To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

1999-yil,  yanvar
104


U C H I N C H I   M I N O R A
G ap -gashtaklarda,  to ‘y-u  tom oshalarda  Juman  bobo  ha- 
misha  bitta  gapni  takrorlaydi:
-   Meni 
shoshirmanglar, 
nevara-chevaralarimni 
nari- 
gi  ming  yillikka  o ‘tqazib  q o ‘yay,  ana  undan  keyin  hay- 
dam asanglar  ham  o ‘zim  ketaman.  Men  tengilar  ketib  b o ‘l- 
di.  Kunim  sen  m ishiqilarga  qolib  o ‘tiripti.  Senlar  nimani 
ko‘ribsanlar,  boshlaringdan  qandoq  savdolar  o ‘tiptiki,  men 
bilan  gaplashasanlar.  Bu  yil  kuzda,  Xudo  xohlasa,  to ‘qson 
oltidan  hatlab  o ‘taman.  Hisobchi  bo‘lsang,  bir  cho‘tga  urib 
ko‘r.  H ar  o ‘ttiz  yilga  bir  yildan  qo‘sh,  ona  qom idaligim ga 
ham  bitta  tosh  tashla.  Qancha  b o ‘pti?  Barakalla,  roppa-rosa 
yuz  b o ‘pti.
Davrada  o ‘tirgan  vetvrach  Kozimboy  yonidagi  kishiga, 
barm og‘ini  chakkasiga  tirab,  parmaga  o ‘xshatib  burab  ko‘r- 
satdi.  Juman  bobo  buni  payqab  qoldi.
Kozimboy  gapni  chalg‘itmoqchi  b o ‘ldi.
-   0 ‘n 
to ‘qqizinchi 
asm ing 
to ‘rt 
yilini 
ko‘ribsiz, 
yigirmanchi  asm ing  to ‘qson  ikki  yilini  k o ‘ryapsiz.  Bo,  yana 
yigirma  birinchi  asm i  ham  ko‘rmoqchimisiz?  Ibi,  insof qani?
-   K o‘raman, -  dedi  Juman  bobo.  -   Ammo  sen  ko‘r- 
maysan.  Birovning  haqidan  qo‘rqmaysan.  M ollar  orasida 
yurib,  odam   bolasining  ichidagini  bilmaysan.  Shu  ichishing, 
shu  chekishing  b o ‘lsa  yoshimning  ikkidan  biriga  ham 
yetolmaysan.  M ard  b o ‘lsang,  tur  o ‘rningdan.  Minorai  Kalon- 
ga  dam  olmay  chiqishga  bahs  boylashamiz.
105


-   Buxoroga  borib  nim a  qilasizlar,  ana,  Vobkentning 
mino-rasi  k o ‘rinib  turipti.  Shunga  chiqa  qolinglar, -  deyishdi 
davradagilar  kulishib.
Juman  bobo  shart  o ‘m idan  turdi.  Uni  kalaka  qilmoqchi 
b o ‘lgan  Kozimboy  turmadi.  Hazillashdim,  hazil  qildim,  deb 
q o ‘lini  ko‘ksiga  qo‘yib,  uzr  so‘ragan  b o ‘ldi.
Choi  qaytib  o ‘tirmadi.  Eshik  tomon  yurarkan,  orqasiga 
o ‘girildi.  Voenkom  bilan  qo‘lga  tushib  qolgan  kelin  ayangga 
hazil  qil,  ahmoq,  dedi-yu,  chiqib  ketdi.
Uning  dili  o g ‘rigan  edi.  Shunday  paytlarda  dilini  yora- 
digan  bittagina  Mutavakkil  degan  jo ‘rasi  b o ‘lar  edi.  U  ham 
ketdi.  Endi  qayoqqa  boradi.  Kimga  dardini  to ‘kib  soladi.
U  jim jit  k o ‘chadan  borarkan,  qadami  sekinlashdi.  Ilgari 
bunaqa  imillab  yurmasdi.  D o‘stining  o ‘limidan  keyin  cho‘kib 
qoldi.  Yurganda  astarsiz  choponining  etagi  ikki  yonida 
qanotga  o ‘xshab  piф irardi.  Soqoli  to ‘zg ‘ib,  goh  o ‘ng,  goh 
chap  yelkasini  siypalardi.
Jum an  bobo  bitta-bitta  qadam   tashlab  borarkan,  k o ‘p 
narsalam i  o ‘yladi.  U  yashagan  um ridan  xijolatlik  emasdi. 
Ammo  bugungi  gap  yurak-bag‘rini  o ‘rtab  yubordi.  O dam ­
larga  malol  kelm asidan  bu  dunyodan  tezroq  ketish  kerakka 
o ‘xshaydi,  degan  gap  xayolidan  o ‘tdi.  Q andoq  qilsin, 
dunyoga  qachon  kelishing,  qachon  ketishing  ixtiyoringda 
em as  ekan.
Juman  boboni  Buxoroning  uchinchi  minorasi  deb  ata- 
shardi.  Birinchisi  m ing  yil  um r  k o ‘rgan  M inorai  Kalon, 
ikkinchisi,  undan  salgina  yosh  Vobkent  minorasi,  uchinchisi 
shofirkonlik  shu  Juman  bobo  edi.
U  ostona  hatlab  hovliga  kirishi  bilan  ilgarigidek  baland 
ovoz  bilan  emas,  shikasta  bir  tovushda,  Istamboy,  deb  xoti- 
nini  chaqirdi.
Q o iid a   elak  bilan  M o‘mina  momo  chiqdi.  U  yelkasiga 
tushib  qolgan  ro ‘molini  shoshib  boshiga  tashladi.
-   Joy  qilib  ber,  yotaman, -  dedi  Juman  bobo.
106


-   Zavol  paytiga-ya,  bo  sizga  nim a  b o ‘ldi,  Istamboy, 
tobingiz  qochdimi?
Er-xotin  bir-birlarini  to bn g ‘ich  o ‘g ‘illarining  nomi  bilan 
chaqirishardi.  Istamboy  o ‘n  to ‘rt  yoshida  olamdan  o ‘tgan. 
Ammo  nomi  ota-ona  xotirasida  bir  um r  qolib  ketgandi.
M o‘mina  momo  elakni  qoziqqa  ilib  uyga  kirdi.  Eriga, 
ovqat  yeysizm i,  dedi.  Choi javob  qilmagandan  keyin,  chiroq- 
ni  o ‘chirib,  chiqib  ketdi.
Juman  boboni  xayol  hali  u yoqqa,  hali  bu  yoqqa boshlardi. 
A lla-pallagacha  to ‘lg‘onib, 
uxlolmadi. 
Narigi 
ayvonda 
multfilm  ko‘rayotgan  nevaralarining  ovozlariga  quloq  ham 
solib  yotdi.
M o‘m ina  momo  derazadan  qaradi.
-   Istamboy,  turm aysizmi,  shorn  b o ‘ldi.  Obdastaga  ob 
tahorat  quyib  q o ‘ydim.
Choi  o ‘midan  turib,  tashqariga  chiqib  keldi.  Joynamoz 
poyiga  cho‘kkaladi.  Uzoq  namoz  o ‘qidi.  0 ‘qib  bo‘lib  ham 
o‘m idan turmadi.  Xotini  M o‘minaga, yetti  o‘g ‘liga, qudalariga, 
nevaralariga Xudodan  umr tiladi.  0 ‘midan  turib,  hovli  aylandi. 
0 ‘g ‘illariga  atab  qurilgan  peshayvonli  uylar  oldida  bir-bir 
to ‘xtadi.  Nevaralarining  shovqiniga  quloq  tutdi.  Chehrasi 
yorishgandek  bo‘ldi.  Q o‘yxonaga  kirib  chiroqni  yoqdi.  Besh 
kun  oldin  tug‘ilgan  ikki  qo‘zichoqni  k o ‘tarib  erkalatdi.  Sovliq 
bezovtalanib  pishqirdi.  Choi  uni  ham  siladi.  Ularga  suv  berdi, 
xashak  tashladi.  Uyga  kirib  yechinib  yotdi.  Zum  o ‘tmay,  ko‘zi 
uyquga  ketdi.
Tushiga  otasi  kiripti.  Ariq  bo‘yida  turib  uni  imlab  cha- 
qirarmish.  Orqasida  turgan  onasi,  kelma,  kelma  deb,  ishora 
qilarmish.  Tush  aylanib,  boya  otasi  turgan  joyda  Mutavakkil 
paydo  bo‘pti.  U  ham  imlab  chaqirarmish.  Ana  undan  keyin 
Istamboy  paydo  bo‘pti.  Ota,  sizni  sog‘indim,  qachon  kelasiz, 
deb  so‘rarmish.  Juman  bobo,  yaqinda  boraman,  demoqchi 
bo‘lib  og‘iz juftlarmish,  ammo  ovozi  chiqmasmish.
Bir  nim a  daranglab,  uni  uyg‘otib  yubordi.  Ochiq  qolgan 
derazadan  kirgan  m ushuk  patnisni  tushirib  yuborgan  ekan.
107


Tong  yorishib  kelardi.  So‘fining  bomdod  nam oziga  cha- 
qirib,  Allohu  akbar,  Allohu  akbar,  degan  tovushi  eshitildi.
Juman  bobo  k o ‘ngli  xiralik  bilan  tahorat  olib,  masjidga 
chiqib  ketdi.  Hech  kim  bilan  gaplashmadi.  Namozni  o ‘qib, 
orqasiga  qaytdi.  «Nima  bo‘ldi,  otam  chaqiryapti,  Mutavakkil 
ham,  Istamboy  ham  chaqiryapti.  0 ‘lganlar  kuni  bitgan 
kishini  chaqiradi.  Nima,  kunim  bitdimikin?»
Nonushtada  er-xotin  bir-biriga gapirmay, jim gina  shirchoy 
ichishardi.
Juman  bobo  bo‘shagan  kosalam i  olib  ketayotgan  M o‘mi- 
nani  o ‘tir,  Istamboy,  gapim  bor,  deb  qayta  o ‘tqazdi.
-   M enga  qara,  xotin,  bu  dunyoda  ishim  bitganga  o ‘x- 
shaydi.  Tadorigingni  ko‘rib  qo‘ysang  boTarmidi.  Nimang 
bor,  nim ang  y o ‘q,  qarab  qo‘y.
M o ‘mina 
momo 
eridan  biron 
marta  bunaqa  gap 
eshitmagandi.  Choi  oMimidan  og‘iz  ochmasdi.  Nima  bo‘ldi?
-   Esingizni  yeb  q o ‘yibsiz,  Istamboy,  nafasingizni  issiq 
qiling,  yaxshi  gapga  ham,  yom on  gapga  ham  farishtalar 
omin,  deydi.
Choi  salmoqlab  gap  boshladi:
-   E  xotin,  o ‘lmaydigan  kim  bor?  Xudoning  inoyati  bilan 
shuncha  yil  yashadim.  Gapimni  b o ‘lma!  Yaxshi-yomon 
gapirgan  boTsam ,  k o ‘nglingdan  chiqarib  yubor.  To‘qqiz 
bola  tu g‘ib  berding,  m ing  rahmat.  Bir  marta  chertmadim. 
O g ‘zimdan  nojo‘ya  gap  chiqmadi.  Nimayiki  orzu  qilgan 
boTsam,  ham masiga  yetdim.  Birovning  dilini  o g ‘ritmadim, 
birovning  m ahram iga  ko‘z  tashlamadim.  Xudoning  dar- 
gohiga  pok  imon  bilan  boraman.
K am pir  o ‘ylanib  qoldi.  N im adir  demoqchi  b o ‘lib,  bir-ikki 
marta  og‘iz juftladi.  Aytolmadi.  Choi  buni  sezib  turardi.
-   Qandoq  gap  aytmoqchisan?  Tortinma,  ayt.  Gunoh 
qilgan  boTsam,  tavba  qilay...
M o‘mina  mom o  eriga  uzoq  qarab  turdi.  Keyin ju r ’atsizlik 
bilan  gap  boshladi:
-   Ayt,  dedingiz,  aytay.  Gunohingiz  bor,  Istamboy.  Xudo 
kechirmaydigan  gunohingiz  bor.
108


Choi  qoshlarini  kerib,  unga  qaradi.  Manglay  ajinlari 
qavat-qavat  boMib  ketdi.  «Nahot  Xudo  kechirmaydigan 
gunoh  qilgan  b o ‘lsam.  Bu  kam pir  nim alar  deb  aljiyapti». 
Shu  o ‘tirishida  xayoli  dunyoni  ikki  aylanib  chiqdi.  Yashab 
o ‘tqazgan  to ‘qson  olti  yilni  bir-bir  elakdan  o ‘tkazdi.  Olti 
yoshidan  suruv  ketidan  chang  yutib,  cho‘llami  kezdi. 
Q irchillagan  qish  chillasida,  oftob  olov  purkagan  saratonda 
qo‘ylar  bilan  birga  yotib,  birga  turdi.  Otarida  tug‘iladigan 
qo‘zilar  orasida  aqlni  lol  qoldiradigan  «Antiqa»,  «Sur», 
«Sheroz»  terilarini  boshqa  cho‘ponlarga  o ‘xshab  berkitmadi. 
Sovxozga  topshirdi.
Kampir  umrida  birinchi  marta  erining  ko‘ziga  tik  qaradi:
-   Siz  to ‘qqiz  bacha  ko‘rib...  xudodan  tilab-tilab  olgan 
bitta-yu  bitta  qizingiz  bilan  yuz  k o ‘rmas  boMdingiz.  Bu 
gunoh  em asm i?  Hasan-Husan  nevaralaringiz  bu  yil  sakkizga 
kiradi.  Biron  marta  borib  ko‘rdingizmi?  Bacha  bechoralar 
Shofirkonda  geroy  bobomiz  bor,  deb  maqtanib  yurisharmish.
M o‘mina  mom o  to ‘qqiz  yildirki,  erini  insofga  keltirol- 
masdi.  Hozir ju da  mavridi  kelib  qolgandi.  Ichidagi  dardlarini 
to ‘kib  soldi:
-   Qizingiz  g ‘ar  b o ‘lmapti,  o ‘g ‘ri  b o ‘lmapti,  Hamroboy- 
ning qiziga o ‘xshab o ‘qishdan  qornini  d o ‘ppaytirib kelmapti...
Juman  bobo  ikki  tizzasiga  shapillatib  urib,  o ‘m idan  turib 
ketdi.
Bundan  to‘qqiz  yil  muqaddam  Juman  bobo  to‘shakka 
yotib  qolgan  tengdosh  do‘sti  usta  Mutavakkilni  ko‘rgani  bordi. 
Uning  ikki  oyog‘i  shol  bo‘lib,  ko‘chaga  chiqolmay  qolgandi. 
Kiyevda  o ‘qiydigan  o ‘g‘li  pochtadan  aravacha  yuboripti.  U 
borganda  aravada  yurishni  mashq  qilayotgan  ekan.  Juman 
bobo  aravachada  itarib  guzarga  olib  chiqdi.  Ikkovi  bir  choyni 
ermak qilib, о‘tgan-ketganlardan gaplashib o‘tirishdi. Tengdosh 
bo‘yinsa  do‘stlarini  eslashdi.  Birin-ketin  hammasi  ketib 
bo  Idi.  Bu  odam  to ‘ymas  dunyoda  tengqurlardan  ikkovigina 
sho‘ppayib  qolishipti.
-   Jum anboy  j o ‘ram, -  dedi 
M utavakkil. -  Sen  bilan, 
adashm asam ,  sakson  yetti  yildan  beri  jo ‘rachilik  qilaman.
109


O ram izga  biron 
m arta  b o ‘lsin 
sovuqchilik 
tushmadi. 
G inaxonlik  qiladigan  biron  gap  aytishm adik. 
Biz-ku, 
ketam iz,  ammo  orqam izda  qoladigan  bachalarim iz  bir- 
biridan  uzoqlashib  ketishm asm ikin?  Shundoq  b o ‘lmasin 
desang,  kel,  qudachilik  qilaylik.  Qizing  Istatoyni  kelin  qilay. 
0 ‘g ii m   Luqm onboy  bu  yil  o ‘qishni  tugatib  keladi.  To‘y 
qilaylik.
M utavakkilning  o ‘g ‘li  es-hushli  yigit b o ‘lgandi.  Kuyoving 
bormi  desang,  bor  degulik.
-   E  d o ‘stim,  o ‘nta  qizim  b o ‘lsa,  o ‘ntasini  ham  q o ‘lingga 
topshiraman.  Istatoy  ta ’tilga  kelsin,  qo‘l-oyog‘ini  bog‘lab, 
ostonangga  tashlab  kelganim  bo‘lsin.
Ikki  quda  obdon  ezilib  gaplashishdi.  To‘y  rejasini  ham 
tuzib  qo‘yishdi.  Kechga  tom on  Juman  bobo  arava  tortib 
M utavakkilni  uyiga  eltib  qo‘ydi.
M utavakkil  shu  k o ‘chaga  chiqqancha  qaytib  chiqmadi. 
Yotib  qoldi.  D o‘xtirlar  Buxoro  shifoxonasiga  olib  ketishdi. 
Ikki  oyog‘i  qorason  b o ‘lgan  ekan,  kesmasa,  aynigan  qon 
tananing  boshqa  tomon lari ga  ham  o ‘tib  ketishi  mumkin 
ekan,  kesishdi.  To‘rt  kundan  keyin  oldiga  odam  qo‘yishdi. 
Juman  bobo  borganda  u  ko‘kka  qarab  qim irlamay  yotardi. 
K o‘zini  arang  ochib  unga  qaradi.  Nim adir  dem oqchi  b o ‘ldi, 
aytolmadi.  Labi  sal-pal  qim irlagandek  bo‘ldi.
Oradan  bir  hafta  o ‘tib,  uni  tuproqqa  q o ‘yishdi.
M utavakkil  u  bilan  birga  uzoq  y o ‘l  bosgan  j o ‘ralarining 
eng  so‘nggisi  edi.  Endi  bu  yorug‘  jahonda  Juman  boboning 
bir  o ‘zi  sho‘ppayib  qolgandek  b o ‘ldi.
Bu  orada  qizi  Istatoy  d o ‘xtirlik  o ‘qishini  tugatib,  qaytib 
kelmadi.  Birga  o ‘qigan  toshkentlik  yigit  bilan  don  olishib 
qopti.  Ota-onalarini,  aka-uka,  yangalarini  to ‘yga  aytib  tele- 
gramma yuboripti.  Juman bobo  hech kimni  to ‘yga yubormadi. 
Bunday  qizim  y o ‘q.  Uni  tanimayman,  dedi.  M o‘mina  momo 
yig ‘ladi,  yalinib  yolvordi,  b o im ad i.
Choi  esa  erta  sahardan  chiqib  ketgancha  Jilvon  cho‘llarida 
tentirab  kunini  kech  qilardi.  B a’zan  Vardonze  q al’asiga  borib,
n o


vayronalar  ustida  kun  botishga  qarab  o ‘tirardi.  Qizarib- 
bo‘zarib  botayotgan  quyosh  uning  dardlarini  ham  olovli 
barkashiga  solib  botayotgandek  b o ‘lardi.
Buxoroi  sharifga  tengdosh  bu  q al’ani  Vardon  xudotlar 
davlati  tiklagan  edi.  Bunda  kim lar  boMmadi,  nimalar 
bo‘lmadi?  U  Qutaybani  ham,  elakchi  Torobiyni  ham,  jom a- 
kor  safidlar  yetakchisi  M uqannani  ham,  m o‘r-malaxdek 
yopirilgan  Chingizxon  lashkarlarini  ham,  to ‘p,  zam baraklar 
sudrab  kelgan  shafqatsiz  Frunzeni  ham va nihoyat qishloqma- 
qishloq  yurib,  odam  otgan  Kuybishevni  ham  k o ‘rgan.
Choi  har  gal  Vardonzega  kelganda  shashtidan  tushar,  bu 
qala  oldida  inson  umri  bir  oniy  ekaniga  iqror  b o ‘lar;  tani 
sovib,  fikri  tiniqlashib  uyiga  qaytardi.
M utavakkilning  tashlab  ketganiga,  Istatoyning  Toshkentda 
qolib  ketganiga  ham  to ‘qqiz  yil  bo‘ldi.  Dunyoning  to ‘xtatib 
bo‘lmas  tashvishlari-yu,  yangidan  yangi jum boqlari  eskisining 
ustiga  kul  tortadi.  Asta-sekin  xiralashib,  xotira  deb  atalmish 
go‘shaning  bir  puchm og‘ida  ko‘milib  ketadi.  Ammo  Juman 
bobo  Mutavakkilni  unutolmasdi.  Har  jum a  namozdan  keyin 
qabristonga borib, go‘ri  tepasida Q u r’on tilovat qilar, va’dasida 
turolmagan  do‘stingni  kechir  deb  pichirlardi.
Bugun  negadir  hammayoq jim jit.  Har  kuni  ertalab  otasiga 
salom  berib  ishga  ketadigan  o ‘g ‘illari  kun  peshindan  og‘diki, 
ko‘rinishmaydi.  Kelinlar  burchak-burchakda  pichirlashadi. 
M o‘m ina  bugun  sigim i  ham  sog‘mayapti.  M a’rab,  hovlini 
boshiga  ko‘taraman  deydi.  Tovuqlar  donsiz  qolgan.  Nima 
boTdi?  Tinchlikmi?
K o‘cha  yo‘lagidan  hassaga  tayanib,  uchta  oqsoqol  kirdi. 
M o‘mina  ulam i  ichkariga  boshladi.  Juman  bobo  poygakda 
tiz  cho‘kib,  ulam ing  og‘ziga  tikildi.  Chollar  gapni  nimadan 
boshlashlarini  bilmay,  sen  ayt,  sen  ayt,  degandek  bir-bir- 
lariga  qarashardi.  U lar  avval  ob-havodan,  keyin  bu  yil 
kuzning  yaxshi  kelganidan,  hukumat  SJKni  taqiqlab,  zap  ish 
qilganidan  gapirishdi.
Juman  boboning  toqati  toq  bo‘ldi.
m


-   Chaynalmasdan  gapiraveringlar,  nim a  b o ‘ldi? -  dedi 
tashvishli  bir  ohangda.
Chollardan  biri  unga  em as,  j o ‘m ragidan  hovur  chiqa- 
yotgan  choynakka  qarab,  gap  boshladi:
-   Sizga  xudo  sabr-toqat  bersin.  Qandoq  qilamiz.  Dunyo­
ning  ishlari  shu  ekan.  Bir  kelm oqning  bir  ketm og‘i  ham  bor, 
deydilar.  Istatoy  omonatini  topshiripti.
Juman  boboning  boshi  egildi,  beli  bukilib-bukilib,  oxiri 
soqollari  tizzasini  qordek  bosdi.
Butun  olam  birdan  sukutda  qolgandek,  jim jit.  Shunday 
jim lik  cho‘kdiki,  bandidan  uzilgan  bargning  yerga  q o ‘ngani 
ham  eshitildi.  Juman  boboning  badanidagi  har  bir  m o‘y  o g ‘ir 
tosh  bo‘lib  pastga  tortardi...
Bundan  bir  yil  oldin  Istatoy  bilan  Rahmonjonni  harbiy 
komissariat  chaqirib,  do‘xtirlar  yetishmayapti,  deb  ularni 
A fg‘onistonga  j o ‘natgan  edi.  Bu  gapdan  faqat  Juman  bobo­
ning  to ‘n g ‘ich  o ‘g ‘ligina  xabardor  edi.
Buni  na  onasiga,  na  otasiga  aytgan.  U  oyda  bir  marta 
Toshkentga  borib,  jiyanlaridan  xabar  olib  turardi.
Bugun  ertalab  Toshkentga  ikkita  tunuka  tobut  keldi.  Birida 
Istatoyning,  yana birida  Rahmonjonning jasadi  bor edi.  Juman 
boboning  ikki  o ‘g ‘li  shitob  bilan  Toshkentga  jo ‘nab  ketishdi. 
Q udalar maslahat  bilan  ikkoviga  yonma-yon  go‘r qazitmoqchi 
bo‘lib  turishgan  ekan.  Istatoyning  akalari  bunga  ko‘nishmadi. 
Singlimizni  tug‘ilgan  yurtiga  dafn  qilamiz,  dedilar.  Maslahat 
bilan  Rahmonjon  Toshkentda,  Istatoy  Shofirkonda  dafn 
qilinadigan  bo‘ldi.  Bugun  peshin  namozida  Rahmonjonga 
janoza  o ‘qildi.  Duoi  fotihadan  keyin  Istatoyning  tobuti 
solingan  avtobus  Buxoro  tomonga  y o ‘l  oldi...
...  Chollar  yuzlariga  fotiha  tortib,  o ‘rinlaridan  turishdi. 
Juman  bobo  harchand  urinsa  ham  o ‘m idan  turolmadi.  Ikki 
kishi  q o ‘ltig‘idan  olib  turg‘azib  qo‘ydi.
K o‘p  yashagan,  ko‘pni  k o ‘rgan,  baxt-u  baxtsizliklarni, 
to ‘y-u  azalam i  ko‘rgan  Juman  bobo  shu  topda  o ‘zini 
eplolmay,  muvozanatini  yo‘qotgan  edi.
112


Hovli  odamga  to ‘lib  ketgan.  Q uda-qudag1 aylar,  qarindosh- 
urug iar,  hamqishloqlar  ko‘cha  eshigi  oldida  jim gina  yer 
chizib  o‘tirishardi.  Ichkaridan  xotin-xalajning  aytib  yig‘lashi 
eshitildi.  Oqsoqollardan biri hovliga kirib,  hoy,  murda eshikdan 
chiqmay,  tuproqqa  qo‘yilmay  yig‘lab  boMmaydi,  deb  ulami 
tinchitib  chiqdi.  Baribir  M o‘mina  belini  boylab,  hovlining  u 
boshidan  bu  boshiga  yurib  yigMardi.
Avtobus  kechasi  o ‘n  birlarda  keldi.
Allaqaydan  paydo  b o ‘lgan  voenkom  tobutni  ochishga 
ruxsat  bermadi.
-   Tobuti  bilan  k o ‘miladi.  Kim  ochsa  javobgarlikka 
tortiladi.
Ruxsat  b o ‘lganda  ham  ochib  bo‘lmasdi.  Ruxlangan  qalin 
tunukani  faqat  elektr  payvand  apparatida  kesish  mumkin  edi.
-   Voy,  uzoqlarda  o ‘qqa  uchgan  bolam.  Temir  kafan  kiy- 
gan  bolam.
M o‘m inaning  bu  faryodi  odam lam ing  yurak-bag‘rini 
o ‘rtab  yubordi.  Hamm a  baravar  uv  tortdi.
Istatoyning  H asan-Husan  o ‘g ‘illari  hech  qachon  kelmagan 
hovlida,  hech  qachon  ko‘rmagan  odam lar  orasida  hayron 
qarab  turardilar.  Ular  g o ‘dak  edi.  Bir  kunda  ham  otasidan, 
ham  onasidan  ajralishganini,  endi  yetim  b o ‘lib  qolganlarini 
idrok  qila  olmasdilar.  U lam ing  bolalik  ongida  ertami,  kechmi 
bir  kun  qaytib  keladigandek  edi.  Endi  bir um r ota bilan  onani 
q o ‘msab  yashashlarini,  shodlik  va  alamli  dam larda  eng  yaqin 
ham dard  kishilari  boMmasligini  hali  bilmasdilar.
Tobutni  ichkari  uyga  olishdi.  M o‘mina  tobutni  quchoqlab 
faryod  urardi.
-   Bolaginam,  to ‘qqiz  yil  diydoringdan  benasib  bo‘l- 
ganim  yetmasmidi.  Chiq,  chiq,  bu  tem ir  kafandan.  Jamalak 
sochlaringni  bir  silay,  jonsiz  tanangni  b ag ‘rim ga  bosay.
Kelinlar  uni  suyab,  tashqariga  olib  chiqishdi.  U  ostonada 
bel  bogTab  turgan  norasta  ikki  nevarasini  b ag ‘riga  bosib, 
faryod  urdi.
8 -  S. A hm ad
113


Juman  bobo  ayvon  dahanida  ko‘ksini  hassaga  berib 
qim irlamay  o ‘tirardi.  Uning  o ‘g ‘illari  tobutni  buzib  ochamiz, 
deb  bolta  ko‘tarib  kelishdi.  Voenkom  bilan  ikki  soldat 
yo‘llarini  to ‘sib,  boltani  olib  q o ‘ydi.  Bu  oqshom  xonadonda 
hech  kim  uxlamadi.  Juman  bobo  ikki  yetim   nevarasini 
to ‘niga  o ‘rab,  k o ‘zlarini  yum gancha  qim irlam ay  o ‘tirardi, 
hadeb  o ‘zini  o ‘zi  qarg‘ardi.
Y ig‘i-sig‘i,  dod-faryod  bilan  Shofirkon  tongi  yorishdi. 
O ftobning  olovli  k o ‘li  Vobkent  minorasi  peshtoqini  sham 
qilib  yoqdi.
K o‘cha  eshigi  oldiga  q o ‘yilgan  kursilarda  keksalar 
o ‘tirishardi.  Yosh-yalang  q o ‘l  qovushtirib  tik  turipti.  Kimdir 
yuvilmagan,  kafanlanmagan  m urdaga  janoza  lozimmi,  deb 
so‘rab  qoldi.  M asjid  mutavallisi javob  qildi:
-   M uhorabada 
qurbon 
b o ‘lganlar 
shahid 
ketadilar. 
U lam ing  jasadlari  havo  bilan,  oftob  bilan  yuviladi.  Buni 
tayammum  deydilar.  Istatoy  to ‘ppa-to‘g ‘ri  bihishtga  tushadi. 
H ur-g‘ilmonlarga  qo‘shilib  ketadi.
Q abristondan  qaytayotganlar  orasida  Jum an  bobo  k o ‘- 
rinm asdi.  H ar  kim ning  o ‘z  gunohi  o ‘zi  bilan.  Balki  Juman 
bobo  qizini  kechirganda,  kel,  deb  eshigini  ochganda  bunday 
b o ‘lm asm idi.  Endi  M o‘m inaning  betiga  qanday  qaraydi. 
A xir  u  nim aga bunday  b o ‘lganini  biladi-ku!  U ndan  qayoqqa 
qochib  qutuladi?
U  qaVa  tomon  og‘ir  yuk  orqalagandek  bukchayib  borardi. 
Necha yuz  yillar oldin  qulab  ketgan  ming  yillik  daraxtlam ing 
toshga  aylangan  ildizlariga  tirmashib,  xarobalar  tepasiga 
chiqdi.  Bu joydan  butun  voha  kaftda  turgandek  ko‘rinardi.
Oftob  o ‘chyapti.  K o‘m -ko‘k  osm onda  suzib  yurgan 
paxtadek  yumshoq  pag‘a-pag‘a  bulutlar  tagi  yonayotgandek 
lovullardi.
Juman  bobo  ikki  qo‘lini  baland  ko‘tarib, Allohga nola  qildi:
-   E,  Xudo,  muncha  qahringga  olasan?  N ega  meni  o ‘l- 
maydigan  dardga  mubtalo  qilding!?  Ilon-chayonlar  chaqsa
114


ham  o ‘lmaydigan,  b o ‘ri-yu  shoqollar  d af  qilmaydigan, 
o ‘tda  yonmas,  suvda  ch o ‘kmas  qilib  yaratding.  0 ‘z  bolasini 
ostonadan  quvgan  gunohkor  bandangman.  Dargohingga 
sig‘inib  keldim.  Omonatingni  ol!  Dunyoga  to ‘ymagan  noras- 
talar  umrini  nega  menga  yulib  berasan?  Axir  men  yoshimni 
yashab  boMdim.  Yashayverib  zerikib  ketdim.  0 ‘zingdan  tilab 
olgan  yolg‘iz  qizim  u  dunyoga  mendan  dili  o g ‘rib  ketdi. 
Bunga  qandoq  chidaym an?  Tong-la  m ahsharda  unga  qandoq 
qaraym an?  Endi  ketay,  bu  yorug1  jahonda  boshqalarga  joy 
b o ‘shatay.
K o ‘m -ko‘k  osmon jim .  Bulutlar jim .  Uning  iltijolariga  na 
ko‘k,  na  yer javob  qilardi.
Olisda  harir  tuman  ortida  salkam  m ing  yil  yashagan 
Vobkent  minorasi  abadiylik  timsoli  bo‘lib  ko‘rinib  turardi. 
G o ‘yo  u:
-   Yur,  olis  asrlarga  birga  boraylik, -  deb  chorlayotganga 
o ‘xshardi.
Choi  qal’adan  horg‘in  tushib  kelarkan,  atrofni  qorong‘ulik 
pardasi  o ‘rab,  nildek  osm onda  birin-ketin  yulduzlar  k o ‘z 
ocha  boshlagan  edi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish