To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

Farg'ona,  1960-yil
200


TAKLIFNOMA
Uyga  kelsam,  birov  xat  tashlab  ketibdi.  Shoshib  kon- 
vertni  ochdim.  Taklifnoma.  Foto  qog‘oziga  ko‘chirilgan 
taklifnomaning  ikki  chetida  menga  notanish  bir  qiz  bilan 
yigitning  surati.  Bular  kelin  bilan  kuyov  bo‘lsa  kerak.  Ammo 
ular  kim?  Suratga  shuncha  tikilaman-u,  taniyolmayman. 
Konvert ustidagi  yozuvga qaradim.  Bekmurodov  deb  yozilgan. 
Endi  tanidim.  Bekmurodov  bilan  o ‘tgan  yili  dam  olish  uyida 
tanishgan  edim.  U  kamgap,  birovga  aralashmaydigan  kishi  edi. 
Demak,  Bekmurodov  qizini  kuyovga  chiqazayotibdi,  bechora!
0 ‘z  um rim da  ko‘p  odam lam i  ko‘rganman,  ko‘plaming 
sarguzashtlarini  eshitganman.  Ammo  shu  kichkinagina, 
q o ‘y  o g ‘zidan  cho‘p  olm agan  kishining  boshiga  tushgan 
savdolam i  eslaganimda,  butun  vujudim  larzaga  tushadi,  dod, 
deb  yuborgim  keladi.  Odam  bolasining  o ‘tda  kuymasligiga, 
suvda  cho‘kmasligiga  qoyil  qolaman.
Bekmurodov  boshidan  o ‘tgan  voqealami  o ‘zi  aytib  bergan 
edi.  U  hech  kimga  aytmagan  simi  aytgan  edi.  Menga  ham 
aytmas  edi-yu,  bir  sabab  bo‘lib  aytib  qo‘ydi.  0 ‘sha  kuni 
xotinining  qazo  qilganiga  o ‘n  besh  yil  to‘lgan  ekan.  Men  bu 
gapdan  bexabar  edim.  Sharsharaga  yuvingani  kelsam,  u  suv 
to‘zoniga  tikilib  o‘tiribdi.  Mendan  papiros  so‘radi.  Ikkalamiz 
sharshara  shabadasida jim gina o ‘tirib  chekishdik.  U juda  to ‘lib 
turgan  ekan,  o ‘zi  gap  boshlab  qoldi:
-   Bilaman,  shuncha  kun  bir  joyda  turib,  tuzukkina 
gaplashm aganim izdan,  o ‘zimni  olib  qochishimdan  hayron 
b o ‘lyapsiz.  Qandoq  qilay,  shunaqa  odamman.  Yolg‘izlikka 
o ‘rganib  qolganman.  Kechirasiz,  bugun  ko‘nglim  odam 
xohlab  qoldi.  Gaplashgim  kelyapti.  Gaplashib,  k o ‘nglimni 
yozgim   kelyapti.  Vaqtingiz  b o ‘lsa,  birpas  gaplashaylik. 
Bugun  xotinim ning  vafot  etgan  kuni...
U  gapini  davom  ettirolmay,  yuzini  teskari  o ‘girib  oldi. 
G ‘z  holiga  q o ‘yib  berdim.  U  papirosni  oxirigacha  chekib,
201


oyog‘ining  ostiga  tashladi-da,  shippagining  uchi  bilan 
ezg‘ilab  o ‘chirdi.
Men  uning  holatidan  nim adir  ichini  kuydirayotganini, 
birovga  aytm asa  tanasi  kuyib  ketadigan  darajada  ekanini 
bilib  turardim.
-   M enga  qarang,  Bekmurodov,  unaqa  qilmang!  Nima- 
dandir  qiynalyapsiz,  ayting  menga.  Yengil  tortasiz.  Birovga 
aytmaslikka  so‘z  beraman.  Ishoning  menga.
U  ancha  vaqtgacha  yerga  qarab  o ‘tirdi.  Uning  k o ‘ziga 
qaram aslik  uchun  sharshara  quyilayotgan  tepaga  qaradim. 
U  shunchalik  balanddan  quyilardiki,  suv  to ‘zonlari  orasida 
ko‘rinmasdi.  Xuddi  bizning  tepamizdagi  oppoq  cho‘qqi  bir 
parcha  uvada  bulutga  sanchilib  turardi.
-   X otinim ni  nihoyatda  yaxshi  ko‘rardim .  Bilmadim, 
boshqa  erkaklar  ham  xotinini  shunchalik  yaxshi  k o ‘rolar- 
mikin.  U rushdan  oldin  ikkovim iz  o ‘ninchini  birga  bi- 
tirgandik.  To‘y  qilm oqchi  b o ‘lib  tayyorgarlikni  ham  k o ‘rib 
q o ‘ygandik.  To‘yni  o ‘zim   qoldirganm an.  Bunga  ham 
Zarofatni  yaxshi  k o ‘rganim   sabab  b o ‘lgan.  Endi  o ‘ylab 
qarasam ,  o ‘shanda  chakki  qilgan  ekanm an.  K allam ga 
o ‘shanda  nim a  o ‘y  kepti  deng,  urushda  o ‘lib-netib  ket- 
sam ,  Zarofat  beva  qoladim i,  depm an.  To‘yni  qoldirib, 
urushga  ketdim.  Q ‘q  tegm agan  joyim   qolm adi.  Q ‘q  oladi- 
yu,  o ii m   olm aydi.  Tirik  qaytib  keldim .  Rahm at,  kutib 
o ‘tirgan  ekan.  To‘y  qildik.  A rm iyada  tank  m ingan  edim, 
kelganim dan  keyin  shofyorlik  qildim .  Shofyorlik  nozik 
ish,  o ‘zingiz  bilasiz.  To‘yim izdan  yetti  oy  o ‘tgandan  keyin 
ikki  yilga  kesilib  ketdim.  Zarofatning  tu g ‘ilgan  kuni  edi 
o ‘shanda.  Ertalab  m ashinada  uni  uncha-m uncha  xarajat 
uchun  bozorga  oborib  q o ‘ygan  edim.  Y or-birodarlarni  ham 
kechqurunga  xabarlab  q o ‘ygandim .  N im a  b o ‘ldi-yu,  o ‘sha 
kuni  ish  k o ‘payib,  sovxozga  yuk  ortib  ketib,  kech  qoldim. 
Q orong‘i  tushib  qolganda  sovxozdan  qaytdim .  M ashinani 
yeldirib  kelyapm an.  Bir  mahal  qarasam ,  k o ‘cha  o ‘rtasida
202


bir  m ast  gandiraklab  kelyapti.  Shoshib  m ini  chetga  burdim. 
Terakka  kim dir  ot  boylab  q o ‘ygan  ekan.  Qoq  belidan 
uribm an.  M ashina  o ‘tib,  m oychining  budkasiga  tiraldi. 
Faner  budka  parcha-parcha  b o ‘lib  ketdi.  Tushib  qarasam , 
otning  qornini  yorib  yuborgan  ekanm an.  U yga  borolm adim , 
m ilitsiya  olib  ketdi.  Yosh  kelin  yasatilgan  dasturxon  tepa- 
sida  chirqillaganicha  qolib  ketaverdi.  Zarofat  advokat 
soldi.  CTshanda  oldim ga  kirgan  advokatga,  urinm ang, 
qonun  nim ani  buyursa,  shu  b o ‘laversin,  deganm an.  Xullas, 
ikki  yilni  tishim ni  tishim ga  q o ‘yib  tam om lab,  kelyapm an. 
N azarim da  Zarofat  hali  ham  dasturxon  ustida  meni  kutib 
turgandek.  Keldim.  X otinim   uyda  y o ‘q.  K o‘chib  ketibdi. 
Q idirib  daragini  topdim .  Boshqa  m ahalladan jo y   olgan  ekan. 
Eshikni  taqillatganim da  o ‘zi  chiqdi.  Betim ga  b ir  qaradi-yu, 
boshini  egganicha  indam ay  kirib  ketdi.  Avvaliga,  mendan 
qattiq  xafa  b o ‘lgan  ekan,  deb  orqasidan  xijolatlik  bilan 
qaradim.  U  birdan  o ‘kirib  yubordi.  Hayron  b o ‘ldim!  Bir 
m ahal  qulogNmga  g ‘alati  tovush  kirdi.  A langlab  qarasam , 
tut  shoxiga  osilgan  belanchakda  chaqaloq...
Bekmurodov  o ‘m idan  turib  ketdi.  Sharshara  to ‘zoni 
orasiga  kirib,  ko‘zlari  qizarib,  qaytib  chiqdi.  Bilib  turibman, 
yoshlarini  artish  uchun  atayin  shunday  qilgan.
—  0 ‘zimni 
yo‘qotib 
qo‘yibman, -  dedi 
u  ovozi 
tit- 
rab. -  K o‘rpacha  ustida  to‘lg‘onib  yotgan  xotinimning  sochi- 
dan  sudrab,  hovliga  tortib  tushibman.  Xotin  boTsa  qo‘limdan 
qochib,  belanchakdagi  bolani  oldi-yu,  burchakka  suqilib, 
dag‘-dag‘  titrayverdi.  Ko‘zimga  dunyo  qorong‘i  bo‘lib  ketdi. 
Boshim  aylanib,  ayvonning  labiga  o ‘tirib  qolibman.  Kallamni 
changallab  oTiraveribman,  o‘tiraveribman,  bir  mahal  qarasam, 
qorongN tushib qolibdi. Zarofatning qoNidagi  bola uxlabdiyam, 
uyg‘onibdiyam,  bilmabman.
Boshimni  ko‘tarib,  u  yoq-bu  yoqqa  qaradim-u,  sekin 
o ‘m im dan  turib,  eshikka  qarab  yura  boshladim.  Zarofat, 
to ‘xtang,  dedi.  To‘xtadim.
203


-   Meni  o ‘ldirib,  keyin  keting!  0 ‘z  qo‘lingiz  bilan 
oMdiring.  BoMmasa  hozir  ko‘zingizning  oldida  o ‘zimni 
pichoqlab  tashlayman.
H ushyor  tortib  ketdim.  Bu  nim asi,  q o ‘rqqan  oldin  musht 
k o ‘tarishmi?
Qaytib  kelib  yana  o ‘tirdim.  Zarofat  bolani  belanchakka 
yotqizib,  oshxonaga  kirib  ketdi.  N im anidir  jaz-buz  qilib 
pishirardi.  Bola  yig‘ladi  deguncha  yugurib  chiqadi-da,  yana 
oshxonaga  kirib  ketadi.  Bir  payt  laganda  qovurilgan  kar- 
toshka  olib  chiqib,  oldimga  q o ‘ydi.  TomogNmdan  ovqat 
o ‘tarmidi.
-   Uy  sizniki, -  dedi  Zarofat, -  hovlingizni  sotib,  shu  uyni 
olganman.  Q o‘shnilaringizdan  nom us  qilib,  ko‘chib  ketdim.
U  boshqa  hech  narsa  demay,  bolani  ko‘targancha  uyga 
kirib ketdi.  Bu bcnomus xotinga nim a deyishimni  bilmayman. 
Q orong‘i  tushdi.  Q o‘ni-qo‘shnilam ing  uyida  chiroqlar  yondi. 
Ichkari  uydan  bolaning  ijirg‘anib  yig‘lagan  ovozi  eshitildi. 
Seskanib  ketdim.  Derazadan  Zarofatning  boshi  k o ‘rindi.
-   Joy  qilib  beraymi,  yotasizmi?
Indamadim.  Saldan  keyin  deraza  tagiga  bordim.
-   Ayt,  yaram as,  nim a  qilib  q o ‘yding?  To‘g ‘risini  ayt- 
sang,  churq  etmayman.
Bola  uxlab  qolgan  shekilli,  Zarofat  oyoq  uchida  yurib, 
ayvonga  chiqdi.  Ustunga  suyangancha  b o ‘lgan  voqeani  yig‘- 
lab-yig‘lab  gapira  boshladi.  Q orong‘i  b o ‘lganidan  uning 
basharasi  qay  ahvoldaligini  bilmayman.  U  gapirishdan  ko‘ra 
k o ‘proq  yig ‘lardi.
-   Sizni  deb  ne  kunlarni  k o ‘rm adim .  Tezroq  chiqari- 
sharm ikin,  deb  borm agan  jo y im   qolm adi.  0 ‘zingiz  afv 
s o ‘rashdan  bosh  tortibsiz,  eplolm adim .  A dvokat  soldim . 
B o‘lmadi.  В iron  yili  o ‘tsin,  keyin  harakat  qiling,  deb 
m aslahat  berishdi.  Yil  o ‘tib,  bir  advokatni  yolladim .  Bor- 
y o ‘g ‘im ni  q o ‘liga  to ‘kib  soldim .  U  yoq-bu  yoqqa  boshlab 
olib  bordi.  A llakim lar  b o ‘shatishga  v a ’da  berishayotganini
204


aytdi.  O xiri  b ir  kuni  uyga  kelib,  pro kuror  chaqiryapti,  deb 
qoldi.  Shoshib  tayin  qilgan  jo y ig a  bordim .  P rokuror  uyiga 
ketib  qolgan  ekan.  U yiga  y o ‘l  oldik.  Bem ahal  b o ‘lib 
qolgandi,  pastqam   k o ‘chalardan  bir  uyga  bordik.  U  meni 
aldagan  ekan.  B oshqa  uyga  olib  borgan  ekan.  Q o ‘rqib 
ketdim .  D evdek  odam ga  qandoq  kuchim   yetadi.  H uvillab 
yotgan  kim sasiz  katta  hovlida  ovozim ni  kim   eshitadi...
Shundan  keyin  m ahallada  turishga  nomus  qildim.  Oy- 
kunim  yaqinlashib  qoldi.  K o‘chaga  chiqm ay  qo‘ydim.  Oxiri 
hovlini  sotib,  shu  yoqqa  ko‘chib  keldim.
Zarofat  jim   b o ‘lib  qoldi.  Dod,  deb  yuborayozdim, 
q o ila rim   beixtiyor  mushtga  aylandi.  0 ‘zim   dag‘-dag‘ 
titray man.  Qani  insof,  qani  odam garchilik,  qani  diyonat,  deb 
hovlini  boshim ga  ko‘tarib,  baqirgim  keladi.
Shu  payt  birdan  qizib  turgan  tanamga  kim dir  muz 
parchasini  bosgandek  sovib  qoldim.  Bilmadim,  bu  o ‘tni  uyda 
o ‘qtin-o‘qtin  ingalayotgan  chaqaloqning  m a’sum  tovushi 
o ‘chirdimi,  bilmayman,  bilmayman.
Zarofatni  bag‘rim ga  bosib  ovutgim   keldi.  Ammo  yigitlik 
g ‘ururi  zo ‘r  kelib,  shashtimni  qaytardi.
Bekm urodov  titrab-qaqshab  papiros  so‘radi.  U  gugurt 
chaqayotganida  qo‘llari  tinimsiz  titrardi.  U  bir  oz  xomush 
o ‘tirgandan  keyin  x o ‘rsinib,  gapini  davom   ettirdi.
-   Ketmadim,  uyda  qoldim.  Yigitlikning  bem a’ni  g ‘u- 
ruriga  uchib,  ketib  qolsam  nim a  b o ‘lardi?  Eslasam,  q o ‘r- 
qib  ketaman.  Zarofatda  nim a  gunoh?  Birga  yashab  ketdik. 
To  umrining  oxirigacha  Zarofatning  chehrasida  kulgi  k o ‘r- 
madim.  Hamisha  xijolatlikda  yashadi.  Rangi  siniqib,  ozib, 
cho‘p  b o ‘lib  ketdi.  Yalindim,  yolvordim,  bo‘lib  o ‘tgan  ishlar- 
ni  bir  um r  unutib  yuborganim ni  aytdim,  b o ‘lmadi.  0 ‘zini 
siqaverdi.  D oktorga  qaratsam,  sil  b o ‘lib  qolgan  ekan.  Uch 
marta  kurortga  olib  bordim,  boMmadi.  Umri  qisqa  ekan, 
qazo  qildi.  O Tyapti  hamki,  ko‘zlarim ga  javdirab  qaraydi. 
Bilib  turibman,  afv  etishimni  so‘rayapti.
205


Bekmurodov  ho‘ngrab  y ig ‘lab  yubordi.  Uning ajin bosgan 
oriq  yuzlaridan  qaynoq  ko‘z  yoshlari  dumalardi.
-   Uch  yarim  yoshga  kirib  qolgan  qizchani  q o ‘limga 
oldim-u,  Zarofatning  ko‘zi  oldida  bag‘rim ga  bosib  o ‘pdim. 
Shunday  qilishimni  kutib, 
ilhaq  b o ‘lib  yotgan  ekan, 
so‘nayotgan  ko‘zlarida  yilt  etib  bir  nim a  k o ‘ringandek  b o ‘l- 
di-yu,  yumildi.
U  tizzasiga  tushgan  sap-sariq  bargni  olib,  suvga  tashladi. 
Barg  girdobda  aylanib-aylanib,  o ‘pqonga  sho‘ng‘ib  ketdi.
-   0 ‘n  besh  yil  b o ‘ldi  Zarofatni  tuproqqa  berganimga.
Oftob  qoyadan  hatlab  o ‘tib,  sharsharada  kam alak  pay do
qildi.  0 ‘m im izdan  turdik.  C ho‘qqiga  chiqqunim izgacha  na 
undan,  na  mendan  sado  chiqdi.
-   Ertaga  ketaman, -  dedi  u  toliqqan  tizzalarini  ish- 
qab, -  kechirasiz-da,  qayoqdagi  gaplam i  aytib,  dilingizni  xira 
qilib  qo‘ydim.
-   0 ‘sha  advokatni  uchratmadingizmi? -  bu  gap  beixtiyor 
og‘zimdan  chiqib  ketdi.
Odam  bolasining  m iyasiga  bir  gap  keldimi,  so ‘rab  bil- 
maguncha  k o ‘ngli  o ‘m iga  tushmaydi.  Bilmadim,  shu  gapni 
so‘rab  to ‘g ‘ri  qildimm i  yo  uning  qalbini  kemirib  yotgan 
ilonni  uyg‘otib  yubordim mi,  bilmayman.
So‘rog ‘imga  Bekmurodov  darrov javob  bermadi.  Achchiq 
narsa  yegandek,  basharasi  bujm ayib  ketdi.  N azarim da, javob 
berishga  qiynalayotgandek...
-   Yo‘q, -  dedi  u  zarda  aralash.
M a’lum  b o ‘ldiki,  u  qotilni  qidirm agan,  sevgan  kishisidan 
jud o  qilgan,  umriga  o g ‘u  tashlagan  yaram asni  jazolashdan 
bosh  tortgan.
Bilaman,  u  nechun  qotilni  qidirmagan.  Kim  biladi,  balki 
bola  otasiga  o ‘xshar?  Agar  uni  Bekmurodov  ko‘rsa,  tani- 
sa,  Zarofatdan  yodgor  qolgan  bola  unga  omonat  bo‘lib  qol- 
maydimi?  U  holda  Bekmurodov  bolaga  m a’naviy  otalik 
hissidan  mahrum  bo‘lib  qoladi.  Shuning  uchun  qidirmagan.
206


Ertasiga  Bekm urodov  jo ‘nab  ketdi.  U  ketdi-yu,  yura- 
gim ga  m ehrm i,  achinishm i,  bilib  boMmaydigan  g ‘alati  his 
tashlab  ketdi.
Atrofga  qor  purkagan  qish  b o ‘ronlari  tinganda,  tar- 
novlar  bo‘yniga  osilgan  qahrabo  sum alaklar  chak-chak 
tomib,  qishning  so ‘nggi  damlarini  sanab  tamom  qilganda, 
shamollam i  yirtib,  bulutlam i  tilka-pora  qilgan  olis  cho‘q- 
qilarga  tikilaman.  Qoyalardagi  ayoz  kunlaridan  yodgor 
qolgan  sadaf siniqlariga  boqam an-u,  beixtiyor  Bekmurodovni 
eslab  ketaman.
Nahotki 
shuncha 
mehr-u 
muhabbatni 
sig‘dirolgan 
ko‘krakda  qahr-u  g‘azab  uchun  joy   qolmagan  bo‘Isa?!  Axir 
uning  umriga  og‘u  tashlagan  yaramas  o‘z  qilmishlarini 
eslarmikin?  Qayerdadir  farzandi  borligini  bilarmikin?  Yo‘q, 
bilmas?  U  balki  yangi  qurbonlar  izlayotgandir?  Ana  shunisi 
alam  qiladi!  Bekmurodovga  o‘xshash  qalbida  yaxshilikdan 
o‘zga  niyati  bo‘lmagan  kishilar  esa  shunday  qotillaming 
umrini  uzaytiryapti.  Ana  shulami  o ‘ylaganimda  ovozimning 
boricha:
-   Hoy  odam lar,  yaxshilik  ham  evi  bilan,  yom onga 
yom on  b o ‘lishni 
ham 
unutm anglar!  -  deb  qichqirgim  
keladi.
Bugun  qizining  to ‘yiga  taklifnom a  tashlab  ketgan  kishi 
o ‘sha  Bekm urodovmikin?  Agar  o ‘sha  b o ‘lsa,  qandoq  yaxshi 
bo‘lardi-ya!
To‘yga  albatta  boraman.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish