192
sifatiga
erishish,
boshqacha aytganda, butun
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.
Raqobatni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
natijalari bo’lib iqtisodiy agentlar faoliyatini tartibga solishda bozor
mexanizmlari rolining kuchayishi, bozorga kirishdagi ma’muriy
to’siqlarning bartaraf etilishi, iqtisodiyotning barcha sub’ektlari uchun
raqobat sharoitlarining shakllanishi hisoblanishi lozim. Raqobatning
rivojlanishidagi muhim strategik maqsad - iste’molchi tomonidan iqtisodiy
jihatdan maqbo’l narxlarga barqaror ravishda sifatli ijtimoiy xizmatlarni
olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Raqobat muhitini rivojlantirishning ko’plab mexanizmlari mavjud.
Bo’lar - xususiylashtirish, tartibga solishdan qaytish, monopoliyadan
chiqarish, kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar.
Ulardan
foydalanish
mamlakatning
tegishli
bozorlaridagi
holatga,iqtisodiyotning yaxlit rivojlanish darajasiga, ichki va tashqi
omillarning ta’siriga bog’liq. O’zbekistonda qo’llaniluvchi usullarni ko’rib
chiqamiz.
Davlat
korxonalarini
xususiylashtirish
va
monopoliyadan
chiqarish. Bu mexanizmlar bozorda amal qiluvchi raqobatchilar sonini
oshirish
imkonini
beradi.
Amaliyot
shuni
kursatadiki,
xususiylashtirishning raqobat muhiti shakllanishiga ta’siri yirik
korxonalarning raqobatbardosh bo’linmalarini mustaqil tuzilmalarga
ajratish orqali ularni yiriklashtirishdan qaytarishni ko’zda tutuvchi
demonopolizatsiya jarayoni bilan uyg’unlashgan holdagina samarali
bo’ladi.
Mazkur jarayonlarni jadallashtirish maqsadida 2003 yilning aprel
oyida respublika hukumati tomonidan Korxonalarni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning 2003-2004 yillarga mo’ljallangan
dasturi qabul qilinib, unga ko’ra ikki yil mobaynida davlat mulkidagi
korxonalarning 77% xususiylashtirilishi lozim. Mazkur dasturni amalga
oshirish natijasida korxonalarning ustav kapitalida davlatning ishtiroki
keskin qisqaradi, ularning investitsion faolligi oshadi, raqobat sharoitlari
yaxshilanadi.
193
Bu tadbirlar shu bilan ayniqsa ahamiyatliki, xususiylashtirish
hano’zgacha ko’plab tarmoqlarda raqobat muhitini yaratishda ahamiyatli
o’zgarishlarga olib kelgani yo’q. Tarkibiy o’zgarishlar davomida oldingi
tarmoq vazirliklari o’rniga tarmoq xo’jalik birlashmalari tashqil etildi. Bu
xo’jalik birlashmalariga hukumat shunday keng vakolatlar berdiki, natijada
ular davlat tomonidan tartibga solish funktsiyasiga ega bo’lgan «konuniy»
monopoliyalarga aylandilar. Bu sanoatning deyarli barcha tarmoqlariga,
turizm, tabiiy monopoliya sohalari tegishli bo’lib, bu sohalarda saqlanib
qolgan tarmoqni tartibga solishning ma’muriy usullari samarali raqobat
muhitini yaratish uchun jiddiy to’siqqa aylandi.
Samarali raqobatning
vujudga kelishi hamda bozorlarga yangi ishtirokchilarning kirib
kelishidagi to’siqlarni bartaraf etish. Buyalish to’siqlar orqali xo’jalik
sub’ektlariga tovar bozoriga kirish hamda u yerda ooshqa korxonalar bilan
baravar ravishda raqobatlashuvga halaqit beruvchi xuquqiy, tashqiliy,
texnologik, iqtisodiy, moliyaviy tavsifdagi
barcha millar tushuniladi
49
.
Asosiy
e’tiborni barcha darajadagi davlat hokimiyati
organlari faoliyati natijasida paydo bo’luvchi to’siqlar (soliq imtiyozi,
subsidiya va jatsiya, mutloq huquqlarning taqdim etilishi ko’rinishida
alohida .fkalik yurituvchi sub’ektlarga davlat yordami; korxonalar xo’jalik
faoliyatini
tartibga
solishning
ma’muriy
usullarini
qo’llash;
standartlashtirish va sertifikatlash bo’yicha murakkab normativlar va
ooshqalar)ni bartaraf etishga qaratmoq lozim. Masalan, bugungi kunda u
yoki ou mahsulotni ishlab chiqarishga sertifikat olish taomili bir necha
oylarni qamrab olib, tegishli hujjatlarni olish yuz mingdan bir necha
million so’mga qadar (ishlab chiqarilayotgan mahsulotning assortimenti va
gurlari sonidan kelib chiqqan holda) tushishi mumkin.
49
Alimov R.O., Rasulev A.F., Qodirov A.M. “O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va
amaliyot”. Monografiya. T.:CONSAUDITINFORM - NASHR, 2006. – 438 b.