboy:
-   0 ‘rtoqlar,  bugun  tozalik  kuni,  y a’ni  «sanden»,  uy 
dezinfeksiya  qilinadi!  -  dedi  tantana  bilan.  -  Gap  shu -  bu 
uyga  ikkinchi  qadam   bosmaysanlar!  Qoralaringni  k o ‘rmay! 
Sen  qol,  ketma!  -  dedi  u  Salimaga. -  Sen  bular  toifasiga 
kirmaysan.  Onam  rahmatli  o id a k n in g   tuxum ini  bosgan 
ekanmi,  bilmadim,  ochib  chiqqanlam ing  bittasiga  ham  suv 
yuqmaydi-ya!
-   Onam  rahmatliga  til  tekkizm a,  diydoring  qursin!..
Opasi  uni  qarg‘ay-qarg‘ay,  akasi  so‘ka-so‘ka  chiqib  ketdi.
-   Endi  menam  ketay, -  dedi  Salima. -  Borib,  bolalarga 
ovqat  qilay.
128


-   N im a  qilasan  ovqat  qilib?!  M ana,  ko‘ryapsanmi,  bir 
qozon  palov  damlogMik  turibdi.  Shundan  bitta  tog‘oraga 
bosib  beramiz!  Opalaringni  haydaganim ga  xafa  bo‘ldingmi? 
Q o‘y,  xafa  b o ‘lma!  U lar  odammas.  Achinma.
Turg‘unboy  har  galgidek  javray-javray  chorpoyada  uxlab 
qoldi.
Nasibjon  yigirma  yildan  ortiq  yo‘q  bo‘lib  ketgan,  och- 
yalang‘och  qolganda,  holing  ne  deb  bir  marta  xabar  olmagan, 
bir  kosa  oshini  ravo  ko‘rmagan,  brezent  tuflida  qor  kechib 
kelganda  uch  so‘m  pulini  ayagan,  sakson  ming  g ‘isht  quydirib, 
haqqini  bermagan,  endi  yurtga  qo‘shilib,  mehnati  bilan  el 
nazariga  tushganda,  hukumat  iltifotiga  erishganda,  vazirlik 
lavozimiga  loyiq  topilganda,  go‘sht  isini  sezgan  aridek  paydo 
bo‘lgan  urug‘laridan  nafratlanib  ketdi.
Turg‘unboy  to g‘asi  mast  b o ‘lsa  ham,  rost  aytdi:
-   E-e,  jiyan,  bulam ing  gapiga.  kirma!  U lam i  qishdan 
qolgan  qarg‘alar  deb,  o ‘z  ishingni  qilaver!  Bilib  qo‘y,  saraton 
qancha  qizisa,  sovuq  kunlami  sog‘ingan  qarg‘alar  shuncha 
qattiq  q ag ‘illaydi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish