To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

Siyna  qishlog'i,  1965-yil,  noyabr
YALPIZ  HIDI
Kupe  eshigini  ochishim  bilan  o g ‘ziga  so‘rg‘ich  kiygizil- 
gan  sut  to ‘la  shishani  kaftlari  orasiga  olib  isitib  o ‘tirgan 
xotinni  ko‘rdim-u,  nim a  qilishimni  bilmay,  turib  qoldim.
Xotin  ham  avval  esankirab,  keyin  mayingina  kulib 
qo‘ydi.  Uning  bu  xil,  har  qanday  erkak  qonini  ko‘pirtiradigan 
shayton  kulgisini  ilgari  ham  bir  ko‘rgan  edim.  Tanimdan 
son-sanoqsiz  chumoli  o ‘rmalagandek,  g ‘alati  seskanish  bilan 
chamadonchamni o‘rindiqqa qo‘ydim-u, yana xotinga qaradim. 
Uning  tizzasida  yo‘rgaklangan  bola.  Poyezd  g ‘ildiragining 
tovushiga  quloq  solib,  nim alam idir  o ‘ylayotganga  o ‘xshardi. 
U  menga  qaramay,  q o ‘lidagi  sut  to‘la  shishani  stolchaga 
qo‘ydi-da,  bolani  tizzasidan  olib,  yoniga  avaylab  yotqizdi. 
Hamma  yoqni  yalpiz  hidi  tutib  ketdi.
U  yoq-bu  yoqqa  qaradim.  Darhaqiqat,  stolchada  bir  dasta 
cho‘l  yalpizi  yotardi.  N im a  qilishimni,  nim a  deyishimni 
bilmayman.  Xotin  ham  betimga  qarayolmaydi.  Nazarimda, 
bu  xotinning  butun  vujudi  sirga,  k o ‘zlari  sehrga  to ‘la  edi.
...  M en  u  bilan  bum og‘i  yili  saraton  kunlarining  birida 
avtobusda  uchrashgan  edim.  Buvaydadan  avtobusga  chiqqa-
194


nim da  yonim da  bir juvon  o ‘tirardi.  Sal  y o i   yurishim iz  bilan 
issiqqina  nafas  b o ‘ynim ga  urilgandek  b o id i.  Yo‘q,  nafas 
em as,  atirgulning  b ag ‘ridan  chiqadigan  allaqanday  beg‘ubor 
hid  edi  u.  Qarasam , yonim da o iirg a n   xotin yelkam ga boshini 
q o ‘yib,  uxlab  qopti.  Q o iid a g i  shohi  tugunchasi  o y o g im  
tagiga  tushibdi.  Bir  q o iim n i  arang  cho‘zib,  tugunchani 
yerdan  oldim-u,  uni  uyg‘otib  yubormaslik  uchun  qimirlamay 
oiirav erdim .  Avtobus  bir  silkindi.  Xotinning  boshi  sirg‘alib 
k o ‘kragim ga  tushdi.  O iim g a   ilinmay  qolgan  soch  tolalari 
to m o g im   tagiga  kelib  qoldi.  Shunda  d im o g im g a  yalpiz 
isi  urildi.  X otinning  q u lo g id a   s o iib   qolgan  yalpiz  shoxini 
k o ‘rib  qoldim.
Ko‘pchilik  o ‘rtasida  begona  ayol  k o ‘kragim ga  bosh 
q o ‘yib  yotishidan  xijolat  tortib,  uni  uyg‘otmoqchi  b o ‘ldim. 
Sekin  pichirladim:
-   K o‘zingizni  oching,  yaxshi  emas.
Xotin  k o ‘zini  ochm adi,  ingradi.  Ichidan  alamli  bir  nido 
chiqqandek  b o ‘ldi.  Baxm aldek  yumshoq  lablari  arang 
qim irladi-yu,  suv,  deya  oldi,  xolos.
Endi  bildim.  Xotin  behush  b o iib   qolgan  ekan.  Orqamda 
o iirg a n   chol  dashnom   berdi:
-   Uka,  kelinni  pastga  olib  lushing,  ko‘ngli  behuzur 
b o ia y o tg an g a  o ‘xshaydi.
Uylanm agan  bo‘ydoq  edim.  Bu  gap  q u lo g im g a   ham  g ‘a- 
lati,  ham  allaqanday  xush  yoqadigan  b o iib   eshitildi.
Bu  gap  yon-verim dagilam ing  q u lo g ig a   yetib,  birpasda 
avtobus  shivir-shivir  b o iib   qoldi.  Kimdir  tez  ketayotgan 
avtobusda  chayqala-chayqala  oldinga  intildi-yu,  engashib 
shofyorga  nim adir  dedi.  Avtobus  to ‘xtadi.
-   Uka,  kelinni  issiq  kunda  qiynab  qo‘yibsiz.  Pastga 
tushib,  suv  b o ‘yida  picha  dam  olib  oiiring lar.  Keyingi  avto­
busda  yetib  olarsizlar.
Nima  b o iay otgan in i 
bilmasdim. 
Hamm aning 
ko‘zi 
menda.  Beixtiyor  xotinni  suyab  pastga  olib  tusharkanman, 
q u lo g im g a   bir  gap  chalinib  qoldi:
195


-   Erining  bedavoligini  qarang,  o ‘zi  oydekkina  ekan,  dardi 
borga  o ‘xshaydi.  Er  o ‘lgur  muncha  lapashang  boMmasa.
Hamma  yog‘imdan  ter  chiqib  ketdi.  Bu  mening  xotinim 
emas,  sizlarga  o ‘xshagan  oddiy  y o ‘lovchiman,  deb  baqirib 
yuborgim  keldi.  Ammo  yelkam ga  osilgan  nozik  q o ‘llar 
bunga  monelik  qilayotgandek  indayolmasdim.
Avtobus  meni  mutlaqo  notanish,  lekiniga  qaraganning 
ko‘zini  kuydiradigan  husni  bir  jahon  ayol  bilan  y o ‘lga 
tashlab  ketdi.
Saraton  osmondan  olov  purkab  turibdi.  U chko‘prik 
y o iid a g i  tollami  bilasiz.  Oxiri  ko‘rinm aydigan  asfalt  yo‘l 
xuddi  poyoni  y o ‘q  soyabon  aravaga  o ‘xshaydi.  Havoning 
namligidan  tol  barglari  ham  qim irlamasdi.  BelbogNmni 
yechib,  ariq  bo‘yidagi  chim  ustiga  yozdim-u,  uni  o ‘tqazdim.
Xotin  eshitilar-eshitilmas  dedi:
-   Nafas  ololmayotibman.  Shabadaroq joyga  olib  boring.
Bu  tashvishni  o ‘zim ga qayoqdan  orttirdim  dedim-u,  malol
kelgandek,  uning  oppoq  bilaklaridan  ushlab  turg‘izdim-da, 
bir  qo‘limni  belidan  o ‘tkazib  (boshqa  ilojim  ham  y o ‘q  edi), 
suv  yoqalab  olib  ketdim.
A trof  jim jit.  Na  qush  uchadi,  na  odam  o ‘tardi.  B o‘y 
baravar  qam ishlar  qilt  etmaydi.  Yalanglikroq  joyga  kelib 
to ‘xtadik.  Xotin  sal  o ‘ziga  keldi.
-   Voy-e,  ko‘kragim ga  shamol  tegdi-ya!
Uning  tilga  kirishidan  sevinib  ketib,  asta  o ‘tqazdim. 
Ammo  u  hali  ham  astoydil  o ‘ziga  kelmagan  edi.  Oyoqlarini 
sal  bukib,  tizzamga  bosh  q o ‘yib,  yarim  ochiq  ko‘zlarini 
so‘ngsiz  osm onga  tikkancha  qimirlamasdi.  Kishi  bilmas 
unga  qarayman.  Kiprik  dem agan  qora  duxobaning  o ‘zi. 
Ayniqsa,  chinnidek  oppoq  yuzida  yanada  qorayib  turardi. 
Qoshi  to ‘mtoqroq.  O ralig‘idagi  bilinar-bilinmas  o ‘sma  izi, 
iyagidagi  tariqdek  xoli,  b o ‘ynida  qim irlam ay  turib  qolgan  ter 
tomchilari  bemalol  kobrinib  turardi.  Ich-ichimdan,  bu  baxt 
qaydan  keldi,  deb  q o ‘yaman.
196


Ayolning  q o ‘li  qimirladi.  G iyohlam i  timirskilab,  birini 
uzdi.  Bu  cho‘l  yalpizi  edi.  Uni  dim og‘iga  olib  bordi-da,  bir 
hidlab,  menga  uzatdi.  Hidladim.  Ana  shundagina  men  baxtni 
emas,  baxt  meni  topganiga  ishondim.  Butun  olam  yalpiz 
hidiga  to ‘lib  ketdi.  Bir-birimizga  tikilamiz.  Ammo  na  undan, 
na  mendan  sado  chiqadi.  Bir-birimiz  bilan  k o ‘zlarimiz 
gaplashayotganga  o ‘xshardi.  Uning  ko‘zlarini  ko‘rmagansiz. 
Hali  hech  bir  inson  bolasi  bunaqa  ko‘zni  ko‘rmagan.
K o‘zlarim iz  gaplashardi.
Bilmadim,  shu  alpozda  qancha  vaqt  o ‘tirdik.  Har  qalay, 
podadan  m ollar  qaytayotgan  mahal  edi.  Buzoqlaming 
ayanchli  m a’rashi  qulog‘imga  eshitilgandek  bo‘ldi.
Nima  b o ‘ldi-yu,  xotin  sapchib  o ‘m idan  turib  ketdi. 
Tugunini  q o iig a   oldi.
Endi  uning  qoshlari  chim irilgan,  qilm ishidan  alamzada- 
dek  k o ‘rinardi. 
Bilaman,  behushlik  begona  kishining 
tizzasiga  bosh  q o ‘yishga  m ajbur  qilganidan  qattiq  iztirob 
chekyapti.  U  kim ningdir  xotini.  Bu  behushlik  uni  ne 
kunlarga  boshlashi  mumkin.  Ammo  u m ening  unaqa bem a’ni 
kishilardan  em asligim ni  bilganda  edi,  bu  xil  xayollarga 
borm asdi.  Bola  b o ‘lib  nom ard  xayollarga  bormaganman. 
Shaytonning  so ‘ziga  kirm aganm an.  Buni  xotin  bilmasdi. 
K o‘zida  q o ‘rqinch  va  andisha  olovi  yonyapti.
Ketdik.  Tol  tagida  avtobus  kutyapmiz.  U  betimga 
qaramaydi.  Q ovog‘i  soliq.  Unga,  hatto  jahl  ham  yarashardi. 
Har  zardali  qarashida  vujudim  o ‘rtanib  ketardi.
Avtobus  kelganda  pillapoyaga  oyoq  q o ‘yar  ekan,  yana 
bir  marta  qaradi.  Bu  qarashda  meni  erm ak  qilishmi,  rahmat 
aytishmi -  bilib  b o im ay d ig an   bir  ifoda  bor  edi.
U  ketdi.
Hali-hali  bu  qarashning  m a’nosiga  yetolmadim.  Bugun 
vagon  kupesida  unga  yana  duch  keldim.  U  yana  kuldi.  Bu 
mayin  kulgisi  meni  yana  xayolga  soldi.  N ega  kuladi?  Ermak 
qilyaptimi?
197


Provodnik  ikkalamizga  ham  bir  stakandan  choy  keltirib 
qo‘ydi.  U  stakandan  choy  ho‘p!ab  turib,  vagon  silkinishidan 
qalqib  ketdimi,  kulaman  deb  shunday  qildimi,  har  qalay, 
atlas  k o ‘ylagiga  choy  to ‘kildi.  M enga  qaradi.
-   Eslab  hali  ham  kulib  yurgandirsiz?
Bu  gapning  m a’nosiga  yetdim.
Yana  jim   ketdik.  Derazadan  b o g ia r   o ‘tyapti.  Sim- 
yog‘ochlar  bir-birini  quvyapti.  Ikkovim iz  o ‘tmish  xayollari 
bilan  bandmiz.  Oxiri  sabrim  chidam ay  so‘radim.
-   Endi  tuzalib  keldingizmi?
-   Ha,  tuzalib  ketdim.  Buning uchun sizga rahm at aytishim 
kerak  edi.  Hali  ham  b o ‘lsa  aytib  q o ‘yish  qiyom at  qarzim. 
Rahmat.  Vijdonli  yigit  ekansiz.  Bilasizm i? -  U  menga  bir  oz 
tikilib  turdi-da,  kulimsirab  q o ‘ydi. -  Siz  o ‘shanda  baxtingizni 
y o ‘qotgansiz.
Hayron  bo‘ldim.  Unga  savol  nazari  bilan  boqdim.
-   Bilmadim,  -   dedi  u  ko‘zlarini  yerga  qadab.  -   Balki 
adashay otgand i rman. 
Ehtimol, 
bir 
falokatdan 
qutul- 
gandirsiz?  Ehtimol,  men  baxtimni  topgandirman?  Ehtimol, 
baxtimni  yo‘qotgandirman?  Bilmayman.  Har  qalay,  o ‘shanda 
yo  men  sinovdan  o ‘tdim,  yo  siz  sinovdan  o ‘tdingiz.  0 ‘sha 
paytda  men  odam  bolasiga  ishonmas  edim.  Tasodifdan 
o ‘rgilayki,  o ‘shanda  sizga  yoNiqdim.  Agar  boshqa  kishining 
qoMiga tushganimda bir umr vijdon azobida qolib ketarmidim...
Xotinning  ko‘zi  jiqqa  yoshga  toMdi.  Bir  kiprik  qoqsa, 
oppoq  yuzlarini  yosh  yuvib  ketadi.  Ammo  u  kiprik  qoqmadi. 
S o‘ngsiz  qora  kechalam i  bag‘riga  sig‘dirgan  baxmal  k o ‘zlar 
bu  yoshlam i  shimib  kelgandek  b o ‘ldi.
Endi  u  ko’zyoshsiz,  unsiz  yigMardi.
U  yana  tilga  kirdi.  U  gapirardi-yu,  ovozi  titrardi.
-   Bolam  hurmati,  ishoning,  men  o ‘sha  kuni  yomon  niyat 
bilan  k o ‘chaga  chiqqandim.  Meni  siz  oMimdan  qutqardingiz. 
Qattiq  alam  o ’tgan  edi  o ‘shanda.
Uning  tushunib  b o ‘lmaydigan  gaplari  yana  hayron  qilib 
q o ‘ydi  meni.
198


-   Hayron  b o im a n g .  Xotin  kishi  qattiq  o ‘ch  oladi.  Siz 
erkaklar  ayol  zotining  irodasi  b o ‘sh  b o ia d i,  har  qanday 
xo‘rlikka  chidayveradi,  deb  o ‘ylaysiz.  Yo‘q,  aslo  unaqa 
emas.  M en  ham  erim dan  o ‘ch  olm oqchi  edim.
X otin  deraza  tarafga  qarab jim   b o ‘lib  qoldi.  Poyezd  katta 
bir  ko‘prik  ustidan  guvillab  o ‘tib  ketdi.  Sal  nariroq  borib 
gudok  berdi.  Yo‘l  pastlashayotganda  kupe  eshigi  sirg‘anib 
ochilib  ketdi.  0 ‘m im dan  turib  berkitib  qo‘ydim.  Xotin  yana 
o ‘girildi.
-   Bilasizmi,  o ‘rtada  hurmat,  andisha  boMmasa,  er-xo- 
tinlik  uy  zindon  boMadi.  Ayniqsa,  oraga  xiyonat  oralasa, 
tamom.
U  ham  alam,  ham  iztirob  bilan  menga  ikki  yildan  beri 
jum boq  b o ‘lib  xayolimni  band  qilib  yurgan  simi  ocha 
boshladi.
Erimni  yaxshi  ko‘rib  tekkanman,  chiroyli  yigit  edi.  Ko‘p 
qizlami  kuydirgan.  Uncha-muncha  o ‘rtacha  qizlarga  qayrilib 
ham  qaramasdi.  Ertalab  uydan  chiqib  ketayotganida  orqasidan 
tomosha  qilib  qolardim.  Kechqurunlari  ikki  ko‘zim  ko‘chada 
edi.  U  eshikdan  uyimga  oftobga  o‘xshab  kirib  kelardi.
Ana  shundoq  er  menga  xiyonat  qildi.  Jazman  orttirdi. 
Bilasizmi,  sevgan  kishing,  dunyoda  yagona  baxtim  deb  bilgan 
kishing  xiyonat  qilsa  chidab  bo‘ladimi?  Axir  butun  umrimni 
unga  bag‘ishlagan  bo‘lsam-u,  kelajak  baxtimni  usiz  tasavvur 
qilolmasam-u,  menga  xiyonat  qilsa.  Bunga  chidab  bo‘larmidi. 
Lekin  butun  kuchimni,  butun  sabrimni  bir  joyga  jam  lab 
chidadim.  Uni  insofga chaqirdim.  B o‘lmadi.  His-tuyg‘ularimni 
oyoq  osti  qilgan  kishi  oldida  ko‘z  yoshi  to ‘ к ishga  g ‘ururim 
yo‘l  bermadi.  Bunday  qilolmasdim  ham.  Uning jazmani  oldiga 
borib,  erimni  tinch  qo‘y  deyishga  ham  g ‘ururim  yo‘l  bermadi.
Butun  vujudimni  o ‘ch  olish  hissi  qamrab  oldi.  0 ‘zimni 
o ‘ldirmoqchi  bo‘ldim.  M ayli,  shu  o ‘limim  bilan  uni  vijdon 
azobiga  tashlab  ketaman.  Bu  dog‘  uni  o ‘la-o‘lguncha 
qiynasin,  dedim.
199


Shu  niyat  bilan  uydan  chiqdim.  Yo‘lda  keta  turib  har  xil 
xayollarga  boraman.  Nimani  o ‘ylasam  ham,  erimdan  qasos 
olishga  borib  taqalar  edi.  Ana  shunda  siz  paydo  boMdingiz. 
B o‘lmasa,  bilmadim  nima b o ‘lardi.  Qabrimdan  shu  paytgacha 
ikki  marta  giyoh  k o ‘karib  chiqarmidi.
U  yuzlarini  ikki  q o ‘li  bilan  to ‘sib,  o ‘ksib  y ig ‘lab  yubordi. 
Uni  yupatishga  so‘z  topolmasdim.
Xotin  ingragan  tovushda  dedi:
-   Kechiring.  Sizdan  um r  bo‘yi  m innatdor  b o ‘lib  yashay- 
man.  X otiningiz  qandoq  baxtli  ekan, -  uning  bu  gaplari 
juda  uzoqdan  eshitilayotganga  o ‘xshardi.  Jahl  bilan  uning 
ko‘zlariga  qaradim.  Endi  u  ko‘zlarda  andisha  izlari  y o ‘q  edi. 
Allaqanday  nur  porlab  turardi.
-   Qaysi  baxtli  qiz  ekan  u  sizni  sevgan.  Bu  gaplarimga 
hayron  boMmang.  Men  eng  avval  vafodor  odamni,  nomusli 
odamni  baxtli  deyman.  Baxt  tushunchasini  o ‘ylaganimda 
dastavval  nomus,  vafo  k o ‘rinadi.  Mana  shu  ikki  narsa  boM­
masa  do‘st  d o ‘stning,  er  xotinning,  xotin  em ing  k o ‘zini 
o ‘yadi.  A gar  men  shoir  b o ‘lsam,  yozuvchi  b o ‘lsam,  vafo 
haqida,  inson  nomusi  haqida  kitob  yozib  charchamasdim.
Bu  xotinning  gaplari  meni  o ‘ylantirib  qo‘ydi.  Uning  bu 
gaplari  chin  haqiqat  edi.  Insonni  jasoratga,  xayrli  ishlarga 
yetaklaydigan  shu  emasmi?!
U  kichkinagina  razyezdda  tushib  ketdi.  Ko^nglida  tugilib 
yotgan  armonini  to ‘kib,  bag‘rini  ezib  yotgan  toshni  irgMtib 
tashlab,  qushdck  yengil  b o ‘lib,  manzilida  tushib  qolgan  edi.
Kupega  qaytib  kirdim.
Stolcha  ustida  yalpiz  yotardi.  Olib  hidladim.
Ana  shundan  beri  qayda  yalpiz  ko‘rsam,  u  keksa  tollar 
soya  tashlagan  Buvayda  yoMlarini  k o ‘raman.  Bu  y o ‘l- 
lar  bir  порок  er jabrini  tortgan,  shu jabr-alam   qasosga  yetak- 
lagan  dilbar,  dilbar-u  qaysar,  bir  so ‘zli  juvonni  eslatadi.
U  erini  tashlab  ketdimikin?  Tashlab  ketgandir.  Undan 
qasos  oldimikin?  Tashlab  ketishdan  ortiq  qasos  bo‘lmaydi-ku!
Yalpiz  hidi  menga  ana  shularni  eslatib  q o ‘ydi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish