O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


G`ildiraklarning  texnik  holatini  tekshirish



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

G`ildiraklarning  texnik  holatini  tekshirish.  g‘ildiraklarning  texnik  holati  ko‘zdan  kechirib 
tekshiriladi.  SH‘ilka  va  gaykalarning  yaxshi  mahkamlanmaganligi  tufayli  mahkamlash  sh‘ilkalari 
kirgizilgan  teshiklarning  yeyilib  kengayishi  disklarning  deformatsiyalanishi,  to`g`inlarning  mexanik 
shikastlanishi va korroziyalanishi g`ildiraklarning asosiy buzuqliklaridir.                
SHinalarning  asosiy  buzuqliklariga  protektorning  yeyilishi,  qatlamlarning  kopchishi  va 
karkasning  yorilishi  kiradi.  protektor  shinalaridagi  bosimning  o`zgarishi,  avtomobil  ortiqcha 
yuklanganda,  g`ildiraklarni  o`rnatish  burchaklari  buzilganda  ko‘p  yeyiladi.  protektorning  notekis 
yeyilishiga  g`illiraklarning  muvozanatsizlanishi,  ularning  notekis  tormozlanishi  old  g`ildiraklarni 
o`rnatish burchaklari buzilganda va osma buzuqliklari sabab bo`ladi. 
YUrish  qismiga  texnik  xizmat  koprsatish.  KTXK  da  rama,  ressoralar,  amortizatorlar, 
g`ildiraklar ko‘zdan kechirib tekshirib chikiladi. 
1-TXK  da  g`ildiraklar    gupchaklarining  podshipniklari  tekshiriladi  va  zarur  bo`lsa  rostlanadi, 
osma  (zarur  bo`lganda  stermyankalar,  ressoralarning  barmoqlari  va  g`ildiraklarning  gaykalari 
mahkamlanadi)  hamda  shinalar  (protektorda  va  qo`shaloq  shinalar  orasidagi  qisilib  qolgan  begona 
predmetlar  olib  tashlanadi)  holati  tekshiriladi.  SHinalardagi  havo  bosimi  tekshiriladi  va  zarur  bo`lsa, 
ularga dam beriladi. Ressoralarning barmoqlari va burish tsapfalarining shkvorenlari grafikka muvofiq 
moylanadi. 
2-TXK  da  1-TXK  da  bajariladigan  ishlarga  qo`shimcha  ra-vishda  rama,  shatakka  olish 
qurilmasi  va  old  ko‘prik  balkalari,  old  va  ketingi  ko‘priklarning  to`g`ri  joylashganligi  ko‘zdan  ke-
chiriladi,  amortizatorlarning  holati  hamda  mahkamlanishi  tekshiriladi.  protektor  tez  yeyilganda 
g`ildiraklarni o`rnatish burchaklari tekshiriladi va zarur bo`lganda rostlanadi, g`ildiraklar o`rni shaklga 
muvofiq  almashtiriladi.  2-TXK  ishlari  hajmiga  gupchaklarni  demontaj  qilish,  podshipniklarni  yuvish 
va holatini tekshirish, moyni almashtirish hamda g`ildiraklar podshipniklarini rostlash ham kiradi. 
YUrish qismi mexanizmlarini rostlashga g`ildiraklarning yaqinlashuvini, yengil avtomobillarda 
esa  old  g`ildiraklarning  og`ishini  ham,  old  g`ildiraklarning  eng  katta  burilish  burchaklarini,  burish 
tsapfasi  bilan  old  ko‘prik  balkasining  quloqchalari  orasidagi  o`q  yo`nalishidagi  tirqishni,  shuningdek 
gupchaklarning podshipniklarini rostlash ishlari kiradi. 
Avtomobildan  foydalanilganda  old  g`ildiraklarning  yaqinlashuvi  odatda  kattalashadi,  biroq 
«teskari»  yaqinlashuv  ham  bo`ladi.  Uni  rostlash  uchun  kopndalang  rul  tortqisi  uchliklarining 
mahkamlash  boltlari  bo`shatiladi  va  tortqi  trubasimon  kalit  bilan  yaqinlashuvni  kattalashtirish  uchun 
oldinga,  kichraytirish  uchun  esa  ketinga  buraladi.  g`ildiraklar  yaqinlashuvi  rostlab  bo`lingach,  tortqi 
uchliklarini taranglash boltlarining gaykalari oxirigacha qattiq 
buraladi. 
g‘ildiraklarning og`ishi ustunning pastki uchidagi ekstsentrik vtulkani burash bilan rostlanadi. 


 
75 
Rostlashdan oldin ustunning pastki uchidagi taranglash bolti burab mahkamlanadi. 
Old g`ildiraklarning eng katta burilish burchaklari pastki burish richaglariga (osma nomustaqil 
bo`lganda)  yoki  ustun  tayanchiga  (osma  mustaqil  bo`lganda)  burab  kirgizilgan  boltlar  yordamida 
o`rnatiladi.  Eng  katta  burilish  burchagiga  erishilganda  boltlar  old  ko‘prik  balkasining  chiqiqlariga 
taqalib, g`ildiraklarning burilishini cheklab turadi. 
YUk  avtomobillari  shkvorenlarining  qiyaligi  va  g`ildirak-larining  tashqariga  og`ishi  rostlash 
bilan emas, balki yeyilgan detallarni almashtirish yo`li bilan tiklanadi. 
Burish  tsapfasi  bilan  old  ko‘prik  balkasining  quloqchasi  orasidagi  o`q bo`ylab  tirqish rostlash 
qistirmasini qo`yib kichray-tiriladi. 
Old  g`ildiraklar  gupchaklarining  podshipniklari  osilgan  g`ildiraklarda  rostlanadi.  podshipnik 
qo‘qog`ini  olib  va  gaykani  bo`shatib,  gayka  gupchakning  tormozlana  boshlanishigacha  burab 
mahkamlanadi.  Gaykani  burab  mahkamlayotgan  paytda  roliklarning  podshipniklarda  to`g`ri 
joylashishi  uchun  g`ildirakni  burab  turish  zarur.  So`ngra  shtift  qulfli  shaybadagi  eng  yaqin  teshikka 
to`g`ri  kelguncha  gayka  taxminan  1/6  aylanaga  burab  bo`shatiladi.  Gaykani  burab  mahkamlab  va 
stoporlash shaybasini gayka qirrasiga qayirib, g`ildiraklarning ikkala yo`nalishda aylanishi tekshiriladi. 
g‘ildirakni  qo`l  bilan  qattiq  aylantirib  yuborgandan  keyin  u  lyufti  bilinmagan  holda  kamida  8  marta 
aylanishi lozim. 
Ketingi ko‘prik podshipniklarining o`q bo`ylab lyuftlarini aniqlash va rostlash uchun uni osib, 
yarim  o`q  gupchakdan  ajratib  olinadi;  rostlash  old  ko‘prik  podshipniklarini  rostlash  tartibiga 
o`xshaydi, gayka bilan rostlanib, kontragayka va stoporlash halqasi yordamida qo`yiladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish