4-mavzu. Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosat reja


 Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga



Download 367,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi367,66 Kb.
#210834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Ma'ruza matni 25255

4.4. Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga 

oshirish xususiyatlari 

Jahonning  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarida  inflatsiyaga  qarshi  kurash 

olib  borishda  juda  katta  nazariy  va  amaliy  tajriba  to‗plangan.  Inflatsiyani  butunlay 

yo‗qotish  imkoniyati  yo‗q.  Chunki  uni  yuzaga  chiqishiga  sabab  bo‗lgan  omillarni 

(ichki  va  tashqi,  pullik  va  pulsiz)  to‗liq  yo‗qotish  mumkin  emas.  shuning  uchun 

hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning  butunlay yo‗qotish emas, balki uni 

boshqaruvchan  qilish  va  salbiy  iqtisodiy  –  ijtimoiy  oqibatlarini  zaiflashtirish 

hisoblanadi.  

Dunyoning  turli  mamlakatlarida  xukumat  tomonidan  mavjud  iqtisodiy-ijtimoiy  

shart-sharoitlaridan  kelib  chiqqan  holda  inflatsiyaga  qarshi  turli  antiinflatsiya  

siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. 

Antiinflatsiya  siyosati-baholar  umumiy  darajasini  barqarorlashtirish,  inflyasion 

keskinlikni yumshatishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 

Antiinflatsiya  siyosati    inflatsiyani  yuzaga  keltirgan  sabablarni  tugatishga 

qaratilgan  faol  va  inflatsiya  sharoitlariga  moslashishga  qaratilgan  passiv    ko‗rinishda 

bo‗lishi mumkin.  

Antiinflatsiya siyosati o‗z ichiga quyidagilarni  oladi: 

-yalpi talabni  tartibga solish; 

 -yalpi taklifni tartibga solish. 

Keynschi  iqtisodchilar  birinchi  yo‗nalish  tarafdorlari  bo‗lib,  ular  davlat 

buyurtmasi  va  arzon  kredit    hisobiga    samarali  talabni  shakllantirish  asosida  yalpi 

taklif darajasini ko‗tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy 

pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi. 

Ammo bunday antiinflatsiya  siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga keltiradi 

va  qo‗shimcha  pul  emissiyasiga  ehtiyoj  tug‗diradi.  Keyns  davlat budjeti  taqchilligini 

davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. 

 ―Antiinflatsiya  siyosatining  monetaristik  yo‗nalishi  tarafdorlari  keyinchalik, 

keynschilarning  inflatsiyaga  qarshi  kurash  bo‗yicha  takliflari  doimo  samara 

beravermagach  va  kamchiliklari  yuzaga  chiqib  qolgach  yuzaga  keldi.  Jumladan,    bir 

qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi.  Bunday sharoitda monetaristlar 

radikal asilinflatsiya usullarini  taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi 

pul  islohoti  o‗tkazish  hisobiga    cheklash  va  budjet  taqchilligini  ijtimoiy  dasturlarni 

qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖

3

.  



Monetaristlar  inflatsiya  aynan  pul  bilan  bog‗liq  hodisa  bo‗lganligi  sababli  shok 

terapiyasi      pul  massasining  o‗sish  sur‘atlarini  keskin    qisqartiradi  va  inflatsiya 

sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi 

va bandlilik qisqarishi  mumkin. 

Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko‗rinishlaridan biri bo‗lib daromadlarning 

va baholarning  nominal darajalarini o‗zgartirmagan holda  eski pullarni   belgilangan 

nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.  

                                                           

3

  Агапова  Т.А.,  Серегина  С.Ф.  Макроэкономика:Учебник.-10-е  изд.перераб.  и  доп.-М.:Издательство  ―МФПУ 



Синергия‖, 2013. с. 214. 


 

Bunday  tadbirlar  aholi  tomonidan  ohir  qabul  qilinishi  sababli,u  qisqa  muddatda 



samara berishi zarur. 

Monetaristlar  tomonidan  taklif  qilinayotgan  antiinflatsiya  siyosatining  yana  bir 

ko‗rinishi  -  inflatsiya    sur‘atlarini  asta  sekinlik  bilan  pasaytirib  borish  (graduallash  ) 

usulidir. Bu usulda inflatsiya sur‘atlari pul massasini ko‗p marotalaba, lekin oz ozdan 

kamaytirish  orqali  pul  massasining  o‗sish  sur‘atini  pasaytirishni  ko‗zda  tutadi. 

Graduallash usuli  inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur 

pasayishni oldini olish imkonini beradi.  

Graduallash  usulini  qo‗llash  pul  massasi  va  baholar  darajasining  yillik  o‗sish 

sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‗ladi, deb hisoblanadi. 

Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‗lgan variantlaridan biri 

baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o‗sishi va 

baholarning o‗sishi ni muvofiqlashtirishni (adaptiv siyosat) ko‗zda tutadi.  

Daromadlar  va  baholarni  tartibga  solish  siyosatini  amalga  oshirish  hukumat 

tomonidan  baholar  (narxlar)  va  daromadlar  darajalarini  muzlatib  qo‗yish,  pul 

ko‗rinishidagi  ish  haqining  o‗sishini  o‗rtacha  mehnat  unumdorligining  o‗sishiga 

bog‗lab qo‗yish orqali amalga oshiriladi. 

 ―Soliqlar  tarkibini  o‗zgartirish,  yalpi  soliq  tushumlaridagi  to‗g‗ridan-to‗g‗ri 

soliqlarning  ulushini  kamaytirish,  bilvosita  soliqlar  ulushini  ko‗paytirish,  soliq 

stavkalarini  pasaytirish,  ularning  rag‗batlantirish  funksiyalarini  kuchaytirish,  davlat 

budjeti  xarajatlarini  pasaytirish  kabilar  ham  inflatsiyaga  qarshi  kurash  tadbirlari 

hisoblanadi‖

4



Antiinflatsiya  siyosatining  u  yoki  bu  turini  tanlash  inflatsiya  jarayonlarining 

xususiyatiga bog‗liq. 

Inflatsiyaning  yuqori  sur‘atlarini  oldini  olish  uchun  hukumat  quyidagilarni 

ta‘minlashi kerak: 

-samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baaqarorligini; 

-pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‗sish sur‘atlarini; 

-―inflatsiyani import qilish‖ ga yo‗l qo‗ymaslik.  

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‗tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi 

kurashish  va  milliy  pul  tizimini  mustaxkamlash  uchun  asosan  quyidagi  chora-

tadbirlar amalga  oshirilmoqda: 

-  milliy  iqtisodiyotni  sog‗lomlashtirish, investsiya  faoliyatining  tushib ketishini 

bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta‘minlash; 

-  raqobatbardosh,  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  uni 

rivojlantirish  maqsadida  davlat  strategiyasini  ishlab  chiqish  hamda  uni  amalga 

oshirish; 

-  xalq  iste‘mol  tovarlarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda  ishlab  chiqarish 

fondlarining tarkibini o‗zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni 

joriy etish; 

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‗batlantirish; 

                                                           

4

 Киселёва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.: КноРус, 2008,  с.62. 




 

-  soliq  tizimini  takomillashtirish  va  ushbu  yo‗nalishda  asosiy  e‘tiborni 



soliqlarning rag‗batlantiruvchi funksiyasiga qaratish

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash; 

-  mamlakat  ichida  mahsulotlar,  valyuta,  kreditit,  ko‗chmas  mulk,  mehnat  va 

qimmatli qog‗ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish

-  pul-kredit  siyosatini  iqtisodiyotning  rivojlanishi  holatiga  asosan  o‗zgartirib 

turish; 


-  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  va  mahsulotlar,  ishlar,  xizmatlarni 

eksport qilishni rag‗batlantirish; 

-  erkin  bozor  baholarini  saqlagan  holda  daromadlar,  xarajatlar  va  narx-navoni 

davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish; 

- davlat budjet taqchilligini noinflyasion yo‗llar bilan qisqartirish

-  davlatning  strategik  oltin-valyuta  zahiralarini  chuqur  tahlil  etish  va  ulardan 

oqilona foydalanish. 

Yuqorida  ta‘kidlab  o‗tilgan  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  va  ularni  amalga 

oshirish ma‘lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyasion siyosatni 

amalga  oshirish  pirovard  natijada  milliy  pul  birligini  musiahkamlanishiga  va  pul 

tizimini barqarorlashuviga olib keladi. 

Har  kanday  inflatsiyaning  negizida  asosiy  iqtisodiy  muvozanatlarning  buzilishi 

yotadi. shu sababli inflatsiyaga qarshi kurash  — uni shunchaki bostirish emas, balki 

iqtisodiyotda  vujudga  kelgan  nomutanosiblikni  bartaraf  etishga  qaratilgan  baquvvat 

tarkibiy  siyosati-ni  amalga  oshirishdir.  Bir  qator  chet  mamla-katlarning  inflatsiyaga 

qarshi  kurash  tajribasi  shuni  ko‗rsatadiki,  ular  inflatsiya  bilan  iqtisodiyot  tarkibiy 

tuzilishining  buzilishi  bir-biriga  chambarchas  bog‗liq  ekanligini  anglagan  holda, 

muomala  sohasini  qat‘iy  boshqarish  va  to‗lovga  qobiliyatli  ortiqcha  umumiy  talabni 

bartaraf  etish  bilangina  cheklanmadilar.  Muayyan  maqsadlarga  qaratilgan  yirik 

investitsiya  dasturlarini  ishlab  chiqdilar  va  amalga  oshirdilar.  Bu  dasturlar  ana  shu 

nomutanosiblikni  tugatish  va,  binobarin,  inflatsiyani  keltirib  chiqaruvchi  sabablarni 

bartaraf etish imkonini berdi. 




Download 367,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish