4.4. Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga
oshirish xususiyatlari
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash
olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‗plangan. Inflatsiyani butunlay
yo‗qotish imkoniyati yo‗q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‗lgan omillarni
(ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‗liq yo‗qotish mumkin emas. shuning uchun
hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo‗qotish emas, balki uni
boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish
hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy
shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya
siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyasion
keskinlikni yumshatishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga
qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‗rinishda
bo‗lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‗nalish tarafdorlari bo‗lib, ular davlat
buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi
taklif darajasini ko‗tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy
pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga keltiradi
va qo‗shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug‗diradi. Keyns davlat budjeti taqchilligini
davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
―Antiinflatsiya siyosatining monetaristik yo‗nalishi tarafdorlari keyinchalik,
keynschilarning inflatsiyaga qarshi kurash bo‗yicha takliflari doimo samara
beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir
qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar
radikal asilinflatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi
pul islohoti o‗tkazish hisobiga cheklash va budjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni
qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖
3
.
Monetaristlar inflatsiya aynan pul bilan bog‗liq hodisa bo‗lganligi sababli shok
terapiyasi pul massasining o‗sish sur‘atlarini keskin qisqartiradi va inflatsiya
sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi
va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko‗rinishlaridan biri bo‗lib daromadlarning
va baholarning nominal darajalarini o‗zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan
nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
3
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-10-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―МФПУ
Синергия‖, 2013. с. 214.
7
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda
samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan antiinflatsiya siyosatining yana bir
ko‗rinishi - inflatsiya sur‘atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (graduallash )
usulidir. Bu usulda inflatsiya sur‘atlari pul massasini ko‗p marotalaba, lekin oz ozdan
kamaytirish orqali pul massasining o‗sish sur‘atini pasaytirishni ko‗zda tutadi.
Graduallash usuli inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur
pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo‗llash pul massasi va baholar darajasining yillik o‗sish
sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‗ladi, deb hisoblanadi.
Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‗lgan variantlaridan biri
baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o‗sishi va
baholarning o‗sishi ni muvofiqlashtirishni (adaptiv siyosat) ko‗zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat
tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo‗yish, pul
ko‗rinishidagi ish haqining o‗sishini o‗rtacha mehnat unumdorligining o‗sishiga
bog‗lab qo‗yish orqali amalga oshiriladi.
―Soliqlar tarkibini o‗zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko‗paytirish, soliq
stavkalarini pasaytirish, ularning rag‗batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat
budjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari
hisoblanadi‖
4
.
Antiinflatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflatsiya jarayonlarining
xususiyatiga bog‗liq.
Inflatsiyaning yuqori sur‘atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni
ta‘minlashi kerak:
-samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baaqarorligini;
-pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‗sish sur‘atlarini;
-―inflatsiyani import qilish‖ ga yo‗l qo‗ymaslik.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‗tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi
kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog‗lomlashtirish, investsiya faoliyatining tushib ketishini
bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta‘minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni
rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga
oshirish;
- xalq iste‘mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish
fondlarining tarkibini o‗zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni
joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‗batlantirish;
4
Киселёва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.: КноРус, 2008, с.62.
8
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‗nalishda asosiy e‘tiborni
soliqlarning rag‗batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kreditit, ko‗chmas mulk, mehnat va
qimmatli qog‗ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o‗zgartirib
turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni
eksport qilishni rag‗batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni
davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat budjet taqchilligini noinflyasion yo‗llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan
oqilona foydalanish.
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga
oshirish ma‘lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyasion siyosatni
amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini musiahkamlanishiga va pul
tizimini barqarorlashuviga olib keladi.
Har kanday inflatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi
yotadi. shu sababli inflatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki
iqtisodiyotda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat
tarkibiy siyosati-ni amalga oshirishdir. Bir qator chet mamla-katlarning inflatsiyaga
qarshi kurash tajribasi shuni ko‗rsatadiki, ular inflatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy
tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas bog‗liq ekanligini anglagan holda,
muomala sohasini qat‘iy boshqarish va to‗lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni
bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik
investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu
nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni
bartaraf etish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |