O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


YUrish qismiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

 
YUrish qismiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash 
 
Rama  va  o`qlarning  texnik  holatinn  tekshirish.  YUrish  qismining  texnik  holatiga  ma`lum 
sharoitlarda    (transmissiya  va  boshqarish  organlarining  holati,  yo`l  qoplamasi  va  holati,  avtomobil 
yuklamasi  va  yukning  joylashishi)  avtomobilning  o`z  inertsiyasi  bo`yicha  harakatlanish  yo`lining 
uzunligi  va  to`g`ri  chiziqligiga  qarab  baho  beriladi.  Harakat  yo`lining  uzunligi  agregatlarning  texnik 
holatiga ham, ularning o`zaro joylashishiga qarab ham aniqlanadi. 
Ramaning geometrik shakli transmissiya agregatlarining old ketingi ko‘priklarning; shuningdek 
kuzovning  o`zaro  joylashishiga  katta  ta`sir  koprsatadi.  Ishlatish  jarayonida  rama  elementlarining 
birikmalari  bo`shashi,  deformatsiya  va  darzlar  paydo  bo`lishi  mumkin.  Bo`shashib  qolgan  parchin 
mixlarni taqqillayotganda dirillagan tovushdan aniqlasa bo`ladi. Ramaning deformatsiyalanishi hamda 
darz ketganligi kopz bilan, shuningdek old va ketingi ressoralarning kronshteynlari orasidagi masofani 
andaza yordamida o`lchab yoki stendda o‘tik usul bilan aniqlanadi. 
Ketingi  ko‘prikning  qiyshayishi  avtomobil  to`g`ri  chiziq  bo`ylab  yurayotganda  yetakchi 
g`ildiraklarning  yon  tomonga  sir‘anishiga  sabab  bo`ladi.  Bunda  avtomobilning  to`g`ri  chiziq  bo`ylab 
yurishi  uchun  old  g`ildiraklar  bir  oz  burchakka  burilgan  bo`lishi  lozim,  bu  shinalarning  yeyilishini 
tezlashtiradi, avtomobilning turg`unligi va boshqariluvchanligiga salbiy ta`sir etadi. 
Old  o`qlar  detallarining  yeyilishi  va  birikmalarning  bo`sha-shi  oqibatida  g`ildiraklarning 
yaqinlashuvi  va  og`ishi,  shkvorenlarni  o`rnatish  burchaklari  o`zgaradi  hamda  gupchaklarning 
podshipniklarida lyuft paydo bo`ladi. 
g‘ildiraklarni o`rnatish burchaklari kopchma asboblar, mexanik yoki o‘tik stendlar yordamida 
aniqlanadi.  g‘ildiraklar  yaqinlashuvini  aniqlash  uchun  chizg`ich  ishlatiladi.  CHizg`ich  uzaytirgichni 
surib  va  uni  fiksator  bilan  mahkamlab  zarur  uzunlikda  uzaytiriladi.  g‘ildiraklarning  yaqinlashuvini 
aniqlash  uchun  chizg`ich  ular  orasiga  shunday  qo`yiladiki,  bunda  konusli  uchliklar  g`ildiraklar 
aylanishi  o`qlarining  oldidan  ‗okrishkalar  yoniga  taqalsin,  ikkala  zanjirchaning  uchlari  esa  yer 
yuzasiga  tegsin.  CHizg`ich  shu  holatda  prujina  yordamida  tutib  turiladi.  Koprsatkich  shkalaning  nol 
bo`linmasiga o`rnatilib, vint bilan qotirib qo`yiladi. 
So`ngra    chizg`ich  g`ildiraklar  o`qi  ketida  bo`lib  qoladigan  qilib,  zanjirchalarning  uchlari  esa 
avvalgidek  yer  yuziga  tegadigan  darajada  avtomobil  oldinga  yurgiziladi  va  shkala  bo`linmalariga 
qarab g`ildiraklar yaqinlashuvining kattaligi aniqlanadi. 
g‘ildiraklarning  og`ishini  va  shkvorenning    bo`ylama  va  kopndalang  og`ish  burchagini 
tekshirish  uchun  maxsus  asbob  xizmat    qiladi.  Og`ish  burchagini  o`lchash  uchun  old  g`ildiraklar  
avtomobilning  to`g`ri  chiziqli  harakatlanishiga  mos  keladigan  holatga  keltiriladi  va  qisqich  hamda 
vintlar yordamida asbob gupchakda pastki tomonini yuqoriga o`girib shunday o`rnatiladiki,  asbobning 
pastki  qismidagi  sath  pufakchalari  chiziqchalar  orasi  markazida  joylashgan  bo`lsin.  Keyin  avtomobil 
g`ildiraklarini  yarim  aylanaga  burib  yurgiziladi  va  shkalali,  pufakchalari  nol  bo`linma  qarshisiga 
keltiriladi. Bu holatda  g`ildiraklarning og`ish burchagi shkala bo`yicha aniqlanadi. 
SHkvorenning og`ish  burchaklarini asbob bilan  tekshirish  uchun  g`ildiraklar  gradusli shkalasi 
bor burish doiralariga qo`yiladi va ularni 20
0
 o`ngga burib tormozlanadi. Asbob korpusini ustunining 
sharsimon  tayanchiga  nisbatan  burib,  ikkala  sath  pufakchalarini  shkalalar  va  nol  bo`linmalarining 
qarshisiga o`rnatiladi. g`ildiraklarni shu kabi teskari tomonga 20
0
 siljitib va ularni tormozlab to`xtatib, 


 
74 
shkalalarga hamda qarab shkvorenning kopndalang va bo`ylama og`ish burchaklari aniqlanadi. 
Boshqariluvchi  g`ildiraklarning  o`rnatish  burchaklarini  tekshirishga  mo`ljallangan  mexanik 
stend  qo`zg`aluvchan  plitali  platforma  va  asboblar  bilan  jihozlangan  kolonkadan  tashkil  to‘gan. 
Avtomobil bir g`ildiragi  bilan platformaga, ikkinchisi bilan esa platforma bilan bir sathda o`rnatilgan 
postamentga chiqariladi. 
g‘ildiraklarning  yaqinlashuvi  va  og`ishidan  hosil  bo`lgai  yonlama  kuchlar  ta`sirida 
qo`zg`aluvchan plita kopndalang yo`nalishda siljiydi. plitaning siljishi asboblar yordamida aniqlanadi. 
Ular g`ildiraklarning yaqinlashuvi va og`ish kattaligini koprsatadi. 
Ancha  aniq  o‘tik  stendlar  mikrosko‘  bilan  ta`minlangan.  Avtomobil  g`ildiragiga  kopzguli 
qaytargich  o`rnatiladi  va  nurli  dog`  qaytargichdan  siljish  kattaligiga  qarab  mikrosko‘  shkalasidan 
g`ildiraklarning o`rnatish burchaklari aniqlanadi. 
Gupchakninig  podshipnigidagi  o`q  bo`ylab  lyuft  g`ildirakni  osib  qo`yib,  aylanish  tekisligiga 
‗er‘endikulyar  yo`nalishda  g`ildirakni  tebrantirib,  shuningdek  qo`lda  aylantirib  aniqlanadi.  Agar 
g`ildirak  tig`iz  aylansa  va  bu  hol  tormoz  kolodkalarining  baraban  yuziga  tegishi  oqibatida  bo`lmasa 
yoki g`ildirak tebratilganda tirqish borligi ayon bo`lsa, unda gupchak podshipniklarining mahkamligini 
rostlash zarur. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish