2.9-rasm.Kartografiya,
geo-
informatika va masofadan zondlash
(MZ)
fanlarining
bir-biri
bilan
bog‗liqlik modellari:
a – chiziqli model;
b – kartografiyaning ustuvorligi
modeli;
v – GAT ning ustuvorligi modeli;
g – uchtomonlama o‗zaro bog‗liqlik
modeli
Chiziqli model – bunda asosan masofadan zondlash asos bo‗lib,
geoinformatika va GAT ga tayanadi, keyin esa kartografiyaga o‗tiladi.
Kartografiyaning ustuvorlik modelida kartografiyaga MZ va GAT kichik tizim
bo‗lib kiradi. GAT ning ustuvorlik modelida esa kartografiya va MZ GAT ga
kichik tizim bo‗lib kiradi.
Hozirgi vaqtda uch tomonlama o‗zaro bog‗liqlik modeli eng real
hisoblanmoqda. Bunday vaqtda uchala fan ham bir-biri bilan uzviy bog‗liqlikda
fazoviy ma‘lumotlarni to‗playdi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |