4-mavzu. Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosat reja



Download 367,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi367,66 Kb.
#210834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Ma'ruza matni 25255



 



4-MAVZU. INFLYATSIYA VA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT 



 

Reja: 

4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.  

4.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi.  

4.3. Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liklik. Fillips egri chizig‘i. 

4.4.  Antiinflatsiya  siyosati  va  O‘zbekiston  Respublikasida  uni  amalga  oshirish 

xususiyatlari 

 

4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. 

Inflatsiya  -  ma‘lum  davr  mobaynida    mamlakatda  baholar  o‗rtacha  (umumiy) 

darajasining    barqaror  o‗sishi,  pulning  xarid  qobiliyatini  uzoq  muddatli  pasayishi.

1

 

Inflatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‗rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining 



asosiy  izdan  chiqaruvchi  omillari  jumlasiga  kiradi,  uning  sur‘ati  qanchalik  yuqori 

bo‗lsa,  iqtisodiyotga  xavfli  ta‘siri  shunchalik  katta  bo‗ladi.  Ayniqsa  bir  iqtisodiy 

tizimdan  ikkinchi  bir  iqtisodiy  tizimga  o‗tayotgan  mamlakatlarda  inflatsiyaning 

iqtisodiyotga ta‘siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga 

muvofiq ularning umumiy  darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‗liq. 

Ammo  inflatsiya  davrida  barcha  tovarlarning  baholari  ham  oshavermaydi: 

ayrimlariniki barqaror bo‗lib tursa, ba‘zilariniki esa tushishi mumkin.  

―Inflatsiya‖  atamasi  ilk  bor  Shimoliy  Amerikada    1861-1865  yillardagi 

Fuqarolar urushi davrida   qo‗llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‗oz pul 

massasining  tovarlarning  real  taklifiga  nisbatan  haddan  ziyod  ko‗payib  ketishi 

holatini    izohlangan.  .  Ammo  inflatsiyaning  bunday  tavsifi    mukammal  emas  va 

uning  sabablarini  ochib  bermaydi.  Umuman  olganda  inflatsiya  pul  muomalasi 

qonunlarining  buzilishi  shakli  sifatida  makroiqtisodiy  muvozanatning  buzilishini, 

talab va taklif nomutanosibligini  anglatadi. 

Keynschiar  maktabi  namoyondalari  bunday  nomutanosiblikning    sababi  to‗liq 

bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‗lishida deb bilishadi. Shu sababli  ular 

ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  foydalanish  darajasi  past  bo‗lsa  budjet  taqchilligi  va 

qo‗shimcha  pul  chiqarish  yo‗li  bilan    xarid  qobiliyatini,  boshqacha  aytganda  yalpi 

talabni ko‗paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. 

Neoklassik  yondoshuv  tarafdorlari  inflatsiyaning  manbai  ishlab  chiqarishning 

haddan  ziyod  o‗sishida,  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  ko‗payishida  deb  bilishadi. 

Demak  keynschilar  inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan  

yondoshishadi.   

Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar  massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq 

o‗ssa,  yoki    yalpi  talab  ko‗paygani  holda  o‗zgarmasdan  tursa,  bu  nomutanosiblik  

baholar darajasining ko‗tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid 

qobiliyati  pasayadi  va  milliy  iqtisodiyotning  qo‗shimcha  pul  massasiga  ehtiyoji 

paydo bo‗ladi.  

                                                           

1

  N. Gregory Mankiw.  Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 101 




 

Inflatsiya  nafaqat  pul  muomalasining  izdan  chiqishi,  balki    butun  takror  ishlab 



chiqarish   mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar  natijasidir. Baholarning 

o‗sishi,  pul  birligi  xarid  qobiliyatining  pasayishidan  tashqari  inflatsiya  namoyon 

bo‗lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 

1) valuta kururslarining o‗zgarishi; 

2)  kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon 

o‗zgarishi; 

3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste‘mol savati bahosining o‗sishi.   

Inflatsiya    baho  indekslari  -  deflator  va  iste‘mol  narxlar  indeksi  yordamida 

aniqlanadi.  

 

Baholar  o‗rtacha (umumiy) darajasining  nisbiy o‗zgarishi inflatsiya darajasi 




Download 367,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish