Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №-2 Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi Reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211702
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Маъруза Falsafa

Forobiy(873-950)  buyuk  faylasuf  edi.  Forobiy  873  yilda  Forob  shahrida  (Aris  daryosining 

Sirdaryoga  quyiladigan  joyi)  tug‘ildi.  Fanlarni  o‘zlashtira  borib,  Forobiy  SHoshda  (Toshkent), 

Samarqand,  Buxoro,  Bag‘dodda  bo‘ldi,  Eronga  safar  qildi.  O‘z  hayotining  oxirgi  yillarini 

Forobiy  Halab  va  Damashqda  o‘tkazdi  va  o‘sha  erda  950  yili  vafot  etdi.  Uning  160  jilddan 

ko‘proq  asarlarining  barchasini  ikki  guruhga  bo‘lish  mumkin:  qadimgi  yunon  olimlari 

risolalariga sharh shaklida yozilgan asarlar, va asl nusxadagi tadkiqotlar. 



Forobiyning  borliq  haqidagi  ta’limoti.Forobiy  falsafiy  qarashlarining  asosini  dunyo 

tuzilishi  haqidagi  panteistik  ta’limot  tashkil  qiladi.  Bu  ta’limotga  ko‘ra,  butun  mavjudot-borliq 

emanatsiya  asosida  yagona  boshlang‘ichdan  bosqichma-bosqich  vujudga  kelgan.  Bu  oltita 

bosqichdan  iborat  bo‘lib,  ular  o‘zaro  sababiyat  orqali  bog‘langan.  Bundagi  birinchi  bosqich-

birinchi  sabab  –  bu  «vujudi  vojib»-o‘z-o‘zidan zaruriy mavjud bo‘lgan  yagona Olloh  (as-sabab 

al-avval);  ikkinchi  bosqich-bu  birinchi  «vujudi  mumkin»  bo‘lib,  ular  osmon  jismlari,  ikkinchi 

sababdir  (as-sabab  as-soniy);  uchinchi  bosqich-bu  ikkinchi  «vujudi  mumkin»,  ya’ni  faol  aqldir 

(al-aql al faol); to‘rtinchi  bosqich - to‘rtinchi sabab-bu tirik mavjudotlarga xos jonxir (an-nafas), 

ya’ni  uchinchi  «vujudi  mumkin»dir;  beshinchi  bosqich-beshinchi  sabab-bu  narsa  va 

hodisalarning ko‘rinishi, ya’ni shakli (as-surat)dir, ya’ni turtinchi «vujudgi mumkin»dir; nihoyat, 

oltinchi  bosqich-oltinchi  sabab-bu  narsa  va  hodisalarning  jismi,  tanasi,  ya’ni  moddadir,  bu 

beshinchi «vujuddi mumkin»dir. Bu bosqichlar bir-birlari bilan sababiy bog‘langandir. 



Bilish  nazariyasi.Forobiy  inson  bilishi  jarayonini  ikki  bosqichga  bo‘lib,  bu 

bosqichlarning  o‘zaro  bog‘liqligini,  aqliy  bilim  hissiy  bilishsiz  yuzaga  kelmasligini  alohida 

ta’kidlaydi.  U  inson  bilish  jarayonining  bu  bosqichlarini  insondagi  «tashqi  quvvat»  va  «ichki 

quvvat»lar  bilan  izohlaydi.  «Tashqi  quvvatlar»  bevosita  tashqi  ta’sirlar  orqali  sezgi  a’zolarida 

vujudga  keladigan  sezgilardir.  Ular  5  turli:  teri-badan  sezgisi,  ta’m  bilish  sezgisi,  hid  bilish 

sezgisi,  eshitish  sezgisi,  ko‘rish  sezgisi.  Bularnng  hammasini  Forobiy  hissiy  bilish  («quvvat 

hissiya»), deb qaraydi. «Ichki quvvatga»ga esa u esda olib qolish (xotira), hayol (tasavvur), his-

tuyg‘u  nutq (fikrlash) «quvvatlari»ni kiritadi. «Ichki quvvat» deganda u insonning aqliy bilish 

bosqichini tushunadi. Uningcha, ilmni egallash shu «quvvatlar» orqali amalga oshadi. 

Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  Beruniy  (973-1048)  buyuk  ensiklopedik  olim, 

mutafakkir  va  insonparvar  bo‘lib,  973  yilda  qadimgi  Xorazmning  poytaxti  Qiyot  atrofida 

tavallud  topdi.  16  yoshligidayoq  Beruniy  ekvatorga  nisbatan  ekliptika  tekisligining  qiyaligini 

juda  katta  aniqlik  bilan  aniqladi.  YOsh  yigitchalik  vaqtidayoq  Beruniy  Markaziy  Osiyoda 

birinchi  bo‘lib,  Er  kurrasi  qiyofasini  (globus)  yasadi.  Bir  minginchi  (1000)  yilda  Beruniy 

o‘zining birinchi yirik asari bo‘lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»ni yozib tugatdi. 

U  butun  SHarqda  unga  shuhrat  keltirdi.  Beruniyning  bizgacha  etib  kelgan  asarlari:  «Osoral-

                                                           

2

 Қаранг: Б.А. Розенфельд, Н.Д. Сфеева. Стереографическая проекция. –М., 1973. 




boqiya»  («Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»),  «Hindiston»,  «Geodeziya»,  «Kitobi 

Saydana»  («Farmakagnoziya»),  «Geografiya»,  «Qonuni  Ma’sudiy»  («Ma’sud  qonunlari»), 

«Mineralogiya»,  «Kitobi  at-tafxim»,  «Dorivor  o‘simliklar  haqida  kitob»  va  boshqalarni 

ko‘rsatash  mumkin.  Uning  «o‘tmish  avlodlardan  qolgan  yodgorliklar»  («Osor  al-boqiya») 

asarida muallif yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida xorazmliklar, sug‘diylar, 

eroniylar  va  arablarning  islom  dinigacha  bo‘lgan  e’tiqorlari  to‘g‘risida,  ularning  astronomik, 

matematik va geografik tushunchalari haqida juda qimmatli tarixiy ma’lumotlar beradi. 

Borliq  haqida  ta’limot.    Beruniy  fikricha,  falsafaga  yo‘l  borliqni  chuqur  tushunib  etishga 

imkon beradigantabiatshunoslik fanlari orqali o‘tadi. Umuman esa, Beruniy falsafani borliqning 

mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta’rifiga qo‘shiladi. 

U  Forobiy  falsafiy  ta’limotiga  asoslanib  ollohni  hamma  narsaning  birinchi  sababi,  deb 

hisoblaydi.  Uning  tushunishicha  ham  xudo  hamma  narsaning  yaratuvchisi  ekanligi  e’tirof 

qilinadi.  Lekin  Beruniy  shu  birinchi  sababdan  kelib  chiqqan  hamma  narsaning  rivojlanish  va 

o‘zgarish  huquqini  tabiatga  beradi.  Uning  ta’limoticha,  tabiatda  hamma  narsa  tabiiy  qonunlar 

asosida yaratiladi, tabiat o‘zining tabiiy kuchiga ega bo‘lib, shu kuch ta’sirida tabiatda to‘xtovsiz 

harakat,  o‘zgarish,  o‘sish,  rivojlanish,  vujudga  kelish,  emirilish,  halok  bo‘lish  jarayonlari  sodir 

bo‘ladi. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki Beruniy o‘z falsafiy qarashlarida deizmga 

yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi.  Atrofni o‘rab turgan 

dunyo asosida suv, olov, havo, tuproq yotadi.  



Bilish  nazariyasi.  Bilishning  asosi,  dunyo  haqidagi  bizning  bilimlarimizning  manbai,  his-

tuyg‘u a’zolari vositasida qo‘lga kiritilgan,  hissiy bilimlardir. 

Beruniy  har  bir  his-tuyg‘u  turini  tasvirlaydiki,  u  tufayli  hayvonlar  tashqi  dunyoda  ma’lum 

yo‘nalishga ega bo‘lib, atrof muhitdagi sharoitlarga moslashadilar. Insonning his-tuyg‘u a’zolari 

ham shu maqsadga xizmat qiladilar, ya’ni ular uning tashqarisida sodir bo‘layotgan hodisalardan 

unga  ma’lumot  berishlari  lozim.  Har  bir  his-tuyg‘u  muayyan  bir  turdagi  qo‘zg‘atuvchidan 

ta’sirlanmog‘i  lozim,  shunisi  ham  borki,  ushbu  qo‘zg‘atuvchilar  moddiydirlar,  negaki,  faqat 

shundaylargina sezish uyg‘otishlari mumkin. Inson, hayvonlardan farqli o‘laroq, aqlga egadirki, 

shuning o‘zi insonning his-tuyg‘usini hayvonnikidan farqlaydi. 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish