Umumiy biologiya


III.3. Nematodalar ona zamin pokligini belgilovchi bioindikatorlar



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#210073
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
tuproq mikroflorasi va uning tuproq xususiyatlariga tasiri

III.3. Nematodalar ona zamin pokligini belgilovchi bioindikatorlar. 

Nematodalar  tirik  tabiatning  o`ziga  xos  tuzilgan  jonzotlaridan  hisoblanib, 

turli  xil  muhitda    yashashga  moslashgan.    Hozirgi    hisob  –  kitoblarga  qaraganda 

ularning  bir  necha  o`n  ming  turlari  mavjud.  Nematodalar  ya’ni  yumaloq 

chuvalchanglarni  yer  yuzining  deyarli  barcha  nuqtalarida,  atmosferada  tuproqda, 

o`simlik  va  hayvon  organizmlarining  tanalarida,      suv  havzalarida  va  hattoki  suv 

tubidagi balchiqlarda ham uchratish mumkin.  

Nematodalar  tuproq  qatlamlarida  g`oyat  ko`p  miqdorda  uchrab,  ko`p 

hujayrali  organizmlarning  asosiy  qismini  tashkil  etadi.  Tuproqlardagi  har  qanday 

organik moddalarning chirish jarayoni nematodalar ishtirokida sodir bo`lib, tuproq 

organik  va  mineral  moddalar  bilan  to`yinadi.  Nematodalarning  ko`pgina  turlari 

odam,  hayvonlar  va  o`simliklarning  turli  organlarida  parazitlik  qilib,  inson  va 

hayvon  organizmlarida  ko`pgina  oqibati  yomon  bo`lgan,  yuqumli  kasalliklarni 

keltirib chiqaradi, o`simliklar hosildorligining kamayishiga olib keladi.  

Yumaloq  chuvalchanglar    tanasi    pishiq  kutikula  qavati  bilan    qoplangan 

bo`lib,    bu  qavat  ularni  har  qanday  zararli  moddalar  ta’siridan  himoya  qiladi. 

Pishiq  kutikula  qavati  asosiy  himoya  vositasi  hisoblanib  turli  xil  muhit 



 

54 


sharoitlarida  yashashga  imkoniyat  yaratadi.  Nematodalarning  harakatlanish  tarzi 

ham o`ziga xos tarzda namoyon bo`lib, turli qatlamlarda turlicha  harakatlanadi. 

 

Nematodalarning tashqi tuzilishi o`ziga xos tarzda bo`lib, tanasi dukkisimon, 



ya’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko`ndalang kesimi yumaloq shaklda 

bo`ladi.  Tanasining  oldingi  qismida  oziqlanish  organi  bo`lgan  og`iz  teshigi, 

keyingi  uchiga  yaqin  joyda  esa  ortiqcha  parchalanish  maxsulotlarini  chiqarib  

yuboradigan anal teshigi joylashgan. Tanasining keyingi qismi dumni hosil qiladi. 

Nematodalar tanasining anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va 

ayirish tizimi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. 

 

Nematodalarning  tanasi  sirtdan  ko`p  qavatli  kutikula  bilan  qoplangan. 



Kutikula  nematoda  tanasini  mexanik  ta’sirdan  va  zaharli  moddalardan  himaya 

qiladi.  Bundan  tashqari  kutikula  ichki  bo`shliq  turgori  bilan  birga  somatik 

muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. 


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish