Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №-2 Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi Reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211702
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Маъруза Falsafa

Xavorijlar  harakati  –  bu  ijtimoiy  quyi  tabaqalarning  feodal  guruhlarining  zo‘ravonligiga 

qarshi kurashi bo‘lib, oddiy arab-musulmon va mahalliy aholi manfaatlarini ifodalar edi.  

Xavorijlarning  ta’limoti  barcha  musulmonlarning  tengligini  targ‘ib  qilar  edi.  Ular  fikricha, 

kelib  chiqishidan  qat’iy  nazar,  hatto  u  qora  tanli  qul  bo‘lsa  ham,  agar  u  mo‘‘min  bo‘lsa,  har 

qanday odam xalifa bo‘la oladi. Ular imom-xalifaga davlatpanoh yoki muqaddas ruhoniy shaxs 

sifatida  emas,  balki  mo‘‘minlarning  vakolatli  dohiysi  va  ular  manfaatini  himoya  qiluvchi  kishi 

sifatida qarar edilar. Xalifani saylash va bo‘shatish, sud ishlari va o‘limga hukm etish masalalari 

jamoaga  tegishli  bo‘lishi  kerak  edi.  Har  qanday  musulmon  jamoasi  o‘z  imom  yoki  xalifasini 

saylashi  mumkin  edi.  SHuning  uchun  xavorijlarning  ko‘pchilik  yo‘lboshchilari  o‘zlarini  imom 

yoki xalifa deb atar edilar. 

Ali  va  uning  avlodlarining  hokimiyatga  bo‘lgan  huquqini  qo‘llab-quvvatlovchi  uning 

tarafdorlari  islom  tarixiga  shialar  (shia-firqa)  nomi  bilan  kirdilar.  SHialar  islom  sunnasini  tan 

olmay, uni  yolg‘on, Alining hokimiyatga bo‘lgan huquqini inkor etuvchi deb bilib,  o‘zlarining 

sunnalari  bo‘lgan  «Axbor»  ni  vujudga keltirdilar. SHialar sunniylarning  etti  aqidasiga qarama-

qarshi  ravishda,  asosan  besh  aqidani  tan  olar  edilar:  tavhid  (yakkaxudolik),  adl  (adolatlilik), 

nubuvvat  (payg‘ambarlik),  imomat  (imomlar  hokimiyati),  qiyomat  (qayta  tirilish).  SHialikdagi 

asosiy masala shialarning hokimiyat va davlatga nisbatan bo‘lgan nuqtai nazarlarini ifodalovchi 

imomat haqidagi aqidadir. 

Ilk  islomda  insonning  taqdiri  va  hatti-xarakatlari  Xudo  tomonidan  belgilab  qo‘yilgan  degan 

e’tiqod  rasm  bo‘lgan  ediki,  Qur’onda  ko‘rsatilgan  insonning  o‘z  hatti-harakati  uchun 

javobgarligi va gunoh ishlari uchun Xudo tomonidan jazolanishi haqidagi aqidaga qarama-qarshi 

edi.  Ilgarilari  unchalik  anglanmagan  ushbu  qarama-qarshilik,  ilohiyotchilar  fikrini  va  diqqat-

e’tiborini borgan sari ko‘proq jalb qila boshladi. 

Agar  Xudoning  o‘zi  tomonidan  taqdirda  belgilab  qo‘yilgan  bo‘lsa,  inson  qanday  qilib 

o‘zining gunohli hatti-harakatlariga javob beradi? Agar xudo yomonlik manbai bo‘la olmaydigan 

bo‘lsa,  u  qanday  qilib    insonning  gunohli  ishlarini  oldindan  belgilab  qo‘yadi?  Insonning  o‘z 

ishlari  uchun  javobgarligi,  uning  o‘z  hatti-harakatlarida  iroda  erkinligiga  egaligini 

ko‘rsatmaydimi, va gunohli ishlar xudo tomonidan belgilab qo‘yilishi mumkin emasmi? Bunday 

qarama-qarshiliklarni  din  o‘zining  u  yoki  bu  aqidasidan  voz  kechmasdan  hal  qilishga  kuchi 

etmaydi.  Bu  masala  bo‘yicha  bahslar  VII-IX  asrlar  davomida  jabariylar  (arabcha-jabariya  –

majbur  qilish,  zo‘rlik,  jabr),  ya’ni  insonning  barcha  hatti-harakatlari  uning  taqdirida  azaldan 

belgilab  qo‘yilgan  degan  fikr  tarafdorlari  bilan  qadariylar  (arabcha-qadariya-hokimiyat,  ya’ni 

insonning  o‘z  hatti-harakatlari  ustidan  hokimiyati)  o‘rtasida  olib  borildiki,  ular  fikricha,  xudo 

adolatli  bo‘lib,  yomonlik  manbai  bo‘la  olmasligi  tufayli,  gunohli  hatti-harakatlar  uning 




tomonidan  oldindan  belgilab  qo‘yilishi  mumkin  emas.  Demak,    inson  o‘z  harakatlarida  ozod 

bo‘lib, uning oqibatlari uchun haqtu Alloh oldida javob bermog‘i lozim. 

Qadariylar  ta’limotini  keyinchalik  o‘z  ustozlari  Hasan  al-Basriyni  (624-728)  tark  etgan 

shogirdlari  bo‘lgan  mu’taziliylar(arabcha-mu’tazila  ajrab  chiqqanlar)  rivojlantirdilar.  Mu’tazila 

ta’limotining  asoschisi  Vosil  ibn  Ato  (699-748)  edi.  Bu  o‘z  ta’limotini  aqlga  tayanib  bayon 

qiluvchi va shu davrga kelib Arab xalifaligiga Iskandariya orqali kirib kelgan yunon mantig‘i va 

falsafasining tushuncha va usullaridan foydalangan, birinchi falsafiy ilohiyot maktabi edi. 

Mu’tazila  oqimi  tarixida  muayyan  mutafakkirlarning  nomi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘plab 

guruhlar mavjud edi. IX va X asrlardagi asosiy maktablar Basra va Bag‘dod maktablari edi. 

Barcha mu’taziliylar uchun umumiy birday narsa deb hisoblanadigan mezon sifatida beshta 

asosiy qoida (usul) xizmat qiladi: 

1.  YAkkaxudolik  (tavhid)  –  ko‘pxudolik,  antropomorfizm  (odamlarga  xos  xususiyatlarning 

narsalar, jonivorlar va tabiat hodisalariga ham  xos  deb hisoblaydigan ibtidoiy tafakkur), hamda 

ilohiy  mohiyatdan  farq  qiluvchi  ilohiy  sifatlarning    haqiqiyli  va  cheksizligini  muayyan 

mohiyatlar yoki ramzlar ekanligini rad qiluvchi Xudo haqidagi ta’limot.   

Mu’taziliylar  ilohiy  mohiyatlar  bilan  bir  xil  hisoblanadigan  mohiyatlar  sifatini  (bilim, 

hokimiyat,  hayot)  farq  qilar  edilar.  SHuning  uchun  ularni  cheksiz  hisoblab,  harakatlar  sifatini 

(iroda,  eshitish,  nutq)  yaratilgan  deb  qarab,  ularni  zamon  bilan  birga  o‘sib  boruvchi  va 

o‘zgaruvchi  va  shuning  uchun  ham  ilohiy  mohiyatdan  farq  qiluvchi  deb  bilar  edilar.  Ana  shu 

erdan antropomorfizmni rad etish va Qur’onning yaratilganligini tan olish kelib chiqar edi. 

Antropomorfizmni rad etib, ular Xudoning sifatlarini ham rad etdilar. Uni yagona, mavhum, 

bo‘linmas, aniqlab bo‘lmaydigan va bilib ham bo‘lmaydigan deb talqin qildilar. Abadiylik faqat 

Xudogagina xos bo‘lganligidan, Qur’on abadiy bo‘la olmaydi, negaki, bu narsa ikki tomonlama 

mangulikka  olib  keladi.  Demak,  Qur’on  Xudo  tomonidan  yaratilgan  va  uning  tomonidan  ijod 

qilingan narsalardan biridir. 

SHu  davrdan  boshlab  «kalom»  (arabcha-«ta’limot»)  nomini  olgan  ilk  islom  falsafasi  ishlab 

chiqila boshlandi. Bu ta’limot tarafdorlarni mutakallimlar deb atadilar. Mutakallimlar an’anadan 

ko‘ra,  aqlga  tayanishning  afzalligini  ta’kidlar,  «taqlid»ni  rad  etar  va  biror-bir  nuqtai  nazar  va 

ta’limotni qabul qilishdan oldin ehtiyotkorlik jihatidan unga shubha bilan qarashni nasihat qilar 

edilar. 


Ilgarigi  ilohiyotchilardan  farqli  o‘laroq,  Ashariy  va  uning  izdoshlari  ilk  islomni  mantik  va 

falsafani,  ya’ni  aqliy  usulni  qo‘llash  yo‘li  bilan  himoya  qilishga  urindilar.  Ashariy  taqdirga 

ishonish va iroda erkinli haqidagi ta’limotning ichki qarama-qarshiligini murosa yo‘li bilan hal 

qilishga  urindi.  «Kasb»  nazariyasi  unga  taalluqli  ediki,  unga  binoan  qazo  (qaror,  hukm) 

Xudoning  abadiy  va  umumiy  irodasi  bo‘lib,  qadar  (hokimiyat,  iroda)  esa,  Xudoning  qarorini 

dunyo hodisalariga qisman qo‘llanilishi edi. Inson ushbu ayrim olingan qarorni faqat o‘zinikidek 

«kasb  etadi»  yoki  «o‘zlashtiradi».  Bu  nazariyaga  muvofiq  hatti-harakat  Xudo  tomonidan 

yaratiladi, ammo iroda erkinligiga ega bo‘lgan inson tomonidan kasb etiladi va bajariladi. 

«Kalom»ning  ilohiyotga  doir  masalalari  taraqqiyotida  ash’ariya  maslakdoshlari  o‘z 

ta’limotlarini  mu’taziliylar  bilan  an’anaviy  aqida  tarafdorlarining  nuqtai  nazarlari  o‘rtasiga  

qo‘ydilar.  «Kalom»  tarixida  yangi  bosqich  XIII  asrning  boshidan,  ayni  mutakallimlar  bilan 

faylasuflar,  birinchi  navbatda  Ibn  Sino  maktabi  o‘rtasida  do‘stona  aloqalar  tiklangan  vaqtda 

boshlandi. Bu tiklanish birinchilar uchun SHaxristoniy (1153 y.vafot etgan) va Faxriddin Roziy 

(1209  yil  vafot  etgan)  asarlari  tufayli  tayyorlangan  bo‘lsa,  ikkinchilar  uchun  Nasriddin  Tusiy 

(1274  yil  vafot  etgan)  ijodi  barakatidan  muyassar  bo‘lgan  edi.  Buning  natijasida,  Ibn  Xaldun 

(1332-1405)  qayd  etgandek,  oxirgi  mu’taziliylar  orasida  «kalom»  va  Falsafa  (mantiq,  etika, 

estetika)  muammolari  shunday  qo‘shilib  ketgan  ediki,  bu  fanlarni  bir-biridan  ajratib  bo‘lmay 

qoldi


1




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish