88
Korxonada isitish tizimi mavjud bo`lmagan hollarda avtomobillar ishdan q aytgach, ularn-
ing sovutish tizimidagi suv maxsus termoslarga to`kiladi va qayta ishlatiladi. SHu yo`l bilan suv
tejaladi va dvigatellarga sovumagan suv quyiladi.
Bug` bilan isitish jarayoni kondensatni qaytarish yoki qaytarmaslik sharti bilan tashkil qilin-
ishi mumkin. Bunda tizim bug` o`tkazgichlari bevosita avtomobilning sovutish tizimiga ulanadi. Bug`
qozonidan bug`o`tkazuvchi yordamida taqsimlagichga yuborilgan bug`, saqlash joyida turgan
avtomobillaming dvigateliga, bug` yetkazuvchi shlangalar va naychalar orqali yetkaziladi. Dvigatelni
isitish jarayonida bug` suvga aylanadi va u qaytarish magistrali orqali qayta ishlatish uchun bug`
qozoniga qaytariladi.
Bug` bilan isitishning kondensatni qaytarmasdan tashkil qilish usuli juda sodda, ammo uning
kamchiligi haddan tashqari isish evaziga blokda mahalliy darz paydo bo`lishi, qozonni doimiy suv
bilan to`ldirib turish kerakligi, buning natijasida qozonda quyqa hosil bo`lishining tezlashishi, suv
sarfining ko‘payishi hisoblanadi. SHu bilan birga, suvga aylangan bug` saqlash maydonchasiga
oqib, yaxmalak hosil qilishi qo`shimcha noqulayliklar tug`diradi. Suvga aylangan bug`ni qaytarib
bug` bilan isitish jarayonini tashkil qilish qaytarish magistrali hisobiga jihoz tuzilishini murakka-
blashtiradi. Dvigatelni isitish maromi past, chunki sovutish tizimidagi hamma bug` suvga
aylanmaydi.
Bug` qozonlariga xizmat koprsatuvchi ishchilar maxsus tayyorgarlikdan o`tgan va buni
tasdiqlovchi hujjatga ega bo`lishlari zarur. qozonlardan foydalanishda belgilangan vaqtlar oralig`ida
ularni nazorat qilish tashkiloti tomonidan tekshirish o`tkazilishi va tekshiruv natijalari bo`yicha
tegishli hujjatlar tuzilishi zarur.
Havo bilan isitishda kaloriferda isitilgan issiq havo taqsimlovchi va havo yetkazuvchi mos-
lamalar yordamida isitilayotgan dvigatelga yetkazib beriladi. Bu usulda nafaqat dvigatel, akkumulyator
batareyasi va transmissiya agregatlari ham issiq holda saqlanadi.
Garajsiz saqlashni unumliroq tashkil qilish uchun elektr sitgichlar yordamidagi isitish usulidan
foydalaniladi. Bunda akkumulyator batareyasini isitish uchun Sirokko-208 moslamasi ishlatiladi.
Suyuqlikni aylantirib turish uchun tizlmdagi maxsus nasos hizmat qiladi. Issiqlik avtomobil kabinasi
va salonini isitish uchun ham xizmat qiladi. Moslamaning issiqlik holati avtomatik ravishda maxsus
datchiklar yordamida rostlab turiladi. Dvigatelning turiga qarab, issiqlik eltuvchilarning quvvati 2-4
kVt ni, moy isitgichning quvvati esa 0,4-2 kVt ni tashkil qiladi.
Infraqizil gazli isitish infraqizil nurlardan foydalanishga asoslangan bo`lib, ular toza havo yuta
olmaydi, ammo qattiq jismlar bilan uchrashganda nur quvvati issiqlikka aylanadi va jismni isitadi. In-
fraqizil nurlarni hosil qilish uchun qo`zg`almas va qo`zg`aluvchan yondirgichlardan foydal a-
niladi. Ular tabiiy yoki neft gazi(‗ro‘anbutan)da ishlashi mumkin. YOndirgichga kelayotgan gaz
yetarli miqdordagi havo bilan aralashib, uning so‘ol yoki metall to`ridagi kichik diametrli kanal-
chalarni to`ldiradi. Aralashma maxsus moslama yordamida alanga oladi. Buning natijasida to`rning yu-
zasidagi harorat 7OO-95O°C ga yetadi va o`zidan nur chiqaradi. Qo`zg`almas sharoitda yondirgichlar-
dan foydalanishda, ular isitiladigan agregatdan 300-500 mm oraliqda o`rnatiladi. Avtomobilni
yondirgich ustiga to`g`ri joylashtirish va yondirgichga shikast yetkazmaslik maqsadida maydoncha
maxsus tayanch va yo`naltiruvchilar bilan jihozlanadi.
YOndirgichlarning eng katta kamchiligi, shamolning tezligi 5,0-5,5 m/sga yetganda alanganing
o`chib qolishidan iborat
. «YUlduzcha» yondirgichli «Malyutka» isitgichlari bundan mustasno bo`lib,
ularning tagi g`ilof bilan o`ralgan bo`ladi.
Avtomobillarni
qo`zg`almas issiqlik manbai
bo`lmagan joylarda saqlashda suyuqlikli yoki
havoli ularning o`ziga o`rnatilgan yakka isitgichlardan foydalaniladi.
Ular asosan avtomobil dvigateli yonilg`isida ishlaydi. YAkka isitgichlarning afzallik tomoni,
ular har qanday sharoitda dvigatelni isitish imkonini beradi. Kamchiligi esa, tirsakli valning tayanch
va shatun podshipniklarini yetarli darajada isita olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: