59
XULOSA
Adabiyotlarni tahlil qilish natijasida O’zbekiston Respublikasining
tekisliklari, hattoki u bilan chegaradosh o’lkalar tuproq qoplamini kam
o’rganilganligini e’tirof qilinadi.
Tuproqning ustki qatlamida mikro organizmlar soni ko’p bo’lib,
chuqurlashgan sari kamaya borar ekan. Tuproq qatlamining chuqurlashgan sari
mikroorganizmlar sonining kamaya borishiga ularning tuproq zarachalari
tomonidan yutilishi sabab bo’ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning
soni yil fasllariga qarab ham o’zgarib turadi. Ular tuproq strukturasini
yaxshilashda, chirindi tarkibidagi moddalarni parchalab, uni mineral birikmalar
bilan boyitishda juda katta rol o’ynaydi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizimlar
juda turli-tuman bo’lganligidan bir-biriga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi,
yani bir-biri bilan simbioz holda yoki bir-biriga antagonist bo’lib hayot
kechiradi.
Tog’ va tog’ oldi tekisliklari juda murakkab geomorfologik tuzilishga ega,
bu erdagi nurash mahsulotlari – elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy
yotqiziqlar litologiyasi o’ta sertoshligi bilan ajralib turadi.
Tekisliklarida yog’in-sochinning yillik miqdori kam bo’lanligi, yil davomida
yuqori havo haroratining hukum surishi natijasida o’simlik turlarining soni kam
va ular siyrak, ya’ni tuproq yuzasini atigi 40-60 % ini qoplaydi. Tog’li
rel’eflarda ham o’rmonzorlar, butazorlar, boy o’simlik qoplamiga ega bo’lgan
yaxlit hududlar mavjud emas. Bunday holat, albatta, bu erda o’ziga xos tuproq
qoplami shakllanishiga olib keladi.
Bu erlarda quyidagi tuproq tiplari shakllangan: qumli sahro, och tusli, tipik
va to’q tusli bo’z, tog’ jigarrang tuproqlar. Bu tuproq tiplari uchun juda qisqa
(faqat boshlangan) gorizontal mintaqaviylik – qumli sahro tuproqlar bilan birga
tuproqlarning vertikal tarqalishi–och tusli bo’z-tipik bo’z–to’q tusli bo’z–tog’
jigarrang. Xullas tuproq qoplamida gorizontal va vertikal mintaqaviylik mavjud
bo’lsada, ular to’la holda ifodalanmaydi.
60
O’rganilgan barcha tipdagi tuproqlar uchun engil va o’rta qumoqli, ayrim
holda (tog’ jigarrang tuproqlarida) og’ir mexanik tarkib xarakterlidir. Mexanik
tarkibda qum va yirik chang zarrachalari butun profil bo’yicha ustunlik qiladi.
Shu bilan birgalikda mexanik tarkiblarning barchasi o’zining sertoshliligi bilan
ajralib turadi. Tuproq profilida il zarrachasining to’planishi odatda tuproq
tiplariga qarab 20-80 sm gacha kuzatiladi. Mexanik tarkibda yirik mexanik
zarrachalarning ustunlik qilishi bu tuproq tiplarida nuralish jarayonining davom
etayotganligidan dalolat beradi.
Qumli sahro, och tusli va tipik bo’z tuproqlar hozirgi davrda kam
sho’rlangan, biroq olingan ma’lumotlarning ko’rsatishicha bu tuproqlar
sho’rlanishga moyildir. Bundan tashqari bu tuproqlar kuchli shamol eroziyasiga
chalingandir
.
Tog’ jigarrang tuproqlarni respublikamizdagi tog’li o’lkalarda tarqalgan va
shu nom bilan yuritiluvchi tuproqlarda gumusini saqlashini tahlil qilish asosida
shunday xulosa qilindiki, tuproq profilida gumusning miqdori, uning zahirasi
o’lkaning geografik joylanishiga, iqlimiy sharoitlariga bog’liqligi ko’rsatildi.
Sho’rlangan yoki g a l o m o r f tuproqlar har xil turlarda bo’ladi.
Shulardan bir turiga sho’rxok yoki sho’r tuproqlar kiradi. Bunday tuproqlarning
vodorod ioni ancha ishqorli pH=8 dan pastroq bo’lib, tuproqda erigan
kationlarning 50 % ini natriy tashkil qiladi.
Yer yuzida ishqoriy yoki sho’rxok tuproqlar ham keng tarqalgan. Shunday
tuproqlarda natriy karbonati tarkibiga kiruvchi natriy haddan ziyod ko’p bo’ladi.
pH=9 ga yetadi. Sho’rlangan tuproqlarning florasi ham shunga binoan o’ziga xos
bo’ladi.
Sho’rlangan, sho’r yoki sho’rxok tuproqlarda o’suvchi o’simliklar asosan
galofitlardan iborat bo’lib, ularga ruyandoshlar oilasining ko’plab vakillari misol
bo’ladi. Tuproqning sho’rligiga chidamli o’simliklar turlari har xil va ular
sho’rlilikning turli miqdoriga moslashgan. Masalan, tuproq sho’rligiga juda
chidamli o’simlik yoz faslida tuproqda tuzlar konsentratsiyasi 20% dan oshganda
ham bardosh beradi va rivojlanishini davom ettiradi.
61
Sho’rlamagan yoki kamroq sho’rlagan joylarda asosan o’simliklarning
psammofill guruh vakillari yoki bo’z yerlarga xos formatsiyalarni hosil qiluvchi
turlar ko’plab uchraydi. Tuproqning sho’rlik darajasi kamayishi bilan o’simliklar
formatsiyalarida umurtqasiz hayvonlar soni ortib boradi va quyidagi 3 ta
o’simliklar formatsiyasida bu holatni kuzatish mumkin ya’ni:
Ochiq va yaqqol ko’rinuvchi galofitlar formatsiyasi bo’lib, bu formatsiya
Arthrocnemutum glaukum tuproqning yuqori sho’rligiga bardosh beradi va shu
o’simlik turi atrofida 120 ta umurtqasiz hayvonlar turlari aniqlangan. Ulardan 9
tasi shu formatsiya uchun xosdir.
Salicornietum fruticosae formatsiyasi kam sho’rlangan tuproqlar uchun xos
bo’lib, u yerlarda sho’ralardan Salicornietum fruticosae va uning atrofida 211 ta
umurtqasiz hayvonlar turi uchragan.
Therobrachypodion formatsiyasida o’simliklar va 295 ta umurtqasiz
hayvonlar turlari topilgan. Shulardan 16 tasi bu formatsiya uchun xosdir.
Tuban osimliklarning shilimshiqlar bolimiga xlorafilsiz organizmlardan 450
turi kirib, ularning tuzilishi va hayot tarzi nihoyatda turli tumandir.ular ichida
tuproqda erkin yashaydigan vakillari ham bo’lib, chirigan organik moddalar
hisobiga oziqlanadi.Oddiy tanasimonlar sinfi vakillari keng tarqalgan bo’lishiga
qaramasdan ularning ko’pchilik vakillari bizning asrimiz o’rtalarida aniqlandi
ularni chirigan osimlik qoldiqlaridan, go’ngdan, chirindiga boy tuproqlardan
ajratib olish mumkin.
Xulosa qilib aytganda tuproq tarkibidagi gumus yani chirindi miqdori uning
muhim tarkibiy qismi bo’lib, qariyib barcha xususiystlarini belgilab beradi. Gumus
tuproq hosil bo’lish jarayonida o’simlik va boshqa organizmlarning qoldiqlarini
murakkab qayta o’zgarishi oqibatida hosil bo’ladi. U tuproqning turli tashqi fizik,
kimyoviy va biologik tasirlarga bo’lgan barqororligini taminlaydi.
Tuproqning o’simlik va organizmlarni optimal yashash sharoitlari bilan
taminlay olish xususiysti tuproq unumdorligi deyiladi. Tuproqlarning tabiat bilan
barcha tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati aynan shu xususiysti bilan
bog’liqdir.
62
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid
barqarorlik shartlari ». T. 1996 yil
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori
(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlis IX
sessiyasida so’zlagan nutqi). Toshkent, «Sharq». 1998 yil.
3. Karimov I.A. Uzluksiz ta’limda sifat monitoringi. Jamiyat va boshqaruv.
2001 yil №3
4. Djumaev T. Ustoychivoe razvitie gornoy zonы Uzbekistana –vajnoe
napravlenie v borbe s opustыnivaniem // Problemы opustыnivaniya v
aridnыx zonax. Mat. Mejdunarodnoy nauchnoy konf. 16-18 oktyabr 2000.
Samarkand, 2000. - S. 64.
5. Mirzaev A.U. Usloviya obrazovaniya, veщestvennыy sostav i prakticheskoe
primenenie bentonitovыx glin paleogena yuga zapadnыx predgoriy xrebta
Yujnыy Nurotau. Avtoref. dis....kand. geolo.-miner. nauk. –Tashkent: 2000.
– 24 s.
6. Raxmatullaev A. Obщaya tendenstiya dinamiki opustыnivaniya v gorax
Uzbekistana // Problemы opustыnivaniya v aridnыx zonax. Mat.
mejdunarodnoy nauchnoy konf. 16-18 oktyabrya 2000. Samarkand, 2000. -
S. 32.
7. Sattarov D.S., Tursunov L., Kungirov X.N. Nurota tog’i va tog’ oldi
tekisliklarida tuproq hosil bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari // O’z R FA
maruzalari. –Toshkent, 2005. - №5. - B. 63-65
8. Sultonov P. Ekologiya va atrof muhitni muhodaza qilish asoslari.T:2007.
138 - bet.
9. Turaev T., Umrzoqova T., Qung’irov X., Tursunov L. Nurota tumanidagi
buz tuproqlardan foydalanish muammolari // Sug’oriladigan buz tuproqlar
unumdorligini oshirish va uning ekologik muammolari ilmiy kanferenstiya
materiallari. – Samarqand: 2002. – B. 26-29.
10. Turaev T., Tursunov L., Qo’ng’irov X. Nurota tumani buz tuproqlari agro-
kimyoviy va mikroelementlar tarkibi (g’ozg’on jamoa xujaligi misolida) //
Texnosfera, inson va mikroelementlar: Respublika ilmiy-amaliy anjumani.
Tezislar to’plami. -Toshkent: 2004. – B. 207-209.
11. Turaev T., Qo’ng’irov X., Artiqov H., Normatov A. Nurota tumani
“G’azg’on ” davlat xo’jaligi oddiy bo’z tuproqlarining morfogenetik,
mikroagregatlik hamda mexanik xususiyatlari // Biologiya, ekologiya va
tuproqshunoslikning dolzarb muammolari: Respublika ilmiy – amaliy
anjumani maruzalarining tezislar to’plami. –Toshkent: 2006. –B. 193-194.
12. Turaev T. Kungirov X. Tursunov L. Isxokova Sh. Nurota tog’ oldi
tekisliklarida tarqalgan bo’z tuproqlarning meliorativ –ekologik holati va
ularni yaxshilash chora-tadbirlari//O’zbekiston Respublikasi Biologik xilma-
xilligining ekologik muammolari. Respublika ilmiy – amaliy konferenstiya
materiallari. –Navoiy: 2006. – B. 186-187.
13. Tursunov L.,Turaev T., Qo’ng’irov X., Nurota tog’ oldi tekisliklarida
tarqalgan lalmi va shartli sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning
63
umumiy tavsifi // O’zbekiston agrar fani xabarnomasi. -Toshkent. 2005. -
№4(22). - S. 100-105.
14. Tursunov L., Komilova D., Turaev T., Qo’ng’irov X., Faxriddinova M.
Nurota tog’ jigarrang tuproqlari: tarqalishi, morfologiyasi, xossalari,
foydalanish, himoyalash//O’zbekiston
Respublikasi Biologik xilma-
xilligining ekologik muammolari. Respublika ilmiy – amaliy konferenstiya
materiallari. –Navoiy: 2006. – B. 200-202.
15. Tursunov L., Qaharova M. O’zbekiston tuproqshunos olimlari.T:2009
16. Tursunov L., Xonazarov A., Komilova D., Faxriddinova M. O’zbekiston
tog’ tuproqlari. T: 2009.
17. Qo’ng’irov X .,Tursunov L.,Komilova D., Turaev T. Nurota tog’ yon
bag’irlarida tarqalgan to’q tusli va tipik bo’z tuproqlarning tavsifi // O’zMU
XABARLARI. – Toshkent: 2006. - №1. – B. 92-96.
18. Qo’ng’irov X., Tursunov L., Komilova D., Turaev T. Nurota tekisliklari
qumli sahro tuproqlarining umumiy fizik va ayrim suv fizik xossalari // “Er
resurslaridan samarali foydalanish muammolari” Ilmiy amaliy kanfirenstiya
materiallari. 11-12 sentyabr 2007.Toshkent, 2007. – B. 120-122.
19. Qo’shaqov A. Malikcho’l tog’ oldi tekisliklarining sug’oriladigan surtusli
qo’ng’ir tuproqlaridagi sho’rlanish jarayoni va shakllari. Avtoref.
dis....kand.biol. nauk. – Toshkent: 2007. – 24 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |