2) Yuqori texnik malaka. Masalan, ta`limi jarayonida o’quvchilar o’zlari
tanlagan mutaxassislikka oid o’quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid
bilim va ko’nikmalarni egallaydilar. SHu munosabat bilan oliy o’quv yurtining
talablari bu mutaxassisliklarga oid kabiy bilimlar asoslarini egallashlari xamda
keyingi amaliy faoliyat jarayonida o’z maxorati darajasini uzluksiz oshira
o’zi bilim va malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay balki o’quvchilarda
xam ma`lum malakalarni tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berish kerak. Bilim
va malakalarni egallash jarayonining o’z qonuniyatlari bor, maktabdagi ta`lim shu
qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta`limi o’qituvchisi asixologiya,
chuqur bilish, o’z kasbini faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi,
qiyinchilarni engib o’tish uchun kuch va imkoniyat topa olish kasb ta`limi
32
- o’quvchilarning amaliy natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash;
- o’quvchilarning o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash;
- o’quvchilarning xulqini baholash;
- ta`limning mavjud sharoitlarining sifatini baholash;
- rejalashtirish va tashkillashtirish bo’yicha hujjatlarning sifatini baholash;
- o’quv-didaktik materiallarning sifatini baholash;
- o’zi bergan yo’l-yo’riq va namoyishlarni o’zi baholash;
-berilgan topshiriqlarning sifatini o’zi baholash.
12.5. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan ilmiy-uslubiy ishlarning vazifalari
sirasiga quyidagilar kiradi:
- kasb-hunar kolleji pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g’oyaviy
saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;
- talabalarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod va
vositalarini takomillashtirish;
- ta`lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umumilmiy,
umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta`minlash;
- ilg’or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini
o’rganish, umumlashtirish hamda ta`lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan
iborat.
Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish kasb-hunar kollejlaridagi barcha rahbarlar,
o’qituvchilar, muxandis-pedagoglar uchun majburiy bo’lib, ularning pedagogik
faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.
Kusb-hunar kollejlaridagi metodik ishlarning mazmuni, yo’nalishi, tuzilmasi
kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. SHu nizomga muvofiq
jamoaviy va individual uslubiy ishlar olib boriladi.
Quyidagilar jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi:
- pedagogik kengash;
- uslubiy komissiyalar;
- ilg’or tajriba maktabi, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferentsiyalar,
pedagogik o’qish va turli uslubiy kengashlar.
Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- kasb-hunar kollejlari rahbarlari, o’qituvchilar, muhandis-pedagoglar va
boshqa muxandis-texnik xodimlarning o’z g’oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik
malakasi va kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan olib boriladigan mustaqil uslubiy
ishlari;
- kollej rahbari (direktor), uning o’rinbosarlari, katta usta, o’qituvchilar,
muxandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlar bilan olib boradigan
individual uslubiy ishlari.
Kasb-hunar kollejidagi uslubiy ishlarning aniq shakllarini kollej pedagogik
kengashi belgilaydi. Kollej rahbari (direktor) uslubiy ishlarga umumiy rahbarlik
qiladi.
U «Uslubiy ishning rejasi»ni tasdiqlaydi, pedagogik kengash ishiga rahbarlik
qiladi, instruktiv-uslubiy majlislar o’tkazadi, o’qituvchi va muxandis pedagoglar
o’tkazadigan mashg’ulotlarini tahlil qiladi , alohida o’qituvchilarning uslubiy
33
ishlariga rahbarlik qiladi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini yuqori organlari oldida
o’zi rahbarlik qilayotgan kollejdagi uslubiy ishlarning ahvoli to’g’risida hisobot
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: