Классические законы г


Farzzandlarning ota – onalardagi haq – huquqlari va vazifalari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/65
Sana31.12.2021
Hajmi1,05 Mb.
#213816
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
islom dini asoslari va manaviyati

Farzzandlarning ota – onalardagi haq – huquqlari va vazifalari. 

Farzandlar  deganimizda  oiladagi  o’g’il  va  qizlarni  tushunamiz.  Xoh  qiz,  xoh  o’g’il 

bo’lsin  teng  va  barobar  ravishda  o’z  ota-onalarida  haqlari  bor.  Bu  haqlar,  avvalo, 

tarbiyaga  taaluqli  bo’lib  farzandlar  yosh  go’daklik  vaqtlaridan  boshlab  axloq  va 

odobga  o’rgatilishi  ota-onaning  vazifasidir.  Agar  bunday  qilinmasa  farzandning 

haqqini ado etmagan bo’ladilar.  

 

Farzandlar ota-ona zimmasiga Alloh tarafidan omonat qilib topshirilgan bo’lib, 



ularning haqida qiyomat kunida Alloh oldida  ota-ona javob beradi. 

 

Shar’iy  durch  va  vazifalarbi  ado  etgandagina  ota-ona  farzand  oldida  izzat  va 



ehtiromga erishadi. 

  

Bu  vazifalarning  biri  –  farzandlar  aqlini  tanigan  davrida,  ayniqsa, ularga  teng 



va barobar nazar bilan qarash, ayrimlarini kamsitmaslikdir. 

 

Bolaning  tug’ulgan  kunidan  boshlab  ota-ona  bo’ynidagi  haq-huquqlari  hadisi 



sharifda shunday bayon qilingan: 

1. 


Tug’lganda go’dakka  ism  qo’yish; 

2. 


Imkon bo’lsa unga aqiqa qilish; 

3. 


Tili chiqqan vaqtdan boshlab unga odob uslubini o’rgatish; 

4. 


Din  asoslari:  Qur’oni  Karim  oyatlari  ,  tahorat,  namoz  hamda  pokizalikka 

o’rgatish; 

5. 

Halol va haromning asoslarini o’rgatish; 



6. 

Kasb-hunar o’rgatish; 

7. 

bolaning huquqlaridan, shuningdek o’g’il  bolani xatna qilish ham ota-onaning 



vazifasidir. 

Farzandlarning  ota-onadagi  huquqlaridan  biri  ota-onaning  farzandiga  

hayotning har sohasida ta’lim bergudek darajada bo’lishdir. Har bir oilada o’ziga xos 

bo’lgan  ilm-hunar,  mavohib    (talantlar)  rivoj  topadi.  Birov  hunarmandlikda,  birov 

texnikaga  havas  qo’yishda,  birov  ilm-fanning  biron  sohasida  mahorat  hosil  qilgan 

bo’ladi.  Har  bir  oila  boshlig’i    manashu  ilm-hunarni  bolalarga  yoshlikdan  singdirib 

borsa, ularning tez kamolga yetishiga yordam qilgan bo’ladilar. Bu o’z navbatida ota-

onaning ham ilmga intilishiga omil bo’ladi. Ilm fan sohasida orqada qolish  ota-ona 

va  farzandlarni  ham  baxtsiz  qiladi,  ularning  turmush  va  hayotlarining    mazmunsiz 

o’tishiga  olib keladi.  Eng  avvalo  ota-ona shariat  asoslarini    yaxshi  bilishlari  taqozo 

qilinadiki,  bu  –  boshqa  ilmlarni  ham  halollik  va  pokizalik  uslubida    o’zlashtirishga 



 

 

75 



olib    keladi.  Chunki  insoniyat  taraqqiyoti  halollikka  asoslanganda  yaxshi  natijalar 

bergan, xalqlarning  shon shuhratini osirgan.    



2. 

Musulmonlarning  ishlariga  rahbarlik  qiluvchi  hokim,  xoh  davlat  teppasida 

turadigan bo’lsin, xoh idora boshlig’i bo’sinlar, ularning ra’iyat oldida ma’lum vazifa 

va huquqlari bor.  

 

Ra’iyatning  rahbarlardagi  haq-huquqlari  avvalo  adolat  bilan  ularga  muomala 



qilish,  to’g’ri  va  odil  siyosat  yurgizish,  xalq  hayoti  uchun  osoyishtalik  va  tinchlik 

o’rnatish, Qur’oni karimning bu boradagi da’vatiga amal qilishdan iboratdir. Adolatli 

siyosat yurgizilganda xalq bilan rahbarlar o’rtasida uyg’unlik paydo bo’ladi, ulardan 

xalq rozi boladi. Agar hokimiyat teppasida turganlar o’z xalqi va ra’iyatiga mehribon 

bo’lsalar, xalq ham o’z hokimlariga mehribon va itoatli bo’ladi. 

 

Agar  rahbarlar  xalqni  quruq  vadalar  bilan  aldashga  urinsalar  o’rtada  mehr-



muhabbat  ko’tariladi,  xalq  hokimiyat  teppasida    turganlarga  ishonmay  qo’yadi. 

Rahbarlarning  xalq  va  ra’iyatdagi  haqqi  –  kishilarning  dunyo  va  oxirat  ishlarida 

to’g’ri yo’lda yurishlarini talab qilish, ag’ar  g’ofil bo’lsalar xushyor qilib qo’yishdan 

iborat.  Adashsalar  to’g’ri  yo’lga  solib  qo’yishlari  kerak.  Xalqning  talablari  to’g’ri 

bo’lsa  uni  bajarmog’i  lozim.  Yog’iy  va  jinoyatchilar  tug’yonidan  xalos  bo’lishda  

xalqni istagini ado etish.  

 

Haq subhonhu va taolo Quroni karimda aytadi: “ey mo’minlar, Alloh taologa, 



payg’ambarlarga va o’zingdan chiqqan amir va rahbarlik egalariga  itoat qiling” 

 

Buyuk  olim    Ibn    Xaldun  (XIV)  o’zining  shoh  asari  “Al-Muaddima”sida: 



“Xalq rahbari – ularning ishlarini  ado etuvchi kishidir,  chunki  ra’iyatsiz rahbarsiz 

ra’iyat bo’maydi, chunki rahbar yaxcshi bo’lsa, xalqning foydasi, agar yomon bolsa, 

uning  boshiga  kulfat  bo’lib  tushadi.  Agar    rahbar  ra’iyatning  ayblarini  qidiruvchi 

bo’lsa, xalq xavf va vahimaga tushib qoladi va rahbardan  har xil hiyla-nayrang va 

yolg’on-yashiq  gaplar  orqali  qochmoqchi  bo’ladi,  natijada  xalq  orasida  axloq 

buziladi, davlatning dushmani ko’payadi, mamlakatdan baraka  ko’tariladi” – deydi. 

 

“Aqlli rahbar esa buning oldini olish uchun xalq ila mashvarat va  sho’ro bilan 



ish olib borishni yo’lga qo’yish kerak”, - deydi Ibn Xaldun o’z so’zini davom ettirib. 

Ibn  Xaldun  yana  shunday  deydi:  “Bilgilki,  kishilarning  mol  mulkiga  qo’l  cho’zish 

ularning xafsalasini sovutadi. Kishilar mol dunyoni qo’lga kiritishga harakat qilmay 

qo’yadilar, bozorlar kasod bo’ladi, hayot darajasi pasayadi, odamlar rizq-ro’z qidirib 

har yoqqa tarqalib ketadi, shaharlar va qishloqlar xarob bo’ladi”.  

 

“Taqvim  ul-hukkom”  (“Hokimlarni  to’g’ri  yo’lga  solish”)  degan  kitobida: 



“Musulmon  rahbarlarni tanqid  va  shiddat yo’li    bilan  emas,  balki  musulmonlarning 

oqsoqollari  va  keksalari  orqali  nasihat  qilish  yo’li  bilan  to’g’rilash  kerak.  Chunki 

shiddat  va  to’polon  yo’li  bilan  bildirilgan  e’tirozlar  hamma  vaqt  ham  uni  to’g’ri 

yo’lga  sololmaydi,  balki  qurol  ishlatishga  va  tobora  qahr-g’azabi  oshishiga  olib 

keladi”, deydi. 

 

“Shar’atul – islom ”  nomli axloq va odobga bag’ishlangan mashhur kitobida 



hokimlarning  vazifalari  haqida  shunday  deyiladi:  “Rahbarda  quyidagi  xislatlar 

mavjud bo’lishi kerak: 

1.  O’z amaliga  va mansabiga bino qo’ymaslik; 

2.  irodali,  to’g’ri  fikrlovchi,  aldovga  berilmaslik,  rahmdillik  holida    qattiqqo’l 

bo’lishi; 



 

 

76 



3.  yumshoq gapli bo’lish va ayni vaqtda o’zini zaiflikdan saqlash; 

4.  isrofgarchilikka yo’l qo’ymay, saxovatli bo’lish; 

5.  baxil va xasis bo’may, mol-mulkni asrovchi bo’lish; 

6.  o’z qo’lidagi hukmni siyosat orqali ushlab turish”. 

Bundan  tashqari  hokim    faqir-fuqaro  ba  zaiflarni    himaya  qiluvchi    taqvodor  va 

karamli  bo’lishi  kerak.    Xalqdan  ajralib  yashashdan  qochishi,  hojat  va  iltimos 

egalariga mumkin qadar eshigi ochiq bo’lishi lozim.  

 

Qasddan  jinoyat  qilmagan  jinoyatchilarga    rahmdil  bo’lishi  kerak.  Chunki 



Rasululloh  sallollohu  alayhi  va  sallam  huzurlariga  o’g’rilikda  ayblangan  bir  kishini 

olib  kelganlarida:  “Ehtimol  adashib  olgandirsan,  seni  o’g’ri  deb  hisoblamayman”, 

deb uning jinoyatini yengillashtirgan edilar.   

 

Xalqning amaldor va hokim kishilardagi haqlari shuki, u yollarni yaxshi yolda 



saqlashi,  qo’riqlashi  lozim.  Miski  va  fuqarolarning  holini  so’rashi,  qarzga  botib 

qolgan  kishilarning    qarzidan  qutilishiga  yordam  qilishi,    qaroqchilar,  yo’l 

to’suvchilar,  kishilarning  hayoti  va  mol-dunyosiga    xatar  tug’diruvchilarga  qarshi 

doimiy  ravishda  chora  ko’rishi    uning  vazifasidir.    Hokim  oqil,  dono    va  tajribali, 

ilimli kishilarni  o’ziga yaqinlashtirishi va ularga g’amg’o’rlik qilishi shartdir. Xalq 

ustiga  biron  rahbar  va  qozini  tayorlashda  to’g’ri,  rostgo’y  diyonatli  kishilarni 

tayinlashi,  mansabparast  kishilarni  bu  vazifalarga  tayinlamasligi  kerakki,  bu  ham 

xalqning hokimlar va amaldorlardagi haqlaridandur.       



3.   

Musulmonlarning    bir-birlari  bilan  bo’ladigan  o’zaro  munosabatlarining  asosi 

Alloh  taolo    va  uning  rasuli  roziligi  uchun  bir-birlarini  yaxshi    ko’rishdan    yoki 

yomon  ko’rishdan  iboratdir.    Yaxshi  ko’rish  ular  yaxshi  va  savobli  ish  qilganda, 

yomon ko’rish esa  gunoh  ishlarni oshkora qilganlarida namoyon bo’ladi. Musulmon 

kishi biror kishining ichkilik ichgani uchun yoki boshqa harom ishlarni qilgani ucun 

undan yuz o’girmasdan uni to’g’ri yo’lga hidoyat qilishi lozim.     


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish